Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari


Аvtonom, elektr tarmogʼi bilan parallel ishlaydigan, rezerv fotoelektrik stantsiyalar. Fotoelektrik stantsiyalarda elektr energiyasini akkumulyatsiyalash


Download 0.89 Mb.
bet58/60
Sana31.01.2024
Hajmi0.89 Mb.
#1819035
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari

Аvtonom, elektr tarmogʼi bilan parallel ishlaydigan, rezerv fotoelektrik stantsiyalar. Fotoelektrik stantsiyalarda elektr energiyasini akkumulyatsiyalash.
Yer sharoitida qo‘llaniladigan quyosh fotoelektrik stansiyalarini ularning qo‘llanilishiga muvofiq holda quyidagi sinflarga ajratish mumkin. Bu tizimlar asosan 3 ga bo‘linadi:

  1. avtonom Quyosh fotoelektrik stansiyalari (AFES);

  2. rezerv Quyosh fotoelektrik stansiyalari (RFES);

  3. Elektr tarmog‘i bilan parallel ulangan Quyosh fotoelektrik stansiyalari.

Lokal elektr tarmog‘i bilan integrallashgan fotoelektrik stansiyalar o‘z navbatida akkumulyasiya tizimiga ega va akkumulyasiya tizimi bo‘lmagan FES larga bo‘linadi. Rezerv akkumulyatorlar bilan ta’minlangan “tarmoq” FES lar elektr energiyasi uzulishlari, avariya holatlarida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash funksiyasi orqali afzalliklarga egadir.
Elektr uzatish liniyalaridan uzoqda joylashgan elektr ta’minoti uchun mo‘ljallangan quvvati 0,01...100 kVt bo‘lgan sodda AFES larning strukturaviy sxemasi 4.14-rasmda keltirilgan.



4.14-rasm.AFES ning soddalashgan strukturaviy sxemasi

Avtonom fotoelektrik tizimlardan markazlashtirilgan elektr ta’minoti mavjud bo‘lmagan joylarda foydalaniladi. Sutkaning tungi vaqtlarida energiya ta’minoti va quyosh yaxshi nur sochmagan vaqtlar uchun akkumulyator batareyasi (AB) zarur. Avtonom fotoelektrik tizimlar alohida uylarning elektr ta’minoti uchun tez-tez qo‘llaniladi. Kichik tizimlar asosiy yuklamani ta’minlashi mumkin (yoritish manbai, ba’zan televizor yoki radio), o‘ta quvvatli tizimlar suv nasosi, radiostansiya, muzlatgich, elektrojihozlar va boshqalar. Bunday tizim quyidagilardan tashkil topgan (4.15-rasm).




4.15-rasm. Avtonom fotoelektrik tizim:
1 quyosh paneli; 2 kontroller; 3 AB; 4 yuklama

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling