Quyoshning fizik parametrlari


Parsek Parsek – astronomiyada qo‘llaniladigan masofa birligi. SI tizimiga kirmaydi. O‘zbekcha belgilanishi pk


Download 166.76 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi166.76 Kb.
#238555
1   2   3
Bog'liq
Quyoshning fizik parametrlari

Parsek

Parsek – astronomiyada qo‘llaniladigan masofa birligi. SI tizimiga kirmaydi. O‘zbekcha belgilanishi pk (кирилл алифбосида пк), xalqaro belgilanishi pc. Termin «parallaks» va «sekund» so‘zlarining birinchi bo‘g‘inidan yasalgan.



Bir parsek masofa – yillik trigonometrik parallaksi bir burchak sekundiga teng bo‘lgan obyektgacha bo‘lgan masofadir.

Muqobil ta’rifiga ko‘ra esa, bir parsek bu – ko‘rish nuriga perpendikulyar bo‘lgan bir astronomik birlik (a.b.) kesmaning bir sekund burchak ostida ko‘rinish masofasidir. Ushbu ta’rifga ko‘ra, demak, bir parsek, katetlaridan biri 1 astronomik birlikka teng bo‘lgan va o‘tkir burchagi 1" bo‘lgan to‘g‘ri burchakli uchburchakning katta katetining uzunligidir:



Bu degani, 1 pk = 30,8568 trillion km; hamda, 3,2616 yorug‘lik yili masofasi demakdir.



2015-yilning avgust oyida Xalqaro Astronomiya Ittifoqining XXIX-Bosh assambleyasida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan va unda parsek

tarzidagi formula bilan aniqlanishini belgilab qo‘ydi. Bu formulaga ko‘ra hisoblansa, bir parsek masofa yuqoridagi ta’rifdagidan 10−11 ga qisqaroq chiqadi. Bu yulduzlararo masofani o‘lchash borasida, zamonaviy o‘lchov texnikasida yo‘l qo‘yiladigan nisbiy xatolikning eng katta aniqlik darajasidan ham yuqori darajadir (o‘lchov texnikasining nisbiy xatoligi 0,001%, yoki, 10−5 bo‘ladi). XAI belgilagan formulaga binoan aniqlangan parsek, ta’rifdagidan ≈242 km ga qisqaroq xolos. Shu sababli, yulduzlararo masofani o‘lchashda ishlatiladigan ushbu birlik deyarli o‘zgarmagan deyish mumkin.

Parsekning kiloparsek (kpk), megaparsek (Mpk) va gigaparsek (Gpk) ko‘rinishidagi karrali birliklari ham fanda qo‘llaniladi. Biroq, parsekning ulushli birliklari ishlatilmaydi. Buning o‘rniga, nisbatan qulayroq bo‘lgan a.b. birligidan foydalaniladi.

Ayrim astronomik masofalarning parsekda ifodalanishiga misollar:



  • 1 a.b. taxminan 4,848∙10−6 parsekka teng;

  • Oort buluti diametri taxminan 0,62 pk;

  • 10 pk masofani yorug‘lik 32 yil, 7 oy va 6 kun muddatda bosib o‘tadi;

  • Quyoshdan eng yaqin sharsimon to‘da M4 gacha bo‘lgan masofa 2,2 pk ni tashkil qiladi;

  • Quyoshdan galaktikamiz markazigacha bo‘lgan masofa taxminan 8 kpk;

  • Somon Yo‘li galaktikasi diametri taxminan 30 kpk;

  • Andromedagacha bo‘lgan masofa 0,77 Mpk;

  • Eng birinchi ochilgan, eng yorqin va eng yaqin kvazar bo‘lmish 3C 273 gacha bo‘lgan masofa 734 Mpk ni tashkil qiladi;

  • Koinotning hozirda kuzatilayotgan va hozircha ko‘z yetgan sarhadlari masofasi 4 Gpk atrofida;

Download 166.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling