Quyosh kollektori – korinadigan va infroqizil nurlarni chiqaradigan quyosh nurlarini yutadigon , keynchalik uni inson foydalanishi uchun mos bo’lgan issiqlik energiyasiga aylantirish uchun mo’jallangan qurilma.
Quyosh kollektorlarining boshqa issiqlik generatorlaridan asosiy farqi uning kunlik ishlashidir. Quyosh bo’lmasa issiqlik energiyasi ham bo’lmaydi, shunig uchun kechqurunlari bu qurilmalar passivdir. O’rtacha quyosh issiqlik ishlab chiqarish to’g’ridan – to’g’ri kunninh yorug’ vaqtiga bog’liq. Bu esa, birinchidan, hududning geografik kengligiga va ikknchidan, yil vaqtiga bog’liq.
Shimoliy yarimsharida maksimal nurlanishga to’g’ri keladigan yoz oylarida kollektor maksimal samaradorlik bilan ishlaydi. Qishda esa uning unimdorligi pasayib, dekabr- yanvar oylarida minimal darajaga yetadi. Qish mavsumida quyosh kollektorlarining samaradorligi nafaqat kunduzgi soatlarning qisqarishi balki quyosh nuri tushish burchagi o’zgargani tufayli ham kamayadi yil davomida quyoshli kollektorning unimdorligini o’zgarishi quyoshlik issiqlik taminotining hisoblashda albatta hisobga olish zarur. Quyosh kollektorining unimdorligiga tasir qilish mumkin bo’lgan yana biro mil – bu hududning iqlim hususiyatlaridir. Bulutli ob-havo sharoitda quyosh kollektorlarining unimdorligi nolgacha tushmaydi chunki u tarqalgan quyosh ushlay oladi, lekin u sezilarli darajada kamayadi. (rasm)
Quyosh kollektorlarining asosiy elementi adsorber hisoblanadi, u quvurlar payvantlangan list plastinasidan iborat. O’ziga tushayotkan quyosh nurlarini yutgan plastina va nur tezda qiziydi. Bu issiqlik quvur bo’ylab aylanayotgan suyuq issiqlik tashuvchiga uzatiladi, u o’z navbatda issiqlikni tizim bo’ylab tashiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |