R e j a: O’zbekiston hududida eneolit va bronza davri. Dehqonchilikning vujudga


Nmanapati nomi bilan yuritilganlar. Nmana


Download 23.9 Kb.
bet2/2
Sana15.02.2023
Hajmi23.9 Kb.
#1203007
1   2
Bog'liq
ENEOLIT VA BRONZA DAVRI

Nmanapati nomi bilan yuritilganlar. Nmana katta oila jamoosi demakdirNmanapami katta oila boshlig'i matnolarini anglatadi. Agar ana shu tizimga asoslana-digan bo'sak, Sopollitepa 8 ta nimanadan tashkil topgan VIS ekanligini ko’ramiz. VIS -qabila jamoasi, katta qishloq degani. Vis - pati esa ana shu nimanalarni birlashtirgan oliy kengash boshlig'i, qabila oqsoqoli, katta qishloqning boshlig'idir. Bu Shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarish jamoalarini boshqarish mo'ttabar zotlar - oqsoqollar (nmanapatilar) qo'lida bo’lgan, ular jamoa hayoti bilan bog'liq, bo’lgan barcha muammolarm oo'soqollar kengashi orqali amalga oshirganlar.
Oqsoqollar kengashi katta kuchga ega bo’lgan. Ularning qulida diniy va dunyoviy hokimiyat birlashgan. Katta oila jamoasining oqsoqoli ayni vaqtda o'sha oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq, piru ustoz va murabbiy ham edi. Qabila - qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining ana Shunday boshlig'i bo’lgan. Ularning topshirio' va buyruo'lari jamoa atzolari uchun qonun hisoblangan. Xususiy mulk pay do bo’lishi bilan iqtisodiy va sinfiy tabaq.alanish tezlashib bordi. Mulk eng avvalo jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo'ttabar shaxslar qo'lida to'plangan. Sinfiy tabaqalanish jarayoni kuchaygani sari jamiyatni boshqarish og'irlashib boradi. Bunga sabab jamoa boyligini taqsimlash, jamoani boshqarishda demokratik prino'iplar buzilib bordi, adolatsizliklar kelib chiqdi. Bu tarixiy jarayonlar bronza davrining oxiri va ilk temir davriga to'g'ri keladi. Markaziy Osiyoda ilk temir davri miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga to'g'ri keladi. Bu paytga kelib ibtidoiy jamoa tuzumi uzining oxirgi bosqichini o'tayotgan edi. Odamlar birinchi bor temirdan xom ashyo sifatida mehnat qurollari ishlab chiqarishda foydalanganlar. Temir ibtidoiy jamoa tarixida buyuk texnik inqilobga sabab bo’ldi. U dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishiga katta tatsir kursatdi. Temir ibtidoiy jamoa tuzumini buzib yubordi va xo'jalik tabaqalanishini tezlashuviga olib keldi. Temir tufayli. chorvachilik dehqonchiliqdan uzil-kesil ajraldi, Ko’plab hayvonlarning egalari bo’lgan aslzodalar paydo bo’ldi, xususiy mulkni mustahkamladi, jamiyatni sinflarga bo’lishni tezlashtirdi. Temir tufayli xo’'jalikda ikkinchi mehnat taqsimoti kelib chiqdi, endi hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Xunarmandchilik ixtisoslashuvining sodir bo’lish natijasida ilk shahar larning belgilaridan biri sifatida bozor vujudga keldi, keng ko'lamdagi mol ayirboshlash kuchaydi. Ayrim shaxslar qo'ulida boylik to'planish jarayoni tezlashdi. Temirning qishloq ho'jaligiga keng ko'lamda kirib borishi tufayli yerga xususiy egalik qilish paydo bo’ldi, Avvallari yerga egalik qilish shartli bo’lib, uniig egasi yerni sotib yubora olmas edi. Endi yer egasining xuquqi cheklanmagan bo’lib, u o'z egasining abadiy mulki bo’lib qoldi. So'nggi bronza davri yodgorliklari Farg'ona va Surxondaryo viloyatlari hududida devorlar bilan o'ralgan qishloqlar paydo -bo’lganligiga guvoxlik beradi. Bu Markaziy Osiyoda qadimgi shaharlarning vujudga kela boshlash jarayoni edi. Bu qadimgi xo'jaliklarning taraqqiy etganlimi, Ko’p oilaviy jamoalarning boyliklari oshib borganligi, jamiyatda sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlanganligini ko'rsatadi.
Rivojlanib borayotgan dehqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodi zaminida katta ilali jamoalarda erkaklarning mavqeyi Osha borgan va matriarxat yemirilib, ota-huquqi, patriarxat qaror topgan. Endi qarindoshchilik otaga qarab olib boriladigan bo’lgan. Bolalar ham ota mulki xisoblanib merosni otadan ola boshlagan. Jamoalarning mol-mulklarini qo'riqlash extiyoji harbiy qabila ittifoqlarini qujudga keltirgan.
Yangi tosh asriga kelib O’rta Osiyo hududlarida dehqonchilikning paydo bo’lishi jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini yanada tezlashtirdi. Bronza davriga kelib dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, ixtisoslashagan hunarmandchilik xO’jaliklarining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Ko’payib, mehnat qurollari yanada takomillashib bordi. Jamiyatda ishlab chiqaruvchi xO’jalikning paydo bo’lishi va jadallik bilan rivojlanishi O’z navbatida ijtimoiy hayotdagi O’zgarishlarga sabab bo’ldi.
Ma`lumki, O’rta Osiyo, umuman O’zbekiston hududlarida dastlabki davlatchilikning paydo bo’lishi masalalari tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bo’lib kelmoqda. Bu O’rinda ushbu jarayonga asosiy turtki bo’lib yanada jadallashtirgan omillarni aniqlash nihoyatda muhimdir. Bronza davridayoq sun`iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik O’rta Osiyo xo’jaligining asosini tashkil etgan. Sug’orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi O’zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qo’shimcha mahsulot va xususiy mulk kO’rinishlari paydo bo’ldi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun`iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik O’rta Osiyo xo’jaligining asosi hisoblanib bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekistonning janubida bronza davrida, Toshkent vohasi, Farg’ona vodiysi hududlarida esa ilk temir davrida shakllanib rivojlandi. O’rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun`iy sug’orish birmuncha qulay bo’lgan Amudaryo (yuqori, O’rta, quyi) oqimlari bo’ylarida, Murg’ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar -Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.
Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi ham dastlabki davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib O’rta Osiyoning juda Ko’plab bronza va ilk temir davriga oid yodgorliklaridan (Sopolli, Jarqo’ton, Qiziltepa, Anov, Ko’zaliqir, Afrosiyob, Daratepa, CHust, Dalvarzin va boshq.) ishlab chiqaruvchi xO’jalik bilan bevosita bog’liq bo’lgan metall qurollar topib O’rganilgan. Mehnat qurollarining metaldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi.
So’nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxining keng ishlatila boshlanishi natijasida turli shakldagi yuqori sifatli sopol idishlar ishlab chiqarila boshlanadi. Kulolchilikning rivojlanishi natijasida Sopolli, Oltintepa, Gonur, Jarqo’ton, Afrosiyob kabilarda kulolchilik mahallalari paydo bo’ladi. Shuningdek, hunarmandchilikning toshga, metalga, yog’ochga, suyakka ishlov berish turlari ham keng tarqaladi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi, alohida xo’jalik tarmog’i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, davlatchilik paydo bo’lishi uchun muhim bo’lgan qo’shimcha mahsulot Ko’payishiga turtki bo’ldi.
Download 23.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling