R e j a paxtachilikning xalq xo’jaligida tutadigan o’rni
Download 118.94 Kb.
|
ТТЖ 1-маър. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chigitli paxtadan olinadigan mahsulotlar va ular uchun d avlat standartlari 4.Chigitli pахtаni qаbul qilish, qabul qilingan paxtani tаyyorlаsh vа sаqlаsh
- Paxtachilikning xalq xo’jaligida tutadigan o’rni
- Chigitli paxta
1-Tematik ma’ruza: Mavzu. Go’za o’simligi to’grisida umumiy ma’lumot. Paxtani PTK lariga qabul qilish va sifatli saqlash R E J A 1. Paxtachilikning xalq xo’jaligida tutadigan o’rni. 2. G’o’za o’simligini kelib chiqishi va turlari haqida umumiy ma’lumot. 3. Chigitli paxtadan olinadigan mahsulotlar va ular uchun davlat standartlari 4.Chigitli pахtаni qаbul qilish, qabul qilingan paxtani tаyyorlаsh vа sаqlаsh 5.PTK va PTP larni texnologik jarayon sxemalari Tayanch iboralar: go’za, Gоssipium-хerbаseum-Аfrikа-Оsiyo g’o’zаsi, Gоssipium-аrbаreum-Хindi-Хitоy g’o’zаsi, Gоssipium-хirzitum - Meksikа g’o’zаsi, Gоssipium-bаrbаdenze - Peru g’o’zаsi, vegitatsion davr, seleksion nav, gommoz, vilt, ildiz chirish, standartlar, ko’sak, namlik, ifloslik, avtomobil tarozi, qo’l terim, mashina terim, shirkat, ochiq va yopiq g’aramlar, klassifikator, termoshup, texnologik jarayon sxemasi. Paxtachilikning xalq xo’jaligida tutadigan o’rni Respublikada paxtachilik – xalq xo‘jaligining eng yirik tarmoqlaridan biri hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida, xalqning moddiy farovonligini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega. Respublika iste’mol fondining katta qismi paxta xom ashyosidan ishlab chiqariladigan sanoat mollaridan tashkil topadi. Sanoat va oziq-ovqat mollarini ishlab chiqarishda chigitli paxta eng kerakli xom ashyo turlaridan biri hisoblanadi. U o‘zining ahamiyati jihatidan davlat iqtisodiyotida g‘alla, oltin, neft va boshqa g‘oyat muhim xom ashyo turlari bilan bir qatorda turadi. Chigitli paxta - paxta tozalash korxonalari uchun xom ashyo, tolasi esa to‘qimachilik, trikotaj, poyafzal, engil sanoat va boshqa tarmoqlar uchun yarim-fabrikat mahsuloti sifatida xizmat qiladi. Chigitdan – xalq iste’moli uchun tozalangan xar xil moy, uning chiqitlaridan glitserin hamda yog‘ kislotalari ishlab chiqariladi. Bulardan o‘z navbatida sovun, kir yuvish kukunlari, linolium, izolyasiya lentalari, kinoplyonka, plyonka, suv o‘tkazmaydigan mato, sun’iy teri va sun’iy kauchuk olinadi. Maxsus kimyoviy usulda ishlangan paxta momig‘idan (lintdan) sellyuloza, undan esa sun’iy ipak olinadi. Gidroliz sanoatida shulxadan foydalaniladi: 1 tonna shulxadan 150 kg fufurola olish mumkin, bu esa smola va plastik massa sintetik tola, dori preparatlari uchun xom ashyo bo‘lib hisoblanadi. G‘o‘za barglari - organik kislotalar uchun, poyalari esa har xil navdagi qog‘oz va boshqa ba’zi materiallar ishlab chiqarish uchun manba hisoblanadi. Hozirgi davrda ishlab chiqarish sanoati tarmoqlari uzluksiz rivojlanishi natijasida chigitli paxtadan olinadigan mahsulotlar assortimenti ko‘payib bormoqda, hamda avtomobilsozlik, aviatsiya, elektrotexnika va kimyo sanoatlarida ulardan foydalanish ko‘lami tobora ortmoqda. SHu tariqa paxtachilik sanoati tarmoqlar kompleksining xom ashyo bazasi bo‘lib, ixtisoslashtirilgan mintaqalarning yuksalishi va uzluksiz rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda. Bu noyob, unversal o‘simlikdan kompleks ravishda foydalanish yo‘li bilan paxtachilikni chiqitsiz tarmoqqa aylantirish masalasi qo‘yilmoqda. Download 118.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling