Quyosh fotoelektrik elementlar
Download 408.66 Kb.
|
FOTOELEKTOR QURILMALAR VA ULARNING
Uchlari o‘zaro payvandlangan ikkita har xil metalldan yasalgan asbobga termopara yoki termoelement deb ataladi. Termoelement kavsharlangan uchi temperaturasi o‘lchanuvchi moddaga va ikkinchi – sovuq uchlari o‘lchov asbobga ulanadi. Bir necha termoelementlardan tuzilgan sistemaga termobatareya deb ataladi.
1908-yilda Moskva universiteti proffessori V.Serasskiy 100 ta termoelementdan iborat bo‘lgan quyosh batareyasini yaratdi. Bu batareya oynaband yashik ichiga joylashgan bo‘lib, elektr qo‘ng‘irog‘ini tok bilan ta’minlab turadi.
Asrimiznng 30-yillarida akademik A.F.Ioffe termogeneratordan quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish masalasini taklif etgan bo‘lsa, 1941-yilga kelib u shunday termogeneratorni ishlab chiqdi. Quyosh termoelektrogeneratorlari asosan quyosh konsentratori va termobatareyalardan tashkil topgan.
1956-yilda G.M.Krjijanovskiy nomidagi Energetika instituti xodimlari diametri 2m bo‘lgan ko‘zgu fokusiga termogenerator o‘rnatib, issiq va sovuq payvandlar orasidagi temperaturalar farqi 400°С bo‘lganda 21V kuchlanish ostida 18,9 Vt quvvat olishga muyassar bo‘ldilar. Termogenerator FIK 2% ga yaqin. Bunga sabab elementlarni o‘zaro ulash sistemasi yaxshi ishlanmaganidir. Keyinchalik Y.Malevskiy va A.Oxotinlar termogenerator FIK 8% ga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Download 408.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling