Quyosh sistemasi


Download 101 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi101 Kb.
#1516760
  1   2   3
Bog'liq
QUYOSH SISTEMASI


QUYOSH SISTEMASI
Reja:

  1. Olam haqidaumumiy tushuncha

  2. Quyoshning Galaktikada tutgan ŏrni

  3. Quyosh tizimi va uning eng muhim hususiyatlari

  4. Quyosh tizimining paydo bulishi hakidagi ilmiy gipotezalar

  5. Quyosh tizimida Yer va Oyning tutgan ŏrni

Koinotdagi osmon jismlari: - yulduzlar, sayyoralar, sayyoralarning yuldoshlari, asteroidlar, meteoritlar va tumanliklardan iboratdir Bular doimiy holatda ichki konuniy tizimga birlashganlar.
Quyosh- yulduzlar deb ataladigan osmon jismlari katoriga kiradi. Barcha yulduzlar kabiuuzidan nur tarkatadi. Quyosh sistemasi – 9ta sayyora,ularning 51ta yŏldoshlari, minglab kichik sayyora-asteroid, millionlab kometa (grekcha- «kometos»-uzun sochli demak), meteor mahsulotlari, sayyoralar aro gazlardan iborat. Quyosh tizimi Galaktika markazidan 10000 ps., Galaktika teksligidan shimolda 25 ps.uzoqlikda joylashgan. Quyosh tizimdagi hamma jismlar massasining 99,866% ini tashkil etadi. Tizimdagi eng katta sayyora Yupiterning massasi Quyosh tizimi massasining 0,09%ga teng.
Quyoshning diametri-1391000 km., hajmi- Yer hajmidan 1300000 marta, massasi Yer massasidan 332000 marta katta. Quyosh tizimidagi sayyoralarning astronomik harakatlari bir-birlaridan farq qiladi. (jadval)
Quyosh tizimi, uning harakterli kattaliklari va hususiyatlari tŏgrisidagi ma’lumotlar juda qadimdan tŏplanib kelingan. Aristotel, Ptolomey, Muhammad al Horazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulugbek, N.Kopernik, I.Kepler, G.Galiley, I.N’yuton, I.Kant, P.Laplas, O.Yu.Shmidt., V.G.Fesenkov, V.V.Ambartsumyan, A.P.Vinogradov Hoyl va boshqalar tomonidan Koinot-Olam-kosmos-Osmon jismlari, shu jumladan, Quyosh tizimining kelib chiqishi, harakatlari, hossa va hususiyatlari tŏgrisida yangidan-yangi ma’lumotlar tŏplangan.
Quyosh tizimining eng muhim hususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • hamma sayyoralar Quyosh atrofida orbita hosil kilib aylanadilar;

  • hamma sayyoralar Quyosh atrofida bir tomonga karab, ya’ni soat strelkasi harakatiga qarama-qarshi tomonga karab harakatlanadilar;

  • hamma sayyoralar (Urandan boshqa) va ularning yŏldoshlaridan kŏpchiligi ham uzuklari atrofida soat strelkasi harakatiga qarama-qarshi tomonga aylanadi;

  • hamma sayyoralarning orbitalari deyarli bitta tekislikda yotadi. (Merkuriyning –7, Pluton (Ekliptikaga nisbatan 17 gradusga ogishgan holos).

  • Sayyoralar: ichki (Merkuriy, Venera, Yer, Mars) va tashqi (Yupiter, Saturn,uran, Neptun) sayyoralarga kiritiladi.

  • Pluton sayyorasining orbitasini Quyosh tizimining chegarasi deyilsa, Quyosh tizimining diametri – 12 mlrd. km.ga teng.

Kuyoshga yaqin turgan Merkuriy sayyorasi Yerga nisbatan 7 marta kuchli, Pluton esa 890-2450 marta kuchsiz yoritiladi.
Quyoshning 70% vodorod va 29% geliydan iborat. Ŏrtacha zichligi 1,41 g\sm3 . Ŏz ŏqi atrofida ŏrtacha 27,35 Yer sutkasida bir marta aylanadi. Quyoshda termo-yadro reaktsiyasi ketishi natijasida yoruglik, issiqlik va elektromagnit tŏlqinlari dunyo bŏshligiga tarqaladi. Quyoshning har bir kv. sm dan 50000 ta halkaro birlikdagi shamdan chiqqan energiyaga teng issiqlik tarqatadi. Quyosh radiatsiyasining umumiy miqdori tahminan 4h 1033 yerga\ sek. Yer shundan 2 mlrd. dan bir qismini oladi. Quyoshning markaziy qismida harorat 20000000 gradus, yuzasida esa 6000 gradusdir.
Quyosh tizimidagi asteroidlar - kichik sayyoralar Quyosh atrofida sayyoralar harakatlangan tomonga qarab harakat qiladilar va ular ma’lum shaklga ega bŏlmagan, qirrali, qattiq jismlardir. Hozirgi vaqtda Mars va Yupiter sayyoralari oraligidagi bŏshliqda 1600 ta asteroid joylashganligi ma’lum. Asteroidlarning hajmi katta emas. Masalan, Tserera – diametri-768 km, Pallada-489 km, Vesta-385 km, Yunonan 193 km va boshqalar.
Kometalar-uzun «dumli» osmon jismi, tŏla tarkib topgan kometalar qattiq osmon jismidir Quyosh nurlari ta’sirida ŏzlarni ham nur tarqatadi. Ayrim kometalarning uzun sochi-«dumi»-900000000 km.ga etadi. Kometalarning ba’zilari ŏz orbitalarini 3 yilda (Enko kometasi) ba’zilari 80 yilda (Galley kometasi) aylanib chiqadilar. Quyosh tizimidagi sayyoralar juda murakkab tuzilishga ega bŏlib, yulduzlardan farqliularoq ŏzlaridan yoruglik chiqarmaydilar. Chunki ularning massalari termo-yadro reaktsiyasi hosil qilish va u asosda energiya vujudga keltirishga qodir emas. Shunga qaramayular suv, havoni ushlab turadilar. (albatta hammasi bir hilda emas) Shuning uchun ham hayotiy jarayonlarning ketishi sayyoralargagina hosdir holos. (izoh:- sayyoralarning harakteristikasi jadval ma’lumotlarida berilgan). Quyosh tizimida hayotiy jarayonlaruning ma’lum qismida sodir bŏladi. Karbonsuvlar birikmasi uchraydigan bu qatlamni-ekzosfera deyiladi. Ekzosferada harorat sayyoralarda 80 gradusdan ortmasligi- 70 gradusdan past bŏlmasligi kerak. Bu hayot qatlami Quyosh tizimida 92 mln. km uzoqlikdan toki 275 mln. km.gacha bŏlgan oraliqda deb hisoblanadi. Shunday qilib Quyosh ekzosferasiga Venera, Yer va Mars sayyoralari joylashgan bŏshliq kiradi. Yupiter, Saturn, Uran va Neptun oraliqlari bu jarayondan holis, chunki, ular Quyoshdan uzoqda, shu sabali imkoniyatlar yŏq, atmosferasida amiak va metan kŏp, Quyosh issiqligidan kam bahra oladi. Shuning uchun ham ularda hayot yŏq. Pluton sayyorasi ham, asteroidlar ham hayotsizdir.
Quyosh tizimida meteor, mahsulotlari, meteoritlar, bolidlar - yirik meteoritlar ham mavjud bŏlib ularning kattaligi turlichadir. Masalan, Goba meteoriti- 60t. Tunguska meteoritin 2000t. deb tahmin qilinadi. Arizonadagi meteor tushgan va natijada hosil bŏlgan kraterining diametrini-1200, chuqurligini-200m. deb hisoblangan, tushgan vaqti tahminan bundan 5000 yil oldin bŏlgan.
Sayyoralarning harakatlarini tushuntirishda dastlab, Yer quzgalmas va osmon yumaloq degan tasavvur bŏlgan. Aristotel har bir sayyora hrustal sferaga mahkamlangan deb qaragan. Sferalar bir-birlarining ichiga joylashgan va sharsimon er atrofida aylanadilar. Eng ohirgi va eng uzoqdagi sferaga yulduzlar mahkamlangan deb fikr yuritgan.
Ptolemey esa har bir sayyora aylana bŏylab tekis harakatlanadi va bu aylana markazi qŏzgalmas Yer atrofida tekis aylandi deb tushuntirgan. Shu asosda, markazda Yer joylashgan olam tizimini geotsentrik (grekcha-ge-or) sistema deyilgan va geotsentrik nazariya yaratilgan.
Polyak Nikolay Kopernik (1473-1543) ŏz tadqiqotlari natijasida markazida Quyosh (grekcha gelioo-Quyosh demak) turuvchi olamning geliotsentrik nazariyasini ilgari sŏrdi. Shu bilan birga Kopernik Yer Koinotning markazi bŏlmay, balki u Quyosh atrofida aylanayotgan sayyoralarning biri ekanligini e’tirof qildi. Bunday fikr-mulohazaga kelish va olamshumul tarihiy nazariya yaratish tasodifiy hol emas, chunki u shu davrgacha bŏlgan juda kŏplab manbalarni tahlil qilgan va ma’lumotlardan foydalangan. Shu davrgacha bunga ŏhshash ilmiy fikrlar Ŏrta Osiyolik allomalarning ishlarida ham bŏlgan. (Bu haqida kelgusi mavzuda ma’lumotlar aks ettirildi). Italiyalik, Galiley Venera fazolarining almashishi, Venera Yer atrofida emas, balki faqat Kuyosh atrofida harakatlangandagina rŏy berishi mumkinligini isbotladi. Galiley shuningdek, Yupiterning 4ta yuldoshini topdi. u Quyosh sirtida doglarni topdi va ularning siljishlariga qarab Quyosh ŏz atrofida aylanadi degan hulosaga keldi.
1755 yilda nemets filosofi I.Kant, 1796 yilda esa frantsuz astronomi I.S.Laplas tomonidan Quyosh tizimidagi sayyoralarning paydo bŏlishi tŏgrisidagi gipoteza yaratildi. Ular birinchilar qatori diniy dunyoqarashlarga qarshi chiqib, tabiat doimo rivojlanishda va ŏzaro bogliq deb mehanik-qotma fikrlarni rad etdilar. Ikkala gipotezada ham asosan sayyoralarning gaz-chang tumanliklaridan paydo bŏlganliklari tahmin qilingan. Dastlab bu materiya qizigan (Kant-sovuq materiya degan) tumanlik holida bŏlgan, keyinchalik ular sovigan ŏz ŏqi atrofida aylanishi hisobiga massasi ortib va zichlashib borgan. Natijada tumanlikning atrofida tartib bilan halqa vujudga kelgan. Bu halqalardagi mahsulotlar qizigan materiyada tŏplanib borgan va asta-sekin soviy boshlagan. Shu asosda Yer va boshqa hamma sayyoralar paydo bŏlgan. Faqat gaz-chang tumanliklarining haroratini hisobga olinmasa bu ikki gipoteza bir-birlarini inkor etmaydi. Shuning uchun ham ularni birlashtirib bir nom bilan Kant-Laplas gipotezasi deb ataladi. Bu gipoteza bizning asrimizning birinchi ŏn yilligigacha hukumronlik qildi. Keyinchalik bir qancha gipotezalar yaratildi, lekin ularning umri qisqa bŏlib tezlikda barham topdi.
Hozirgi vaqtda ancha isbotini topgan gipoteza akad. O.Yu.Shmidtning ilmiy goyaga boy gipotezasidir. U yuqoridagilarning goyalarini rivojlantira borib, Yer va boshqa sayyoralar sovuq, qattiq zarralardan paydo bŏlgan dedi. Uningcha bundan 6-7 mlrd. yil oldin Quyosh ŏz bulutlik bilan uchrashgan. Tortish kuchi natijasida ularni ŏzi bilan olib harakatlangan. Shunday qilib gigant holdagi bu qattiq zarralardan iborat materiya Quyosh atrofida aylana boshlagan, biroq, bir butun holda emas, balki ma’lum bir umumiy yunalishdagi har bir zarra ŏz orbitasiga ega bŏlgan. Natijada kŏp sonli zarralar Quyosh atrofida bir-birlariga halaqit bermasdan aylana hosil qilib harakatlanganlar. Sharsimon bulutlik sekinlik bilan quyuqlashib borgan va taqsimcha shaklini olaboshlagan. Zarralar orasidagi masofalar qisqarib borgan va ular bir-birlarini tortishgan. Ularning tŏplanishi davom etgan va dastlabki sayyoralar paydo bŏla boshlagan. Quyoshga yaqin masofada kichikroq, lekin ma’lum zichlikga ega bŏlgn sayyoralar (Merkuriy, Venera, Yer va Mars) paydo bŏlgan. Sayyoralar tizimi ŏrtalarida yirik sayyoralar vujudga kela boshlagan (Yupiter, Saturn,uran va Neptun)uning chekkasida, qaysiki kosmik bulutlik yŏq darajaga kelgan joyda, kichik sayyora-Pluton vujudga kelgan. Sayyoralarni tashkil etgan materiya asta-sekin kosmik chang va meteoritlar hisobiga quyuqlashgan va kattalashib borgan. Hozirgi kungacha ham bu gipoteza goyasini barcha olimlar bir maqomda qabul qilishmaganlar. Jumladan akad. V.G.Fesenkovning fikricha, Quyosh gaz-chang bulutlarini ŏzi bilan olib ketmagan; chunkiuning yoruglik bosimi ta’sirida gaz-chang bulutlari tarqalib ketgan bŏlishligi mumkin. Uning fikricha, Quyoshning ŏzi qizigan gaz-chang bulutlarining quyuqlashishi natijasida paydo bŏlgan, sayyoralar esa shu bulutlardagi ikkilamchi quyuqlashishdan vujudga kelgan deydi.
Hozirgi vaqtlarda Yer va Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralarning paydo bŏlishi bilan juda kŏplab olimlar shugullanishmoqda. Bular orasida akad. V.V.Ambartsuyan, horijlik Hoyl va boshqalarning tadqiqotlari e’tiborga loyiq. A.N.Vinogradov esa Koinotdagi osmon jismlarining yoshini aniqlash bŏyicha tadqiqotlar olib borgan va u Galaktika bundan tahminan -10, Quyosh tizimi esa – 5 mlrd. yildan ortiq vaqt davomida paydo bŏlganligi tŏgrisida ma’lumot bergan. Shuningdek Yer –4,7 mlrd. yil oldin paydo bŏlgan ekan. Biroq boshqa manbalarda 5 mlrd. va hatto 6 mlrd.gacha kattalikda yil hisoblari ham berilgan.
Koinot va uning tarkibiy qismlari hamda ularning paydo bŏlishligi tŏgrisidagi fikr-mulohazalarning turli-tuman bŏlishligidan qa’tiy nazar bir narsaga e’tibor berish kerak, u ham bŏlsa turli tadqiqotchilar Olamning abadiyligi va cheksizligiga, uning bir-butun va aloqadorligiga, Yerimizning Koinot bilan bogliqligiga juda tŏgri yondoshishib keldilar va kelmoqdalar.
Quyosh — sayyoramizning hayot manbai. Quyosh nurlarisiz Yerda hayot bolmaydi. Quyosh asosan ikki gaz — vodorod va geliydan iborat ulkan qizigan shar.
U bizdan 150 mil- lion kilometr yiroqda joylashganligi sababli osmonda ko’zni oladigan darajada yorqin kichkina doiracha bo‘lib ko’rinadi.
Quyoshning ko’ndalang kesimi o’lchami Yernikidan 109 baravar katta, Quyoshni tashkil etgan moddadan esa bizning Yerimizdek 330 mingta shar yasash mumkin bolar edi.
Quyosh sirtining temperaturasi 6000 daraja, uning ichkarisida, markaziga yaqin joyda esa issiqlik 15 million darajagacha boradi.
Bunday tasavvur ham qilib bolmaydigan yuqori temperaturada quyosh moddasida o’zgarishlar bo’lib turadi: vodorod go‘yo «yongan» kabi geliyga aylanadi. Bunda quyosh moddasi yoruglik va issiqlikka aylanadi- ki, ulartufayli Yerda hayot mavjud boladi.
Quyosh yoruglik sochar ekan, uning massasi uzluksiz kamayib, go‘yoki «erib» boradi. Lekin Quyosh shu qadar ulkanki, uning moddasi va energiyasi shu tarzda sarflanib borishiga qaramay, yana milliard yillab nurlarini sochib turadi.
Quyosh sirtida vaqti-vaqti bilan qora dog’lar ko’rinadi. Bu doglar mavjud joyda quyosh gazlari Quyosh sirtining boshqa o’rinlaridagiga nisbatan taxminan 1500-2000 daraja sovuqroq boladi, shuning uchun ham ular qoraroq dog‘ bo’lib ko‘rinadi.
Quyosh dog’larining miqdori muntazam ravishda o‘zgarib turadi — taxminan har 11 yilda ularning soni eng ko’p boladi.
Bu vaqtlarda, astronomlar iborasi bilan aytganda, Quyosh ayniqsa faollashadi. Quyoshdagi barcha jarayonlar yanada shiddatli o‘tadi, Quyoshning nur sochishi kuchayadi, bular darhol sayyoramizdagi hayotga o‘z ta’sirini ko’rsatadi.
Quyosh faolligi kuchaygan yillarda qutb yog’dusi ko‘proq kuzatiladi, ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi.
Olimlar Quyosh va Yerdagi hodisalarning o‘zaro bog’liqligini o‘rganmoqdalar va shu asosda Quyoshning zararli ta’siridan bizni himoya qilish choralarini izlamoqdalar.

Quyosh atrofini olis-olislarga cho’zilgan Quyosh atmosferasi o‘rab olgan, u ham Quyosh singari asosan vodorod va geliydan iborat.


Quyosh to‘la tutilgan, ya’ni uni Oy butunlay to’sib olgan paytlarda Quyosh atrofida bir necha minut Quyosh toji — uzun-uzun cho‘qqili kumushrang yog‘du yarqirab ko’rinadi.


Bu Quyosh atmosferasining eng chekka qismlaridir.
Quyosh fazoga uzluksiz ravishda proton. elektron va boshqa juda ko‘p mayda zarracha- larini sochib turadi. Ular haqida siz «Atorr, maqolasida o‘qishingiz mumkin.
Bu modda zarrachalari butun Quyosh sistemasini bilan kesib o‘tuvchi quyosh shamoli dec ataladigan oqimni hosil qiladi. Bazan.
Quyosh atmosferasida juda kuchli portlashlar- Quyosh chaqnashlari yuz berib turadi.
Bunday chaqnashlarning ayrimlari ochiq kosmosdagi yoki Oy ekspeditsiyasida qatnashayotgan kosmonavtlar uchun xavflidir.
Olimlar Quyosh chaqnashlarining qachon ro‘y berishini oldindan aytib berish va ulardan himoyalanish choralarini ishlab chiqqanlar.
Quyosh inson uchun beminnat xizmat qiladi. Quyosh energiyasidan turli qurilmalarda: quyosh sandonlarida, dengiz suvini chuchuklantiradigan moslamalarda tobora keng foydlanilmoqda.
Quyosh energiyasi deyarli hamma kosmik kemalar va avtomatik stansiyalarda o’rnatilgan quyosh batareyalari uchun energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Olimlar rasadxonalarda quyosh teleskoplari yordamida Quyosh ustida kuzatishlar olib boradilar. Yer atmosferasi xalal bermaydigan orbital rasadxonalar ham katta ahamiyatga ega.
0‘zbekistonda Quyosh 1873-yildan beri ilmiyjihatdan muntazam kuzatib kelinadi. Hozir mamlakatimizda Quyoshni kuzatish ishlari Germaniya, Fransiya va Xitoy olimlari bilan hamkorlikda (Toshkent,, Chimyon va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Maydanak degan joyda) keng ko’lamda olib borilmoqda (1999).
QUYOSH ENERGETIKASI
Siz Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi «Kumushkon» dam olish maskaniga borganmisiz? Agar borgan bo’lsangiz, yo’lda, Qizsaroy qishlog’iga yetmasdan tepalikda hashamatli bino ko’rinib turadi.

Bu Katta quyosh sandoni. Bu qurilma Quyosh radiatsiyasini bir yerga to‘plab, katta energiyaga aylantirib beradi.


Quyosh energiyasini «yig‘ish», «to‘plash» har kimning ham qo’lidan keladi.
Quyosh charaqlab nur sochib turgan kunda linza uning nurlarini «to‘plab», yorug1 dog‘ga aylantirishi, unda hosil bo’ladigan temperatura hatto qog’ozni ham kuydirishi mumkin.
Quyosh radiatsiyasini to’plash, uni energiyaning foydalanish qulay bo’lgan boshqa turlariga aylan- tirish bilan quyosh energetikasi shug‘ullanadi. Ma’lumki, Quyoshdan Yerga issiqlik oqimi keladi; bu oqimning energiyasi juda ulkan sonyiliga 1,5.1018 kilovatt soat.
Quyosh energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantirish va undan foydalanishning bir neGha yo‘nalishi bor.
Birinchi yo‘nalish Quyosh nurlanishini issiqlik energiyasiga aylantirish va undan binolarni isitish, havoni mo‘tadillash, issiq suv bilan ta’minlash, sof metall va qotishmalar eritib olish, har xil materiallar va qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritish, dengiz suvini va minerallashgan artezian qudug’i suvini chuchuklashtirish.
Quyosh radiatsiyasini taxminan 70 — 80° S temperaturali issiqlikka aylantiradigan turli qurilma va tizimlarning asosini yassi Quyosh kollektori tashkil etadi.

Bu kollektor ichidan issiqlik eltgich (suv, havo va boshqalar) yuradigan naychali romdan iborat. Kollektorning barcha tomonim issiqlikni saqlaydigan korpus berkitib turadi; faqat bir tomoni ochiq qoldirilib unga Quyosh nurlari tushadi.


Ana shu Quyosh tushadigan tomonida bir yoki bir necha shaffof qatlam bor. Yuzasi 1 kvadrat metrli kollektor kuniga 80 litr gacha issiq (60 — 80° S) suv beradi. Yassi Quyosh kollektorlari odatda janubga qiya qilib qo’yiladi.
Quyosh energiyasidan foydalanishning ikkinchi yo’nalishi — uni elektr energiyasiga aylantirish. Agar kremniy kristalini yorug’likni yaxshi o’tkazadigan yupqa shaffof metall qatlami bilan yopilsa, fotonlar oqimi — yoruglik zarralari metall qatlami orqali o‘tib, kristalldan
elektronlarni turtib chiqara boshlaydi, elektronlar metall qatlamida to’planadi, kristall bilan metall qatlami orasida potensiallar farqi paydo bo’ladi.
Agar metall qatlami bilan yopilgan minglarcha kristallar — fotoelementlarni bir- biriga ketma-ket va parallel ulansa (kuchlanish va tok kuchini kuchaytirish uchun), Quyosh batareyasi hosil bo’ladi.
Biroq Quyosh batareyalari hozircha yer sun’iy yo‘ldoshlari va kosmik kemalarda ishlayotgan elektron apparatlarni ta’minlaydigan kuchsiz energiya manbalari bo‘lib xizmat qilmoqda.
0‘zbekistonda issiq suv bilan ta’minlaydigan, qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritib beradigan ko’pgina qurilmalar ishlab turibdi.

Parkent tumaniga qurilgan quvvati 1000 kilovatt bo‘lgan Katta Quyosh sandoni yordamida yuqori temperatura sharoitida ilmiy tekshirish ishlari amalga oshiriladi.


Bu qurilma yordamida qo’shilmalari bo’lmagan toza metallar eritib olinmoqda. Quyosh energetikasining kelajagi porloq.
Olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida Quyosh kosmik elektr stansiyalari va Quyosh nuridan foydalanib ishlovchi turli qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. Quyosh bizning quyosh tizimimizdagi eng katta yulduzdir. U tizim markazida joylashadi va barcha sayyoralar Quyosh atrofida aylanadi. Quyosh sharsimon shaklda va olimlar uning tarkibida issiq plazma massasi borligini aytishadi. Bu bizning sayyoramiz uchun juda muhim, chunki u bizga hayotning mavjudligi uchun zarur bo'lgan energiya yetkazib beradi.

Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling