R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Braziliya,  Eron  va  Nikara-


Download 8.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/40
Sana21.03.2020
Hajmi8.86 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40

315

Braziliya,  Eron  va  Nikara- 

guada  aktiv  saylov  huquqi 

fu q a ro la rg a   16  yosh dan  

berilgan.

Masalan,  Fransiyada  Milliy  Majlis  deputatligiga,  Respub­

lik a  P rezidentligiga  va  Y ev rop a  P arlam en tig a  nom zodi 

q o ‘yilgan  shaxs  23  yoshga  to ‘lgan  b o ‘lishi,  Senatga  saylanish 

uchun  esa  35  yoshga  to ‘lgan  b o ‘lishi  shart.  U ndan  tashqari 

barcha  nomzodlardan  harbiy  xizmatni  to ‘liq  o ‘tagan  boiishi 

talab  qilinadi.

Saylanish huquqi ham ba’zi mam- 

la k a tla rd a   ancha  yuqori  b o iis h i 

mumkin.  Masalan,  Italiyada  senator 

boiish uchun nomzodning 40 yoshga 

to ‘lgan  boiishi  talab  qilinadi.

Saylanish huquqiga ega b o iish  uchun  yana boshqa shartlar 

ham   q o ‘yilishi  m um kin.  M asalan,  Y evropa  Parlam entiga 

nom zodi  q o ‘yilgan  fransuz  fuqarosidan  1500  yevro  garov 

summasi  talab  qilinadi.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  Prezident 

b o iib   saylanish  uchun  nomzod  0 ‘zbekistonda  kamida  oxirgi



10 

yil  ichida  doimiy  yashagan  b o iishi  va  davlat  tilini  yaxshi 

bilishi  kerak.  Oliy  M ajlisning  quyi  va  yuqori  palatalariga 

deputatlikka  saylanish  uchun  nomzod  kam ida  so‘nggi  besh 

yilda  0 ‘zbekistonda  doimiy  yashagan,  qasddan  sodir  etgan 

jinoyatlari  uchun  avval  sudlanmagan  b oiishi  kerak.

K o‘pchilik mamlakatlarda saylovlar to‘g‘ri va egri ko‘rinish- 

larga  boiinadi.

T o‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish nomzodlarga ovoz berishning 

eng ko‘p tarqalgan saylov turi hisoblanadi. T o‘g‘ri saylovlarda 

saylovchi  va  nomzod  o ‘rtasida  hech  qanday  oraliq  instansiya 

m avjud  b o im a y ,  saylovchining  x o h ish -iro d asi  bevosita 

ifodalanadi.  Bu  holatda  saylov  huquqiga  ega  b o ig a n   fuqaro 

saylanish  asosida  ega  b o iin a d ig a n   lavozim ga  q o ‘yilgan 

nomzodga  bevosita  ovoz  beradi.  T o‘g‘ri  saylovlar jahonning 

k o ‘pchilik  mamlakatlari  parlamentining  quyi  palatalariga  va 

barcha  m am lakatlar  prezidentligiga  b o ia d ig a n   saylovlarda 

q o ilaniladi.

T o‘g‘ri saylovlar mamlakatimizda Prezidentlikka, Oliy Majlis­

ning  quyi  palatasi  -   Qonunchilik  palatasi  deputatligiga  va  xalq 

deputatlari viloyat, tuman hamda shahar kengashlari deputatligiga 

boiadigan  saylovlarda  qoilanilib,  bunda  fuqarolar  va  nomzod- 

lar o‘rtasida hech  qanday  oraliq  instansiya mavjud emas.

Egri saylovlar, 

odatda,  ko‘p,  bosqichli  b o iib ,  bunda  saylov 

huquqiga ega b oig an  fuqaroning xohish-irodasi maxsus shaxslar

-  «Saylovchilar»  yoki  maxsus  organlar  vositasida  ifodalanadi. 

Egri saylovlarda fuqarolar nomzodga emas, balki maxsus shaxs-

316

Shvetsariyada ayollarga nis­

batan  saylov  huquqi  yaqin 

o‘tmishda  1971-yiIda  beril- 

di.


lar  yoki  organlarga  ovoz  beradilar,  ular  esa  o ‘z  navbatida 

muayyan lavozimga qo‘yilgan nomzodni saylaydilar.  Bu saylov 

usuli  q ato r  m am lakatlar  parlam entining  yuqori  palatasiga 

bo'lgan  saylovlarda  ham  q o ila n ilad i  (Fransiya,  Hindiston, 

Malayziya  va  boshqalar).  Egri  saylovlar  AQSH  va  Argentina 

prezidentligiga  boiadig an  saylovlarda  q o ‘llanilib,  prezident- 

lik  saylovida  bu  usulni  q o ‘llanilishining  xarakterli  jih ati 

shundaki,  saylovchi  va  nomzod  o ‘rtasidagi  oraliq  instansiya  -  

maxsus  shaxslarning  shaxsiy  sifatlari  emas,  balki  partiyaviy 

mansubligi juda  katta  ahamiyatga  ega.

0 ‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlisning yuqori palatasi

-   Senat  a ’zoligiga  nomzodlar  o‘z  lavozimlariga  egri  saylovlar 

orqali  erishadilar,  y a ’ni  Senat  a ’zolari  Q o raq alp o g ‘iston 

Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda

—  olti  kishidan  saylanadi.  Senatga  saylov  Q oraqalpog‘iston 

Respublikasi Jo ‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shahar­

lar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli 

qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz 

berish  y o ii  bilan  o ‘tkaziladi.

Saylovlarni  o ‘tkazish  ja ra y o n id a   xorijiy  ham da  milliy 

kuzatuvchilarning  hozir  b o ‘lishi  saylov  o ‘tkaziladigan  davlat 

uchu n   saylov  ja ra y o n in in g   o b ro 's in i  o sh ira d i.  B unday 

kuzatuvchilar  saylov jarayoniga  aralashmagan  holda  m a’lum 

davlatda  fuqarolar  saylov  huquqlarining  amalga  oshirishlari 

uchun qay darajada sharoit yaratilganligiga va shuning natijasi 

o ‘la ro q   m a m lak a td ag i  d em o k ra tik   ja ra y o n n in g   qanday 

kechayotganligiga  baho  beradilar.

Y u rtim izd a  bu  b o rad ag i  islo h o tlarn in g   qay  d arajad a 

borayotganligini  2002-yil 27-yanvar kuni 0 ‘zbekiston  Respub­

likasi  referendum ida  ishtirok  etib,  referendum   jaray o n in i 

b e v o sita  k u z a tg a n   x a lq a ro   k u zatu v ch ila r  «R eferendum  

kelgusida  0 ‘zbekistonning  xalqaro  aloqalarini  kuchaytirishda 

hamda  qonunchilikni  mustahkamlashda  muhim  omil  boiadi» 

degan  mulohazalaridan  ham  bilib  olish  mumkin.

Erkin  saylov  huquqining  amalga  oshirilishi  fuqarolarning 

ijtimoiy faolligi oshib borishiga xizmat qiladi. Bunday jamiyatda 

fuqarolar  davlat  tom onidan  turli  sohalarda  amalga  oshirila- 

yotgan  siyosatga  befarq  bo‘lmaydilar.  Turli  qatlamdagi  aholi 

manfaatlarini  hisobga  olmasdan  yuritiladigan  davlat  siyosati 

esa,  salbiy  oqibatga  olib  kelishi  mumkin.  Buning  natijasida 

fu q a ro la rn in g   faolligi  su stlash ib ,  sa y lo v lard a   u la rn in g  

qatnashishi  kamayib  ketishi  mumkin.



317

Jahon  Konstitutsiyaviy  huquqida  absentizm  deb  ataladigan 

ibora  mavjud  bo‘lib,  ushbu  holat  saylovlarda  ovoz  berishda  va 

referendum da  ixtiyoriy  qatnashm aslikni  bildiradi.  Bunda 

saylovchilar  o ‘z  ixtiyorlari  bilan  saylovlarda  qatnashmaydilar, 

chunki  kim  deputat  b o iish i,  kim  davlat  boshlig‘i  b o iish i, 

qo‘yilgan  masalaning  qanday  hal  qilinishi  ularni  qiziqtirmaydi. 

Bu  esa  davlat  barqarorligiga  xavf soladigan  darajadagi  oqibat- 

larga  olib  kelishi  m um kin.  Buni  2002-yilda  o ‘tkazilgan 

Fransiyadagi Prezidentlik saylovi misolida ham ko‘rish mumkin.

0

‘zbekistonda saylovchilarning ovoz berishdan ixtiyoriy voz 

kechish  hollari  ju d a  kam  uchraydi.  So‘nggi  parlam ent  va 

Prezident  saylovlarida  va  2002-yil  27-  yanvarda  o'tkazilgan 

referendumda 90 foizdan ortiq saylovchi ovoz berishda ishtirok 

etganligi 0 ‘zbekistonda saylovchilarning siyosiy faolligi yuqori 

ekanligidan  darak  beradi.

3-§.  Saylov  huquqi  tam oyillari

Saylov  huquqi  tamoyillari 

-   bu  saylov  qonunchiligining 

shakllanish jarayoni,  rivojlanishi  va  harakatlanishining  bosh 

g‘oyasi,  yetakchi  mezonidir.

Respublikam izda  saylov  huquqining  asosiy  tam oyillari 

bevosita Konstitutsiyada belgilangan umumiy, teng, to ‘g‘ridan- 

t o ‘g ‘ri  va  y ash irin   ovoz  b erish d ir.  M azk u r  ta m o y illar 

qonunchiligimizda  o ‘z  aksini  topgan  b o iib ,  ularning  amalga 

oshirilishining huquqiy mexanizmlari  mamlakatimizda fuqaro­

larning  davlat  boshqaruvida  bevosita  va  o ‘z  vakillari  orqali 

ishtirok  etish  imkoniyatini  yaratishga  qaratilgandir.

Umumiy  saylov  huquqi 

tamoyilida  ijtimoiy  kelib  chiqishi, 

ijtimoiy  va  mulkiy  mavqei,  irqi  va  millati,  jinsi,  m aiu m o ti, 

tili, dinga munosabatidan q a t’i nazar 0 ‘zbekiston Respublikasi 

fuqarolari  bevosita  18  yoshga  to ig a n d a   saylash  huquqiga 

egadirlar.  Sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilgan 

fuqarolar,  sud hukmi bilan  ozodlikdan mahrum etish joylarida 

saqlanayotgan  shaxslar  saylanishi  m um kin  emas.  Chunki 

bunday shaxslar o ‘z xatti-harakatlari to ‘g‘risida o ‘zlariga hisob 

bera  olmaydilar  va  saylovlarda  qatnashish  huquqidan  ongli 

ravishda  foydalana  olmaydilar.  Shuni  ham  ta ’kidlab  o ‘tish 

lozimki, fuqaroligi boim agan shaxslar va 0 ‘zbekiston hududida 

yashovchi  ajnabiy fuqarolar saylovlarda qatnashish  va vakillik 

organlariga  saylanish  huquqiga  ega  emaslar.



Teng  saylov huquqi 

tamoyilida  har  bir  saylovchi  bir ovozga 

ega  b o iis h i  tushuniladi.  Saylovda  ham m a  teng  asoslarda

318


qatnashadi.  Наг  bir  saylovchi  ovoz  berish  uchun  faqat  bitta 

ro ‘yxatga  kiritiladi.  Saylovda  har  bir  mandat  uchun  saylochi- 

lar  soni  teng  asosda  bo‘linadi.  Chunki,  har  bir  okrugdan  bitta 

d eputat  saylanadi.  Saylovda  barcha  saylovchilarning  teng 

asosda  qatnashuvi  saylov  okruglarining  ularda  yashovchi 

fuqarolar  soniga  teng  qilib  tashkil  etilishi  bilan  ham  ta ’minla­

nadi.  Siyosiy  partiya  va  tashabbuskor  guruhlarga  saylov  oldi 

tashviqot  yuritishi  teng  asosda  tashkil  etiladi.



To‘g‘ridan-to‘g‘ri sayJov huquqi 

tamoyili bevosita saylovchilar 

tomonidan  saylanadigan  nomzodga  ovoz  berish  tushuniladi, 

bunda  saylovchi  va  nomzod  o ‘rtasida  hech  qanday  vositachi- 

likka  yo‘l  qo ‘yilmaydi.  Fuqarolar  o ‘z  erki  irodasini  bevosita 

o ‘zlari  ifodalashlari  qonunchiligim iz  bilan  kafolatlanadi. 

Saylovchilar  o ‘z  nomzodlariga  saylov  vaqtida  bevosita  yoki 

qarshi  ovoz  berishlari  m um kin.  T o ‘g‘rid a n -to ‘g‘ri  saylov 

huquqining  ijobiy  taraflaridan  biri,  saylov  tartibida  davlat 

hokimiyatining  hamma  saylanadigan  organlari  bevosita  xalq 

tomonidan  tashkil  etilgan  vakillik  organlari  hisoblanadi.

Yashirin  ovoz  berish  tamoyili. 

Saylovchining  o ‘z  xohish- 

irodasini  bildirish  ustidan  nazorat  qilishga  yo‘l  qo ‘yilmaydi. 

Saylov bulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish 

xonasida toidiriladi.  Saylov bulletenini  to ‘ldirish vaqtida ovoz 

b eru v ch idan  bosh qa  b arc h a  sh ax slarn in g  ho zir  b o ‘lishi 

taqiqlanadi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senat 

a ’zolari,  Q oraqalpog‘iston  Respublikasi  J o ‘q org‘i  Kengesi, 

viloyatlar,  tum anlar  va  shaharlar  davlat  hokimiyati  vakillik 

organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur 

deputatlar  saylanganidan  so ‘ng  bir  oy  ichida  ular  orasidan 

yashirin  ovoz  berish  yo‘li  bilan  saylanadilar.

H ar  qanday  m am lakatda  mavjud  saylov  tizimi  bir-biriga 

zid  b o im a g an   tamoyillar  va  aniq  talablar  asosida  qurilishi 

lozim.  Saylov  tizim i  tam oyillariga  q u yidagilarni  k iritish 

mumkin:


—  Saylov  tizimining  Konstitutsiyaga  muvofiqligi;

—  Davlat  hokimiyatining  qonuniyligi;

—  Saylov  tizim i  ta la b la ri  va  v azifala rin in g   hu qu q iy  

ta ’minlanganligi;

—  Demokratizm;

—  Saylov  tizimining  barqarorligi;

—  Saylov  tizimining  xalqchilligi;

—  Saylov  tizimining  uyushganligi;

—  Saylov  tizimining  tejamli  bo‘lishi;

319


— 

Ovoz  berishning  va  saylanishning  ziddiyatsiz,  uning 

natijalarini  olish  uchun  huquqiy  kafolat  yaratilganligi.

4-§.  Saylov  tizimi

Saylov  tizimi 

—  bu  saylov  o ‘tkazishga  taalluqli  barcha 

huquqiy  hujjatlar,  saylov  tizimi  tam oyillari,  fuqarolarning 

saylov  huquqlarini  o ‘z  ichiga  olgan  saylov  o‘tkazish  tartiblari 

ham da  ularni  o ‘rnatuvchi  huquqiy  norm alarning  yig‘indisi 

tushuniladi.

Saylov  tizim i  davlatning  dem okratik  yoki  dem okratik 

emasligini  ko‘rsatuvchi  asosiy  omildir.  Professor  A.X.Saidov: 

«Saylov  tizimi  —  bu  fuqarolik jamiyatida  davlatning  vakillik 

organlarini  saylash  yo‘li  bilan  yuzaga  keluvchi  davlat jam oat 

munosabatlari  tizimidir»,  —  deb  yozadi132.

Saylov tizimi tor m a’noda saylov natijalariga ko‘ra nomzod- 

lar o ‘rtasida mandatlarni taqsimlash uslubi hisoblanadi.  Bunda 

uslublar bir qancha bo‘lib, ularning qoilanilish yakuniga ko‘ra, 

saylovlar  natijasi  turli  davlatlarda  turlicha  bo‘lishi  mumkin.

Saylov  tizimlari  turli-tum an  b o ‘lib,  bir  davlatda  amalda 

b o ‘lgan  saylov  tizimlari  ikkinchi  davlatda  o ‘zini  oqlamasligi 

m um kin.  Bir  saylov  tizim ini  am alga  k iritish d a n   oldin 

m a m lak a td ag i  siyosiy  k u c h la r  va  etn ik   g u ru h la rn in g  

muvozanati yaxshilab o‘rganilishi lozim.  Hozirgi paytda dunyo 

mamlakatlari tajribasida saylov  tizimlarining  uch katta guruhi 

mavjud. Bu majoritar, proporsional va aralash saylov tizimlaridir.



Majoritar  saylov  tizimi 

fransuzcha  «majorite»  (ko‘pchilik  ) 

degan  so ‘zdan  olingan  b o iib ,  bunda  saylovda  ovozlarning 

k o ‘pchiligini  olgan  nomzodlar  saylangan  hisoblanadi.

Bu  tizim  qo idalarig a  binoan,  tegishli  saylov  okrugida 

belgilangan  ko‘pchilik  ovozni  olgan  nomzod  yoki  nomzodlar 

ro ‘yxatigina  saylovda  g ‘olib  chiqqan  hisoblanadi.  M ajoritar 

saylov  tizimi  ham  o ‘z  navbatida  mutlaq,  malakali  va  nisbatan 

ko'pchilik  ovozga  asoslangan  turlarga  boiinadi.

Mutlaq  ko‘pchilik  saylov  tizimi 

talabi  shundan  iboratki, 

nomzod  saylangan  deb  hisoblash  uchun  u  saylovchilarning 

yarm idan  k o ‘pining  qoilab-quvvatlashishiga,  y a ’ni  50%+1 

saylovchilar  ovozini  olishi  lozim.  M asalan,  saylov  okrugida 

saylanish uchun 3 ta nomzod qo‘yilgan deylik (A,B,D). Berilgan 

10000  ovoz quyidagicha  taqsimlandi:  A —  3000,  В —  1990,  D

132  Saidov  A.X.  Qiyosiy Konstitutsiyashunoslik.  —  Т.:  1993,  52-bet.

320


—  5010.  Bunda  5010  ovoz  olgan  D  mutlaq  ko‘pchilik  ovozini 

olgan  hisoblanib,  saylovda  g‘olib  chiqadi.

U shbu  tizim   am alda  b o ‘lgan  m a m lak atlard a,  o d atd a, 

saylovlar  bo‘lib,  o ‘tganligini  tasdiqlash  uchun  asos  boiadigan 

saylovda  saylovchilarning  qatn ash g a n lig in in g   quyi  foizi 

belgilangan  boiadi.  Agar qonun  yoki  boshqa normativ  hujjat- 

larda  belgilangan  miqdordagi  ovoz  beruvchilar  saylovlarda 

qatnashm asa,  saylovlar  b o iib   o ‘tm agan  hisoblanadi  yoki 

natijalari  yuridik  kuchga  ega  boim aydi.

M utlaq  k o ‘pchilik  saylov  tizimining  yana  bir  o ‘ziga  xos 

kamchilik  tomoni  shundaki,  u  doim  ham  birgina  turda  natija 

beravermaydi.  Bunda gap ko‘rsatilgan nomzodlardan birortasi 

ham   belgilangan  m iqdordagi  ovoz  to ‘play  olm aganlaridagi 

holatlar  haqida  bormoqda.  Bunday  vaziyatlar  yuzaga  kelgan 

holatlarda  k o ‘pchilik  m am lakatlarda  saylovlarni  bir  necha 

bosqichlarda  o ‘tkazilishiga  sabab  b o ia d i.  Bu  esa  saylovchi- 

larni  saylovlarda  faol  qatnashishlarini  susaytirishiga,  oxir- 

o q ibat  saylovlarni  soxtalashtirish  h o latlarig a  olib  kelishi 

mumkin.

Yuqoridagi  kamchiliklarga  qaram asdan,  mutlaq  k o ‘pchi- 



lik  ovozga  asoslangan  bu  saylov  tizim ining  afzalligi  ham 

m avjud.  Bu  tizim   parlam entdagi  k o ‘pchilik  q o ila y d ig a n  

barqaror  hukumatni  tashkil  etish  imkoniyatini  beradi.

Malakali ko‘pchilik saylov tizimi 

amalda b o ig a n  mamlakat­

larda  nomzod  yoki  nomzodlar  muayyan  okrugdan  malakali 

ko‘pchilik (2/3  qism yoki  65%) ovoz to ‘plaganlarida saylangan 

hisoblanadi.  Bunday  saylov  tizimi juda  kam  uchraydi,  chunki 

mazkur  tizim  o ‘z  xususiyatiga  k o ‘ra juda  kam  natija  beradi, 

ya’ni  nomzodlar doim  ham  belgilangan  miqdordagi  saylovchi­

larning ovozlarini  to ‘play  olmaydilar,  buning natijasida  saylov 

ko‘plab  turlar asosida  o‘tkazilishiga  olib keladi.  Hozirda  Chili 

Parlamentining  quyi  palatasiga  saylovlarda  mazkur  tizimdan 

(2/3  qism )  foy d ala n ilad i,  shuningdek,  b ir  m u d d a t  oldin 

Italiyada  ham  bir  mandatli  saylov  okruglaridan  saylanuvchi 

senatorlar  saylovchilarning  65  foizini  qoilab-quvvatlashiga 

erishishi  talab  qilinar  edi.

Tarixdan m a’lumki, dastlabki saylov tizimi sifatida majoritar 

saylov  tizimi  vujudga  kelgan.  Ushbu  tizimga  k o ‘ra  nomzod 

belgilangan  m e’yordan  k o ‘proq  ovoz  olganda  saylangan 

hisoblanadi. Nisbiy ko‘pchiIik saylov tizimi boshqa saylov tizim- 

lariga  nisbatan  ancha  sodda  hisoblanib,  bunday  tizim  amalda 

b o ig a n   m am lakatlarda,  saylovda  qatnashayotgan  nomzod-



321

lardan  qaysi  biri  raqiblariga  nisbatan  k o ‘proq  ovoz  olsa  u 

saylangan hisoblanadi. Ushbu tizim o'zining xususiyatiga ko‘ra 

faq at  bir  tu rd a  n atija  berishligi  bilan  sam aralidir.  Nisbiy 

ko ‘pchilik  saylov  tizimida  faqat  bir  holatda  ikki  yoki  undan 

ortiq  nomzodning  bir  xil  ovoz  olganlaridagina  g‘olib  aniqlan- 

may  qolishi  mumkin,  lekin  bunday  holat juda  kam  uchraydi. 

Ushbu  tizim jahonning  150  mam lakatida  q o ‘llanib,  odatda, 

saylov  bo‘lib  o ‘tganligi  uchun  asos  sifatidagi  saylovchilarning 

qatnashish  m e’yori  belgilanm aydi:  agar  saylovda  birgina 

saylovchi  qatnashgan  b o ‘lsa  ham  saylovlar  b o ‘lib  o ‘tgan 

hisoblanadi.

Proporsional saylov tizimi 

saylovlarda  keng omma vakillari­

ning  ishtirokini  ta ’minlash  maqsadida  kiritilgan  saylov  tizimi 

b o ‘lib,  Yevropa,  Lotin  Amerikasi  davlatlarining ko‘pchiligida, 

Afrika  davlatlarining  uchdan  bir  qismida  uchraydi.

Bu  tizimning  asosiy  maqsadi  saylovlarda  olingan  ovozlar 

bilan  amalda  parlamentda  egallangan  mandatlar  mutanosibli- 

gini  ta ’minlashdir.  Y a’ni,  masalan,  bir  partiya  saylovda  30% 

ovoz  olgan  bo ‘lsa,  parlam entda  30%  mandatga  ega  b o ‘lishi 

kerak.


Proporsional saylov tizimlarining ko‘pchilik ovoz tamoyiliga 

asoslangan  m ajoritar  saylov  tizim laridan  asosiy  farqi  ham 

shunda.

Proporsional  saylov  tizimlarida  katta-katta  saylov  okrug- 



lari  tuzilib,  har  bir  saylov  okrugidan  bir  nechta  deputatlar 

saylanadi.  Saylov  okruglari  qancha katta b o isa,  olingan  ovoz­

lar  va  egallangan  mandatlar  shunga  mutanosib  boiadi.

Bu  tizimda har bir partiya  o ‘z nomzodlari  ro ‘yxatini  tuzadi 

va saylovchilar alohida  olingan  nomzodga emas,  balki m a’lum 

partiya  ro ‘yxatiga  ovoz  beradi.  Ba’zi  hollarda  saylovchilarga 

nomzodlarga  nisbatan  o ‘z  m unosabatlarini  bildirishga  ham 

imkoniyat  berilishi  mumkin.

Saylovlar natijasini aniqlashda har bir deputatlik mandatini 

olish  uchun  zarur  b o ‘lgan  ovozlar  m iqdori  belgilanadi.  Bu 

miqdor  har  bir  saylov  okrugi  uchun  alohida  qilib  belgilanishi 

yoki  butun  davlat  hududi  uchun  bir  xil  bo‘lishi  ham  mumkin. 

Proporsional  tizimning  asosiy  vazifasi  ovozlar  va  m andatlar 

m u tan o siblig ini  t a ’m inlash  y o ‘li  bilan  ozchilikning  ham 

manfaatlarini  ta ’minlash  hisoblanadi.

Proporsional  saylov  tizimida  partiya  ro ‘yxatlari  b o ‘yicha 

ovoz  berishni  ro ‘yxatlarning  xarakteriga  qarab  q at’iy,  q a t’iy 

b o ‘lm agan  va  o'zgaruvchan  ro ‘yxatlarga  b o ‘lish  mumkin.



322

Q a t’iy  ro ‘yxatlar  asosida  ovoz  berish  proporsional  saylov 

tizimini  q o ‘llaydigan  davlatlarda  eng  k o ‘p  tarqalgan  bo‘lib, 

bunda saylovchilar muayyan partiya tomonidan taqdim etilgan 

ro ‘yxatda  ko‘rsatilgan  nomzodlar  o ‘rnini  o ‘zgartirishga,  ya’ni 

o'zlari afzal k o ‘rgan nomzodni birinchi o ‘ringa qo‘yishga haqli 

boim aydilar.

Ba’zida saylov bulleteniga deputatlikka nomzodlar familiya- 

lari  kiritilmay,  faqatgina  partiya  rahbarining  familiyasi  va 

partiya  ramzi  kiritilishi  mumkin.  Bu  usulda  ovoz  berishga 

Janubiy  Afrika  Respublikasida  1994-yilda  o‘tkazilgan  saylov­

lar  misol  bo‘la  oladi.  Bunday  ovoz  berishda  saylovchilar  o ‘z- 

lari  tanlagan  partiya  ro ‘yxatiga  ovoz  berish  bilan  cheklanadi- 

lar.  Bu  usulda  ovoz  berish  boshqacha  tarzda  saylanishi  qiyin 

b o ‘lgan  ozchilikning  ham da  ayollarning  saylovda  g ‘olib 

chiqishiga  imkon  tug‘dirsa-da,  deputatlikka  loyiq  bo'lmagan 

nomzodlarning  saylanib  qolishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.

Partiya  ro ‘yxatlari  b o ‘yicha  ovoz  berishning  ikkinchi  turi 

bu  q a t’iy  bo‘lmagan  ro ‘yxat  asosida  ovoz  berishdir.  Bunda 

saylovchilar  o ‘zlari  tanlagan  partiya  ro ‘yxatini  yoqlab  ovoz 

berishdan  tashqari  bu  ro ‘yxatdagi  nomzodlar  o ‘rnini  almash- 

tirish  imkoniyatiga  ham  egalar.  Saylovchilarga  nomzodlarni 

tanlash  imkoniyatining  borligi  usulning  afzalligi  bo‘lsa-da,  bu 

partiya  ichida  kelishm ovchilikning  kelib  chiqishiga  sabab 

b o ‘lishi  mumkin.



Aralash  saylov  tizimi. 

Aralash  saylov  tizimlari  majoritar  va 

p ro p o rsio n a l  saylov  tizim larin i  b irla sh tirish   tam oyiliga 

asoslangan  saylov  tizimidir.

H ar  bir  partiya  o ‘z  nom zodlari  r o ‘yxatini  tuzadi  va  bu 

r o ‘yxatga  k irgan  nom zod  bir  m a n d atli  saylov  ok ru g id a 

o ‘tkaziladigan  saylovda  ham  qatnashishi  mumkin.

Aralash  tizimning  qo‘llanilishi  qat’iy  proporsional  tizimda 

mavjud  b o ig a n   mayda  partiyalarning  k o ‘payib  ketishining 

oldini  oladi.  U ndan  tashqari  mavjud  kichik  partiyalar  bir 

mandatli majoritar tizimli saylovlarda yutqazsalarda, proporsio- 

nal' saylovlar  bilan  buning  o ‘rnini  to ‘ldirib  olishlari  mumkin. 

Lekin  Rossiyada  mavjud  bo‘lgan  5%li  to ‘siqning  bo‘lishi  bu­

ning  amalga  oshishiga  ancha  to ‘sqinlik  qiladi.

Aralash  tizimning  qo‘llanilishi  ikki  turdagi  deputatlarning 

saylanishiga olib keladi.  Birinchisi saylov okrugidagi saylovchi­

lar  bilan  ancha  bog‘liq  bo‘lgan  deputat  bo ‘lib  o‘z  saylovchi- 

lari  oldida  o‘z  mas’uliyatini  sezadi.  Ikkinchisi  partiya  ro ‘yxati 

vositasida saylangan deputat b o iib , u m a’lum okrug saylovchi-




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling