R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Aksariyat  xorijiy  mamla-


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

Aksariyat  xorijiy  mamla- 

katlarda  ushbu  bosh  man- 

ba «Konstitutsiya» deb atal- 

sa, ayrim davlatlarda  Kon­

stitutsiyalar o‘ziga xos nom- 

larga  ega.  Masalan,  Ger- 

maniyada  «Asosiy  qonun», 

Kolumbiyada «Siyosiy Kon­

stitutsiya», 

Monakoda 

«Konstitutsion  ordanans» 

deb  nomlanadi.

lari va boshqa ko‘plab yangi-yangi huquqiy institutlar vujudga 

keldi.  Inson  huquqlari  birinchi  o ‘ringa  ko‘tarildi.

\To‘rtinchi  bosqich  hozirgi  zamon  Konsitutsiyalari  b o iib , 

unoa asosan barcha narsa inson uchun degan g‘oyaga tayaniladi 

ham da  inson  omili  hamma  narsadan  ustunligi  e’tirof etiladi. 

Shuningdek,  globallashib  borayotgan  ekologik  muammolar 

ham Konstitutsiyaviy darajada o ‘z yechimini topgan. Jumladan, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi ham  aynan  shu davr 

Konstitutsiyalari  turkumiga  kiradi.]

-   0 ‘zbekiston  Respublikasi  ham   o ‘zining  Konstitutsiyaviy 

rivojlanish  tarixiga  ega  va  bu  davrlarni  shartli  ravishda  uchga 

b o ‘lib  o ‘rganishimiz  mumkin.

1.  О ‘zbekiston tarixida ilk Kons­

titutsiya  1918-yilda  qabul  qilingan 

Turkiston ASSRning Konstitutsiyasi 

hisoblanadi.  U shbu  K onstitutsiya 

birinchi  davr  K o n stitu tsiy alarig a 

misol  b o iib ,  ular  qatoriga  BXSR 

(Buxoro  Xalq  Sovet  Respublikasi) 

hamda XXSR (Xorazm Xalq Sovet Respublikasi)ning Konstitu­

tsiyalari  ham  kiradi.

2.  1924-yilda  o ‘tkazilgan  milliy  chegaralanishdan  so ‘ng 

vujudga kelgan 0 ‘zbekiston SSR Konstitutsiyalari (1927,  1937, 

1978).


3.  Bosh qomusimiz boim ish mustaqil 0 ‘zbekiston Respub­

likasining  1992-yil  8-dekabrdagi  Konstitutsiyasi.

Konstitutsiya  eng  muhim  hujjat  sifatida  quyidagi  yuridik 

belgilarga  ega:

—  Konstitutsiya  —  davlatning  asosiy  qonunidir.  H ar  bir 

dem okratik  davlatda  Konstitutsiya  m uqaddas  sanalib,  unga 

s o ‘zsiz  am al  qilish  lozim.  Jam iyatd a  qonun  ustuvorligini 

ta ’minlash,  Konstitutsiyaning  asosiy  qonun  sifatida  mavqeini 

saqlab  qolish  bilan  barobar.

—  K onstitutsiya  oliy  yuridik  kuchga  ega.  H ar  qanday 

davlatni olib qaramaylik, u o ‘zining milliy qonunchilik tizimiga 

ega  b o ia d i.  Qonunchilik  tizimi  esa  biror-bir  huquqiy  asosga 

tayanishi  m uqarrar  va  bu  asos  rolini  Konstitutsiya  bajaradi. 

H a r  bir  qonun  va  qonun  osti  norm ativ  hujjatlar,  alb atta, 

Konstitutsiyaga  asoslanishi  shart.

K o n stitutsiya  tom onidan  ta rtib g a  solinadigan  ijtim oiy 

munosabatlarning muhimligi va tartibga solib turuvchi norma- 

larini  birlamchi  ravishda  tan  olinishi  boshqa  normativ  hujjat-



Bilaisizmi, Fransiva tarixida 

hozirga qadar 17 marotaba 

Konstitutsiya  qabul  qilin- 

gan bo‘lib, oxirgisi esa 1958- 

yilgi  Konstitutsiya  hisobla­

nadi.

larning  Konstitutsiyalarga  mosligini  tekshirish  uchun  alohida 

huquqiy  himoya  mexanizrnini  ham  talab  qiladi.

—  K onstitutsiya  o ‘zining  alohida  obyektiga  ega  b o ‘ladi. 

Jam iy atda  shunday  m u n o sab atlar  m avjudki,  ularn i  faqat 

Konstitutsiya darajasida  tartibga solish kerak.  Masalan, davlat 

hokimiyatini amalga oshirish prinsiplari, davlatning boshqaruv 

va  tuzilish  shaklini  belg ilash ,  oliy  d av lat  o rg an la rin in g  

maqomini  mustahkamlash  kabi  masalalar.

—  K o n stitu tsiy a   a lo h id a   ta rtib d a   q ab u l  q ilin ad i  va 

o ‘z g a rtirila d i.  K o n stitu tsiy a la rn i  q a b u l  qilish  va  un g a 

o ‘zg artirish la r  kiritis'h  oddiy  q o n u n larn i  q abul  qilish  va 

o ‘zgartirishdan  farq  qilib,  parlam ent  tom onidan  m alakali 

k o ‘pchilik  ovoz  asosida  yoki  referendum  orqali  hal  qilinadi. 

Masalan,  0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o ‘zgarti- 

rishlar  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchi­

lik  palatasi  deputatlari  va  Senati  a ’zolari  umumiy  sonining 

kam ida  uchdan  ikki  qismidan  iborat  ko'pchiligi  tom onidan 

qabul  qilingan  qo n u n  yoki  0 ‘zbekiston  R espublikasining 

referendumi  bilan  kiritiladi.

— Konstitutsiya — muhim siyosiy hujjatdir.  Chunki, davlat 

siyosiy tizimining asosini tashkil etadi.  Ushbu tizim mamlakat- 

ning  olib  boray o tg an   siyosiy  m aydondagi  faoliyati  orqali 

jam iyatda  inson  huquqlari  va  erkinliklarining  buzilishidan 

himoya  qilish  uchun  xizmat  qiladi.  Shuningdek,  unda  boshqa 

siyosiy  y o ‘nalishlar  ham  aks  etishi  mumkin.

—  K o nstitu tsiya  barcha  huquq  tarm oqlarining  asosini 

tashkil etadi. Konstitutsiya milliy qonunchilikda mavjud barcha 

huquq  tarmoqlari  uchun  fundamental  ahamiyat  kasb  etadi.



2-§.  Konstitutsiya  —   davlatning  asosiy  qonuni 

sifatida

0 ‘zbekiston  R espublikasining  dem o k ratik   va  huquqiy 

davlat qurishdan maqsadi mamlakatda yashovchi har bir kishi- 

ning huquq va erkinliklarini to ‘la kafolatlashdir. Buning uchun, 

avvalo,  0 ‘zbekistonda  huquqiy  asos  yaratildi,  ya’ni  Respub­

lika  Konstitutsiyasi  va  qabul  qilgan  qonunlarda  umume’tirof 

qilingan xalqaro hujjatlar qoidalariga mos keluvchi inson huquq 

va  erkinliklari,  ularning  kafolatlari  belgilab  qo‘yildi.

Davlatimizning asosiy Qonuni -  Konstitutsiyamiz vaqt sinovidan 

muvaffaqiyatli o‘tdi va kundalik hayotimizning rivojlanishi, uning 

istiqbolini  belgilashda  xizmat  qilmoqda.  0 ‘tgan  davr mobaynida. 

Konstitutsiya  mamlakatimiz  buyuk  kelajagining  asosiy  huquqiy

14


kafolati  ekanligini  to ‘la  isbotladi.  Konstitutsiya  jamiyatning 

rivojlanishida va davlat qurilishida yangi bosqichga o‘tishga dalolat 

beruvchi  ijtimoiy-siyosiy  o ‘zgarishlarga  asos  soldi.  Konstitutsiya 

qabul  qilingandan  buy on  o ‘tgan  davr  ichida  mamlakatimizda, 

xalqimiz hayotida asrlar mobaynida yuz berishi mumkin boigan 

o‘zgarishlarga erishildi. Yurtimiz sho'rolar davridan meros boiib 

qolgan chuqur iqtisodiy tanazzuldan qutuldi, o‘tkazilayotgan keng 

koiam li siyosiy, iqtisodiy islohotlar tufayli bozor munosabatlariga 

asoslangan  iqtisodiyot  qaror  topdi,  demokratiya  tamoyillariga 

asoslangan milliy davlatchiligimiz va huquq tizimimiz shakllandi, 

ijtimoiy-madaniy soha barqaror rivojlanib bormoqda, kishilarimiz- 

ning  m a’naviy  qiyofasi  yangilanmoqda,  ularning  ongiga  istiqlol 

g‘oyasi tobora chuqurroq singib bormoqda, mustaqil yosh davlatimiz 

xalqaro jamiyatda o‘z o‘mini topdi. Uning xalqaro miqyosda nufuzi 

oshib bormoqda, jahon siyosatini belgilashda roli kuchaymoqda3.

$■§.

  Konstitutsiyalarning  funksiyalari

Butun  dunyo  miqyosida  olsak,  har  qanday  Konstitutsiya 

ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalariga  bevosita  ta ’sir  ko‘rsatib, 

asosan  uchta  funksiyani  amalga  oshiradi.

1.  Y u rid ik   fu n k siy asi  -   K o n stitu tsiy a   o ‘z  m azm un- 

m ohiyatiga  k o ‘ra  yuridik  hujjat  sanalib,  huquqning  asosiy 

manbaidir.  Konstitutsiyalarning  yuridik  funksiyasi  quyidagi- 

larda  ko‘rinadi:

—  M am lakat  huqvaq  tizimining  qanday  k o ‘rinishga  ega 

ekanligini  o ‘zida  ifodalaydi;

—  Konstitutsiyaviy  normalar  ijtimoiy  hayotning  (iqtisoliy, 

siyosiy va sotsial) eng muhim tomonlarinigina huquqiy jihatdan 

tartibga  soladi;

—  D avlatda  qabul  qilinadigan  barcha  norm ativ  huquqiy 

hujjatlar uchun bosh mamba b o iib  hisoblanadi. Shuning uchun 

b iro rta   n o rm ativ   h u q u q iy   h u jja t  y u rid ik   kuchiga  k o ‘ra 

Konstitutsiyadan  ustun  boiolm aydi;

—  Konstitutsiyalar  opining  alohida  muhofaza  choralariga 

ega b o ig ani uchun unga zid b o ig a n  har qanday hujjat tegishli 

tartibda  o ‘z  kuchini  yuqotishi  shart.

2.  Siyosiy  funksiyasi  --  K o nstitutsiya  ayni  v aqtda  o ‘ta 

muhim  siyosiy  hujjat  sifatida:

0 ‘zbekiston Respublikasi Koinstitutsiyasining 11 yilligiga bag'ishlangan 



«O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  -   fuqarolik jam iyati  va 

huquqiy davlatni shakllantiri:

5

hning asosi» mavzusidagi ilmiy anjuman 



materiallari, TDYUI. — Т.: 2003, 7-bet

— Davlat hokimiyati tashkil etilishining asoslarini o ‘rnatadi;

—  D avlat  tom onidan  olib  borilayotgan  ichki  va  tashqi 

siyosatning  yo‘nalishlarini  belgilab  beradi;

—  K o n stitu tsiy a d a   d a v latn in g   siyosiy  m a q sad lari  va 

funksiyalari  o ‘z  ifodasini  topadi.

3. 


Mafkuraviy funksiyasi -  Konstitutsiyalar jamiyatning eng 

asosiy m a’naviy  g‘oyaviy qadriyatlarini  o‘zida mustahkamlab, 

aholini  bir  yoqadan  bosh  chiqarishga  undaydi.  M afkura  har 

qanday  jam iyat  hayotida  zarur.  M afkura  b o ‘lm asa  odam , 

jamiyat,  davlat  o ‘z  yo‘lini  yo‘qotishi  muqarrar.  Ikkinchidan, 

qayerdaki  m afkuraviy  b o ‘shliq  vujudga  kelsa,  o ‘sha  yerda 

begona  mafkura  hukmronlik  qilishi  ham  tayin.  Buning  isboti 

uchun  xoh  tarixdan,  xoh  zam onam izdan  k o ‘plab  m isollar 

keltirish qiyin emas4.  Konstitutsiyalarda mafkuraviy g‘oyalarni 

aks etishi jamiyat taraqqiyotining maqsad va vazifalaridan kelib 

chiqadi.  H ar qanday Konstitutsiya u yoki bu k o ‘rinishda biror- 

bir  m afkuraga  tayanadi.  Bu  narsa  K on stitu tsiy alar  qabul 

qilingan  paytdagi jam iyatning  ijtimoiy-siyosiy  holatiga  ham 

b o g ‘liq.  M asalan,  b iro r-b ir  d av lat  m u sta m lak ach ilik d an  

mustaqil  davlat sifatida tashkil topgan  b o isa,  uning Konstitu- 

tsiyasida,  albatta,  milliylik,  istiqlol  g‘oyalari  aks  etadi.



(3^§.  Konstitutsiya  shakllari

Konstitutsiya shakli deganda,  Konstitutsiyaning mohiyatini 

sh a k lla n tirish ,  ifo d alash   h am d a  narnoyon  etish  vositasi 

tushuniladi.  Bu  ta ’rif,  bir  tomondan,  Konstitutsiyaning  ichki 

shaklini,  ya’ni  mazmunining  ichki  tashkiliy  tuzilishi  (struktu- 

rasi)ni  aks  ettiradi;  ikkinchi  tom ondan,  K onstitutsiyaning 

tashqi  ifodalanishini  anglatadi5.

Konstitutsiyalarning  ichki  tuzilishi  (strukturasi)  xususida 

so‘z  yuritilarkan,  albatta,  kodifikatsiyalangan,  oliy  yuridik 

kuchga ega bo'lgan barcha normalarni qamrab olgan yaxlit va 

yagona  yozilgan  Konstitutsiya  nazarda  tutiladi.  Uning  ichki 

tuzilishi  asosan  avval  muqaddima,  asosiy  qism  va  xulosadan 

iborat  b o ‘ladi.  M uqaddim ada  odatda  Konstitutsiya  maqsad­

lari  bayon  qilinadi,  uning  yuzaga  kelishining  tarixiy  shart- 

sharoitlari  tavsiflab  beriladi.

Karimov I.A.  Biz kelajagimizni o ‘z q o ‘limiz bilan quramiz. T. 7.— Т.: 



« 0 ‘zbekiston,  1999,  84-b. 

'



Tadjixanov U. va boshqalar. 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitu­

tsiyaviy huquqi.  Darslik. — Т.:  «Sharq»,  2001,  105-bet

16


Konstitutsiyaning  ushbu  qismi  siyosiy  va  g‘oyaviy  nuqtayi 

nazardan juda  muhimdir.  M uqaddimadagi  qoidalar  huquqiy 

norm alar  hisoblanmasa-da,  boshqa  qoidalarni  sharhlash  va 

q o ‘llashda  norm ativ  aham iyatga  egadir,  y a ’ni  m uqaddim a 

K o n stitu tsiy a  n o rm alarin in g   sh arh lan ish i  lozim   b o ig a n  

yo‘nalishlarni  ko‘rsatib  beradi.

Konstitutsiyaning asosiy qismida fuqarolar huquq va erkin­

liklari,  ijtimoiy  tuzum  asoslari,  davlat  organlarining  tizimi  va 

statusi  (darajasi)  davlat  timsollari,  Konstitutsiyaga  o ‘zgarish- 

lar  kiritish  tartibi  to ‘g‘risidagi  normalar  beriladi.

D avlat  organlari  statusi  to ‘g ‘risidagi  n o rm alar  o d atd a 

hokimiyatning  taqsimlanishi  prinsipiga  mos  ravishda  beriladi; 

k o ‘pincha  avval  parlam ent  to ‘g ‘risidagi,  undan  keyin  sud 

hokim iyati  to ‘g‘risidagi  va  nihoyat  mahalliy  hokimiyatning 

tashkil  etilishi  to ‘g ‘risidagi  norm alar  beriladi.  B a’zan  esa 

butunlay  boshqacha  tartib  ham  k o ‘zga  tashlanadi.  Masalan, 

Ispaniya  K onstitutsiyasida  avval  boshida  davlat  boshlig‘i 

to ‘g ‘risidagi,  so‘ngra  esa  K onstitutsiyaviy  adliya  organlari 

to ‘g‘risidagi  normalar  berilgan.  Ba’zan  normalarning  berilish 

tartibi  davlatdagi  b a ’zi  organlarning  boshqalariga  nisbatan 

ustuvorroq  nufuzga  ega  ekanligini  ham  k o ‘rsatadi.  Masalan, 

Fransiya  Konstitutsiyasining  asosiy  qismida  avvalo  Respub­

lika  P rezid en ti  t o ‘g ‘risid a g i,  ikk in ch i  o ‘rin d a   h u k u m a t 

to ‘g ‘risidagi  norm alar  berilgan.  0 ‘zbekiston  R espublikasi 

Konstitutsiyasida  esa  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  Vazirlar  M ahkam asi, 

Mahalliy davlat hokimiyati,  Sud hokimiyati to ‘g‘risida norma­

lar  berib  o‘tilgan.

Xulosada turli normalar boiishi mumkin.  Odatda xulosada 

K onstitutsiyaning  kuchga  kirish  tartibi,  organik  va  boshqa 

qonunlarning  chiqarilish  muddatlari  k o ‘rsatiladi.

Vaqtinchalik  qoidalarda  birdaniga  amalga  kiritish  imkoni 

b o im ag an   Konstitutsiyaviy  norm alarning  amalga  kiritilishi 

muddatlari,  eski Konstitutsiyaviy normalarning yangilari bilan 

almashtirish  tartiblari  va  muddatlari  ko ‘rsatiladi.

K o n stitutsiyan in g  q o ‘shim cha  q oid alari  asosiy  qismga 

qaraganda  boshqacharoq  beriladi  va  ular  ko‘pincha  sharhlash 

xarakterida b oiad i. Ba’zi bir istisnolar ham odatda qo‘shimcha 

qoidalar  qismidan joy  oladi.

K onstitutsiyaning  ichki  shakli  quyidagi  elem entlarning 

majmuidan  iborat:

1)  Konstitutsiyani.jsWabifchiqish  tarabi; 



t  |s-

'  


’ 



■  •  • 

5

 



*  /^ f P

 

jr.-.



2)  Konstitutsiyani  rasmiylashtirish,  qabul  qilish  tartibi;

3)  Konstitutsiyani  tasdiqlash  tartibi;

4)  Konstitutsiyaning  ichki  tuzilishi.

Konstitutsiyaning  hayotga  tatbiq  etilishi,  uning  harakat- 

lanishi,  amalga  oshishi  uchun  yuqoridagilar  hali  yetarli  emas. 

Buning  uchun  Konstitutsiyaning  tashqi jihatini  tashkil  etuvchi 

elementlar  ham  boiishi  lozim.  Tashqi shakl  Konstitutsiyaning 

amalga  oshirilish  shaklini ham  nazarda  tutadi.

Konstitutsiyaning  tashqi  shakli  quyidagi  elementlar  (qism- 

lar)dan  tarkib  topadi:

1)  Konstitutsiyaning  nomlanishi;

2)  Konstitutsiyani  kuchga  kiritish  tartibi  (shakli);

3)  Konstitutsiyani  amalga  oshirish  tartibi;

4) Konstitutsiyani o ‘zgartirish (qayta к о‘rib chiqish) tartibi;

5)  Konstitutsiyani  muhofaza  etish  tartibi.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  am aldagi  K onstitutsiyasi

tuzilishi uning mazmuniga to‘la muvofiq b o ‘lib,  shaxs, jamiyat 

va davlat oldida turgan vazifalarni samarali hal etishga ko‘mak 

beradi.  Mamlakatimiz  Konstitutsiyasi  muqaddima,  6  boiim , 

26  bob  va  128  moddadan  iborat.

Muqaddima  qisqa  bo‘lib,  ko‘tarinki  ruhda  yozilgan.  Unda 

K onstitutsiyani  xalq,  ya’ni  davlat  hokim iyatining  haqiqiy 

sohibi  qabul  qiladi  va  unda  o ‘z  irodasini  ifoda  etadi.  Agar 

birinchi  b o iim   Konstitutsiyaviy  tuzumning  asosiy  prinsiplari 

yig'indisidan  iborat  boisa,  ikkinchi  b oiim da  inson  huquqlari 

to ‘g‘risidagi  normalar  mavjud.

Respublika  Konstitutsiyasining  inson  va  fuqaroning  asosiy 

huquqlari,  erkinliklari  va  burchlari  to ‘g ‘risidagi  b oiim i  keng 

berilishi  Konstitutsiyaning mohiyatidan  kelib  chiqadi.  «Shaxs- 

jamiyat-davlat» munosabatlarining tartibga solinishi Konstitu­

tsiyaning  tub  m ohiyatini  tashkil  etadi.  Bunda  shaxs  omili 

birinchi  o ‘rinda  qo'yilgan.

U chinchi  b o iim d a   esa  jam iyat  va  shaxs  m unosabatlari 

tartibga  solinib,  fuqarolik jamiyatining  an'’analarini  tiklash, 

ijtim oiy  uyushm alar  va  m unosabatlarni  huquqiy  jih atd an  

tartibga  solib,  ularning  rivojlanishini  ta ’minlashga  qaratilgan 

normalar  mavjud.

T o‘rtinchi  b o iim   m a’muriy-hududiy  va  davlat  tuzilishiga 

bag‘ishlangan.  Unda  Q oraqalpog‘iston  Respublikasi  haqida 

alohida  bob  bor.

Beshinchi  b o iim   davlat  hokimiyatining  tashkil  etilishi  deb 

n o m lan ib ,  un d a  0 ‘zb ekiston  R espu blik asi  Oliy  M ajlisi,



Prezidentning  huquqiy  m aqom i,  ijro  hokim iyati,  mahalliy 

davlat  organlari,  sud  hokim iyatining  huquqiy  m aqom lari 

ko‘rsatib  o ‘tilgan.  Oltinchi b o iim   Konstitutsiyaga o ‘zgartirish 

kiritish  tartibini  o ‘z  ichiga  oladi.



Konstitutsiyani  qabul  qilishning  asosiy 

xususiyatlari

K o n stitu tsiy a n i  q ab u l  q ilishn in g  q u y id ag i  u su lla rin i 

k o ‘rsatish  mumkin:

1.  T a ’sis  (Konstitutsiyaviy)  majlis  tom onidan.  Braziliya 

(1988),  Portugaliya  (1976),  Bolgariya  (1991),  Ruminiya  (1991) 

Konstitutsiyalari  shu  usul  bilan  qabul  qilingan.

2.  Amaldagi  parlam ent  tom onidan.  0 ‘zbekiston  (1992), 

Xitoy  (1992),  Tanzaniya  (1977)  Konstitutsiyalari  misolida.

3.  Referendum y o ii bilan.  Rossiya (1993), Fransiya (1958), 

Q ozog‘iston  (1995),  K uba  (1976),  Chili  (1980)  kabi  davlat 

Konstitutsiyalari  referendum  y o ii  bilan  qabul  qilingan.

K o ‘pgina  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  Konstitutsiyalar 

hadya  etish  y o ii  bilan  ham  qabul  qilinadi.  Hadya  etishning  3 

y o ii  mavjud:

1.  Mutlaq monarxiya sharoitida Konstitutsiyani o ‘z xalqiga 

podsho,  qirol, sulton, monarx hadya qiladi.  Buni Nepal (1962), 

Saudiya  Arabistoni  (1992)  Konstitutsiyalari  misolida  ko‘rishi- 

miz  mumkin.

2.  Mitropoliya  mustamlakachi  davlat  o ‘z  mustamlakasiga 

Konstitutsiya  hadya  qiladi  va  uning  mustaqil  davlatligini  tan 

oladi.  Buyuk  Britaniya  1979-yil  Zimbabvega  K onstitutsiya 

hadya  qilgan.

3.  Harbiy yoki revolyutsion Kengash Konstitutsiyani hadya 

qiladi.  Masalan,  Misr, Suriya, Iroq, Afg‘oniston Konstitutsiya­

lari  shu  tarzda  qabul  qilingan.

Konstitutsiyani  qabul  qilish  tartibi  oddiy,  joriy  qonunlarni 

qabul qilishdan farq qiladi. Yangi Konstitutsiyalar odatda yangi 

davlat vujudga kelganda, mamlakat siyosiy tuzumi o ‘zgarganda, 

davlatchilik rivojida jiddiy tub o ‘zgarishlar ro ‘y berganda qabul 

qilinadi.  Konstitutsiyani  tuzish  va  qabul  qilishning bir  qancha 

usullari  bor.  Albatta,  Konstitutsiya  loyihasini  tayyorlashdan 

to  qabul  qilishgacha b o ig an   barcha ishlarni parlament majlis- 

larida uzluksiz amalga oshirish mushkul.  Shu sababli Konstitu­

tsiya  loyihasini  tayyorlash  uchun  maxsus  K onstitutsiyaviy 

kom issiya  tashkil  etiladi.  1990-yil  20-iyunda  0 ‘zbekiston 

R epublikasi  Oliy  Kengashi  yangi  K onstitutsiya  loyihasini



tayyorlash uchun Konstitutsiyaviy komissiya tashkil etgan edi.

Umuman  olganda,  Konstitutsiyani  tayyorlash,  uni  qabul 

qilish  boshqa  oddiy  qonunlarni  qabul  qilishdan  farq  qiladi. 

Chunki  Konstitutsiya — bu  davlatning  Asosiy  qonuni,  huquq 

tarmoqlarining  manbai  hisoblanadi,  shuning  uchun  u  boshqa 

qonun va normativ huquqiy hujjatlardan o ‘zining yuridik kuchi 

bo‘yicha  ustun  turadi.

Konstitutsiyani qabul qilish jarayoni oddiy qonunlarni qabul 

qilish  tartibidan  quyidagilar  bilan  farq  qiladi:

1.  Oddiy  qonunlar  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis 

Qonunchilik  palatasining  qonuniylik  va  sud-huquq  masalalari 

q o 'm ita sid a   va  bosh qa  q o ‘m italarid a  ishlab  chiqiladi  va 

muhokama  qilinib,  navbatdagi  yalpi  majlisda  qabul  qilinadi. 

K onstitutsiya  loyihasi  esa  Oliy  Majlis  palatalari  tom onidan 

maxsus  tarzda  tuzilgan  muvaqqat  Konstitutsiyaviy  komissiya 

tomonidan  ishlab  chiqiladi.

2.  Konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun tajribali siyosiy 

arb ob lar,  jam iyat  turm ushining  turli  ja b h alarid a  tanilgan 

mutaxassislar  va  huquqshunos  olimlar jalb  etiladi.  M azkur 

shaxslar oliy vakillik organi deputati bo‘lmasalar ham, Konstitu­

tsiyaviy  komissiyaga jalb  qilinadilar.

3.  K o n stitu tsiy a  loyihasini  tayyorlash  ja ra y o n i  oddiy 

qo nunlar  loyihasini  tayyorlashga  nisbatan  ancha  davomli 

b o iib ,  mukammal  ishlashni  talab  etadi.

4.  Konstitutsiya  loyihasi  matbuotda  e’lon  qilinib,  albatta, 

umumxalq  muhokamasiga  q o ‘yiladi.

Qabul  qilingan  K onstitutsiyani  tasdiqlash  marosimi  ham 

turli davlatlarda har xil. Bunday tartib, asosan, federativ shaklda 

tash k il  qilingan  d a v latla rd a  am al  qiladi.  Q abul  qilingan 

K o n stitu tsiy a  b arch a  federatsiy a  sub y ektlari  to m o nidan  

ta sd iq la n ish i,  y a ’ni  u la rn in g   p a rla m e n tla ri  to m o n id an  

ratifikatsiya  qilinishi  shart  b o iad i.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  qabul  qilingan  Konstitutsiyani 

ratifikatsiya  qilish  shart  emas.

Qabul  qilingan  Konstitutsiyani  kuchga  kiritish  tartibi  ham 

turli mamlakatlarda har xil belgilanadi.  K o‘pchilik mamlakat- 

larda Konstitutsiyani kuchga kiritish alohida hal qilinadi. Ba’zi 

d a v la tla rd a   bu  uni  m a tb u o td a   e ’lon  qilish  bilan  am alga 

oshiriladi.

0 ‘zbekiston  R espublikasining  K onstitutsiyasi  u  qabul 

qilingan  kuni,  ya’ni  1992-yilning  8-dekabrida  alohida  qonun 

bilan  kuchga  kiritildi.

20

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling