R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


oyida  o'tk azilad i.  Bunda


Download 8.86 Mb.
Pdf просмотр
bet24/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40

oyida  o'tk azilad i.  Bunda 

noyabr oyi birinchi dushan- 

basidan keyingi birinchi se- 

shanba  kuni  saylov  kuni 

deb belgilangan.

ko ‘ra,  vakillik  organlariga  b o ‘ladigan  saylov  davriga  to ‘g‘ri 

kelmaydi.

0 ‘zbekiston Respublikasi davlatchilik tarixidan munosib o ‘rin 

oladigan,  milliy  davlatchiligimizni  rivojiga  hissa  qo‘shayotgan 

islohotlarimizning  yana  bir  samarasi  hisoblangan  2002-yil  27- 

yanvardagi referendum natijalari bevosita saylov institutiga muhim 

o‘zgartirishlar  kiritish zaruriyatini  belgilab  berdi.

Prezident  saylovlari  0 ‘zbekistonda  bevosita  demokratiya- 

ning  asosiy  shakllaridan  biridir.

K onstitutsiyaviy  aso slardan   kelib  chiqib,  prezidentlik 

saylovining  asosiy  tashkiliy-huquqiy  mexanizmlarini  belgilash 

mumkin.  Ularga  quyidagilar  kiradi:

1.  M arkaziy  saylov  komissiyasi  faoliyatining  ta rtib   va 

shakllanishi;

2.  O krug  saylov  komissiyalari  va  saylov  uchastkalarini 

shakllantirish;

3.  Saylovchi  fuqarolarning  ro ‘yxatini  tuzish;

4.  N om zodlar  k o ‘rsatishga  siyosiy  partiyalarga  huquqiy 

ijozat  berish;

5.  Prezidentlikka  nomzodlar  ro ‘yxatini  shakllantirish;

6.  Saylov  okruglari  b o ‘yicha  ovoz  berish  tartibi;

7.  Ovozlarni  sanash  va  ovoz  berish  yakunlarini  chiqarish 

tartibi;

8.  Saylov  huquqi  m e’yorlarining  buzilishi  ustidan  sudga 

murojaat  qilish.

Prezident saylovi bir-biriga zid bo‘lmagan umumdemokratik 

prinsiplar  va  aniq  talablar  asosida  b o ‘lishi  kerak.  Prezident 

saylovi  umumdemokratik  prinsiplari  Konstitutsiyaga  asosla­

nadi, jahon  mamlkatlarining tajribasi  va  o ‘z milliy  tariximizga 

tayanadi. Prezident saylovining umumdemokratik prinsiplariga 

quyidagilar  kiradi:

Birinchi prinsip: Prezident saylovining Konstitutsiyaga to ‘la 

muvofiq  kelishi.

Ikkinchi  prinsip:  Prezident  hokimiyatining  qonuniyligi.

Uchinchi  prinsip:  Prezident  saylovi  tartibotlari  va  vazifa- 

larining  huquqiy jihatdan  ta ’minlanganligi.

T o‘rtinchi prinsip: Prezident saylovining demokratiyaviyligi, 

fuqarolarning  va  siyosiy  partiyalarning  teng  huquqliligi.

Beshinchi prinsip: Prezident saylovining fuqarolik jamiyatiga 

xos  b o ‘lgan  barqarorlik,  taraq q iy ot,  qonuniylik,  huquqiy 

ta rtib o t,  inson  h u qu qlarini  him oya  qilishni  t a ’m inlashga 

yo‘naltirilganligi.

217


Oltinchi  prinsip:  Prezident  saylovining  xalqchilligi,  barcha 

fuqarolar  uchun  tushunarli  va  qulay  bo‘lishi.

Y ettinchi  prinsip:  Prezident  saylovining  uyushganligi, 

K onstitutsiyaviy,  huquqiy,  sud  nazorati  ostida  b o iis h i  va 

qonuniy  boshqarilishiga  erishish.

Sakkizinchi prinsip: Prezident saylovining tejamli va samarali 

boiishi.

T o‘qqizinchi prinsip:  ovoz berish va saylanishning ziddiyat- 

larsiz,  uning  uchun  yetarli  b oig an  natijalarini  olishga  kafolat 

yaratilishi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentini  saylashda  fuqarolar 

ixtiyoriy  ravishda  qatnashadilar.  Saylovda  qatnashmaganlik 

uchun fuqaroga nisbatan biror-bir m a’naviy yoki moddiy chora 

ko‘rish mumkin emas.  Saylovlarda qatnashishning ixtiyoriyligi

-   bu  saylov  huquqining  muhim  prinsiplari  va  erkin  saylovlar- 

ning  demokratik  kafolatidir.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentini  saylashda  fuqarolar 

yashirin ovoz beradilar.  Bunda har bir fuqaro bitta ovozga ega 

b o iad i. Prezident saylovida ovoz berishlik fuqarolar tomonidan 

bevosita  amalga  oshiriladi.  Ovoz  berish jarayonida  fuqarolar­

ning  xohish-iroda  bildirishlari  ustidan  nazorat  etilishga  yo‘1 

q o ‘yilmaydi.

Saylovchining  o ‘z  xohish-irodasini  bevosita  va  erkin  ifoda 

etishi  ham  saylov  huquqining  muhim  prinsiplaridan  b o iib , 

shaxs  erkinligining  yaqqol  namoyon  boiishidir.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi,  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  saylov  komissiyasi,  okrug va  uchastka 

saylov  komissiyalari  tomonidan  o'tkaziladi.  Saylov komissiya­

lari  Prezident  saylovini  ochiqlik  va  oshkoralik  prinsipi  asosida 

o ‘tkazadilar.

P rezident  saylovlarini  o ‘tkazishda  osh koralik  prinsipi 

quyidagilarda  namoyon  bo iad i:



Birinchidan, 

saylov komissiyalari fuqarolarni o ‘z ishlaridan, 

saylov  okruglari,  uchastkalari  tuzilganligi,  saylov  komissiya- 

larining  tarkibi,  ularning joylashgan  manzili  va  ish  vaqtidan 

v o q if  etadi,  saylovchilarning  r o ‘yxati  bilan  ta n ish tirad i. 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlar  haqida 

m a’lum otlar,  ovoz  berish  va  saylov  yakunlaridan  xabardor 

qiladi.


Ikkinchidan, 

ommaviy axborot vositalari Prezident sayloviga 

tayyorganlikning borishi va saylov qanday o ‘tayotganligini keng 

yoritib  boradi.

218


Uchinchidan, 

Prezident sayloviga tayyogarlik ko‘rish va uni 

o ‘tkazishga  oid  barcha  tadbirlarda,  ayniqsa,  saylov  kuni  ovoz 

berish  xonalarida  va  ovozni  sanab  chiqishda  prezidentlikka 

nomzod  k o ‘rsatgan  siyosiy  partiyalardan,  hokimiyat  vakillik 

organlaridan  bittadan  kuzatuvchi,  m atbuot,  televideniye  va 

radio  vakillari,  xorijiy  davlatlar va  tashkilotlar,  harakatlardan 

kuzatuvchilar  qatnashadi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  bilan  b o g iiq  

b arch a  h a ra k a tla r  d av lat  m a b la g ‘lari  h iso b id an   am alga 

oshiriladi.  Prezidentlikka  nom zodlarni  boshqa  m ablag‘lar 

hisobidan moliyaviy ta ’minlash va boshqacha yo‘l bilan moddiy 

jihatdan  q o ‘llab-quvvatlash  taqiqlanadi.

P rezidentlik  saylovi  uchun  siyosiy  p a rtiy a la r,  ja m o a t 

birlashmalari,  korxona  va  tashkilotlar  ham da  fuqarolar  o ‘z 

m ablag‘larini  ixtiyoriy  berishlari  mumkin.  Bu  m ablag‘larni 

Markaziy saylov komissiyasi saylov kompaniyasida foydalanish 

uchun  qabul  qilib  oladi.

Prezident  saylovi  xarajatlarining  davlat  m a b lag ia rid an  

qoplanishi,  prezidentlikka  nom zodlar  uchun  teng  moddiy 

sharoitlarni  yaratishga  qaratilgandir.

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to ‘g‘risida»gi 

qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik prinsipi saylov qonun- 

larini  saylov jarayonining  barcha  ishtirokchilari  tom onidan 

so‘zsiz va og‘ishmay rioya qilishga xizmat qiladi. Ushbu prinsip 

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to ‘g ‘risida»gi 

qonunning  7-moddasida  mustahkamlangan.

Prezident  saylovida  fuqarolarning:



Birinchidan, 

aktiv  va  passiv  saylov  huquqini  erkin  amalga 

oshirishga,  saylovlarni olib borishga zo‘rlik,  aldov,  tahqir etish 

va  boshqa  yo‘lda  to ‘sqinlik  qilgan  shaxslar;



Ikkinchidan, 

saylov  hujjatlarini  soxtalashtirgan,  ovozlarni 

aynan  noto‘g‘ri  hisoblagan,  ovoz  berish  yashirinligini  buzgan;

Uchinchidan, 

« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi 

to ‘g ‘risida»gi  qonunning  boshqa  y o ‘sinda  buzilishga  y o ‘l 

qo‘ygan  saylov  komissiyalarining  a ’zolari,  davlat  tashkilotlari 

va jam oat  birlashmalarining  mansabdor  shaxslari;

To‘rtinchidan, 

Prezidentlikka nomzodlarning sha’ni va qadr- 

qimmatiga dog‘  tushiradigan  soxta m a’lumotlarni e’lon  qilgan 

yoki boshqa tartibda tarqatgan, saylov komissiyalari a ’zolariga 

nisbatan  haqoratomuz  munosabatda  bo‘Igan  shaxslar  tegishli 

qonun  va  kodekslarda  belgilab  q o ‘yilgan  tartibda javobgar 

b o ‘ladilar.

219


0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovini  o ‘tkazish 

prinsiplari  hamma  saylovchilar,  saylov  jarayonining  barcha 

ishtirokchilari  uchun  bosh  qoidalardir.

Dunyoning barcha demokratik davlatlarida davlat boshlig‘i 

lavozimiga  nomzod  k o ‘rsatish  huquqi  siyosiy  partiyalar  va 

bevosita  fuqarolariga  berilgan.

0 ‘zbek isto n  R espu blik asi  P rezid entligig a  n o m zo d lar 

ko‘rsatish  siyosiy  partiyalarning  yuqori  organlari  tomonidan, 

saylovchilar  tashabbuskor  guruhi  yig‘ilishi  tomonidan  amalga 

oshiriladi.

Siyosiy partiyaning yuqori organi, saylovchilar tashabbuskor 

guruhi  0 ‘zbekiston  R espublikasi  Prezidentligiga  b ittadan  

nomzod  ko‘rsatishi  mumkin.

M arkaziy  saylov  komissiyasi  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentligiga  nomzodlarning  ro ‘yxati  « 0 ‘zbekiston  Respub­

likasi  P rezidenti  saylovi  t o ‘g ‘risida»gi  q o n u n n in g   24-2- 

moddasida  belgilangan  hujjatlar  asosida  ro‘yxatga  oladi.

0 ‘zbekiston  R espublikasi  Prezidentligiga  nom zod  etib 

r o ‘yxatga  olingan  shaxsga  r o ‘y xatga  o lin g an lik  h aq id a 

guvohnoma  beriladi.

0 ‘zbekiston  R espublikasi  Prezidentligiga  nom zodlarni 

ro ‘yxatga olish saylovga o ‘ttiz besh kun qolganida tugallanadi.

0 ‘zbek isto n  R esp ub lik asi  P rezidentlig iga  no m zo d lar 

r o ‘yxatga  olin ganidan   keyin  besh  kunlik  m u d d at  ichida 

Markaziy  saylov komissiyasi  ro ‘yxatga  olinganlik  to ‘g‘risidagi 

xabarni  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodning 

familiyasi,  ismi  va  otasining  ismi,  tu g ‘ilgan  yili,  partiyaga 

mansubligi,  egallab  turgan  lavozimi,  ish  va  yashash joyi,  shu­

ningdek,  uni  nomzod  etib  ko'rsatgan  siyosiy  partiyani  yoki 

saylovchilar  tashabbuskor  guruhini  k o ‘rsatgan  holda  e ’lon 

qiladi.

Qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqaro­



lar;  o ‘zlariga  nisbatan jinoiy  ish  qo‘zg‘atilganligi  munosabati 

bilan  qonun  tom onidan  t a ’qib  etilayotgan  fuqarolar;  diniy 

tashkilotlar  va  birlashm alarning  professional  xizmatchilari 

0 ‘zb ek isto n   R esp u b lik asi  P rezid en tlig ig a  nom zod  etib 

ro ‘yxatga  olinmaydilar.

Siyosiy partiya,  saylovchilar tashabbuskor guruhi u yoki bu 

shaxsni  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzod  etib 

ko‘rsatish  to ‘g‘risidagi  o ‘z  qarorini  saylovga  kechi  bilan  yetti 

kun  qolganida  bekor  qilish  huquqiga  ega,  bu  shaxs  Markaziy 

saylov  kom issiyasi  to m onidan  0 ‘zbekiston  R espublikasi



220

P rezid en tlig ig a  no m zo d lik  m a q o m id an   m ah ru m   etilishi 

mumkin.  Siyosiy partiya О ‘zbekiston Respublikasi Prezidentli­

giga nomzodlar ko‘rsatish muddati tugaguniga qadar Markaziy 

saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro‘yxatga olish to ‘g‘risida 

taklif kiritishi  mumkin.

R o‘yxatga olingan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga 

nomzod uni О ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga nomzod 

etib  k o ‘rsatgan  siyosiy  partiya  faoliyatini  tugatgan  taqdirda 

ham  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  o ‘z  maqomidan 

mahrum  etilishi  mumkin.

Prezidentlikka nomzod 15 nafargacha ishonchli vakilliklarga 

ega  b o ‘lishi  mumkin.  Ishonchli  vakillar  nomzodga  Prezident 

etib saylash uchun targ‘ibot, tashviqot yuritadilar, davlat organ­

lari  va jam oat  birlashmalarining  organlari,  saylovchilar  bilan 

o ‘zaro  m unosabatlarda,  shuningdek,  saylov  komissiyalarida 

nomzodning  manfaatlarini  himoya  qiladilar.

Prezidentlikka  nom zod  r o ‘yxatga  olingandan  keyin  o ‘z 

ishonchli  vak illarini  o ‘zi  belgilaydi  va  M arkaziy  saylov 

kom issiyasi  ishonchli  v ak illarin i  r o ‘yxatga  olib,  u larg a 

guvohnoma  beradi.



4-§.  O ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

vakolatlari

Prezident  Konstitutsiyaviy  vakolatlarining  k o ‘lami  uning 

davlat  va  ijroiya  hokimiyatining  boshlig‘i  ekanligidan  kelib 

chiqadi.


0 ‘zbekiston  R espublikasi  K o n stitutsiyasi  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentiga  uning  davlat  hokimiyati  organlari 

tizimidagi ko‘plab vakolatlarni beradi. Prezident faqat 0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasining  K onstitutsiyasida  o ‘rnatilgan  vakolat 

doiralaridagina  faoliyat  k o ‘rsatadi.  Prezidentning  K onstitu­

tsiyaviy  vakolatlari  davlat  va jamiyat  hayoti  faoliyatining  eng 

muhim  sohalarini  qamrab  oladi.

K o‘pgina  xorijiy  mamlakatlar  tajribasida  davlat  boshlig‘i- 

ning  Konstitutsiyaviy  vakolatlari  tarixiy  rivojlanish  bosqich- 

larining,  shu  davlatda  istiqomat  qilayotgan  xalqlarning  milliy 

kelib chiqish xususiyatlari va jo ‘g‘rofiy joylashuvining ta ’sirida 

turli  xil  belgilangan  b o ‘ladi.  A sosan,  davlat  boshlig‘ining 

K onstitutsiyaviy  vakolat  m uddatlari  diqqatga  sazovordir. 

M asalan:  A QSH ,  R o ssiy ad a  4  yil,  F ra n siy a ,  U k ra in a , 

Germaniya,  Braziliyada  5  yil,  Meksika,  Misrda  6  yil,  Italiya,


Isroilda 7 yil. Prezident vakolat muddatlarining bunday tartibda 

belgilanganligi yuqorida ta ’kidlab o ‘tganimizdek, har bir millat 

va  elatlarning  tarixiy  rivojlanish  bosqichlari  bilan  bog‘liqdir. 

0 ‘zbekiston Respublikasida o ‘tkazilgan 2002-yil 27-yanvardagi 

referendum ,  m ustaqillikdan  keyingi  davrning  eng  muhim 

0 ‘zbekiston  ta rix id a  m unosib  o ‘rin  egallaydigan  d av lat 

boshqaruvining  takomillashtirish  rejalarini  belgilab  berdi.

0 ‘zbekiston  R espublikasi  Oliy  M ajlisining  II  chaqiriq 

sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasi­

ning  «Referendum  yakunlari  hamda  davlat  hokimiyati  tashkil 

etilishining  asosiy  prinsiplari  to ‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy 

Qonunning  8-moddasida  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti­

ning  K onstitutsiyaviy  vakolat  m uddati  m ustahkam langan: 

«Umumiy,  teng  va  to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  saylov  huquqi  asosida 

yashirish  ovoz  berish  y o ii  bilan  saylanadigan  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  Konstitutsiyaviy  vakolat  muddati

-   yetti  yil»,  deb  belgilanganligi  davlat  boshligining  o ‘z  xalqi 

oldiga  q o ‘ygan  vazifasini  bajarish  uchun  keng  im koniyatlar 

yaratib  beradi.

Prezidentning asosiy vazifasi -  davlatning birligini mamlakat 

ichida  va  tashqarisida  namoyon  qilishdir.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  faoliyatining  quyidagi 

y o ‘nalishlarida  uning  K onstitutsiyaviy  vakolatlari  yaqqol 

namoyon  b o ia d i:



1. 

Avvalambor,  0 ‘zbekiston  Prezidenti fuqarolar  huquq  va 

erkinliklarining  kafilidir.

 

Bu  shuni  bildiradiki,  0 ‘zbekiston 



R espublikasi  Prezidenti  inson  h u q u q larin i  him oya  qilish 

mexanizmining uzluksiz ishlashi uchun shaxsan javobgar, biror 

sabab  bilan  ushbu  huquq  va  erkinliklar  amalga  oshirilishi 

buzilgan  hollarda  tegishli  choralar  k o ‘rishga  majbur.  Inson 

huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilishning  ta ’sirchan  mexaniz- 

mini  yaratish,  xalqaro  huquqni  himoya  qiluvchi  tashkilotlar 

bilan  hamkorlikni  kengaytirish,  davlat  organlari  xodimlari  va 

butun  aholining  inson  huquqlari  masalalari  bo‘yicha  madani- 

yatini  oshirish  maqsadida,  BMTning  demokratiyalash,  inson 

huquqlari va boshqaruv tizimini  qoilab-quvvatlash borasidagi 

tavsiyalariga muvofiq,  0 ‘zbekiston  Prezidenti  1996-yilning  31- 

oktabridagi  farmoni  bilan  Inson  huquqlari  bo‘yicha  0 ‘zbekis­

ton  Respublikasi  Milliy  markazini  tashkil  qildi.

Prezident  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  himoya  qilishga 

qaratilgan hamda  aholining alohida ijtimoiy himoyaga muhtoj 

guruhlarini,  m asalan,  nafaqaxo‘rlar,  nogironlar  va  davlat



222

tom onidan  himoyaga  muhtoj  fuqarolarni  muhofaza  qilishga 

yo‘naltirilgan  qonunlar,  farmonlar  chiqarish  orqali  o ‘zining 

inson  huquq  va  erkinliklarining  kafili  sifatidagi  funksiyasini 

bajarib  kelmoqda.



2.  О ‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti Konstitutsiya  va 

qonunlarga rioya etilishining kafilidir.

 

Prezident o ‘z vakolatlarini 



amalga  oshirib,  barcha  davlat  organlari,  mansabdor  shaxslar 

va  fuqarolarining  o ‘z  Konstitutsiyaviy  majburiyatlarni  zarur 

d a ra ja d a   b ajarish larin i  t a ’m inlaydi.  U  x a tti-h a ra k a tla ri 

Konstitutsiya talablariga javob bermayotgan organlar va shaxs­

larga  bevosita  m u ro jaat  qilish  orqali  ham ,  shu  sohadagi 

vakolatli  organlar,  xususan  sudlar  vositasida  ham  bunga 

erishadi.

0 ‘zb ekiston  R espublikasi  P rezidenti  K o n stitu tsiy ad a 

belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, 

xavfsizligi  va  hududiy  yaxlitligini  muhofaza  etish  yuzasidan 

zarur  chora-tadbirlarni  ko‘radi.  Suverenitetni  muhofaza  qilish 

davlat  hokimiyati  barcha  tarmoqlarining  faoliyat  k o ‘rsatishi 

orqali ta ’minlanadi.  Shuning  uchun Prezident maxsus vakolat- 

larga ega,  xususan,  favqulodda vaziyatlar (mavjud tashqi xavf, 

ommaviy  tartibsizliklar,  yirik  halokat,  tabiiy  ofat,  epidemiya- 

lar)  yuz  berganda  shaxsan  o ‘zi  tezkor  qarorlar  qabul  qiladi. 

M asalan,  u  fuqarolarning  xavfsizligini  ta ’minlashni  k o ‘zlab, 

О ‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim 

joylarida  favqulodda  holat joriy  etadi,  qabul  qilgan  qarorini 

uch  kun  mobaynida  Respublika  Oliy  Majlisining  palatalari 

tasdig'iga  kiritadi.

3.  Prezident  davlat  boshligH  sifatida  xalqaro  munosabatlar 

sohasida  muhim  vakolatlarga  ega.

 

Bunda  u  muhim  vakillik 



funksiyasini  bajaradi.  Bu  funksiyani  u  yakka  o ‘zi  shaxsan 

amalga  oshiradi.

Prezident  m am lakat  ichida  va  xalqaro  m unosabatlarda 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  nomidan  ish  yuritadi.

Prezident  xalqaro  m unosabatlarda  0 ‘zbekiston  R espub­

likasining  vakilidir.  Bu  yerda  Prezident  0 ‘zbekiston  Respub- 

likasini  xalqaro  munosabatlari  subyekti,  suveren  va  mustaqil 

mamlakat sifatida namoyon qiladi.  Bu shuni anglatadiki, faqat 

P rezid e n tg in a  sh a rtn o m a   va  b itim larg a  imzo  chekishi, 

muzokaralarda 0 ‘zbekiston nomidan qatnashishi,  Respublika- 

ning  xalqaro  majburiyatlari  bajarilishini  ta ’minlashi  mumkin.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnoma va  bitim- 

lari  qonun  qabul  qilish  orqali  0 ‘zbekiston  Oliy  Majlis  palata-

223


lari tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. X alqaro shartnoma 

va bitimning ratifikatsiya qilinganligi ratifikatsiya yorlig‘i bilan 

tasdiqlanadi.  Ratifikatsiya yorlig‘iga O ‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti  imzo  chekadi.  Ikki  tomonlama shartnom a va  bitim- 

lar  tuzilganda  uning  ishtirokchilari  ratifikatsiya  yorliqlarini 

almashadilar.  K o ‘ptom onlam a  shartnom alarda  ratifikatsiya 

yorlig‘i  depozitariy  davlatga  yoki  xalqaro  shartnom a  matnini 

saqlovchi  xalqaro  tashkilotga  berib  q o ‘yiladi.

Prezidentning  tashqi  siyosat  sohasidagi  muhim  vakolatlari 

jumlasiga  quyidagilar  kiradi:

—  Akkreditatsiyadan  o ‘tgan  elchilar  va  boshqa  diplomatik 

vakillarga  ishonch  va  chaqirib  olish  yorliqlarini  topshirish;

— 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga 0 ‘zbekis- 

ton  Respublikasining  chet  el  davlatlari  va  xalqaro  tashkilot- 

lardagi  elchilari  va  boshqa  diplomatik  vakillari  nomzodlarini 

tayinlash va vazifasidan ozod qilish to ‘g‘risida taqdim kiritadi.

Yorliqlar  topshirilayotganda,  odatda,  Tashqi  ishlar  vaziri 

qatnashadi.  Diplomatik vakil  o ‘zining nomi,  davlatning  nomi, 

davlat  boshlig‘ining  nom ini  aytadi,  yorliqni  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentiga  topshiradi.  K o ‘pincha  yorliqlar 

topshirish  uchun  bir  nechta  yangi  elchilar  yig‘ilishadi.  Yorliq­

lar  topshirilgach,  0 ‘zbekiston  Prezidenti  yangi  elchi  bilan 

qisqacha suhbatlashadi.  Prezidentning ishonch yorlig‘ini qabul 

qilishi  shuni  anglatadiki,  tayinlangan  va  0 ‘zbekiston  Respub- 

likasiga  kelgan  xorijiy  davlat  elchisi  yoki  diplom atik  vakil, 

xalqaro  tashkilot vakili  akkreditatsiyadan o ‘tgan,  ya’ni rasmiy 

ravishda  m am lakatim izda  o ‘z  m ajburiyatlarini  bajarishga 

kirishgan,  deb  hisoblanadi.

Xorijiy davlat elchisi, xalqaro tashkilot hamda xorijiy davlat­

ning  diplomatik  vakili  funksiyasini  bajarishining  to ‘xtatilishi 

P rezid e n tg a  ch aq irib   olish  y o rlig ‘ini  to p sh irish   o rq ali 

rasmiy lashtiriladi.

Chet  el  davlatlarida  0 ‘zbekiston  Respublikasi  diplomatik 

vakolatlarining  boshliqlarini  tayinlash  va  chaqirib  olishning 

ta rtib i  «X orijiy  d av latla rd ag i  0 ‘zb ekiston  R esp u b lik asi 

diplomatik  vakolatxonalarining  boshliqlarini  tayinlash  va  u- 

larni  chaqirib  olish  to ‘g‘risida»  gi  1992-yil  3-iyuldagi  qonun 

bilan belgilanadi. Bu qonun «Diplomatik aloqalar to ‘g‘risida»gi 

1961-yilgi Vena konvensiyasi hamda boshqa umume’tirof etgan 

xalqaro-huquqiy  normalar  va  qoidalarga  to ‘la  mos  keladi.

D iplom atik  vakolatxona  boshlig‘i  lavozimiga  nomzodni 

Tashqi  ishlar  vazirligi  m anfaatdor  organlarning  kelishuvini

224


olgan  holda  tavsiya  etadi.  Favqulodda  va  muxtor  elchi  yoki 

favqulodda  va  m uxtor  vakilning  belgilangan  m am lakatga 

jo ‘nab  ketishidan  oldin  Tashqi  ishlar  vazirligi  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  imzo  chekkan  va  tashqi  ishlar  vaziri- 

ning  imzosi  qo'yilgan,  belgilangan  davlat  boshlig‘iga  berish 

uchun  m o‘ljallangan  ishonch  yorlig‘ini  tayyorlaydi.

O ‘zbekiston  Respublikasi  diplom atik  vakolatxonasining 

boshlig‘ini chaqirib  olish  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti­

ning  farmoni  bilan  quyidagi  hollarda  amalga  oshiriladi:




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling