Quyosh fotoelektrik elementlar
Download 0.72 Mb.
|
1504975968 66700
Chiqish ishlari har xil bo‘lgan ikki metall bir-biri bilan payvandlanganda elektronlar diffuziyasi hisobiga kontakt potensiallar ayirmasi hosil bo‘ladi. Agar kontakt joyi qizdirilsa, elektronlar diffuziyasi ortadi va kontakt potensiallari ayirmasi ham kattalashadi.
Agar uchlari payvandlangan ikkita har xil metall simlarni galvanometrga ulab, kontaktlardan birini sovuq holatda qoldirib, ikkinchisi isitilsa, zanjirda elektr toki hosil bo‘ladi. Bu hodisani birinchi marta nemis olimi Zeyebek kuzatgan bo‘lib, termoelektrik effekt yoki “Zeyebek effekti” deb yuritiladi.
Termoelektr yurituvchi kuch E payvandlangan uchlaridagi temperaturalar (absolyut shkala bo‘yicha) ayirmasiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, metallar tabiatiga bog‘liq:
Uchlari o‘zaro payvandlangan ikkita har xil metalldan yasalgan asbobga termopara yoki termoelement deb ataladi. Termoelement kavsharlangan uchi temperaturasi o‘lchanuvchi moddaga va ikkinchi – sovuq uchlari o‘lchov asbobga ulanadi. Bir necha termoelementlardan tuzilgan sistemaga termobatareya deb ataladi.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling