Quyidagilar klasterning muassislari bo‘lishi mumkin


Download 12.16 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi12.16 Kb.
#1313114
  1   2
Bog'liq
oraliq


1.Bugungi kunda har bir sohada innovatsiya va izlanish yangi yutuqlarga erishish, kuchli raqobat muhitida mustahkam oʻrin egallashda muhim omil boʻlmoqda. Xususan, mamlakatimizda agrar sohani yanada isloh qilish, qishloq xoʻjaligida zamonaviy usullardan oqilona foydalanishga qaratilayotgan alohida eʼtibor yuksak samaralar bermoqda.
Masalan, qishloq xoʻjaligida klaster usulining joriy etilishi yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash va xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayondagi koʻp bosqichli kompleks tizimga asos soldi. Ayniqsa, yengil sanoat korxonalarining xomashyo yetishtirish manbai sanalgan dehqon va fermer xoʻjaliklari bilan hamkorligini yanada mustahkamlashda mazkur usul oʻzining afzal jihatlarini amalda isbotlayapti.
Xalqaro tajribada avtomobilsozlik, kimyo, farmatsevtika, elektrotexnika, toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari, qurilish, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, baliqchilik kabi koʻplab sohalarda ham klaster usulidan foydalaniladi
Meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etish Qishloq xo‘jaligi vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organi hamda tashabbuskor o‘rtasida uch tomonlama kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi.
Quyidagilar klasterning muassislari bo‘lishi mumkin:
xorijiy va mahalliy investorlar;
barqaror xo‘jalik aloqalariga va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni tayyorlash, saqlash, tashish va qayta ishlash korxonalari;
klasterlar tashkil etishda qatnashishi qonunlarda taqiqlanmagan boshqa yuridik shaxslar.
Meva-sabzavotchilik klasteri uning qatnashchilari tomonidan ixtiyoriy tartibda tashkil etiladi.
Meva-sabzavotchilik klasterini ta'sis etishda uning muassislari o‘z mustaqilligini saqlab qoladi.
Meva-sabzavotchilik klasteri tijorat tashkilotlari hisoblanadi va qonunda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda shu jumladan xorijiy investor bilan qo‘shma korxonalar shaklida tashkil etilishi mumkin.
Meva-sabzavotchilik klasteri tarkibida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, tashish, tayyorlash, ularning marketingini olib borish, ilmiy ta'minot va boshqalar bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etilishi mumkin.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari meva-sabzavotchilik klasterining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Meva-sabzavotchilik klasterini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
meva-sabzavotchilik klasteri xorijiy investorlar yoki mahalliy tadbirkorlar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi, bunda muassislar tarkibiga, barqaror xo‘jalik aloqalariga va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‘lgan, shuningdek yaqin atrofdagi hududda joylashgan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, qadoqlash, tashish, sotish korxonalari, ilmiy markazlar kirishi mumkin;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining meva-sabzavotchilik klasteri bilan o‘zaro munosabatlari, ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi va shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari tartibga solinadi;
shu jumladan, yetkazib beriladigan mahsulotning kamida 40 foizi avans bilan ta'minlanishi hamda keyinchalik mahsulotlarning kafolatli ravishda xarid qilinishi belgilab qo‘yiladi;
shatnomadan ortiqcha yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan erkin tasarruf etiladi, shu jumladan qo‘shimcha kelishuvga ko‘ra meva-sabzavotchilik klasteriga sotilishi mumkin.
Quyidagilar meva-sabzavotchilik klasteri tashabbuskorini tanlash mezonlari bo‘lib hisoblanadi:
Meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha yer ijara shartnomasining mavjudligi;
meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va transportirovka qilish hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beruvchi meva-sabzavot klasteri infratuzilmasi va zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarining yoki tarmoq va hududiy dasturlar doirasida tegishli qarorlar bilan tasdiqlangan hamda qisqa muddatda (1 yilgacha) ishga tushiladigan meva-sabzavot klasteri infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasining mavjudligi;
tashabbuskorning bank hisobvarag‘ida meva-sabzavot klasteri faoliyatini va infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha biznes rejani amalga oshirish uchun yetarli va majburiyatlardan ozod bo‘lgan pul mablag‘larining yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha investitsiya shartnomasini yoxud xizmat ko‘rsatuvchi bankdan kredit olish bo‘yicha shartnomasining mavjudligi;
yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini 3 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda sotilganligini yoki so‘nggi 3 yilda o‘rtacha 2 mln AQSh dollari miqdorida eksportni amalga oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar, yoki joriy kalendar yil uchun 3 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda mahsulotlarni sotish bo‘yicha tasdiqlangan shartnomalarining mavjudligi.
Meva-sabzavotchilik klasteri tarmoq ixtisosligi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilishi mumkin:
bog‘dorchilik – intensiv bog‘dorchilik va tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llash asosida va mevachilik, yong‘oqchilik, sitrus va ko‘p yillik mahsulot yetishtirishga ixtisoslashgan;
uzumchilik – tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llagan holda intensiv asosda xo‘raki va/yoki sanoatbop uzum mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan.
2.Har qanday xo‘jalik yuritish shakli muayyan bir ijtimoiy -iktisodiy tizimda vujudga kelish va rivojlanish jarayonida tashkiliy iktisodiy, huquqiy, ijtimoiy va psixologik xarakterdagi bir qator omillar ta’sirida shakllanib, o‘ziga yo‘l ochib boradi.
Fermer xo‘jaligining vujudga kelishi va shakllanishida uning tashkiliy-iqtisodiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi. Fermer xo‘jaligi uni tuzayotgan a’zolar xohishiga ko‘ra, ixtiyoriy tashkil etilib, o‘z ishlab chiqarishini belgilangan qonunchilik doirasida yuqori foyda olishni ko‘zlab tashkil etadi.
Fermer xo‘jaligi tuman (shahar) hokimligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va o‘z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda bo‘lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra femer xo‘jaligi tashkiliy-huquqiy jihatdan:
- xo‘jalik a’zolarning birgalikdagi faoliyatiga asoslangan;
- o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi;
- o‘z nomi o‘yib yozilgan hamda gerb tasviri tushirilgan muhrga hamda shtampga ega, yuridik shaxs maqomidagi;
- bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob varaqalar ochadigan;
- boshqa korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar hamda muassasalar bilan o‘zaro teng huquqli munosabatlarga kirishuvchi mustaqil xujalik yuritish subyekti hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklarining boshqa xo‘jalik yuritish shakllari bilan teng sharoitlarda va sog‘lom raqobat asosida rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy-me’yoriy baza yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Bosh Qomusi, «Fuqarolik Kodeksi», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar, respublika Prezidentning bir qator farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, fermer xo‘jaliklari faoliyatining mulkiy daxlsizligi va tadbirkorlik erkinligini ta’minlashga hamda qo‘llab-quvvatlash vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Fermer xo‘jaligi faoliyatining qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- ustavda nazarda tutilgan doirada va ijara shartnomasida belgilangan ixtisoslashuvga muvofiq o‘ziga berilgan yer uchastkasida ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;
- ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona foydalangan holda mustaqil ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek, xizmatlar ko‘rsatish;
- tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarini tashkil qilish;
- yuridik va jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
- yetishtirilgan mahsulotni sotish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan, davlat ehtiyojlari uchun sotish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik shartnomalari tuzish;
- o‘zi yetishtirgan mahsulotga egalik qilish, shu jumladan, uni o‘zi xohlagan iste’molchilarga sotish va xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to‘lanadigan fyuchers bitimlari tuzish;
- tadbirkorlikdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadigan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
- kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda pul mablag‘larini ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlariga muvofiq jalb qilish;
- kredit olish uchun yer uchastkasidan foydalanishni ijaraga berish huquqini va yetishtirilgan mahsulotni garovga qo‘yish;
- kichik va xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanish;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni ishga yollash (doimiy va vaqtinchalik asosda) va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish;
- ixtiyoriy ravishda birlashish, shu jumladan, ulush (pay) asosida birlashish, jamiyatlar, ittifoqlar, uyushmalar hamda boshqa birlashmalarga kirish;
- huquqlarini himoya qilish uchun o‘z faoliyatining har qanday masalalari bo‘yicha sudga murojaat qilish.
- faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish.
Qonunga muvofiq fermer xo‘jaligi zimmasiga quyidagi majburiyatlar ham yuklatiladi:
- yer uchastkasidan
3.Moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligi Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirishda, mavjud ishlab chiqarish potensialining samaradorligini oshirishda moddiy-texnika bazasining aharniyati katta bo‘lib, uni kengaytirish, qayta tashkil qilish va rekonstruksiya ilish talab etiladi. Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasi qishloq xo'jaligida mavjud bo'lgan barcha mehnat vositalari va mehnat buyumlari yig'indisidir. Uning tarkibiga yer resurslari, ishlab chiqarish imoratlari, inshootlari, qishloq xo'jaligi mashinalarivajihozlari, transport vositalari, mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko‘p yillik daraxtlar, suv resurslari, urug‘lik, chorva ozuqalari, neft mahsulotlari, o'g'it, kimyo vositalari,urug'liklar, yem-xashaklar, yoqilg'i, yog‘lovchi, qurilish materiailari va boshqalar kiradi. Fermer xo'jaliklari moddiy-texnika bazasining tarkibiy tuzilmasi:
fermer xo'jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari;
fermer xo'jaliklaridagi ko'p yillik daraxtlar va uzumzorlar;
chorva ferinalarining mahsuldor va ishchi hayvonlari;
fermer xo'jaliklaridagi bino-inshootlar, texnikalar, mashinalar va boshqa ish qurollari;
fermer xo‘jaliklaridagi aylanma mablag'lar (urug'lik, ozuqa,YMM, mineral o‘g‘itlar);
fermer xo'jaliklarining hisob raqamidagi pul mablag'lari, qimmatbaho qog'ozlar;
fermer xo'jaliklarining ta’sischiligi asosida tashkil qilingan muqobil

Download 12.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling