R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


-§.  O ‘zbekiston  Respublikasi  O liy  M ajlis


Download 8.86 Mb.
Pdf просмотр
bet21/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40

4-§.  O ‘zbekiston  Respublikasi  O liy  M ajlis

Qonunchilik  palatasi  va  Senati  faoliyatining 

tashkiliy  huquqiy  m asalalari

Darhaqiqat,  qonun  chiqaruvchi  organ  davlat  mexanizmida 

asosiy  o ‘rin  tutishi  isbot  talab  qilmaydigan  hoi.  Buning  sababi 

shundaki,  u  ijro  etuvchi  hokim iyat  amalga  oshirishi  lozim 

b o ‘lgan  va  sud  hokimiyatining  faoliyati  uchun  qonunchilik 

asosi  b o ‘lib  xizm at  qilad igan  um um m ajburiy  ta la b la rn i 

o ‘rnatadi.  Shuningdek,  Oliy  Majlis  nazorat-tahlil,  parlament- 

lararo  aloqalarni  m ustahkam lash,  fuqarolar  m urojaatlarini 

k o ‘rib  chiqish  bo‘yicha  faoliyat  olib  boradi85.

D em okratik  islohotlarni  ch uq urlashtirish  Q onunchilik 

palatasi  ishini  to ‘g‘ri  tashkil  etish  masalalari  bilan  bevosita 

b o g ‘liqdir.  Q onunchilik  palatasi  vakolatlarining  sam arali 

bajarilishi ularning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishni taqozo etadi.

Qonunchilik  palatasi  ishini  tashkil  qilishning  muhim jihat- 

laridan  biri  -   bu  deputatlar  o ‘rtasida  vazifalarning  to ‘g ‘ri

85  Bu haqda batafsilroq qarang: Халилов E.X.  Парламент Узбекистана 

на современном этапе развития страны. // Право. № 1.1998, 8-11-ст.

191


taqsimlanishidir.  Bunday  taqsimotning  asosiy  maqsadi  har  bir 

deputatlar  vazifalarining  aniq-tiniq  boiishiga  erishishdir.

Odatga ko‘ra, boshqa davlatlarda ham vazifalar quyi palata 

tarkibidagi rahbar shaxslar va devon xodimlari borligini nazarda 

tutgan  holda  taqsimlanadi.  Palataning  yuqoridagi  tarkibi  chet 

davlatlar  tajribasiga  xos  bo ‘lib,  uning  ishini  unumli  tashkil 

etishda  raisning  roli,  ayniqsa,  muhim.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 

palatasi  Spikeri:

—  Q onunchilik  palatasi  va  uning  Kengashi  majlislarini 

chaqiradi,  ularda  raislik  qiladi;

—  Q o nunchilik  p a la ta si  m u h okam asiga  k iritilad ig an  

masalalarni  tayyorlashga  umumiy  rahbarlik  qiladi;

—  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilingan  qonun- 

larni  m a’qullash  uchun  Senatga  yuboradi;

—  Qonunchilik  palatasi  q o ‘mitalari  va  komissiyalarining 

faoliyatini  muvofiqlashtirib  boradi;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonunlarining  va  Qonunchi­

lik palatasi  hujjatlarining  ijrosi  ustidan  nazoratni  tashkil  etadi;

— Qonunchilik palatasi Spikerining o ‘rinbosarlari  o ‘rtasida 

vazifalarni  taqsimlaydi;

—  Parlam entlararo  aloqalarni  amalga  oshirish  ishlariga 

ham da  xalqaro  parlam en t  tash k ilo tlari  ishi  bilan  b o g ‘liq 

Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;

—  Qonunchilik  palatasi  matbuot  organlarining  ustavlarini 

va  tahrir  hay’atlari  tarkibini  hamda  ularning  ishlashi  uchun 

zarur  xarajatlar  smetalarini  tasdiqlaydi;

—  Kengash  bilan  kelishilgan  holda  Qonunchilik  palatasi 

matbuot organlarining bosh muharrirlarini tayinlaydi va ularni 

lavozimidan  ozod  qiladi;

—  Qonunchilik  palatasi  matbuot  organlarining  faoliyatiga 

rahbarlikni  amalga  oshiradi;

—  Senat,  boshqa  davlat  organlari,  chet  davlatlar,  xalqaro 

va  boshqa  tashkilotlar  bilan  o ‘zaro  munosabatlarda  Qonun­

chilik  palatasi  nomidan  ish  ko‘radi;

—  Q onunchilik  palatasi  va  uning  Kengashi  qarorlarini 

imzolaydi;

—  Q onunchilik  palatasi  devoni  faoliyatiga  rahbarlikni 

amalga  oshiradi,  deputatlar  va  Qonunchilik  palatasi  devoni 

ishlashi  uchun  zarur  xarajatlar  smetalarini  tasdiqlaydi  va  hk.

Qonunchilik  palatasi  Spikeri  o ‘zining  vakolatiga  taalluqli 

masalalarni  Kengash  muhokamasiga  kiritishga  haqli.  Qonun-

192


chilik  palatasi  Spikeri  vakolatlarining  kengligi  uning  o ‘rinbo- 

sarlari  o ‘rtasida  vazifalarni  to ‘g‘ri  taqsimlashni  taqozo  qiladi.

Qonunchilik  palatasi  Spikerining  o ‘rinbosarlari  Qonunchi­

lik palatasi Spikerining topshirig‘iga binoan uning ayrim vazifa- 

larini  bajaradi  va  Qonunchilik  palatasi  Spikeri  yo‘qligida  yoki 

o ‘z  vazifalarini  amalga  oshirishi  mumkin  bo‘lmagan  hollarda 

uning  vazifasini  bajarib  turadi,  degan  qoida mustahkamlangan. 

Umuman,  qonunchilik  palatasi,  uning  organlari  va  deputatlari- 

ning  vazifalarni  bajarish  Qonunchilik palatasi  devoni  xodimlari 

tomonidan  qator  tadbirlarni  amalga  oshirishini  taqozo  qiladi.

Q onunchilik  p alatasi  faoliyatini  tashkil  etishda  uning 

devonining  o ‘rni  kattadir.  Chunki  Qonunchilik palatasi,  uning 

o rg an lari  va  d e p u ta tla r  faoliyatining  tashkiliy,  axb oro t, 

m oddiy-texnika  t a ’m inotini  Q onunchilik  p alatasi  devoni 

am alga  oshiradi.  Q onunchilik  palatasining  devoni  p alata 

rahbariyati  huzuridagi  kotibiyatni,  q o ‘m italar  bilan  ishlash, 

yuridik, nazorat-axborot xalqaro aloqalar, m atbuot va tarjima- 

lar,  umumiy  bo‘lim  va  buxgalteriyani  o ‘z  ichiga  oladi86. 

Devonning  bunday  tuzilishi  va  ularning  bajaradigan  vazifalari 

palataning  ishini  samarali  tashkil  etishga  xizmat  qiladi.  Lekin 

rivojlangan  davlatlar  parlam entlari  devonlari  faoliyatining 

tahlili  mazkur  nizomga  ayrim  o ‘zgartishlar  kiritish  lozimligini 

anglatadi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi 

faoliyatining  asosiy  shakli  -   bu  uning  m ajlislaridir.  Uni 

o ‘tkazishning  o ‘zi  Qonunchilik  palatasining  faoliyati  masala­

larni  birgalikda  muhokama  qilish,  to ‘g‘ri  o ‘tkazish  esa  erkin 

muhokama,  oshkoralik  va jamoatchilik  fikrini  hisobga  olish 

prinsiplarini  amalda  ro ‘yobga  chiqarishga  xizmat  qiladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi Oliy  Majlisi  Qonunchilik palatasi 

va  S enatining  birinchi  m ajlislari  Q onunchilik  palatasig a 

saylovdan  keyin  ikki  oydan  kechiktirm ay  va  Senat  tarkib 

topganidan  keyin  bir  oydan  kechiktirmay  M arkaziy  saylov 

komissiyasi  tomonidan  chaqiriladi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  M ajlisining  Qonunchilik 

palatasi majlislari sessiyalar davrida o ‘tkaziladi. Sessiyalar qoida 

tariqasida,  sentabrning  birinchi  ish  kunidan  boshlab  kelgusi 

yilning  iyun  oyi  oxirgi  ish  kuniga  qadar  o ‘tkaziladi.



86  Qarang:  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi 

Spikerining  « 0 ‘zbekiston  R espublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 

palatasining Devoni  to ‘g ‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 2005- 

yil  7-apreldagi  73-sonli  Farmoyishi.

193


0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlis­

lari, agar ular ishida barcha deputat va Senatorlar umumiy soni­

ning  k am ida  yarm i  ish tiro k   etay o tg an   b o ‘lsa,  v ak o latli 

hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy qonunlarni  qabul  qilishda barcha deputat­

lar  umumiy  sonining  kamida  uchdan  ikki  qismi  ishtirok  etishi 

shart.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  M ajlisining  Qonunchilik 



palatasi majlislarida, shuningdek, ularning organlari majlislarida 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  Bosh  vazir,  V azirlar 

M ahkamasining  a ’zolari,  Respublika  Konstitutsiyaviy  sudi, 

Oliy sudi,  Oliy xo‘jalik sudi raislari,  Bosh prokurori,  Markaziy 

bank boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin.  0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  va  u- 

ning  organlari  majlislarida  Senat  Raisi,  0 ‘zbekiston  Respub­

likasi  Oliy  Majlisining  Senati  va  uning  organlari  majlislarida 

Qonunchilik  palatasi  Spikeri  ishtirok  etishi  mumkin.

0 ‘zbekiston Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik palatasi 

va  Senatining  qarorlari  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  yoki 

Senat  a ’zolari  umumiy  sonining  ko‘pchilik  ovozi  bilan  qabul 

qilinadi.  Shuning  uchun  deputatlarni  majlislarda  muntazam 

va  samarali  ishtirokini  ta ’milash  dolzarb  m asalalardan  biri 

hisoblanadi.  Zero,  Qonunchilik  palatasi  kollegial  organ bo‘lib, 

uning  vakolatlariga  doir  m asalalar,  albatta,  deputatlarning 

birgalikdagi  muhokamasi  uning  faoliyatining  asosiy  prinsip- 

laridan  biri  hisoblanadi.

Qonunchilik palatasi majlislaridagi masalalar bo‘yicha ovoz 

berish  shakl  va  uslublarini  belgilash  k atta  aham iyatga  ega. 

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi 

Reglam enti  to ‘g ‘risida»gi  qonunning  11-moddasiga  k o ‘ra 

Qonunchilik  palatasining  qarorlari  uning  majlislarida  ochiq 

yoki  yashirin  ovoz  berish  orqali  qabul  qilinadi.  Ochiq  ovoz 

berish nomma-nom, ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan 

foydalangan  holda  yoki  yashirin  ovoz  berish  bulletenlaridan 

foydalangan  holda  amalga  oshirilishi  mumkin.

Qoida  tariqasida,  Qonunchilik  palatasi  majlisida  ovozlarni 

hiso b la sh n in g   elek tro n   tizim idan  fo y d alan ilish i  u stid an  

nazoratni  Qonunchilik  palatasi  deputatlaridan  bo‘lgan  guruh 

amalga oshiradi.  Bu guruh ovozlarni to ‘g‘ri tashkil etish uchun 

javob  beradi.  Agarda  deputatlarda  elektron  tizimning  to ‘g‘ri 

ishlashi  haqida  shubha  paydo  b o ‘lsa,  ular  bulletenlardan 

foydalangan  holda  ovoz  berishni  tanlashlari  mumkin.

194


« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi 

to‘g‘risida»gi qonunning  17-moddasiga ko‘ra Qonun  loyihalarini 

tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga 

kiritiladigan  m asalalarni  dastlabki  tarzda  k o ‘rib  chiqish  va 

tayyorlash,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari  hamda  palata 

tomonidan  qabul  qilinadigan  qarorlarning  ijrosini  nazorat  qilish 

uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchi­

lik  palatasi  deputatlari  orasidan  rais,  uning  o‘rinbosari  va  a’zo- 

lardan  iborat  tarkibda  qo‘mitalar  saylanadi.

Milliy  qonunchiligimizda  bu  vazifalarni  amalga  oshirish 

uchun  qo‘mitalar tashkil  qilinsa,  bir qancha xorijiy  mamlakat- 

lar  (Yaponiya,  Fransiya,  Italiya)da  bu  vazifalar  komissiyalar 

tomonidan  amalga  oshiriladi87.

Q o‘mita raisi, uning o ‘rinbosari va qo‘mita a ’zolari lavozim- 

lari  deputatlarning  qaysi  partiya  yoki  guruhga  mansubligi 

ham da  saylovda  saylovchilarning  qancha  ovozini  olganligini 

inobatga  olgan  holda  yaxlit  (umumiy)  qaror  bilan  belgilanadi.

« 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Reglamenti 

to ‘g‘risida»gi  qonuni  7-moddasining  uchinchi  qismiga  k o ‘ra 

Qonunchilik  palatasida  reglament;  budjet,  bank  va  moliya 

masalalari;  iqtisodiy masalalar va tadbirkorlik;  qonunchilik va 

sud-huquq  masalalari;  mehnat va  ijtimoiy  masalalar;  mudofaa 

va xavfsizlik masalalari; xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqa- 

lar  q o ‘mitalari  tuzilishi  shart.  Qonunchilik  palatasida  boshqa 

q o ‘m italar  ham   tuzilishi  m um kinligi  k o ‘rsatilib,  ularning 

umumiy  soni,  qoida  tariqasida,  o ‘ntadan  oshmasligi  kerakligi 

mustahkamlangan.

Mazkur  qoidaga  asosan  Qonunchilik  palatasida  budjet  va 

iqtisodiy  islohotlar,  qonunchilik  va  sud-huquq  m asalalari, 

mehnat  va  ijtimoiy  masalalar,  mudofaa  va  xavfsizlik  masala­

lari, xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar, sanoat, qurilish 

va savdo masalalari, agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya, 

fan, ta ’lim, madaniyat va sport masalalari, demokratik institut- 

lar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish 

organlari  q o ‘mitalari  tuzilgan88.

S huningdek,  Q o nunchilik  p a la ta si  n o rm ativ -h u q u q iy  

atamalar  komissiyasini  tuzgan.  Qonunchilik  palatasi  muayyan

87  К онституции  зарубеж ны х  госу д а р ств .У ч еб н о е  п о со б и е.  —  

Москва:  «Бек», стр.  50-55, 60-61.

88  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qonunchilik  palatasining  q o ‘mitalari 

to ‘g ‘risida»gi  2005-yil  27-yanvardagi  14-I-sonli  qarori.

195


vazifalarni  bajarish  uchun  komissiyalar  tuzishi  mumkinligi 

mustahkamlangan.

Qonunchilik  palatasi  deputatlari  siyosiy,  professional  va 

boshqa  asosda  fraksiyalar  va  deputatlar  guruhlari  shaklida 

deputatlar  birlashmalarini  tuzishi  mumkin.

Demak,  mamlakatimiz  parlamenti  faoliyati  bilan  b o g iiq  

qonun  hujjatlariga  muvofiq,  deputatlar  birlashmalarining  ikki 

shakli  —  fraksiyalar  va  deputatlar  guruhlari  mavjud.

Fraksiya  siyosiy  partiyad an   k o ‘rsatiladigan  depu tatlar 

tom onidan  p artiya  m anfaatlarini  Q onunchilik  p alatasid a 

ifodalash  m aqsadida  tuziladigan  va  belgilangan  ta rtib d a  

ro ‘yxatdan  o ‘tkazilgan  deputatlar  birlashmasidir.  D eputatlar 

guruhlarini  Qonunchilik  palatasi  tarkibiga  saylangan,  siyosiy 

partiyadan  ko‘rsatilmagan  deputatlar  tuzishi  mumkin.

« 0 ‘zb ekisto n   R esp u b lik asi  Oliy  M ajlisi  Q o n unchilik 

palatasining Reglamenti to ‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasiga 

muvofiq,  Qonunchilik  palatasining  kamida  9  nafar  deputati 

frak siya  yoki  d e p u ta tla r  guru h in i  tu zish  h u q u q ig a  ega. 

Q onunchilik  palatasining  deputati  faqat  bir  fraksiya  yoki 

deputatlar  guruhining  a ’zosi  bo‘lishi  mumkin.  Lekin  bundan 

Oliy  M ajlis  Q onunchilik  palatasi  deputatlarining  h ar  biri 

fraksiya yoki deputatlar guruhi a ’zosi bo‘lishi kerak, deb xulosa 

qilish  kerak  emas.  B inobarin,  saylangan  deputat  hech  bir 

fraksiya  yoxud  deputatlar  guruhiga  kirmaslikka  ham  haqli.

« 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 

to ‘g‘risida»gi  qonunning  24-moddasiga  binoan  Qonunchilik 

palatasida bugungi kunga qadar beshta siyosiy partiya fraksiya- 

lari  tuzildi.  Bular 0 ‘zbekiston  Liberal-demokratik partiyasi 40 

kishidan  iborat89,  0 ‘zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi  27 

kishidan  iborat90,  «Fidokorlar»  milliy-demokratik  partiyasi  18 

kishidan  ib o rat91,  «Milliy  tiklanish»  partiyasi  11  kishidan

89 

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga 

O'zbekiston  Liberal-demokratik  partiyasidan  saylangan  deputatlar 

fraksiyasini  ro'yxatga  olish  to ‘g ‘risida»gi  2005-yil 27-yanvardagi  9-1- 

sonli  qarori.

90 

«O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga 

O 'zbekiston  Xalq-dem okratik  partiyasidan  saylangan  deputatlar 

fraksiyasini  ro'yxatga  olish  to ‘g'risida»gi  2005-yil  27-yanvardagi  10- 

I-sonli  qarori.

91  «O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga 

«Fidokorlar»  milliy-demokratik  partiyasidan  saylangan  deputatlar 

fraksiyasini  ro'yxatga  ofish  to ‘g ‘risida»gi  2005-yil  27-yanvardagi  11- 

I-sonli  qarori.

196


iborat92,  «Adolat»  sotsial-dem okratik  partiyasi  10  kishidan 

iborat93  fraksiyalaridir.

Qonunchiligimizning  e’tiborga  loyiq jihatlaridan  yana  biri 

shuki,  Q onunchilik  palatasidagi  d ep u tatlar  guruhlarining 

vakolatlari  doirasi  siyosiy  partiyalar  fraksyailari  vakolatlari 

doirasiga  tenglashtirildi.  Ayni  chog'da,  ularning  fraksiyalar 

bilan  bir  qatorda  va  ular  bilan  teng  ravishda  ish  yurita  olishi- 

ning  huquqiy  asoslari  mustahkamlandi. 

—__

Senat  faoliyatini  tartib ga  soluvchi  hu jjat  « 0 ‘zbekiston 



Respublikasi Oliy Majlisi Senati to ‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy 

qonun  va  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatining 

R eglam enti  t o ‘g‘risida»gi  0 ‘zbekiston  R espublikasining 

Qonunidir.

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatining  Regla­

menti  to ‘g‘risida»gi  qonunda  Senat  tomonidan  o ‘z  faoliyatini 

tashkil  etish  ham da  palataning  ichki  tartib-qoidalari  bilan 

bog‘liq  masalalar  yuzasidan  qarorlar  qabul  qilish  uchun  asos 

h isoblanadi.  Senat  faoliyatini  tashkil  etish  prinsiplari  va 

tashkiliy  shakli,  Rais  va  uning  o ‘rinbosarlarini  saylash  va 

m u d d a tid an   ilgari  lavozim idan  ozod  qilish  ta rtib i,  Senat 

K en gash i,  un in g   q o ‘m ita la ri  va  k o m issiy a larin i  tu zish  

to ‘g‘risidagi  qoidalar  aks  ettirilgan.  Qonunda  Senat  mailisida 

masalalar,  qonunlar va palata qarorlarini к о ‘rib chiqish tartibi 

belgilangan. Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat 

budjetini  qabul  qilish,  mansabdor  shaxslarni  o ‘z  vakolatlariga 

m uvofiq  ta y in la sh   (saylash);  0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asi 

Prezidentining  farm onlarini  tasdiqlash  to ‘g ‘risidagi  ham da 

K o n stitu tsiy a   b ilan   p a la ta n in g   b irg a lik d ag i  va  m u tlaq  

vakolatiga  kiritilgan  boshqa  masalalarni  к о ‘rib  chiqish  tartibi 

belgilangan. Qonunda shu bilan birga Senat tomonidan nazorat 

qilish sohasidagi vakolatlar, xalqaro aloqalarni amalga oshirish 

tartibi va xarajatlar smetasining tasdiqlanishi tartibga solingan.

S enatga  do ir  huquqiy  m a n b alar  tizim ida  0 ‘zbekiston 

R esp u b lik a sin in g   2003-yil  2 9 -av g u std a  q ab u l  qilin g an  

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy Majlisiga  saylov to ‘g‘risida»gi



92 

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga 

«M illiy  tiklanish»  partiyasidan  saylangan  deputatlar  fraksiyasini 

ro‘yxatga olish to ‘g ‘risida»gi 2005-yil 27-yanvardagi 12-I-sonli qarori.

93 

«O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga 

«A dolat»  sotsial-d em okratik   partiyasidan  saylangan  deputatlar 

fraksiyasini  ro‘yxatga  olish  to ‘g ‘risida»gi  2005-yil  27-yanvardagi  13- 

I-sonli  qarori.

197


Qonuni  alohida  o ‘rin  tutadi.  Birinchi  b o ‘limda  Qonunchilik 

palatasiga  o ‘tkaziladigan  saylov  tartib g a  solinadi.  Ikkinchi 

b o ‘limda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senatini 

shakllantirish  tartibi  belgilangan.

M azkur  b o ‘lim da  Senatni  sh ak llan tirish n in g   um um iy 

K onstitutsiyaviy  t a ’rifi  berilgan.  Q uyidagi,  y a ’ni:  saylov 

o‘tkazish  muddatlari;  Senat  a ’zoligiga  saylanadigan  nomzod- 

larga  qo‘yiladigan  talablar;  saylovni  tashkil  etishning  umumiy 



I

  tartibi  kabi  normalar  belgilangan.  Saylov  yakunlari  xususida 

yakunlarni  chiqarish,  ulaPustidan  shikoyat  berish  va  Senatni 

shakllantirish  yakunlarini  e ’lon  qilish  tartib i  belgilangan. 

Takroriy  saylov  o ‘tkazish  zaruriyati  yuzaga  keladigan  shart- 

sharoitlar  va  uni  o ‘tkazish  tartibi  aniqlangan.  Bo‘shab  qolgan 

o‘rinlarga Senat a ’zolarining saylovini o ‘tkazish tartibi belgilab 

q o ‘yilgan.  S hun in gd ek ,  Q o ra q a lp o g ‘isto n   R esp u b lik asi 

Jo ‘qorg‘i  Kengesi,  viloyatlar,  tum anlar  va  shaharlar  davlat 

hokimiyati  vakillik  organlari  deputatlarining  qo‘shma  majlis­

larida  Senat  a ’zolarini  saylash  ta rtib i  to ‘g ‘risidagi  nizom 

Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  ishlab  chiqiladi.

Bundan  tashqari,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyat­

lar,  tum anlar  va  shaharlar  davlat  hokimiyati  vakillik  organ­

lariga  saylov  «Xalq  d ep u tatlari  viloyat,  tum an  va  shahar 

Kengashlariga  saylov  to ‘g‘risida»gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Q onuniga  ham da  0 ‘zbekiston  R espublikasi  va  Q oraqal- 

pog‘iston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq 

o ‘tkaziladi.

0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Referendum 

yakunlari  va  davlat jamiyati  tashkil  etishning  asosiy  prinsip­

lari»,  « 0 ‘zbekiston  R espublikasi  Oliy  M ajlisining  Senati 

to ‘g‘risida»,  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisga  saylov­

lar to ‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlar hamda « 0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatining  Reglamenti  to ‘g‘risi- 

da»gi  Q o n u n lar  Senatni  huquqiy  jih a td a n   ta rtib g a   solib 

turuvchi  manbalardir.

Senatning  tarkibiy-funksional  tizimi  asoslari  0 ‘zbekiston 

Respublikasining  Konstitutsiyasida  aks  ettirilgan.  Jumladan, 

0 ‘zbekiston  R espublikasining  2003-yil  24-aprelda  qabul 

qilingan « 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o ‘zgartish 

va  q o ‘shim chalar  kiritish  to ‘g‘risida»gi  Q onuniga  asosan 

tuzatish va  qo‘shimchalar  kiritilgan.  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  86-moddasi  Senat  Raisi  va  uning  o ‘rin- 

bosarlari  misolida  palata  rahbariyatini  shakllantirish  tartibini,

198


Raisning  vakolatlarini  belgilab  beradi.  87-modda  esa  Senat­

ning  muhokamaga  kiritiladigan  masalalarni  dastlabki  tarzda 

ko‘rib chiqish va tayyorlash,  shuningdek, 0 ‘zbekiston Respub­

likasi  qonunlari  ham da  Senat  tom onidan  qabul  qilinadigan 

qaro rlarn in g   ijrosini  n azo rat  qilish  uchun  o ‘z  vakolatlari 

m u d d a tig a  s e n a to rla r  o ra sid a n   q o ‘m ita la rn i  saylashi 

(shakllantirish)ni tartibga soladi.  Senat zarur hollarda muayyan 

vazifalarni bajarish uchun senatorlar orasidan komissiyalar ham 

tuzishi  mumkin.

Senatning  Konstitutsiya  va « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining Senati to ‘g‘risida»gi  0 ‘zbekiston Respublikasining 

Konstitutsiyaviy Qonuni bilan belgilangan  asosiy  tuzilmasi  o ‘z 

tarkibida  Senat  Raisi,  uning  o ‘rinbosarlari,  Kengash,  qo‘mita 

va  komissiyalarni  qamrab  oladi.

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatining  Regla- 

menti  to ‘g‘risida»gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  3- 

m o dd asig a  b in o an   S en atnin g   0 ‘zb ek isto n   R esp ub lik asi 

Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadigan va Senat Raisi 

saylangunga  qadar  unga  raislik  qiladigan  birinchi  majlisida 

m uvaqqat  kotibiyat  va  sanoq  komissiyasi  saylanadi.  Keyin 

elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat qilish 

guruhi  saylanadi  va  Senat  Raisi  hamda  uning  o ‘rinbosarlarini 

saylash  marosimiga  kirishiladi.

v^Senat  Raisligiga  va  uning  o ‘rinbosarligiga  nom zodlar 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tom onidan  senatorlar 

orasidan  ko‘rsatiladi.

Nomzod  yashirin  ovoz berish  natijasida  senatorlar umumiy 

sonining yarmidan  k o ‘p  ovozini  olgan b o ‘lsa,  Senat  Raisi  yoki 

uning  o ‘rinbosari  etib  saylangan  hisoblanadi.  Senat  Raisining 

o ‘rinbosarlaridan  biri  Q oraqalpog‘iston  Respublikasi  vakili 

b o ‘lishi  lozim.

Senat  Raisi  o ‘z  lavozimidan  yashirin  ovoz  berish  orqali 

senatorlar  umumiy  sonining  uchdan  ikki  qismidan  ko‘prog‘i- 

ning  ovozi  bilan,  uning  o ‘rinbosarlari  esa  yashirin  ovoz  berish 

orqali senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul 

qilingan  qaro rig a  binoan  m u d d atid an   oldin  ozod  etilishi 

mumkin.  Senat  Raisi  yoki  uning  o ‘rinbosarlarini  lavozimidan 

muddatidan  oldin  ozod  etish  to ‘g‘risidagi  masala  0 ‘zbekiston 

Respublikasi Prezidentining taqdimiga yoki senatorlar umumiy 

sonining  kamida  uchdan  bir  qismining  taklifiga  binoan  Senat 

tomonidan  ko‘rib  chiqiladi.  Konstitutsiyaning  86-moddasi  va 

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  M ajlisining  Senati  to ‘g‘ri-

199


sida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni- 

ning  14-moddasiga  binoan  Senat  Raisiga  Senat  ishini  tashkil 

etishda  asosiy  m as’uliyat  yuklatilganligi  uchun  ham  ushbu 

mexanizmda  Senat  Raisining  roli  muhim  bo‘lishi  lozim.  Rais 

sifatida  u  Senat  va  uning  Kengashi  majlislarini  chaqiradi,  u- 

larda  raislik  qiladi;  Senat  muhokamasiga  kiritiladigan  masala­

larni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;  Senat m a’qullagan 

q o n u n la rn i  im zolash  uchun  0 ‘z b ek isto n   R esp u b likasi 

Prezidentiga  yuboradi;  Senat  qo‘mitalari  va  komissiyalarining 

faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; Senat Raisining o ‘rinbosar- 

lari  o ‘rtasida  vazifalarni  taqsimlaydi:  parlamentlararo  aloqa­

larni  am alga  oshirish  ishlariga  ham da  xalqaro  parlam ent 

tashkilotlari  ishi  bilan  bog‘liq  Senat  guruhlarining  faoliyatiga 

rahbarlik  qiladi;  Qonunchilik  palatasi  boshqa  davlat  organ­

lari,  chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o ‘zaro 

m unosabatlarda  Senat  nomidan  ish  k o ‘radi;  Senat  va  uning 

.Kengashi  qarorlarini  imzolaydi.

f

 

Senat  faoliyatini  samarali  tashkil  etish,  q o ‘m italar  ishini 



m u v o fiq lash tirib   b o rish ,  kun  ta rtib i  yuzasidan  ta k lifla r 

tayyorlash, qonunlarni dastlabki tarzda к о ‘rib chiqishni tashkil 

etish  maqsadida  Senat  Kengashi  tuziladi.

—v  Senat Kengashining tarkibiga Senat Raisi, uning o ‘rinbosar- 

lari  va  Senat  qo‘mitalarining  raislari  kiradi.

Senat  Kengashiga  Senat  Raisi  rahbarlik  qiladi,  u  Kengash- 

ning  majlislarini  olib  boradi  va  uning  qarorlarini  imzolaydi.

Kengashning qator aniq funksiyalari  « 0 ‘zbekiston Respub­

likasi  Oliy  M ajlisi  S enatining  R eglam enti  t o ‘g ‘risida»gi 

0 ‘z^ekiston  Respublikasi  Qonunida ham  nazarda  tutilgan.  U- 

lardan  biri,  masalan,  palata  majlisining  kun  tartibi  loyihasini 

tayyorlashdan  iboratdir.

Senat majlisining kun tartibi  loyihasi  Senat majlisida к о ‘rib 

chiqilishi  lozim b o ‘lgan  masalalar va  ularning  к о ‘rib  chiqilishi 

navbati  har  bir  masalani  к о ‘rib  chiqishga  tayyorlash  uchun 

m as’ul  b o ‘lgan  palata  qo ‘mitalari,  m a’ruzachi,  shuningdek, 

bosh q a  m a ’lu m o tla r  k o ‘rsatilg an   h o ld a  Senat  K engashi 

tom onidan  shakllantiriladi.  Senat  M ajlisining  kun  tartib i 

palataning  qarori  bilan  tasdiqlanadi.

Konstitutsiya,  qonunlar  va  qarorlarning  к о ‘rib  chiqilishi 

tartib ig a  binoan  m as’ul  q o ‘m itaning  xulosasi  Senat  K en­

gashiga  taqdim   etilib,  Kengash  Q onunni  Senat  majlisining 

kun  tartibi  loyihasiga  kiritish-kiritm aslik  to ‘g ‘risida  qaror 

qabul  qiladi.





Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling