R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  axborotnomasi,  1993-


Download 8.86 Mb.
Pdf просмотр
bet18/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40

65  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  axborotnomasi,  1993- 

yil,  5-son,  232-modda.

151  '

baho  berishlari  joiz  emas.  Aks  holda,  shaxsning  sh a’ni  va 

obro‘si  asossiz  zavol  topib  qolishi  mumkin.

Ommaviy  axborot  vositalari  to ‘g‘risidagi  qonun  talablarini 

buzishda  aybdor,  deb  topilgan  shaxslar  belgilangan  tartibda 

javobgar boiadilar.  M uharrir yoki jurnalist  ommaviy  axborot 

v o sita larid a  haq iq atg a  to ‘g ‘ri  kelm aydigan  m ateriallarn i 

tarqatganligi  uchun,  agar  m a ’lum otlar  rasmiy  xabarlardan 

olingan  b o ‘lsa;  axborot  agentliklari  yoki  davlat  organlarining 

m atbuot  xizmatlari  orqali  olingan  bo'lsa  yoxud  muallifning 

oldindan  yozib  olinmay,  to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  efirga  berilayotgan 

nutqlarida  aytilgan  bo‘lsa,  javobgar  b o ‘lmaydi.

D e m o k ra tik   ja m iy a td a   om m aviy  a x b o ro t  v o sita la ri 



«To‘rtinchi  hokimiyat», 

deb  t a ’riflanadi.  Bu  «hokimiyat»ni 

ro ‘yobga  chiqarishda jurnalist,  uning  kasb  mahorati,  umumiy 

saviyasi va madaniyati katta rol o ‘ynaydi. Jurnalistlik faoliyati­

ning  davlat  darajasida  muhofazalanishi,  jurnalistning  huquq 

va  m ajburiyatlari  tartibga  solinishi  «To‘rtinchi  hokimiyat» 

uchun  mustahkam  zamindir.

Davlat  organlari, jam oat  birlashmalari,  korxona,  muassasa 

va  tashkilotlarning  m ansabdor  shaxslari  senzura  qilganlik, 

jurnalistning  qonuniy  faoliyatiga  to ‘sqinlik  qilganlik,  uning 

so‘rov  va  axborot  olish  huquqini  buzganlik, jurnalistga  tazyiq 

o ‘tkazganlik  va  faoliyatiga  aralashganlik  uchun javobgarlikka 

tortiladilar.  Jurnalistning  materiallari  va  texnika  vositalarini 

g‘ayriqonuniy  ravishda  olib  qo‘yish  mumkin  emas.  Jurnalist 

sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, uning hayoti, sog‘lig‘i 

va  m ol-m ulkiga  ta h d id ,  z o 'ra v o n lik   yoki  tajovuz  qilish 

qonunga  muvofiq javobgarlikka  sabab  b o iad i.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  ommaviy axborot  vositalari  va 

jurnalistlarning  axborot  olish  huquqi  maxsus  qonunlar  bilan 

ham   m ustahkam lab  q o ‘yilgan.  1997-yil  24-aprelda  qabul 

qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasining «Axborot olish kafolat­

lari  va  erkinligi  to ‘g‘risida»gi  Qonuni  bevosita  ushbu  huquqni 

am alga  oshirish  bilan  b o g iiq   m asalalarni  ta rtib g a  solish 

maqsadida  ishlab  chiqilgan  va  qabul  qilingan.  Ushbu  qonun 

har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash,  olish,  tadqiq 

etish, uzatish hamda tarqatishga doir Konstitutsiyaviy huquqini 

amalga  oshirish jarayonida  yuzaga  keladigan  munosbatlarni 

tartibga  soladi.

D avlat  organlari,  fuqarolarning  o ‘zin i-o ‘zi  boshqarish 

organlari,  ja m o at  birlashm alari,  korxonalar,  m uassasalar, 

tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga  o ‘zining 

h u q u q -

152


lari  va  qonuniy  manfaatlariga  daxldor  bo‘lgan  qonun  hujjat- 

lari  bilan,  shuningdek,  hujjatlar,  qarorlar  va  boshqa  material­

la r  bilan  tan ish ib   chiqish  im koniyatini  y a ra tib   berishga 

m ajburdir.  A xborot  olish  imkoniyati  qonun  hujjatlarini  va 

tegishli  m ateriallarni  e ’lon  qilish  va  ta rq atish   y o ‘li  bilan 

ta ’m inlanadi66.

D avlat  organlari,  fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi  boshqarish 

organlari,  jam oat  birlashm alari,  korxonalar,  m uassasalar, 

tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan 

q o ‘riqlanadigan  boshqa  sirlardan  ib o rat  axborotni  berishi 

mumkin  emas.  Davlat  organlarining,  fuqarolarning  o ‘zini-o‘zi 

boshqarish  organlarining, jam oat  birlashmalarining,  korxona­

lar,  m uassasalar,  tashkilotlar  va  m ansabdor  shaxslarning, 

fuqarolarning  axborot  olishga  doir  huquqlarini  kamsituvchi 

xatti-harakatlari  yoki  harakatsizligi  ustidan  sudga  shikoyat 

qilinishi  mumkin.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning  2005- 

yil 28-yanvardagi  Oliy Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Senati- 

ning  q o ‘shma  majlisi  nutqida  beshta  ustuvor  vazifalaridan 

b iri 


etib , 

« 0 ‘z b e k isto n d a  

d e m o k ra tik   ja ra y o n in i 

chuqurlashtirish  va  fuqarolarning  erkinliklarini  ta ’minlash- 

ning  g ‘oyat  muhim  sharti  —  bu  ommaviy  axborot  vosita- 

larini  rivojlantirish  uchun  demokratik  andozalarni joriy  etish 

bo ‘yicha  aniq  choralarni  amalga  oshirishdir»  deb  belgilandi. 

Ommaviy  axborot  vositalarining jamiyatdagi  o ‘rnini  yanada 

oshirish,  ularning  iqtisodiy  mustaqilligini  ta ’minlash  muhim 

vazifalardandir.



6 -§.  D iniy  tashkilotlar  va  birlashmalarning 

huquqiy  maqomi

0 ‘zbekiston tarixida ilk bora,  1991-yil iyun oyida (01.05.1998 

y.  yangi  tahrirda  qabul  qilindi)  «Vijdon  erkinligi  va  diniy 

tash k ilo tlar  to ‘g ‘risida»  qonun  qabul  qilingan  edi.  U shbu 

qonunni  qabul  qilishdan  m aqsad  har  bir  shaxsning  vijdon 

erkinligi  va diniy e’tiqod huquqini,  dinga munosabatidan  q at’i 

nazar,  fuqarolarning  tengligini  ta ’minlash,  shuningdek,  diniy 

tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga 

solib  turishdan  iborat  edi.

66  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Axborot  olish  kafolatlari va  erkinligi 

t o ‘g ‘risida»gi  Qonuni.  2000-yildagi  15-dekabr  175-II-son  qonuni 

tahriridagi  modda  // «Xalq so'zi»  gazetasi,  2001-yil 9-yanvar,  6-son.

153  >


0 ‘zbekistonda  islom  dini  bilan  bir  qatorda  pravoslavlar, 

yahudiylar,  baptistlar,  adventistlar,  katoliklar,  lyuteranlar, 

bahoichilar,  krishnaitlar,  buddistlar,  xristian-presvitorianlari 

singari  bir  qancha  din  va  mazhablar  mavjud.

U lardan  har  birining  o ‘ziga  xos  va  mos  tartib-qoidalari, 

hayot  tarzi,  dunyoqarashi,  talab  va  ehtiyojlari  mavjud.  Ana 

shunday  xilma-xillikdan  va  haqiqiy  demokratik  tamoyillardan 

kelib  chiqib  0 ‘zbekiston  R espublikasi  K onstitutsiyasida: 



«Hamma  uchun  vijdon  erkinligi  kafolatlanadi.  Har  bir  inson 

xohlagan  diniga  e’tiqod  qilish  yoki  hech  qanday  dinga  e’tiqod 

qilmaslik  huquqiga  ega», 

degan  qoida  kiritilgan  (31-modda).

D a v la t  va  diniy  ta s h k ilo tla r  o ‘rta sid a g i  m u n o sab at 

masalasiga  esa  quyidagi  m oddada  aniqlik  kiritilgan:  «Diniy 

tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun 

oldida  tengdirlar.  D avlat  diniy  birlashmalarning  faoliyatiga 

aralashmaydi»  (61-modda).

K o n stitu tsio n   n o rm a la rd a   d av lat  va  din 

0

‘rtasid ag i 



munosabatlar  masalasidagi  ikki jihati  yaqqol  ajralib  turadi.

B irinchisi,  din  —  jam iy atd a  inson parv arlik   ruhiyatini 

shak llanishida,  yuksak  m ad aniy at  va  m a ’n aviyat  quroli, 

beqiyos  axloqiy  tarbiyasi,  insonlarni  kamtarinlik,  kamsuqum- 

likka,  halollik,  poklikka  undashi  kabi  qadriyatlarni  barcha 

milliy  qadriyatlar  qatorida  teng  huquqli  qadriyat  sifatida  tan 

olinganligidir.

Ikkinchidan,  dindan  g ‘arazlik  yo‘lida  foydalanish,  diniy 

om illardan  foydalanib  siyosatga,  davlat  ishiga  aralashish, 

hokimiyatga  intilish  kabi  holatlarning  qat’iy  man  etilishidir.

Musulmonlar hayotida  qutlug‘  kunlar hisoblangan  Qurbon 

va  Ramazon  hayitlari  kunlarini  doimiy  suratda  bayram  qilish 

va  ularning  dam  olish  kunlari  deb  e’lon  qilinishi  ham  yosh 

mustaqil  davlatimizning  tarixida  alohida  bir  sahifani  ochdi.

Mustaqillik tufayli davlat musulmonlarga iltifot va m uruw at 

ko‘rsata  boshladi.  0 ‘zbekiston  musulmonlari bevosita hukumat 

yordamida har yili muqaddas Haj  va Umra amallarini ado etish 

imkoniyatiga erishdilar. Hozirga qadar 30 mingga yaqin 0 ‘zbekis- 

ton musulmonlari ana shu muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib 

qaytish  sharafiga  muyassar  bo‘ldilar.

D av la t  to m o n id an   am alga  o sh irila y o tg a n   bu  ish lar, 

musulmonlarga  ko ‘rsatilayotgan  muruvvatning  maqsadi  diniy 

qadriyatlarni  qaytadan  tiklash  va  uni  yanada  rivojlantirish, 

xalqimizni  barkamol  qilish  va  komil  insonlarni  tarbiyalashga 

qaratilgandir.

154


Dinning  ulug‘  qadriyatlaridan  biri  shundaki,  unda  millat- 

lararo  mojarolar,  qonli  to ‘qnashuvlar  qattiq  qoralanadi,  turli 

dindagi  va  millatdagi  odamlarning  o ‘zaro  birodar,  ahil  bo‘lib 

tinch-totuv  hayot  kechirishga,  barcha  dindorlar  milliy  totuv- 

likda  yashashga  d a’vat  etiladi.

Bugungi  kunda  Respublikada  turli  millatdagi  din  vakillar- 

ning  hech  qanday  to ‘siqlarsiz  o ‘z  dinlariga  e’tiqod  qilishlari 

uchun  barcha  sharo itlar  yaratilgan.  Sobiq  Ittifoq  davrida 

Respublikamizda  bor-yo‘g‘i  89  ta  masjid  va  ikkita  m adrasa 

faoliyat  k o ‘rsatgan  b o ‘lsa,  hozir  0 ‘zbekiston  musulmonlari 

idorasi  boshqaruvi  ostida  rasmiy  ro ‘yxatdan  o‘tgan  1871  dan 

ortiq  masjid  faoliyat  ko‘rsatib  turibdi.

Shuningdek,  m am lakatim izda  istiqom at  qilayotgan  turli 

millat  vakillari  ham  o ‘zlari  e’tiqod  qilayotgan  dinlarida  erkin 

ibodat  qilmoqdalar.  Bugun  Respublikamizda  15  turdagi  186 

dan ziyod noislomiy diniy tashkilotlar rasman faoliyat k o ‘rsat- 

moqda.

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to ‘g‘risida»gi Qonun- 



ning  9-moddasi  asosida,  markaziy  boshqaruv  organi  hisoblan- 

gan  0 ‘zbekiston  M usulm onlar  idorasiga  qarashli  Toshkent 

islom   in s titu ti,  « K o ‘k aldo sh » ,  « M ir-A rab »   m ad rasasi, 

«X adichai  K ubro»  kabi  11  ta  diniy  o ‘quv  yu rti  faoliyat 

k o ‘rsatmoqda.

Bulardan  tashqari,  Rus  Pravoslav  Cherkovining  Toshkent 

va  0 ‘rta   Osiyo  yeparxiyasining  T o sh k en t  rus  pravoslav 

seminariyasi  hamda  O'zbekiston  T o ‘liq  yevangel-Xristianlar 

Markazining  Samarqand  protestant  diniy  seminariyasi  ishlab 

turibdi67.

Bugungi  kunda  Respublikada  amalga  oshirilayotgan  keng 

k o ‘lam li  d em o k ra tik   islo h o tla r  h am d a  inson  h u q u q la ri 

himoyasini  kuchaytirishga  qaratilgan  izchil  siyosat  fuqarolik 

jamiyatining  ajralmas  qismi  b o ig a n  jam oat  tashkilotlarining 

o ‘rni  va  ahamiyatini  tobora  oshirmoqda.

Zero,  ja m o a t  tash k ilo tlari  o ‘z  m aqsad  va  vazifalariga 

muvofiq  ravishda  Respublikada o ‘tkazilayotgan  keng ko‘lamli 

islohotlarga  munosib  hissa  qo‘shib  kelmoqdalar.

Hozirgi kunda jam oat va nodavlat tashkilotlari oldida katta 

vazifalar  turibdi.  Zotan,  yangi jamiyat  barpo  etish jarayonida



67  Samatov P. Abdusattorov J. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: 

jamoat birlashmalari.  —  Т.:  2000,  46-b.

155

xalqning  bevosita  faol  ishtirokini  ta ’minlash  aynan  nodavlat 

notijorat  tashkilotlari  zimmasiga  tushadi.  Buning  uchun  ular 

yangi  davr  talablariga  mos  ish  uslubi  va  shakllarini  ildam 

q a t’iyat  bilan  o ‘zlashtirishlari,  ko‘proq  tashabbus,  tashkilot- 

chilik  ko‘rsatib  faoliyat  yuritishlari  taqozo  etiladi.

M avzuni  must ah к ami ash  uchun  savollar

1.  0 ‘zbekiston  fuqarolarining  mulk  huquqlari  qaysi  Konstitu­

tsiyaviy huquq va erkinliklar shakliga kiradi?

2.  Mulkka egalik qilish deganda nimani tushunasiz?

3.  Mulkdan foydalanish tartibi qanday amalga oshiriladi?

4.  Mulkni tasarruf qilish nima?

5.  Mulk turlarini ifodalang.

6.  Xususiy mulk deganda nimani tushunasiz?

7.  0 ‘zbekiston fuqarolarining meros huquqi qanday huquqiy yo‘l 

bilan amalga  oshiriladi?

8.  Jamoat birlashmalari deganda nimani tushunasiz?

9.  Davlat boshqaruvida siyosiy partiyalarning o‘rni qanday?

10.  Jamiyatda oilaning tutgan o‘rni qanday?

11.  Oilaviy munosabatlarda ayol va erkaklarning teng huquqliligi 

deganda nimani tushunasiz?

12.  Ommaviy  axborot  vositalari  faoliyatining  huquqiy  asosi 

deganda nimani tushunasiz?

13.  Diniy tashkilotlarning faoliyati tartibi qanday?



B E S H IN C H I BO  ‘L I M

0 ‘ ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 

MA’MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT 

TUZILISHI

V II  B O B

M A ’M U R IY -H U D U D IY   VA  D A V L A T 

T U Z IL IS H I  T U S H U N C H A S I,  SH AK LLARI 

VA  TA M O Y IL LA R I

l-§ .  Davlat  tuzilishi  tushunchasi  va  shakllari

M uayyan  b ir  davlatning  m a ’m uriy-hududiy  tuzilishini 

o ‘rganishda m a’muriy- hududiy tuzilish tushunchasi bilan birga 

davlat tuzilishi shakli tushunchasiga ham e’tibor qaratish lozim. 

Chunki,  bu  tushunchalar  mazmunan  bir-biriga  bog‘liq  b o iib , 

har  doim  biri  ikkinchisini  taqozo  etib  turadi.  Davlat  tuzilishi 

davlat  sh^klining  muhim  bir  turi  hisoblanadi.  Davlat  tuzilishi 

shu  d a v lat  o ld id a  tu rg a n   v az ifa la r  va  m a q sa d la r  bilan  

belgilanadi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov  davlat 

qurilishi  va  uning  tuzilishi  asoslariga  bag‘ishlangan  bir  qator 

asarlarida, xususan, « 0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» degan 

kitobida  bizda  davlat  tuzilishi  yer  kengliklarini  viloyat,  tuman 

va  shaharlarga  b o iin ish i  sun’iy  ravishda,  o ‘z-o‘zidan  kelib 

chiqqan  «texnik»  jara y o n   b o ‘lmay,  balki  R espublikaning 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishdagi  asosiy  strategik  maqsadni 

amalga  oshiruvchi  tayanch  qismlariga  ajratilishi  ekanligiga 

alohida  urg‘u  bergan68.

Davlat tuzilishi shakliga quyidagi turli xil omillar ta ’sir etadi:

1)  Davlat  va jamiyat  oldida  turgan  iqtisodiy  vazifalar;



68  Karimov I.A. 0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. -Т.: « 0 ‘zbekiston»,

1999,  117-bet

157

2)  Davlatdagi  siyosiy  kuchlarning  o ‘zaro  nisbati;

3)  D avlat  hududida  istiqomat  qilayotgan  aholining  k o ‘p 

millatliligi  va  o ‘zaro  munosabati;

4)  Davlat  hududining  katta  yoki  kichikligi  ta ’sir  etadi;

5)  Uzoq  yillar  davomida  shakllangan  tarixiy  an ’analar;

6)  Jamiyatdagi  mavjud  ijtimoiy  ong.

Shunday  qilib,  davlat  tuzilishi  shakli  deganda,  davlat 

hokim iyatining  m a’m uriy-hududiy  uyushuvi,  davlat  va  uni 

tashkil  etgan  hududlarning,  ayrim  qismlarning,  markaziy  va 

mahalliy  idoralar  orasidagi  munosabatlarning  tabiati  tushuni- 

ladi69.

Davlat  tuzilishi 

—  davlatning  m a’muriy-hududiy  boiinish 

tamoyillari  va  tuzilishini  hamda  m a’muriy-hududiy  birliklar- 

ning  yuridik  maqomini,  davlatning  markaziy  organlari  bilan 

mazkur  organlarning joylardagi  mahalliy  organlarining  o ‘zaro 

munosabatlari qanday xususiyatlardan iborat ekanligini qamrab 

oluvchi  tushunchadir.

Milliy-davlat  tuzilishi 

deganda  davlatning  tuzilishi,  uning 

m a’muriy-hududiy bo‘linishi,  davlat bilan uning tarkibiy qism- 

lari  o ‘rtasidagi  o ‘zaro  munosabatlar,  davlat  va  uning  tarkibiy 

qismlarining  huquqiy  holati,  ularning  vakolatlari  xarakteri  va 

hajmidan  iborat  ekanligi  tushuniladi70.



M a ’muriy-hududiy  tuzilish  deyilganda 

dav lat  tuzilishi 

tushunchasining  tarkibiy  qismi  b o iib ,  davlat  o ‘z  vazifa  va 

funksiyalarini  bajarishi  uchun,  muayyan  cheklangan  hududini 

m a’lum  bir  hududiy  (ma’muriy-hududiy)  bo‘laklarga  b o iini- 

shini  tushunish  lozim.  U shbu  hududiy  b o ‘laklartla  davlat 

apparati  mahalliy  organlarining  strukturasi  tuziladi.  Shuning 

uchun  d av latnin g  hududiy  tuzilishini  m a ’m uriy-hududiy 

tuzilish  deb  ataymiz.

Davlatni  hududiy jihatdan  tashkillashtirish  o ‘z 



m aqsadi

  va 


va zifa la rig a

  k o ‘ra  nafaqat 



m a ’m u riy-h u du diy,

  balki 


iq tiso d iy - 

h u d u d iy

  (masalan,  erkin  savdo  qiluvchi  hududlar), 



h a rb iy - 

h u du diy

  (masalan,  0 ‘zbekistonda  tashkil  etilgan  Toshkent, 

markaziy,  shimoliy, janubiy,  g‘arbiy,  sharqiy harbiy okruglar), 

siyosiy-h u du diy

 (masalan, barqarorlikni saqlash va etnik masala-



69  Tadjixanov  U .,  Odilqoriyev  H.,  Saidov  A.  0 ‘zbekiston  Respublika­

sining Konstitutsiyaviy huquqi.  — Toshkent: 2001, IIV Akademiyasi, 

436-437-betlar.

70  Tadjixanov  U .,  Odilqoriyev  H.,  Saidov  A.  0 ‘zbekiston  Respublika­

sining Konstitutsiyaviy huquqi. —  Toshkent:  2001,  IIV Akademiyasi, 

4 3 5 -b e t.

158

larni  hal  qilish  uchun  ajratiladigan  m intaqalar), 

e k o lo g ik - 

hududiy

 (masalan, Orol va Orol bo‘yi ekologik inqiroz holatidagi 

alohida  muhofazaga  muhtoj  b o ig a n   yer  kengligining  quruq- 

lik  qismi  va  suv  akvatoriyasi)  shakllarda  namoyon  b o iish i 

mum kin71.

Federativ  davlatlarda  m a’muriy-hududiy  birliklar  o ‘zining 

m uayyan  hokim iyat  o rg an lari  tizim iga,  K on stitu tsiy a  va 

qonunchiligiga,  shuningdek,  hududiy  ramzlariga  ega  boiadi.



M a’muriy-hududiy birlik 

— davlat 

m a’muriy-hududiy  tuzilishi  tizimi- 

ning  mustaqil  tarkibiy  qismi  bo‘lib, 

bir  necha  pog‘onada  tashkil  etilishi 

m um kin.  M asalan ,  0 ‘zb ek isto n  

R espublikasi  ham   k o ‘p  p og‘onali 

m a’m uriy-hududiy  tuzilishga  ega 

(viloyat,  tuman,  qishloq  yoki  ovul).

Tegishli  m a’muriy-hududni  alohida  m a’muriy-hududiy  bir­

lik sifatida e’tirof etish uchun faqat davlat hokimiyati mahalliy 

organlarni tashkil etish bilan chegaralanmasdan, balki mahalliy 

hududning  iqtisodiy-madaniy  rivojlanganligi  darajasi,  aholi- 

ning  hududiy  uyushishi  bilan  ham  bogiiqdir.

D avlat  ichki  tuzilishiga,  uning 

tarkibiy  qismlari  o ‘rtasidagi  o ‘zaro 

m unosabatlariga,  davlatning  mar- 

kaziy  va  mahalliy  hokimiyat  organ­

lari  o ‘rtasid ag i  m u n o sab atlarg a , 

m a ’m u riy -h u d u d iy   b irlik la rn in g  

yuridik  mavqeiga  ko ‘ra,  davlat  tuzilishi  odatda  uch  shaklga 

bo'linadi:  unitar;  federativ,  konfederativ.



Unitar 

(fransuzcha «unitaire» — «yagona») davlat tarkibida 

hech  qanday  davlat  tuzilm alari  m avjud  b o ‘lm agan  yaxlit 

davlatdir.  Hozir jahonda  eng  k o ‘p  tarqalgan  davlat  tuzilish 

shakllaridan  biridir.  Ular  qatoriga  Italiya,  Yaponiya,  Ukraina 

va  boshqalar  kiradi.  U nitar  davlatlar  huquqiy  jihatdan  teng 

b o ‘lgan  m a ’m uriy-hududiy  qism lar  (viloyatlar,  regionlar, 

guberniya,  grafliklar)ga  b o ‘linadi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

ham  unitar  davlat  hisoblanadi.

Unitar  davlatlarning  aksariyati  muayyan  m a’muriy-hududiy 

bo‘linish (Masalan: 0 ‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tuman-

71  0 ‘zbekiston  Respublikasining  K onstitutsiyaviy  huquqi  (mualliflar

jamoasi).  TDY U I.  — Toshkent:  «Moliya»,  2002,  377-bet

159

Jahonda  hududi  bo'yicha 

yirik  beshtalikka  kiruvchi 

Xitoy davlati ham davlat tuz­

ilishi  shakliga  ko‘ra  unitar 

davlatlar qatoriga kiradi.

Kichkina,  mitti  davlatlarn­

ing  b a ’zilarid a  umuman 

m a’m uriy-hududiy  b o‘li- 

nish  amalga  oshirilmagan, 

masalan,  Okeaniyada  joy- 

lashgan  N uara  va  Tuala, 

Monaka, San-Marino.


lar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar)ga ega bo‘ladi. 

Biroq mazkur hududiy qismlar davlat tuzilmasi alomatlariga ega 

emas.  Unitar  davlatlar  quyidagi  huquqiy  belgilarga  ega:

•  Unitar davlatlarda yagona davlat hokimiyati, oliy organ- 

lar  tizimi  mavjudligi;

•  Yagona  Konstitutsiya  va  qonunchilik  tizimiga  egaligi;

•  Yagona  fuqarolik;

•  U n ita r  d a v latla rn in g   yagona  b o ‘linm as  va  daxlsiz 

hududga  ega  boiishi.

Barcha unitar davlatlarga xos bo‘lgan markazlashtirish turli 

shakl  va  d a ra ja la rd a   nam oy on   b o ‘lishi  m um kin.  B a’zi 

m am lakatlarda  umuman  mahalliy  idoralar  mavjud  b oim ay, 

m a’muriy-hududiy  o ik a la r markaziy  hokimiyat  tayinlaydigan 

v akillar  tom onidan  boshqariladi.  Boshqa  d avlatlard a  esa 

mahalliy idoralar tuzilib (jumladan, vakillik organlari tuziladi), 

ular markaziy hokimiyat oldida (bevosita yoki bilvosita) hisobot 

beradilar.

M arkaziy  hokim iyat  bilan  mahalliy  hokim iyat  idoralari 

o‘rtasidagi munosabatning xususiyatlaridan kelib chiqib, unitar 

davlatlar  markazlashgan,  nisbiy  markazlashgan  va  markazlash- 



magan 

turlarga  bo‘linadi.

Markazlashgan  unitar  davlatlarda  m a’muriy-hududiy  bir- 

liklarni  boshqarish  davlat  hokim iyati  m arkaziy  organlari 

tom onidan  bevosita  am alga  oshiriladi.  Bunda  m arkazdan 

tayinlanadigan mansabdor shaxslar tegishli m a’muriy  hududni 

b osh qarad i.  Bunga  xorijdan  misol  tariq asid a  Indoneziya 

davlatini  keltirish  mumkin.

Nisbiy markazlashgan unitar davlatlarda m a’muriy-hududiy 

b irlik la rn i  b o sh q arish   bir  v aq tn in g   o ‘zida  m a rk a zd an  

tayinlanadigan  m ansabdor  shaxslar  hamda  mahalliy  vakillik 

o rg an lari  tom o n id an   am alga  oshiriladi.  Bunga  F ran siy a 

mahalliy  boshqaruvidagi  markazdan  tayinlanadigan  prefekt- 

lar  va  munitsipal  Kengashlarni  misol  qilib  keltirish  mumkin. 

Shuningdek, O ‘zbekiston Respublikasini ham aynan shu turdagi 

unitar  davlatlar  qatoriga  kiritamiz.

Markazlashmagan  unitar  davlatlarda  esa  m a’muriy-hududiy 

birliklar ancha mustaqil boiib, markazga umuman bo‘ysunmaydi 

hamda  boshqaruv to ‘la-to‘kis mahalliy vakillik organlari vakolat 

doirasiga  kiritiladi  (Buyuk  Britaniya  grafliklaridagi  mahalliy 

boshqaruvni  saylab  qo'yiladigan  organlar  amalga  oshiradi).

U nitar  davlatlar  tarkibidagi  m a’muriy  hududiy  birliklari- 

ning  huquqiy  maqomi  va  xususiyatlariga  ko‘ra:




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling