R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


Moliyalanadigan lizing muomalalari auditi


Download 1.08 Mb.
bet13/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

Moliyalanadigan lizing muomalalari auditi. Auditda bajariladigan barcha amallar lizing muomalalarining xususiyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shuning uchun lizing shartnomalarini tuzish, muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortishda yo’l qo’yiladigan xatolarning aksariyati me’yoriy hujjatlardagi kamchiliklar va uslubiy qo’llanmalar etishmasligi bilan bogliq.
Lizing muomalalari auditida alohida e’tibor berilishi, lizing sub’ektlari asosiy vositalar bilan bogliq boshqa muomalalarga qaraganda, bularni tekshirishga ko’proq vaqt ajratilishi lozim. Lizing muomalalari auditini tashkil etish va metodikasini ishlab chiqishda bunday omillar hisobga olinishi kerak.
Lizing operatsiyalarini tekshirishda auditning barcha bosqichlari – rejalashtirish, auditorlar guruhini tuzish, tekshiruv o’tkazish, auditorlik hisoboti va xulosalarini tuzishda maxsus yondoshuv talab qilinadi.
Auditni rejalashtirish bosqichida bajariladigan tahliliy amallar tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini o’rganish va auditorlik riskining darajasini pasaytirishga yordam beradi. Auditorlardan maxsus e’tibor talab qiladigan va auditorlik riski yuqori bo’lgan, nostandart yoki noto’gri aks ettirilgan xo’jalik faoliyati faktlari va natijalarini aniqlashga yordam berganligi sababli, tahliliy amallar ushbu bosqichda o’ta muhim hisoblanadi.
Tahliliy amallar keraksiz auditorlik amallarining sonini qisqartirishga imkon beradi, demak tekshiruvga sarflanadigan mehnat sarflarini kamaytiradi. Pirovard natijada bu audit sifatini oshiradi va moliyaviy hisobotdagi chalkashliklarni aniqlashni ta’minlaydi.
Lizing munosabatlarining asosiy elementlarini tekshirish uchun lizing turiga bogliq holda bajariladigan tekshiruv amallarini o’zgartirish ko’zda tutilgan, maxsus sxema ishlab chiqish zarur.
Lizingning eng ko’p tarqalgan turi – moliyalanadigan lizingni tekshirishda lizing makonida uchta ishtirokchi mavjudligini nazarda tutadigan, lizing sxemasi huquqiy tuzilishining xususiyatlaridan kelib chiqish zarur. Lizingning boshqa turlari (qaytariladigan, operativ) uchun bunday sxemaga muayyan lizing turlari xususiyatlaridan kelib chiqadigan o’zgartirishlar kiritilishi zarur.
Lizing muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish uchun tekshiriladigan ob’ektlar va hal etiladigan vazifalar ro’yxati lizing beruvchi korxona va lizing oluvchi korxona pozitsiyalaridan shakllantirilishi kerak.
Lizing muomalalari murakkabligi va nostandartligi sababli, ular alohida momentlari, hatto muhim bo’lsa ham tekshirilishi maqsadga muvofiq emas. Izma-iz tekshirish, muomalalarni hisobda aks ettirish ishonchliligini tekshirishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Buning uchun operatsiyalarning salmoqli turlarini tanlab olish va ularning buxgalteriya hisobida aks ettirilishini boshidan oxirigacha izma-iz tekshirib chiqish zarur.
Lizing muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish uchun quyidagi tahliliy amallar samarali hisoblanadi:

  • buxgalteriya hisobotining ko’rsatkichlari va ular bilan bogliq hisobot davrining nisbiy koeffitsientlarini xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan belgilab qo’yilgan normativlar bilan taqqoslash;

  • buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarini lizing shartnomasi va ichki hujjatlar aylanishidagi ma’lumotlar bilan reja va bashoratlash ko’rsatkichlari va hokazolar bilan taqqoslash.

Eng muhim masalalar bo’yicha auditorlik dalillarini bir necha muqobil manbalardan olish maqsadga muvofiq. Auditorda qo’shimcha auditorlik amallari bajarish zaruriyatini vujudga keltirgan holat mazkur amallarning bevosita lizing muomalalariga tegishli ekanligini aniqlash va tekshiruv o’tkazish uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Lizing beruvchi korxonada audit o’tkazish bo’yicha vazifalar.





Nomlari
Vazifalarning qisqacha mazmuni

1

Umumiy masalalar

Lizing faoliyati bilan shugullanish uchun litsenziyaning mavjud-ligini aniqlash. Lizing kelishuvlari, jumladan mulkka egalik huquqining o’tishi bo’yicha shartnomalarning qonunchilikka muvo-fiqligini tekshirish.

2

Asosiy vositalar

Lizing beruvchida lizing shartnomasi bo’yicha asosiy vositalar kirimi va chiqimining analitik va sintetik hisobi.
Lizingga doir mulklarga eskirish hisoblashning to’griligi.
Lizingga beriladigan mulklarning chiqimi, jumladan lizing oluvchi tomonidan sotib olinishi.
Lizingga beriladigan mulklarga doir kapital qo’yilmalar hisobi.

3

Tannarx shaklla-nishi

Kreditlar va qarzlar bo’yicha xarajatlar hisobi.
Lizingga beriladigan mulklarni sugurtalash xarajatlarining hisobi.
Lizingga beriladigan mulklarni ta’mirlash xarajatlarining hisobi.

4

Lizing xizmatla-rini sotish.

Lizing shartnomalari bo’yicha daromadlarni hisobga olish.

5

Hisob-kitoblar

Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar.
Byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan hisob-kitoblar.
Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar.

6

Lizing muomalalarini soliqqa tortish

Lizing obektlari bilan bogliq muomalalar – sotib olish, garovga olish, lizing oluvchiga berish va sotish muomalalarini soliqqa tortish bo’yicha hisob-kitoblar.
Lizing shartnomalari bo’yicha olingan daromadlarni soliqqa tortish.

7

Hisobot

Buxgalteriya hisoboti- faoliyat natijalarini ishonarli aks ettirish.
Soliq hisoboti – faoliyat natijalarini ishonarli aks ettirish.

Lizing oluvchi korxonada audit o’tkazish bo’yicha vazifalar.






Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling