Quyosh energiyasi texnologiyalari tendensiya va istiqbollari
Download 16.5 Kb.
|
Toshkentda “Quy 2013
Toshkentda “Quyosh energiyasi texnologiyalari tendensiya va istiqbollari” mavzusidagi Osiyo quyosh energiyasi forumining oltinchi yig‘ilishi nihoyasiga yetdi. Unda Osiyo, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari hukumatlari, xalqaro moliya institutlari, kompaniya va korporatsiyalar, ilmiy-tadqiqot markazlaridan qariyb 300 nafar vakil, olimlar, soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Osiyo quyosh energiyasi forumining oltinchi yig‘ilishida nutq so‘zladi. Forumni o‘tkazish uchun quyosh energetikasini rivojlantirish borasida noyob imkoniyat va sharoitlarga ega O‘zbekistonning tanlangani bejiz emas. Chunki, serquyosh o‘lkamizda yilning 320 kundan ko‘prog‘ida quyosh charaqlab turadi. Ishtirokchilar yalpi yig‘ilishlardan avval poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida tashkil etilgan quyosh energiyasidan foydalanish sohasidagi zamonaviy texnologiyalar va mamlakatimizning bu boradagi yutuqlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Ushbu yig‘ilishlarda quyosh energiyasini, jumladan, O‘zbekistonda rivojlantirish istiqbollari, texnologiyalar sohasidagi yutuqlar, quyosh energetikasi uchun uskunalar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish sanoatini yuksaltirish masalalari muhokama etildi. Forumda so‘zga chiqqan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao, Islom taraqqiyot banki vitse-prezidenti Birama Sidibe, Yevropa quyosh issiqlik energiyasi uyushmasi ijrochi direktori Marsel Bial, “Solar Technology Advisors” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Yorge Servert va boshqalar O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli davlat siyosati amalga oshirilayotgani hamda amaliy chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarilayotgani samarasida ushbu yo‘nalishda yuksak natijalarga erishilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda quyosh energetikasi uchun uskuna va materiallar, tayyor fotoelektr panellar, quyosh issiqlik kollektorlari hamda boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi bilan birga, yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishga tushirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Forumda so‘zga chiqqan ekspertlar quyosh energetikasini rivojlantirish, sohada qo‘llanayotgan texnologiyalarni yanada takomillashtirish, qayta tiklanadigan energetika tarmog‘idagi tavakkalchiliklarni standartlashtirish va ularni startegik boshqarish masalalarini muhokama etdi, bu borada tajriba va fikr almashdi. http://uza.uz/uz/business/ozbekistonda-quyosh-energetikasi-izchil-rivojlanmoqda-23.11.2013-29888 Download 16.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling