Quyosh energiyasi zaxiralari. Rivojlangan mamlakatlarda mavjut aes lar. Dengiz suvining kutarilishi va pasayishida xosil


- O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi tashabbusiga qanday qaraysiz?


Download 51.67 Kb.
bet2/2
Sana13.02.2023
Hajmi51.67 Kb.
#1196010
1   2
Bog'liq
TURBINALARNING IES DAGI O’RNI

- O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi tashabbusiga qanday qaraysiz?
- Energetika sohasidagi investorlar bilan ishlaydigan mutaxassis sifatida O‘zbekiston uchun yadro energiyasi foydali va kerakli deb hisoblayman. Shuning uchun mamlakatimiz prezidentining O‘zbekistonda yadro energetikasini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorini o‘qib, xursand bo‘ldim. Bu qarorni O‘zbekiston energetikasini, sanoatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim va tarixiy qaror deb bilaman.
Afsuski, bizda yurtimizda quriladigan AES to‘g‘risida, bu stansiyaning parametrlari to‘g‘risida ma'lumotlar kam. Shuning uchun quyida keltiriladigan ba'zi fikrlarni ushbu AES to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida yozilgan ma'lumotlardan kelib chiqqan holda bildiramiz.
Ommaviy axborot vositalaridan bilamizki, O‘zbekistonda quriladigan AESning qiymati 11 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. «Rosatom» amalga oshirayotgan boshqa ana shunday loyihalar yoki dunyoda qurilayotgan boshqa AESlar narxi bilan solishtiradigan bo‘lsak, bu yaxshi narx. Agarda buning ichida AES bilan bog‘liq infrastrukturalarga kiritiladigan investitsiya ham bo‘lsa , unda bu biz uchun a'lo qiymat hisoblanadi. 
Fursatdan foydalanib aytmoqchimanki, AES qurilishi borasidagi bir qancha mavzular to‘g‘risida gapirilmayapti, xolis mutaxassislarning fikrlari yoritilmayapti. Misol uchun, AES qurilishining moliyaviy tomonlari, «Rosatom» tashkilotining boshqa AES qurilishi loyihalaridagi muammolari O‘zbekistonda qaytarilmaydimi, ekologiya, suv masalasi, radioaktiv materiallarni saqlash va boshqa mavzular.
Bular haqida ochiq hamda batafsil yozish va gapirish prezidentimiz qaroriga qarshi chiqish degani emas. Aksincha, bular ommaga mazkur qarorning qanchalik muhim ekanligini tushuntirishga, loyihani samarali va unumli amalga oshirishga yordam beradi deb o‘ylayman.

1.Gidroenergetika zahiralari.
Gidroenergetika zahiralari. Erda gidroenergetika yiliga 32900 TVch/soat qiymat kattaligi bilan baholanadi. Biroq bu energiyaning 25% ni texnik va iqtisodiy talablarga binoan amaliyotda foydalansa bo’ladi. Bu kattalik hozirgi zamon dunyo elektr stansiyalarida yil davomida ishlab chiqarilayotgan energiya miqdoridan taxminan ikki marotaba katta. Quyidagi jadvalda turli mamlakatlardagi gidroenergetik manbalari ko’rsatilgan.
Jadval 4.

Davlatlar

Quvvat, GVt

Quvvat. GVt

Suvning yil davomida o’rtacha sarfi (50% ta’minlangan)

Minimal suv sarfi(95% ta’minlangan)

AQSH

53.9

25.0

Kanada

25.1

15.85

Yaponiya

13.2

5.6

Norvegiya

20.0

12.0

Shvetsiya

8.9

2.9

Fransiya

5.8

3.4

Italiya

5.2

2.8

Shvetsariya

3.8

2.4

Ispaniya

5.0

2,9

Germaniya

3.7

1.5

Angliya

1.2

0.6

D engaz suvining ko’tarilish va pasayishidan hosil bo’ladigan energiya. Hozirgi zamonda bu energiyadan bir necha quvvatga ega bo’lgan elektr stansiyalari qurilgan. Lekin bu stansiyalarni qurish qimmatligi va ulardan foydalanish notekisligi uchun, samaradorligi kam va ularning rivojlanishi sekin kechmoqda.
O’zbekiston gidroenergetika resurslariga boy mamlakat hisoblanadi. Bu borada respublikamizda o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan gidroenergetika resurslari yiliga 27,4 milliard kilovatt/soat elektroenergiya ishlab chiqarish hajmiga tengligini aytishning o’zi kifoya. Shu bilan birga, hozirda mamlakatimiz gidroenergetika salohiyatining atigi 6,5 milliard kilovatt/soati yoki 23,7 foizi o’zlashtirilgan, xolos.
Gidroenergetika resurslari tabiiy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi energiya manbai bo’lgani sababli ulardan foydalanishni har tomonlama kengaytirish respublikamizning zamonaviy taraqqiyot strategiyasiga mosdir. Bu sanoat va kommunal korxonalari, qishloq xo’jaligi va hududlarda axolining elektr energiyasiga bo’lgan oshib borayotgan ehtiyojini kafolatli qoplashni, mamlakatimizdagi organik yoqilg’i zaxiralaridan oqilona foydalanish va ularni tejashni, shuningdek, atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqarilishi kamaytirilishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda O’zbekiston gidroenergetika sohasi 36 ta gidroelektrostansiyalarni o’z ichiga oladi, ulardan 25 tasi qirq-sakson yil muqaddam ishga tushirilgan va o’zining texnik resurslarini deyarli o’tab bo’lgan, asbob-uskunalar va inshootlar modernizatsiya va rekonstruksiyaga muhtojdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risidagi PQ-2947-sonli qarori respublikamizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, elektr energiya ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanuvchi gidroenergetik resurslar ulushini oshirish, yangi ekologik toza ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda mavjud gidroelektrostansiyalarni texnik va texnologik qayta jihozlash maqsadida qabul qilindi.

Foydalangan adabiyotlar


1. Qodirov T.M., Alimov H.A. «Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti», O‘quv qo‘llanma, Toshkent sh., 2006.
2. Steven W. Blume, Electric power system basics, 2007.
3. Allaev K.R. Elektroenergetika Uzbekistana i mira, T.: «Fan va texnologiya», 2009.
4. Majidov T.SH. Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, O‘quv qo‘llanma, Toshkent sh., 2014.
Download 51.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling