R e j a: Xayol haqida tushuncha. Xayolning ijtimoiy tabiati, fiziologik mexanizmlari. Xayol jarayonlari va turlari


Download 63.51 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi63.51 Kb.
#1344480
Bog'liq
Hayol haqida tushuncha

Hayol haqida tushuncha

R e j a: 1.Xayol haqida tushuncha. 2.Xayolning ijtimoiy tabiati, fiziologik mexanizmlari. 3.Xayol jarayonlari va turlari.

 Hayol ong faoliyati bo`lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotda mavjud bo`lmagan obrazlar, ob’ektlarni yaratishdir. Xayolning funktsiyasi – o`tgan tajriba natijalarini qayta ishlashdir. Hech narsasiz xayol mavjud bo`lishi va yaratilishi mumkin emas. Ushbu tasavvurlar xotiradan farq qiladi va xayol tasavvurlari deb ataladi. Xayol eki fantaziya, tafakkur kabi, yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, kishining o`ziga xos insoniy xarakterga ega bo`lgan faoliyatlarida namayon bo`lad

Hayot timsollarining paydo bo`lishi kishi miyasi faoliyatining natijasidir. Xayol boshqa hamma psixik jarayonlar kabi katta yarim sharlar po`stloq qismining funktsiyasi hisoblanadi. Xayol qiladigan kishida miya hujayralari yangicha bog`lanadi. Xayolning fiziologik mexanizmi faqat miya po`stlog`i bilan emas balki, miyaning chuqurroq qismlari bilan bog`liq. So`nggi o`tkazilgan tadqiqotlar buni to`g`riligini isbotladi

Boshqa psixologik jarayonlar singari xayol ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`ladi. Ixtiyoriy xayol qandaydir ijodiy mehnat bilan band bo`lgan kishi o`z xayolini ishlashga majbur qilganda ro`y beradi. Bu hol badiiy asarlarni yaratish jarayonida, ixtirochi, konstruktorning faoliyatida va hatto qilayotgan narsani o`ylab ko`rish va yaxshi tasavvur qilish zarur bo`lgan oddiy ishda ham yuz beradi. Ixtiyorsiz xayol kishining oldiga hech qanday vazifa turmagan vaqtda, lekin u beixtiyor ravishda orzu qilib, xayol sura boshlagan paytda bo`ladi. Ba’zan bu jarayonlar shirin orzu xarakteriga ega bo`ladi va ongning to`liq nazorati ostida tarkib topmaydi. Xayolning ixtiyorsiz faoliyatiga tush ko`rish ham kiradi


Download 63.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling