R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit
v) Qo’shilgan qiymat solig’ini tekshirish
Download 1.08 Mb.
|
Audit II qism lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktsiz solig’i va er ostidan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlarni tekshirish.
v) Qo’shilgan qiymat solig’ini tekshirish.
Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) bizning iqtisodiyotimiz uchun nisbatan yangi tushuncha bo’lib, egri soliqlar toifasiga kiradi va sotilgan tovarlar, ish va xizmatlar bahosiga qo’shiladi. QQS bizda oldin qo’llanilib kelingan aylanma solig’i va sotishdan to’lanadigan soliqlarning o’rnini egallaydi va barcha turdagi tovarlar va xizmatlarni qamrab olib, byudjet bilan hisob-kitoblarda muhim o’rin tutadi. QQSni savdo va umum ovqatlanish korxonalaridan tashqari Respublika hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi hamma huquqiy shaxslar to’laydi. Tovarlar sotish, ish va xizmatlar bajarish bo’yicha aylanma qo’shilgan qiymat solig’ining ob’ekti hisoblanadi. Xaridorlarga jo’natilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tovarlar sotish bo’yicha aylanmani tashkil qiladi. Tovarlar sotish o’zida ishlab chiqarilgan hamda chetdan sotib olingan hamma tovarlarni sotish bo’yicha aylanma soliq olinadigan ob’ekt bo’lib hisoblanadi. Soliq solish maqsadida iste’mol uchun belgilangan va qiymatga ega bo’lgan hamma narsa (tovar, mahsulot, ko’chmas mulklar, elektr va issiqlik energiyasi, gaz, suv va boshqalar) tovar bo’lib hisoblanadi. Bajarilgan ishlar bo’yicha qurilish-montaj, ta’mirlash, ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik, loyiha-qidiruv va boshqa ishlarning qiymati soliq ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Xizmatlar ko’rsatish bo’yicha passajir va yuk transportining xizmatlari, shu jumladan neft, gaz, elektr va issiqlik energiyasini uzatish, tovarlarni ortish, tushirish va saqlash bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlarning qiymati, mulklarni ijaraga berish, vositachilik, aloqa, turar joy - kommunal, reklama va boshqa xizmatlarning qiymati soliq ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Tovar va xizmatlarni tadbirkorlik faoliyatidan tashqari korxonaning boshqa ichki extiyojlari uchun sotish bo’yicha aylanma tovar va xizmatlarni boshqa korxonalar va jismoniy shaxslarga, shu jumladan korxonaning ishlovchilariga tekinga berish bo’yicha aylanma hamda garov predmetini sotish bo’yicha aylanma ham soliqqa tortiladigan aylanmaga kiradi. Sotish bo’yicha soliqqa tortiladigan aylanma summasi sotiladigan tovarlar, ish va xizmatlarning amaldagi narx va tariflar bilan baholanadigan qiymatiga asosan, ularga qo’shimcha qiymat solig’ini kiritmagan holda aniqlanadi. Auditor QQS ni to’lashning to’g’riligini tekshirishda moddiy qiymatlarning xarajati aks ettiriladigan barcha schyotlarni, to’lov topshiriqlari va boshqa to’lov hujjatlarini nazorat qilib chiqishi lozim. Auditor tekshiruv jarayonida QQS ning to’g’ri hisoblanganiga ishonch hosil qilishi lozim. Hisob-kitob maxsus shakl bo’yicha tuziladi va mohiyati shundan iborat bo’ladiki, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi xaridorlarga sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) uchun ulardan olingan va sotib olingan moddiy resurslar, yoqilg’i, xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilarga to’langan soliq summasining mazkur hisobot davrida ishlab chiqarish va muomala sarflariga haqiqatdan olib borilgan qiymatiga tegishli summasi o’rtasidagi farq ko’rinishida namoyon bo’ladi. Xususan, QQS ni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga olinadi: oldingi davrlardagi soliq hisobotlarini tahlil qilish, kamchilik ko’rsatilgan masalalarni va ushbu masalalar bo’yicha berilgan tavsiyalarning bajarilishini aniqlash; joriy davr uchun QQS schyotlari bo’yicha qoldiqlarni oldingi davrlar uchun qoldiqlar bilan taqqoslash va katta yoki gayri-oddiy tafovutlarni tahlil qilish; joriy davr uchun haqiqiy stavkalarni taqqoslash va katta yoki g’ayri oddiy tafovutlarni tahlil qilish; hisobot davri uchun byudjetga to’lovlar to’lanishini tahlil qilish. Tovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish chog’ida to’langan QQSni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda, aylanma mablag’- larni sotib olishdagi QQS va byudjetdan qoplanadigan QQS hisob-kitobini tahlil qilish zarur. Aylanma mablag’larni sotib olishga doir QQSni tahlil qilishda Bosh daftardagi qoldiqlar, byudjet bilan hisob-kitoblarga doir dastlabki hujjatlar va balansning tuzilishi sinchiklab tekshiruvdan o’tkaziladi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olishda to’langan QQS summalari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga qabul qilish paytida byudjetga to’lanadigan QQS summasidan to’lig’icha chegirib tashlanadi. Byudjetdan qoplanadigan, to’langan QQS ni tahlil qilishda auditor quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim: 4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotining «QQS hisob-kitobi» analitik schyoti debeti bo’yicha yozuvlar tekshiruvdan o’tkaziladi; balans tuzish (tekshiruv maqsadida) va sotib olingan ishlab chiqarish zahiralari, ish va xizmatlar bo’yicha to’langan QQS ni hisobga olishning to’g’riligini dastlabki hujjatlar bo’yicha tanlab tekshirish. Ushbu ish QQS bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni hisobot davrlari bo’yicha aniq taqsimlashni nazarda tutadi. Sotiladigan tovarlar, ish va xizmatlar tannarxiga qo’shiladigan, olingan QQS hisobining to’g’riligini, byudjet oldidagi QQS bo’yicha qarzlarning muvofiqligini tekshirishda auditorlar quyidagi ishlarni amalga oshirishlari lozim: Bosh daftardagi qoldiqlarni tekshirish; QQS bo’yicha yig’ma vedomost tuzish va hisob-kitob schyotlarining ma’lumotlarini tahlil qilib chiqish; soliq inspektsiyasiga taqdim qilingan QQS hisob-kitoblarining ma’lumotlarini tekshirish; faoliyat hususiyatlari va sotiladigan mahsulot (ish, xizmat)lar turlariga qarab soliq stavkalarini qo’llashning to’g’riligini tahlil qilish; hisobot davri uchun QQS bo’yicha qarzlarni qayta hisoblash; qonun hujjatlariga muvofiq QQS bo’yicha berilgan imtiyozlarning to’g’ri qo’llanishini tahlil qilish; QQS bo’yicha o’rtacha oylik qarz hisob-kitobi asosida QQSni to’lash davriyligini aniqlash; QQS bo’yicha hisob-kitoblarni va hujjatlarni tuzishning to’g’riligini, penyalar va jarimalar to’lashdan qochish uchun bank ko’chirmalari ma’lumotlariga taqqoslash yo’li bilan tanlab tekshiruv o’tkazish. 6410-«Byudjet to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari bo’yicha)» schyoti («qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha hisob-kitoblar» analitikschyoti)ning debet va kredit yozuvlarining aniqligi nazorat qilinadi. Xususan, noishlab chiqarish extiyojlari uchun sarflangan, sotib olingan tovar-moddiy qiymatliklar uchun to’langan QQS 6410-schyotning debetiga olib borilmasligi kerak, balki tegishli xarajat schyotlariga olib beriladi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, to’langan QQS ham qo’shilgan holda, sotib olish qiymati bilan kirimga olinadi. Auditor QQS bo’yicha qo’llanilgan imtiyozlarning hamda ishlab chiqarishga sarflangan moddiy resurslar uchun mol etkazib beruvchilarga to’langan QQSning xaridorlarga jo’natilgan tayyor mahsulotlar uchun korxona hisoblagan QQSdan oshgan summalarining to’g’riligini tekshirishi kerak. Soliqlar va bo’nak to’lovlarining o’z vaqtida byudjetga o’tkazilishi ham tekshirilishi kerak. Aktsiz solig’i va er ostidan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlarni tekshirish. Auditor aktsiz solig’ini tekshirish uchun avvalo, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan, amaldagi aktsiz solig’i belgilangan tovarlar ro’yxati va aktsiz solig’ining stavkalari bilan tanishishi lozim. So’ngra audit o’tkazilayotgan korxonada aktsiz to’lanadigan tovarlar aniqlanib, ular bo’yicha soliq ob’ekti to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi. Soliq Kodeksining 83--moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, aktsiz solig’i to’lanadigan tovarlar uchun ularning qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinmaydigan (aktsiz solig’i summasini o’z ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik hajmi soliq obekti hisoblanishini nazarda tutish kerak. Agar tovar ishlab chiqaruvchi aktsiz to’lanadigan tovarni natural haq yoki sovg’a sifatida bersa, soliq to’lovchida tovarni topshirish paytida vujudga kelgan, lekin qilingan haqiqiy xarajatlardan kam bo’lmagan, narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan qiymat soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Shu bilan birga auditor buyurtmachilarning xom ashyolaridan ishlab chiqarilgan tovarlar bo’yicha ham aktsiz solig’i hisoblanishini tekshirishi zarur. Shundan so’ng auditor hisoblangan aktsiz solig’ining to’lash muddatlariga rioya qilinishini tekshiradi. Bunda Soliq Kodeksining 84-moddasiga muvofiq aktsiz solig’i byudjetga, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, oyning aktsiz to’lanadigan tovar realizatsiya qilingan o’n kunligi tugaganidan so’ng uch kundan kechiktirmay o’tkazilganligi tekshiriladi. Shuningdek soliq to’lovchi aktsiz solig’i bo’yicha hisob-kitoblarni soliq inspektsiyasiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay taqdim etib kelayotganligini aniqlashi lozim. Aktsiz solig’i to’langan xom-ashyodan aktsiz to’lanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, mazkur xom-ashyo uchun to’langan aktsiz solig’ining summasiga ushbu tovarga solinadigan aktsiz solig’i kamaytirilishini nazarda tutmoq kerak. Auditor aktsiz solig’i to’lanadigan import qilinadigan tovarlar bo’yicha soliq solishni tekshirishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati soliq solish ob’ekti ekanligiga amal qiladi. Shuningdek aktsiz to’lanadigan import tovarlar uchun aktsiz solig’i o’z vaqtida, ya’ni bojxonada rasmiylashtirilishiga qadar yoki rasmiylashtirilishi paytida to’langanligini ham aniqlashi zarur. Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun to’lanadigan soliqni tekshirishda, auditor avvalo, soliq solish ob’ektlarining to’g’riligini aniqlash zarur. Bunda soliq solish ob’ektlarining Soliq Kodeksi 106--moddasiga muvofiq kelishini tekshiradi. So’ngra ushbu soliq stavkalarining to’g’ri qo’llanilishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan er ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga muvofiq aniqlanadi. Bunda auditor ushbu soliq bo’yicha belgilangan imtiyozlarni ham nazarda tutishi kerak. Er ostidan foydalanganlik uchun to’lanadigan soliqdan ozod etilganlar Soliq Kodeksining 108-moddasida keltirilgan. er qa’rini geologik jihatdan o’rganuvchi shaxslar; geologiya, minerologiya va boshqa alohida qo’riqlanadigan tabiiy hududlarda ilmiy ishlar olib boruvchi shaxslar; byudjetdagi tashkilotlar va muassasalar, er osti inshootlari qurganlik va ulardan foydalanganlik uchun; o’zlariga berilgan er uchastkalari doirasida o’zlarining xo’jalik va maishiy ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda keng tarqalgan foydali qazilmalar qazib olishni, hamda er osti inshootlari qurishni amalga oshirayotgan er egalari va erdan foydalanuvchilar; metropoliten er osti inshootlaridan foydalanganlik uchun. (Soliq Kodeksi. 108--modda). So’ngra auditor er ostidan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to’lashning to’g’riligini ham aniqlashi lozim. Bunda u soliq to’lovchilar tomonidan er ostidan foydalanganlik uchun to’lanadigan soliq bo’yicha hisob-kitoblarni soliq organlariga taqdim etish tartibiga rioya qilinganligini Soliq Kodeksining 109-moddasiga muvofiq tekshiradi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling