R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Download 8.86 Mb.
Pdf просмотр
bet17/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40

142

huquqdan  foydalanadilar63.  Bundan  k o ‘rinib  turibdiki,  har 

qanday  shaxs  qonunda  belgilangan  yoshga  yetgach,  xohlagan 

shaxs  bilan  nikoh  munosabatlariga  kirishishi  mumkin.  Hech 

kim  har  qanday  kamsitilishlar  bilan  birovning  nikoh  tuzishiga 

to ‘sqinlik  qilishi  mumkin  emas.

O ilaviy  m u n o sa b a tla rd a   er  va  xotin  b ir  xil  huquq  va 

majburiyatlarga  ega  b o ‘ladi.  Ayol  faqatgina  uy-ro‘zg‘or  ish- 

lari  bilan  shug‘ullanm asdan,  balki  d av latning  boshqaruv 

sohasida ham ishtirok etadi. Hozirgi rivojlanish jarayonida ayol- 

larimizning k o ‘plab boshqaruv sohalarida rahbarlik lavozimida 

faoliyat  olib  borayotganligining  guvohi  b o ‘lishimiz  mumkin. 

Ayol va erkak nikohni qayd qilar ekan,  albatta,  uning qonuniy 

b o iish lig in i  xohlaydi.  Shu  sababli  nikoh  fuqarolik  holati 

dalolatnomalarini  qayd  etish  organlarida  tuziladi  (FHDYO). 

D iniy  rasm -ru sm la rg a   b in o a n   tu zilg an   n ik o h   h uq u q iy  

ahamiyatga ega emas. Oila qonunchiligi diniy holatlarni cheklab 

qo ‘ymaydi,  faqatgina  bunday  holat  oila  qonunchiligiga  zid 

b o ‘lmasligi  kerak.

N ikoh  tuzish  nikohlanuvchilarm ng  FH D Y O   organlariga 

ariza  berganlaridan  keyin  bir  oy  o ‘tgach,  shaxsan  ularning 

ishtirokida  amalga  oshiriladi.  Ba’zi  holatlarda  nikoh  bir  oy 

o‘tgunga  qadar  ham  tuzilishi  mumkin.  Bunday  holatlarga:

—  Nikohlanuvchilar  uzoq  v aq tb irg a  turgan  bo‘lsalar;

— Nikohlanuvchilardan biri o‘qish yoki mehnat safari bilan 

xorijiy  mamlakatlarga  ketayotgan  bo‘lsa;

—  Bo‘lajak  er-xotinning  yaqin  qarindoshlaridan  biri  og‘ir 

kasal  bo ‘Isa;

—  Taraflardan  biri  harbiy  xizmatga  chaqirilgan  bo‘lsa.

Shunday  holatlar  ham  uchraydiki,  nikoh  ariza  beruvchilar

tom onidan  ariza  berilgan  kuni  ham  qayd  etilishi  mumkin. 

Masalan:  ayol  kishi  homilador  b o ‘lib  qolsa,  o ‘rtada  farzand 

tu g ‘ilganda.

Agar shaxs  og‘ir kasal  bo‘lib  qolganda,  nikohni  kasalxona- 

larda  ham  qayd  etishga  ruxsat  beriladi.  Nikohni  qayd  etish 

vaqtida, albatta, taraflarning o ‘zlari hamda ikkita vakil ishtirok 

etadi,  y a’ni  kelinning  dugonasi  ham da  kuyovning  o ‘rto g ‘i. 

Nikoh  qayd  etilganidan  keyin  ularning  shaxsini  tasdiqlovchi 

hujjatlariga  m uhr  qo‘yiladi.

N ikoh  tuzish  uchun  qonunda  belgilangan  yosh  erkaklar 

uchun  18  yosh,  ayollar  uchun  17 yosh  qilib  belgilab  qo'yilgan.



63  Qarang.  Inson  huquqlari  Umumjahon  deklaratsiyasi.  1948-yil,  10-

dekabr,  16-modda.

143

Ba’zi holatlarda nikohlanuvchilar yashayotgan tuman va shahar 

hokimining  roziligi  asosida  nikoh  yoshini  bir  yilga  qisqartirib 

berishi  mumkin.

N ikohdan  o ‘tayotgan  har  ikki  tomonning  erkin  va  to ‘liq 

roziligi  asosidagina  nikoh  tuzilishi  mumkin64.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  14-moddasiga 

ko‘ra,  nikoh  tuzish  ixtiyoriydir.  Nikoh  tuzish  uchun  b o ‘lajak 

er-xotin  o ‘z roziligini erkin  ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi 

kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Demak, nikoh 

tuzilar  ekan,  albatta,  taraflarning  roziligi  birinchi  o ‘ringa 

q o ‘yiladi.  A gar  nikoh  tuzishga  m ajb u r  qilish  an iq lan sa, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  JK ning  136-moddasiga  muvofiq, 

javobgarlik  masalalarini  keltirib  chiqaradi.

Ba’zan  nikoh  tuzishga  imkon  bermaydigan  holatlar  ham 

kuzatilad i.  Bunday  h o la tlarg a  q u y idagilarni  kiritishim iz 

mumkin:


—  Loaqal  bittasi  qonuniy  boshqa  nikohda  turgan  boisa;

—  Nasl-nasab  shajarasi  b o ‘yicha  to ‘g‘ri  tutashgan  qarin- 

doshlar  o ‘rtasida,  tug‘ishgan  va  o ‘gay  aka-ukalar  bilan  opa- 

singillar  o ‘rtasida,  shuningdek,  farzandlikka  oluvchilar  bilan 

farzandlikka  olinganlar  o ‘rtasida;

—  Ruhiyat  buzilishi  natijasida  sud  tomonidan  muomalaga 

layoatsiz  deb  topilgan  shaxslar  o ‘rtasida;

Oilaviy  m unosabatlarda  er  va  xotin  o ‘z  m ajburiyatlarini 

bajarmagan taqdirda ota-onalik huquqlaridan mahrum boiadi- 

lar. Quyidagi holatlar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishiga 

asos  b o iadi:

—  Ota-onalik  majburiyatlarini  bajarishdan  bosh  tortsa;

—  Uzrsiz  sabablarga  k o ‘ra  o ‘z  bolasini  tug‘ruqxona  yoki 

boshqa  davolash  muassasasidan  olishdan  bosh  tortsa;

—  Bolalariga  nisbatan  shafqatsiz  muomalada  bo isa;

—  M uttasil  ravishda  ichkilikbozlik  va  giyohvandlikka 

mubtalo  b o ig a n   b o ‘lsa;

— 0 ‘z  bolalarining  sog‘lig‘i  yoki  hayotiga  qasddan jinoyat 

sodir  qilgan  boisa.

H ar xil asoslar bo‘yicha nikoh o‘z vaqtidan oldin tugatilishi 

m um kin.  0 ‘zbekiston  R espublikasi  O ila  kodeksining  37- 

m oddasiga  m uvofiq,  quyidagi  h o llard a  nikoh  tugatilishi 

mumkin:

—  Er-xotindan  birining  vafoti;



^ „Q aran g.  Inson  huquqlari  Umumjahon  deklaratsiyasi.  1948-yil,  10-

—  Sud  u la rd a n   b irin i  v afo t  etgan  deb  e ’lon  qilinishi 

oqibatida;

— Er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq;

—  Sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilganda.

N ikohdan  ajratish  asosan  sud  tartibida  ham da  FHDYO

organlari tomonidan amalga oshiriladi. Er-xotin o ‘rtasida nizoli 

v a z iy a tla r  m avjud  b o ‘lm asa,  n ik o h   F H D Y O   o rg a n la ri 

tomonidan ajratilishi mumkin. Agar er-xotin o ‘rtasida farzand- 

lar masalasida,  mulkiy masalalarda nizoli vaziyatlar yuz  bersa, 

nikoh  fuqarolik  ishlari  b o ‘yicha  sudlar  tomonidan  ajratiladi.

R espublikam izda  niko hd an   ajratishd an  oldin  ularning 

nikohini  saqlab  qolish  maqsadida,  ularga  olti  oylik  muddat 

beriladi. Bu muddat davomida er va xotin o ‘z nikohlarini saqlab 

qolish  uchun  harakat  qilishadi.  Buning  uchun  mahalla,  xotin- 

qizlar  uyushmalari,  tegishli  idoralar  yaqindan  yordam  beradi- 

lar.  Demak,  oilani  birdaniga  ajratib  yuborish  emas,  aksincha, 

oilani  saqlab  qolish  uchun  harakat  qilish  kerak.

M am lakatim izda  oilaning  huquqiy  him oyalanganligini 

Prezidentimiz  farmonlarida,  hukumatimiz  tomonidan  chiqari- 

layotgan qarorlarda va boshqa huquqiy hujjatlarda ko‘rishimiz 

mumkin.  Shuningdek,  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari,  sud 

organlari,  prokuratura  organlari,  vasiylik,  homiylik  organlari 

va shunga o ‘xshash organlar bevosita oilaning huquqiy jihatdan 

kafolatlanganligini  belgilab  beradi.



5-§.  Siyosiy  institutlar  tizimida  ommaviy  axborot 

vositalarining  o ‘rni  va  ahamiyati

0 ‘zbekiston  m ustaqillikka  erishgach,  o ‘z  oldiga  adolatli 

fuqarolik jamiyatini  barpo  etish,  huquqiy  demokratik  davlat 

qurish  va  xalqni  farovon  hayot  sari  olib  borish  kabi  buyuk 

maqsadlarni  q o ‘ydi.

Jamiyat  hayotining  barcha  sohalarida  boshlangan  bu  keng 

miqyosdagi islohotlarni jamiyatning eng ichki  qatlamlarigacha 

olib  kirish,  albatta,  mamlakat  aholisining  ijtimoiy  ongini  va 

saviyasini,  hayotga  b o ig a n   qarashlarini  tubdan  o ‘zgartirishni 

talab  etardi.  Shubhasiz,  bu  mashaqqatli  jarayonda  ommaviy 

axborot  vositalari  eng  muhim  o‘rinlardan  birini  egallaydi.

Aynan  shu  sababli  ham  bugungi  kunda  ommaviy  axborot 

Vositalariga  davlat  rahbariyati  tomonidan  juda  katta  e’tibor 

qaratilm oqda.

Ommaviy  axborot  vositalari  faoliyatini  isloh  qilish,  ular- 

ning  sam arali  ishlashiga  k o ‘mak  beruvchi  m exanizm larni



ta rtib g a  soluvchi  qonunchilik  bazasini  yaratish  borasida 

muayyan  ishlar  qilindi.  Shu  sababdan,  bu  muammo  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasining  bir  qator  boshqa  qonunlarida  ham  o ‘z 

ifodasini  topgan.  «Ommaviy  axborot  vositalari  to ‘g‘risida»gi 

(1997-yil,  26-dekabr),  «Noshirlik  faoliyati to ‘g‘risida»gi  (1996- 

yil,  av g u st),  « M u alliflik   h u q u qi  va  tu rd o sh   h u q u q la r 

to ‘g‘risida»gi  (1996-yil,  sentabr),  «Axborot  olish kafolatlari  va 

erkinligi to ‘g‘risida»gi (1997-yil, aprel), «Jurnalistlik faoliyatini 

himoya qilish to ‘g‘risida»gi, (1997-yil, aprel), «Axborot erkinligi 

p rinsiplari  va  kafolatlari  to ‘g‘risida»gi  (2002-yil,  dekabr) 

qonunlar  ham da  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  « 

O'zbekistonning  ijtimoiy  taraqqiyotida  televideniye  va  radio- 

ning  rolini  oshirish  chora-tadbirlari  to ‘g ‘risida»gi  (1996-yil, 

may)  Farmoni  va  boshqa  bir  qator  normativ-huquqiy  hujjat- 

lar  shular jumlasidandir.

Shubhasiz,  yaratilgan  qonunlar  davlat  ham da  nodavlat 

shakldagi,  televideniye  kanallari  ishini  tashkil  qilish,  shuning- 

dek, jurnalistlarning professional jihatdan kamol topishiga keng 

ko‘lamda yordam berish, m atbuot va ommaviy axborot vosita­

lari  erkinligini  ta ’minlashda,  jam iyatda  dem okratik  muhitni 

qaror  toptirishda  katta  ahamiyatga  ega  b o ‘lmoqda.

«Ommaviy  ax bo ro t  vositalari  to ‘g ‘risida»gi  Q onunida 

ommaviy  axborot  vositalarining  turlari  k o ‘rsatilgan.  U lar 

gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, bulletenlar, axborot agent- 

liklari,  televideniye  (kabelli,  efir-kabelli  televideniye)  va 

radioeshittirishlar,  hujjatli  kino,  elektron  axborot  tizimi,  shu- 

ningdek,  doimiy  nom ga  ega  b o ig a n ,  davlat  tasarrufidagi, 

mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot 

vositalaridir.

Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan 

tartibda  ilovalar  nashr  etishi  mumkin.

D em o k ra tik   d a v la tla rd a   om m aviy  a x b o ro t  v o sita lari 

erkinligini, ularning faoliyat ko‘rsatishi sharoitlarini ta ’minlash 

bilan  birga,  bu  erkinliklarning  su iste’mol  qilinishiga  y o ‘l 

qo‘yilmaydi.  Birinchi navbatda  ommaviy axborot  vositalari  va 

ju rn a lis tla r  y u q o rid a  ay tib   o ‘tganim izdek,  b e rilay o tg an  

axborotning  to ‘g ‘riligi  uchun  javobgardirlar.  Ikkinchidan, 

0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asin in g   m avjud  K o n stitu tsiy av iy  

tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o ‘zgartirishga d a’vat 

qilish,  urush va zo‘ravonlik, shafqatsizlik, tmlliy, irqiy va diniy 

ad o v a tn i  ta r g ‘ib  etish,  d av lat  sirini  yoki  q o n u n   bilan  

qo‘riqlanadigan  o ‘zga  sirni  oshkor  etish,  jinoiy javobgarlikka



146

sabab bo‘ladigan xatti-harakatlar sodir qilishni targ‘ib qilishga 

ruxsat  berilmaydi.  Uchinchidan,  fuqarolarning sha’ni  va  qadr- 

qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish ham 

taqiqla-nadi.  Ushbu  cheklashlar  yana  bir  m arotaba  huquqiy 

davlatda  so‘z  erkinligi,  ommaviy  axborot  vositalari  erkinligi 

istalgan  fikr  yoki  qarash  ifoda  etilishiga yo‘l  qo‘yilmasligidan, 

lekin  bu  cheklashlar  kichik va  aniq  bo‘lishidan  dalolat beradi. 

D em o k ratik   huquqiy  davlatn in g   m avjud  b o ‘lishi,  q o ig a  

kiritilayotgan muvaffaqiyatlarni asta-sekinlik  bilan  bo‘lsa ham 

asrab-ardoqlash  uchun  so‘z  erkinligi  huquqining  kichik  bir 

qism ini  cheklash  ta la b   qilinadi.  Bu  hoi  y u q o rid a  k o ‘rib 

chiqqanimizdek,  rivojlangan  mamlakatlarda  ham  mavjud.

M a’lumki, axborotni birinchi navbatda jurnalistlar qidiradi- 

lar,  oladilar  va  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  tarqatadi- 

lar.  Shu  sababdan, jurnalistlar  faoliyatini  ham  ko‘rib  chiqish 

lozim.  Yuqorida  aytib  o ‘tganimizdek,  «Jurnalistlik  faoliyatini 

himoya  qilish  to ‘g‘risida»gi  qonun jurnalistning  faoliyati  bilan 

bog‘liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, 

uning  huquq  va  majburiyatlarini  belgilaydi,  unga  huquqiy  va 

ijtimoiy  kafolatlar  beradi, jurnalistlik  faoliyatini  himoya  qilish 

to ‘g‘risidagi  Qonun  hujjatlarini  buzganlik  uchun javobgarlik 

choralarini  belgilaydi.

Ju rnalist  —  0 ‘zbekiston  R espublikasining  yoki  xorijiy 

davlatning  ommaviy  axborot  vositalarida  xizmat  qiladigan 

yoxud  u la rd a   sh artn o m a  asosida  ishlaydigan  va  m a ’lum 

mavzudagi axborotni to ‘plash, tahlil etish hamda tarqatish bilan 

shug‘ullanuvchi shaxsdir. Qonunning 5-moddasida aytilishicha:

« Ju rn alist  o ‘z  kasbiga  do ir  faoliyatni  am alga  oshirish 

chog‘ida:

—Axborot  to ‘plash,  uni  tahlil  etish  va  tarqatish;

—  A xborot  olish  uchun  davlat  organlari,  fuqarolarning 

o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jam oat birlashmalari, korxona­

lar,  muassasalar  va  tashkilotlarga  murojaat  etish;

— Davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni 

istisno  etgan  h olda  h u jja tla r,  m a teria llar  va  ax b o ro td an  

foydalanish;

—  Jurnalist  tekshiruvi  o ‘tkazish;

—  0 ‘zi  tayyorlagan  xabarlar  va  m ateriallarni  ommaviy 

ax b o ro t  vositalari  orqali  imzosini  yoki  taxallusini  q o ‘yib 

tarqatish,  ularda  o ‘z  fikr-mulohazasini  ifodalash;

—  Ju rn a listlik   fao liy atin i  am alga  osh irish  yuzasidan 

mansabdor  shaxs  qabulida  bo‘lish;



— M a’lumotlami belgilangan tartibda yozib olish, shujumladan, 

zarur texnika vositalaridan  foydalangan  holda  yozib  olish;

— Sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydon- 

larida,  tabiiy  ofat  yuz  bergan  hududlarda,  ommaviy  tadbir- 

larda  hozir  bo‘lish;

—  E ’lon  qilishga  tayyorlangan  m a’lum otlarni  tekshirish 

uchun  mutaxassislarga  murojaat  qilish;

—  B ash arti  q on u n n i  buzishga  olib  k elad igan   b o ‘lsa, 

ommaviy  axborot  vositasi  tom onidan  berilgan  topshiriqni 

bajarishni  rad  etish;

— 0 ‘zi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir 

jarayonida  buzilgan  degan  flkrga  kelsa,  unga  imzo  qo‘ymaslik 

yoxud uni nashrdan olib qolish (efirga bermaslik)ni talab etish;

—  Axborot  manbai  yoki  muallifning  nomi  sir  saqlanishini 

talab  qilish;

—  Taqdim  etgan  xabarning  mazmunini  ommaviy  axborot 

vositasi buzib e’lon qilishi oqibatida o‘ziga yetkazilgan m a’naviy 

zarar  va  moddiy  ziyon  qoplanishini  sud  orqali  talab  qilish;

—  Jam oat  birlashmalariga,  shu jumladan,  jurnalistlarning 

xalqaro  tashkilotlariga  kirish  huquqlariga  ega.

Jurnalist  o ‘ziga  qonun  hujjatlari  bilan  berilgan  boshqa 

huquqlardan  ham  foydalanadi.»

6-moddada jurnalistning majburiyatlari  quyidagicha  bayon 

qilingan:

« 0 ‘z  kasbiga  doir  faoliyatni  am alga  oshirish  cho g‘ida 

jurnalist:

—  Qonun  hujjatlari  hamda  0 ‘zbekiston  Respublikasining 

xalqaro  shartnomalari  talablariga  rioya  etishi;

— 0 ‘zi tayyorlayotgan materiallarining to ‘g‘ri yoki noto‘g‘ri 

ekanligini  tekshirishi  va  xolis  axborot  taqdim  etishi;

— Aybsizlik  prezumpsiyasi  prinsipiga  amal  qilishi;

—  Shaxsning  huquqlari  va  erkinliklarini,  sha’ni  va  qadr- 

qimmatini  hurmat  qilishi  shart.

Jurnalist  o ‘z  kasbiga  doir  axborotdan  shaxsiy  maqsadlarda 

foydalanishi,  axborot  manbai  yoki  muallif roziligisiz jismoniy 

shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli m a’lumotlarni e’lon qilishi 

mumkin  emas.

Ju rn alist  qonun  h u jjatlarid a   n aza rd a  tu tilg an   boshqa 

majburiyatlarni  ham  bajarishi  shart».

Jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida u Konstitu- 

tsiy a d a   belgilab  q o ‘yilgan  shaxs  daxlsizligi  k a fo la tid a n  

foydalanadi.



148

T anqidiy  m ateriallar  e’lon  qilganligi  uchun,  agar  ular 

haqqoniy  b o ‘lsa,  jurnalistni  ta ’qib  qilishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.

F u q aro lar  yoki  boshqa  ax b o ro t  m anb alari  tom onidan 

ixtiyoriy  ravishda  m a’lum  qilingan  maxfly  xabar,  shuningdek, 

fakt  yoki  voqealar jurnalistika  sohasining  siri  hisoblanadi.

Jurnalistning  jurnalistika  sohasining  siri  hisoblanadigan 

m a’lumotlarni  bu  m a’lumotlar  manbaining  roziligisiz  oshkor 

etishi,  shuningdek,  ulardan  o ‘zining  g‘arazli  manfaatlari  yoki 

uchinchi  shaxslarning  m an faatlarini  k o ‘zlab  foydalanishi 

taqiqlanadi.

Jurnalist  axborot  to ‘plash  va jurnalist  tekshiruvi  o ‘tkazish 

huquqiga  ega.  O lz  tekshiruvlarining  natijalarini  u  ommaviy 

axborot  vositalari  orqali  tarqatishi,  ularni  davlat  organlari, 

fu q a ro la rn in g   o ‘z in i-o ‘zi  b o sh q a rish   o rg a n la ri,  ja m o a t 

b irlash m ala ri,  k o rx o n a la r,  m u assasalar,  ta sh k ilo tla r  va 

mansabdor shaxslarga ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. 

Jurnalist  tekshiruvi  davrida  u  q o ‘lga  kiritgan  m ateriallar  va 

hujjatlar olib qo‘yilishi yoki k o ‘zdan kechirilishi mumkin emas.

Ju rn a listn in g   k asbig a  d o ir  fao liy a ti  Q on u n n in g   10- 

moddasida  shunday  kafolatlangan:

«Jurnalistning  huquqlari,  sha’ni  va  qadr-qim mati  qonun 

bilan  q o ‘riqlanadi.

D avlat  jurnalistga  axborotni  erkin  olishi  va  tarqatishini 

kafolatlaydi,  o ‘z  kasbiga  doir  faoliyatni  amalga  oshirishda  u- 

ning  himoya  qilinishini  ta’minlaydi.

Jurnalistning jurnalistik  faoliyatiga  aralashish,  undan  o ‘z 

kasbiga  doir  vazifalarni  bajarish  chog‘ida  olgan  biror-bir 

m a’lumotni  talab  etish  taqiqlanadi».

D avlat  organlari,  fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish 

organlari,  jam oat  birlashmalari,  korxonalar,  muassasalar  va 

tashkilotlarning  mansabdor  shaxslari:

—  Senzura  qilganlik;

—  Jurnalist  o ‘z  kasbiga  doir  qonuniy  faoliyatni  amalga 

oshirishiga akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki 

akkreditatsiyani  n o o ‘rin  bekor  qilish  y o ii  bilan  to ‘sqinlik 

qilganlik;

—  Jurnalistning  so ‘rov  bilan  m u ro jaat  qilish  va  zarur 

axborotni  olish  huquqini  buzganlik;

—  Ju rn alistg a  tazyiq  o ‘tk a zg an lik ,  uning  ju rn alistlik  

faoliyatiga  aralashganlik;

—  Jurnalistning  materiallari  va  zarur  texnika  vositalarini 

g‘ayriqonuniy  ravishda  olib  qo‘yganlik;



149

Axborot  m anbaini  yoki  m uallif  nomini  uning  roziligisiz 

oshkor  etganlik  uchun  javobgarlikka  tortiladilar.

Jurnalistning  ushbu  Q onunda  belgilangan  huquqlarini 

buzganlik, uning kasbiga doir faoliyati bilan bog‘liq holda sha’ni 

va  qadr-qimmatini  haqorat  qilganlik,  uning  hayoti,  sog‘lig‘i  va 

mol-mulkiga  tahdid,  zo‘ravonlik  yoki  tajovuz  qilganlik  qonun 

hujjatlariga  muvofiq javobgarlikka  sabab  bo‘ladi.

Jurnalistning javobgarligi  Qonunda  shunday  ta’riflangan:

«Jurnalist  o ‘zi  tayyorlayotgan  va  tarqatayotgan  xabarlar 

hamda  materiallarning  haqqoniy  bo‘lishi  uchun  qonun  hujjat- 

larida  belgilangan  tartibda javobgardir.

Ju rn a list  rasm iy  x a b a rla rd a   bayon  etilgan  ax b o ro tn i 

tarqatganlik  uchun javobgar  boim aydi».

Yurtimizda  ommaviy  axborot  vositalarini  qo‘llab-quvvat- 

lashga, jurnalistlar faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirishga 

a lo h id a   e ’tib o r  b erilm o q d a .  Shu  m a q sad d a  1997-yilda 

Ommaviy  axborot  vositalarini  demokratlashtirish  va  qo‘llab- 

quvvatlash fondi tashkil etilgandi. Jurnalistlar huquqlariga doir 

qonunlar  qatorida  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  va 

J in o y a t-p ro tse ssu a l  k o d ek slari,  M a ’m uriy  ja v o b g a rlik  

to ‘g‘risidagi  kodeks  va  boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlarni 

keltirish  mumkin.

Ularda qonun va huquq  nuqtai  nazaridan  ommaviy  axborot 

vositalaridan  qonunga  xilof ravishda  foydalanish  bilan  bogiiq 

jinoiy  harakatlar  va  huquqbuzarliklar  uchun  aniq javobgarlik- 

lar belgilangan, zero,  «Inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini 

himoya  qilish  to ‘g ‘risida»gi  Yevropa  konvensiyasining  10- 

moddasida aytilganidek,  «So‘z va matbuot erkinligi demokratik 

jam iyatda  milliy  xavfsizlik,  ijtimoiy  osoyishtalik  manfaatlari 

yo‘lida,  tartibsizliklarning  oldini  olish,  axloqni  himoya  qilish, 

boshqa shaxslarning obro‘-e’tibori va huquqlarini himoya qilish 

yoxud  odil  sudlovni  ta ’minlash  maqsadlarida  majburiyat  va 

javobgarlik  yuklash  imkoniyatini  keltirib  chiqaradi».  Chop 

etilgan  axborotning  xolisligi  va  ishonchliligi  prinsipi  buzilgan 

taqdirda,  uni  buzgan  shaxslar javobgarlikka  tortiladilar.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  ommaviy  axborot  vositalarini 

senzura  qilishga y o ‘l  qo‘yilmaydi.  E ’lon  qilinayotgan  xabarlar 

yoki  materiallar  oldindan  kelishib  olinishi,  shuningdek,  ular­

ning  m atni  o ‘zgartirilishini  yoki  bu tu nlay   n ash rd an   olib 

qolinishi  (efirga  berilmasligi)ni  talab  qilishga  hech  kimning 

haqqi yo‘q. Senzura, oddiy qilib aytganda, bu muayyan axborot 

berilishiga  (nashr  qilinishiga)  to ‘sqinlik  qilish,  unga  nisbatan



150

ta ’qib  va  cheklov  o ‘rnatishdir.  So‘z  erkinligi,  fikr  bildirish 

erkinligini  har  qanday  cheklash  dem okratiyaga  xilofdir.  Va 

aksincha, senzuraning olib tashlanganligi jurnalistlar, ommaviy 

axborot vositalari orqali istagan xabar, m a’lumot va materialni 

e’lon qilaveradi,  degan  gap emas,  albatta.  Masalan,  «Jurnalist­

lik  faoliyatini  him oya  qilish  t o ‘g ‘risida»gi  Q onunning  5- 

moddasiga muvofiq jurnalist o ‘z kasbiga doir faoliyatni amalga 

oshirish  chog‘ida  davlat  siri  yoki  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan 

boshqa  sirni  istisno  etgan  holda  hujjatlar,  m ateriallar  va 

axborotdan  foydalana  olish  huquqiga  ega.

Ommaviy  ax b o ro t  v ositalari  «D avlat  sirlarini  saqlash 

to ‘g ‘risida»gi  Q onun65  bilan  taqiqlangan  ham da  V azirlar 

M ahkam asi  tom onidan  alohida  tasdiqlangan  davlat  sirlari 

hisoblangan obyektlar ro‘yxatidan tashqari masalalar xususida 

erkin  tarzda  xabarlar  e’lon  qilishi  mumkin.  Qonunga  binoan, 

davlat  tomonidan  qo‘riqlanadigan  va  maxsus  ro ‘yxatlar  bilan 

chegaralab  qo ‘yiladigan  alohida  ahamiyatli,  mutlaqo  maxfiy 

va  maxfiy  harbiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy  texnikaviy  va  o ‘zga 

xil  m a’lum otlar  0 ‘zbekiston  Respublikasining  davlat  sirlari 

hisoblanadi  (1-modda).

Ommaviy  axborot  vositalaridan  mavjud  Konstitutsiyaviy 

tu zu m n i,  R esp u b lik a  h u d u d iy   yax litlig in i  z o 'r lik   bilan 

o ‘zgartirishga  d a ’vat  qilish,  davlat  sirini  oshkor  etish,  jinoiy 

javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa xatti-harakatlami sodir 

qilish  maqsadida  foydalanishga  yo‘l  q o ‘yilmaydi.

Q o n u nd a  yana  bir  m uhim   jih a t  bo rk i,  u  ham   b o ‘lsa, 

jurnalist  yoki  ommaviy  axborot  vositasi  prokuror,  tergovchi 

yoki  surishtiruvchining  yozma  ruxsatisiz  dastlabki  tergov 

materiallarini  e’lon  qilishi,  muayyan  ish  b o ‘yicha  sud  qarori 

chiqmasdan  turib  yoki  sudning  hal  qiluv  qarori  yoxud  hukmi 

qonuniy  kuchga  kirmay  turib,  uning  natijalarini  taxmin  qilishi 

yoki  sudga  o ‘zgacha  y o i  bilan  ta ’sir  k o ‘rsatishi  taqiqlanadi.

Mazkur  taqiq  fuqarolarning  aybsizlik  prezumsiyasi  prinsipi 

buzilmasligi  uchun  belgilangandir.  Zero,  jinoyat  sodir  etgan- 

likda  ayblanayotgan  (gumon  qilinayotgan)  hech  bir  shaxsning 

ishi  sudda  k o ‘rilib,  uning  aybi  isbotlanmagunicha  u  aybdor 

hisoblanmaydi.  Shu bois, sud qarori yoki hukmi chiqmaguncha 

ju rn a lis tla r  va  om m aviy  ax b o ro t  v o sita lari  ish  b o ‘yicha 

oldindan  xulosa  chiqarishlari,  shaxsning  xatti-harakatlariga




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling