R. O. Oripov, n X. Xalilov
0 ‘G‘ITLASH TIZIMINING BIOLOGIK ASOSLARI
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-jadval Harakatchan fosfor va almashinadigan kaliy bilan tuproqning ta’minlamshi bo‘yicha klassifikatsiya, mg/kg tuproqda Ta’minlan
- 151-250 46-60 151-200 171-250 301-400 121-180 Juda yuqori >250 >60 >200 >250
- Mikroelementlarning miqdori bo‘yicha tuproq klassifikatsiyasi, mg/kg tuproqda_________ __ Tuproqdagi miqdori Bor, suv
- Rux In. HQ da Marganes 0,1 n. H 2SO
- Qo‘ng‘irboshsimon o‘tlar
- 0 ‘g ‘itlami ekishgacha qo‘llashda lokal
- Ekish bilan yoki qatorlab ogitlash
1.5. 0 ‘G‘ITLASH TIZIMINING BIOLOGIK ASOSLARI Qishloq xo'jalik ekinlari genotiplarining potensial hosildorligi o'simlikning optimal oziqa elementlari bilan ta’minlanishiga ham bog'liq. Madaniy o'simliklaming kelib chiqish markazlari turlicha. Ekinlarning kelib chiqish markazlarida tuproq tiplari, turlari, ularning kimyoviy tarkibi, muhiti (pH), NPK ning, gumusning miqdori turli xil bo'lganligi uchun o'simliklaming oziqa elementlariga bo'lgan talabi ham turlicha. Ekin genotiplariga bog'liq holda ularning tuproq muhitiga talabchanligi ham turlicha bo'ladi. Misol uchun tuproq muhiti (pH) lyupin 4,5—5,8, kartoshka 5,0—6,0, javdar, suli 5,0—7,0, zig'ir, sholi, tariq 5,5—6,5, bug'doy, arpa, makkajo'xori 6,0—7,5, ko'k no'xat, xashaki dukkaklilar 6,0—7,2, qand lavlagi, kungaboqar 6,0—7,5, soya, loviya, qashqarbeda 6,3—7,5, beda, burchoq 6,5—7,8 bo'lishi optimal hisoblanadi. 29 www.ziyouz.com kutubxonasi O'zbekistonda sho'rlangan yerlar ham ko'p uchraydi. Sho'r tup- roqlarning sho'ri o'g'itlarni solishdan oldin yuviladi. Ekinlar turi va navlariga bog'liq holda tuproqdan 100—500 kg/ga makroelementlarni, kam miqdorda mikroelementlami (grammlar hisobida) o'zlashtiradi. Mik- roelementlar o'simlikda muhim fiziologik, biokimyoviy jarayonlarda ish tirok etish bilan birgalikda tuproqdan fosfor va kaliyning ham o'zlashtirilishiga ko'maklashadi. Tuproqdagi fosforni harakatchan, kaliyning almashinadigan o'simliklar oson o'zlashtiradigan shakllari turli xil metodikalar bilan aniqlanadi. Misol uchun, oziqa moddalaming harakatchan shakllari nordon (kislo- tali) tuproqlarda Kirsanov, karbonatsiz tuproqlarda Chirikov, O'zbekistonda keng tarqalgan karbonatli tuproqlarda Machigin uslub- larida aniqlanganda turlicha natijalar olinadi (7-jadval). 7-jadval Harakatchan fosfor va almashinadigan kaliy bilan tuproqning ta’minlamshi bo‘yicha klassifikatsiya, mg/kg tuproqda Ta’minlan- ganlik p2o 5 k 2 o Kirsanov bo‘yicha kislotali Machigin bo^cha karbonatli Chirikov bo^yicha karbo natsiz Kirsanov bo^yicha kislotali Machigin bo‘yicha karbonatli Chirikov bo^yicha karbo natsiz Juda past <25 <10 <20 <40 <50 <20 Past 26-50 11—15 21-50 41-80 51-100 21-40 0 ‘rtacha 51-100 16-30 51-100 81-120 101-200 41-80 Oshirilgan 101-150 31-45 101-150 121-170 200-300 81—120 Yuqori 151-250 46-60 151-200 171-250 301-400 121-180 Juda yuqori >250 >60 >200 >250 >400 >180 O'zbekiston tuproqlarida Machigin uslubi bo'yicha aniqlanganda fosfor miqdori 10 mg/kg dan kam bo'lsa «juda kam», 10-15 kam, 16—30 o'rtacha, 31—45 ko'p, 46—60 yuqori, 60 mg/kg dan ko'p bo'lsa juda yuqori ta’minlangan bo'ladi. Shunday ko'rsatkichlar kaliy bo'yicha 50 mg/kg juda kam, 51—100 kam, 100—200 o'rtacha, 201—300 ko'p, 301—400 yuqori, 400 mg/kg dan ko'p bo'lsa juda yuqori ta’minlangan hisoblanadi. Ekinlarning fosforga talabchanligi turlicha. Masalan, javdar, suli, kartoshka, sholi ekinlari tuproqda 16—30 mg/kg fosfor bo'lganda hosil dorligi oshmaydi. Kaliy bilan ta’minlanishning eng past darajasi 51— 100 mg/kg. Ayrim don ekinlari — bug'doy, arpa, makkajo'xori, ko'k no'xatning fos- foiga talabchanligi yuqori bo'ladi. Bu ekinlar uchun tuproqning fosfor bilan muqobil ta’minlanish darajasi 31—45 mg/kg. Loviya, beda ekinlari uchun muqobil fosfor miqdori tuproqda 46—60 mg/kg bo'lishi talab qilinadi. Kirsanov va boshqa olimlarning tadqiqotlari natijalariga ko'ra ekin- laming fosforga bo'lgan talabining har xilligi ildizlar faoliyati va ular 30 www.ziyouz.com kutubxonasi tuproqqa ajratadigan ekssudatlarga bog'liq. Ildizlar ajratadigan ekssudat- lar miqdori ekin turiga va tuproq muhitiga bog'liq. Ildizlar ajratgan ekssudatlarni fosfobakteriyalar o'zlashtiradi. Fosfobakteriyalar nobud bo'lgandan keyin ularda to'plangan fosforni o'simlik o'zlashtiradi. Xan- tal tuproqdagi fosforni yaxshi o'zlashtiradi. Qishloq xo'jalik ekmlarining kaliy bilan ta’minlanishi tuproqdagi kaliy miqdoriga, tuproq muhitiga va tuproq kompleksidagi qatlamlar turiga bog'liq. Misol uchun, karbonatli tuproqlarda, tuproq muhiti pH — 7,8 undan almashinadigan kahy miqdori 250 mg/kg bo'lganda ham tuproqqa kaliyli o'g'it solinsa hosildorlik oshadi. Tuproqda 250 mg/kg almashi nadigan kaliy bo'lsa, tuproq hajmiy og'irligi 1,35 g/sm3 bo'lganda hay- dalma qatlamda 1 ga maydonda 800—1000 kg almashinadigan kaliy (K20 ) bo'ladi. Kaliy tuproqda ko'p bo'lishiga qaramasdan kaliyli o'g'itlar solinganda ekinlar hosildorligining oshishiga sabab tuproqda kalsiy (Sa++) kationi ko'p va u kaliyning o'zlashtirilishiga antogonist sifatida to'sqinlik qiladi. Solingan kaliyli o'g'it kationlar disbalansini kamaytiradi va ma’danli o'g'it sifatida solingan kaliyni o'simlik yengil o'zlashtiradi Tuproqda mineral shakldagi azot kam bo'ladi. Azot asosan organik birikmalar (gumus, organik moddalar) tarkibida bo'ladi. Ekinlarning azotni o'zlashtirishi haroratga, tuproqdagi gumus miqdoriga, namlikka, tuproq muhitiga bog'liq. Tuproq muhiti nordon bo'lganda azotning o'zlashtirilishi qiyinlashadi. Misol uchun, tuproq muhiti (pH) 5,0 bo'lsa 50 mg/kg — past, 70—100 mg/kg o'rtacha, 100 mg/kg dan ko'p bo'lsa yuqori ta’minlangan hisoblansa, tuproq muhiti 6,0 bo'lganda 40 mg/kg juda past, 50 past, 60-70 o'rtacha, 70 mg/kg dan ko'p bo'lsa yuqori ta’minlangan bo'ladi. Bu yerda tuproq muhitiga bog'liq holda azotning o'zlashtirilishi 10—30 mg/kg o'zgaradi. Dukkakli ekinlarda bor va molibden yuqori samara beradi. O'simliklarning me’yorida o'sishi va rivojlanishi tuproqdagi mik- roelementlarning miqdoriga ham bog'liq. Harakatchan shakldagi mik- roelementlarning yetishmasligi ham o'simlikning o'sishi va rivojlanishini cheklovchi omil bo'lishi mumkin. Bunday mikroelementlarga bor, molib den, kobalt, marganes va rux kiradi. Turli tuproqlarda mikro- elementlarning miqdori turlicha (8-jadval). 8-jadval Mikroelementlarning miqdori bo‘yicha tuproq klassifikatsiyasi, mg/kg tuproqda_________ __ Tuproqdagi miqdori Bor, suv eritmasida Molibden, oksalat eritmasida Kobalt, 1 n. HN03 da Mis In. HCi da Rux In. HQ da Marganes 0,1 n. H2SO4 Juda past 0,1 0.05 0.2 0.3 0.2 1.0 Past 0,2 0.15 1.0 1.5 0.1 10 O'rtacha 0,5 0.30 3.0 3.0 3.0 50 Yuqori 1 0.5 5.0 7.0 5.0 100 Juda yuqori >14 >0.6 >5.1 >7.1 >5.1 >101 31 www.ziyouz.com kutubxonasi Ekinlarning mikroelementlarga talablari ham turlicha. Ishqorli tup roqlarda marganes va rax yetarli bo'lmaydi. Shuning uchun ishqorli tuproqlarda marganes va rux qo'llash yuqori samara beradi. Bor elemen- tining yetishmasligi natijasida fotosintez jarayonining me’yorida o'tishi buziladi. Shuning uchun bor yetishmasa zig'irda tolaning sifati yomonla- shadi, ildizmevalarda hosildorlik pasayadi. Molibden yetishmasligi dukkakli don ekinlarida tuganak bakteriyalar faoliyatini pasaytiradi. Ekinlarni yetishtirishda oziqa moddalarning maksimal o'zlashtirilishi va hosil bilan chiqib ketadigan hamda ildiz, ang'iz qoldiqlari bilan tuproqda qoladigan oziqa moddalar farqlanadi. M a’lum birlikdagi tovar mahsulotning yaratilishida ishtirok etadigan oziqa moddalarning eng ko'p miqdori — maksimal o'zlashtirish, daladan oziqa elementlarini m a’lum birlikda hosil bilan chiqib ketishi — chiqib ketish deyiladi. Misol uchun, 1 t don va muvofiq holda organik massa (barglar, poyalar) bilan chiqib ketgan oziqa elementlari miqdori bor. Maksimal o'zlashtirish va hosil bilan chiqib ketgan oziqa moddalarning farqi, ekin dalada qoldirilgan, ang'iz qoldiqlari, to'kilgan don, barglarda qolgan oziqa moddalar miq- doriga teng bo'ladi. Oziqa moddalarning o'zlashtirilish miqdori ekinlarning biologiyasiga bog'liq. Misol uchun, 1 t don va shunga muvofiq o'suv organlarini hosil qilish uchun arpa 30, makkajo'xori 34, soya 82 kg azot o'zlashtiradi. Oziqa moddalarning o'zlashtirilishi o'simlikning turli rivojlanish fazalarida turlicha bo'ladi. O'simlikda quruq moddaning maksimal to'planish (dumbul pishish) davrida eng ko'p oziqa moddalar o'zlashtirilgan bo'ladi. Keyingi rivojlanish davrida ayrim ildizlar quriydi, barglar to'kiladi va ular bilan birga ma’lum miqdorda oziqa moddalar ham chiqib ketadi (9-jadval). Dukkakli o'tlar azotni, fosforni qo'ng'irboshsimonlarga nisbatan ko'p o'zlashtiradi. Kungaboqar, tuganakmevalar, ildizmevalar kaliyni ko'proq o'zlashtiradi. Suv tanqis yillari suv ta’minoti yaxshi bo'lgan yillarga nisbatan dukkakli don ekinlari fosforni kam, kaliyni ko'proq sarflaydi. Azotni o'zlashtirish ham kamayadi. Tuproqdagi fosforning miqdori ekinlarning fosforni o'zlashtirishiga ta’sir qilmaydi. Kaliy miqdori tuproqda ko'p bo'lsa o'simliklar uni ko'proq o'zlashtiradi. Tuproq va o'g'itdan oziqa elementlarining o'zlashtirilish koeffitsien ti o'simlik turiga, naviga, tuproq turiga, haroratga, yog'ingarchilik miq- doriga, o'g'it turlariga, shakliga, suv bilan ta’minlanganlikka bog'liq. Azotning o'zlashtirilishi tuproqdagi solingan go'ng tarkibidagi azot hisobidan amalga oshiriladi. Azot tuproqdan o'rtacha 10 %, go'ngdan 25—30 %, o'g'itdan 50—80 % o'zlashtiriladi. Azotning qolgan qismi tuproqda nitrat shaklida to'planadi, suv bilan yuviladi, tuproq singdi- ruvchi kompleksiga birikadi. O'g'it tarkibidagi azotning bir qismi sa- marasiz yo'qoladi. Havo haroratining yuqori bo'lishi, sug'orishlar azot ning samarasiz yo'qolishini kuchaytiradi. 32 www.ziyouz.com kutubxonasi 9-jadval 1 t asosiy mahsulot va muvofiq miqdorda boshqa organik massalarni hosil qilish uchun sarflangan va hosil bilan chiqib ketgan oziqa elementlari, kg Ekin Mahsulot turi Maksimal o‘zlashtuilishi Hosil bilan chiqishi N P2O5 k 2 o ham- masi N P2O5 & . 0 ham- niasi Qo‘ng‘irboshsimon don ekinlari Arpa Don 30 11 20 61 26 9 15 50 Kuzgi javdar « 31 14 26 71 26 11 20 57 Suli « 33 14 29 74 27 11 22 60 Makkajo'xori « 34 12 37 83 28 10 26 64 Kuzgi bug‘doy « 35 13 23 71 30 9 15 54 Bahori bug'doy « 42 12 30 84 35 10 17 62 0 ‘itacha « 34 13 27 74 29 10 19 58 Dukkakli don ekinlari Xashaki ko‘k no'xat Urug* 56 23 26 105 45 20 17 82 Ekma ko'k no‘xat « 64 21 29 114 50 16 24 90 Ekma vika" « 74 20 28 122 62 14 16 92 Burchoq « 70 19 39 128 58 16 30 104 Loviya « 66 25 40 131 53 22 29 104 Yasmiq « 70 23 38 131 59 20 28 107 Xashaki dukkak « 65 26 55 146 52 20 44 116 No'xat « 64 25 60 149 52 21 49 122 Ingichka bargli lyupin « 78 20 51 149 67 19 43 129 Sariq lyupin « 80 22 50 152 68 19 42 129 Soya « 82 26 47 155 72 23 38 133 O'rtacha « 69 23 42 135 58 19 33 110 Dukkakli o41ar Qizil sebarga Pichan 31 9 22 62 22 5 16 43 Lyadvines rogatiy « 32 13 28 73 21 8 17 46 Ko'k beda « 39 10 24 73 26 5 14 45 O'rtacha « 34 11 24 69 23 6 16 45 Qo‘ng‘irboshsimon o‘tlar O'tloq! suli Pichan 19 7 20 46 15 5 17 37 Ajriqbosh « 19 9 28 56 15 7 22 44 Qiltiqsiz yaltirbosh « 22 10 25 57 17 6 18 41 Erkak o't « 21 11 33 “ 65 16 6 27 49 0 ‘itacha « 20 9 26 56 16 6 21 43 Boshqa ekinlar Kartoshka Tuganak 6,2 2 8 16,2 5 1,5 6 12,5 Makkajo'xori Silos 3,6 1 3,8 8,4 3,2 0,8 3,0 7,0 Kungaboqar « 2,8 0,7 6 9,5 2,4 0,6 6,0 9,0 Kungaboqar Urug' 60 26 186 272 50 22 160 232 Qand lavlagi Ildizmeva 5,9 1,8 7,5 15,3 5,1 1,6 7,0 13,7 Tolali zig'ir Urug" 10,7 53 9,2 252 90 49 87 126 Tolali zig'ir Tola 80 40 70 190 72 34 61 167 Sabzi Ildizmeva 3,2 1,0 5,0 9,2 2,4 0,7 3,3 6,4 33 www.ziyouz.com kutubxonasi Fosfor va kaliyning o'simlik tomonidan o'zlashtirilishi tuproq muhiti- ga, nam bilan ta’minlanganlikka bog'liq. Tuproqdagi harakatchan shakl- dagi fosforni 12—15 %, o'g'it tarkibidagi fosforni 15—20 % o'simliklar o'zlashtiradi. O'simliklar tuproqdagi almashinadigan kaliyni 20—25 %, o'g'it tarkibidagi kaliyni 65—80 % o'zlashtiradi. Dukkakli ekinlarda biologik simbioz uchun sharoit yetarli bo'lmasa, o'simlik uchun o'zlashtiriladigan azot yetishmasa, fosfor va kaliyni ekinlar muvofiq holda 3—7 va 5—10 % o'zlashtiradi, xolos. Fosfor va kaliyni o'zlashtirish koeffitsienti o'simlikning azot bilan ta’minlanishiga bevosi- ta bog'liq. Tuproq muhiti neytral, suv ta’minoti yaxshi, biologik simbioz faol o'tadigan sharoitda dukkakli o'simliklar fosfor va kaliyni tuproqdan o'zlashtirishi kuchayadi. Misol uchun beda tuproqdan 24 % fosfor, 27 % kaliy, ma’dan o'g'itdan esa 43 % fosfor, 75 % kaliyni o'zlashtiradi. Ekinlarni o'g'itlash tizimlari ishlab chiqilayotganda ekinlar tomonidan oziqa elem entlarini tuproqdan, go'ngdan, m a’danli o 'g 'itlard an o'zlashtirish koeffitsientini va unga ta’sir ko'rsatadigan ijobiy va salbiy omillami bilish talab etiladi. Ekinlarni o'g'itlash tizimida o'simlik turi, uning qaysi oilaga man- subligi, qaysi oziqa elementlarga ko'proq talabchanligi e’tiborga olinadi. Dukkakli ekinlarni o'g'itlashda tuproqda tuganak bakteriyalarning sim bioz jarayonini o'tishi uchun zarur sharoit borligi e’tiborga olinadi va ma’danli azotli o'g'itlar qo'llaniladi yoki qo'llanilmaydi. Dukkakli ekinlarni o ‘g ‘itlashda solinadigan m a’danli o'g'itlarning me’yorini aniqlashda quyidagi xususiyatlar hisobga olinadi va o'zgartiriladi: — tuproqda tuganak bakteriyalarning borligi; — tuproq muhiti (pH); — tuproqda fosfor, kaliy, suv ta’minoti holati. Fosforli va kaliyli o'g'itlarni solishda ularning me’yori tuproqdagi harakatchan shakllari bilan uyg'unlashtiriladi. Ularning tuproqdagi miq dori optimallashtiriladi. O'suv davrida tuproqda optimal miqdorda namlikning bo'lishiga erishiladi. O'simlikning suv bilan ta’minlanishi yomonlashsa fosfor va kaliy yomon o'zlashtiriladi, ularning ijobiy ta’siri pasayadi, azotning yetishmasligi natijasida hosil kamayadi. Nordon (kislotali) tuproqlarda fosfor va kaliyning ahamiyati sezilarli bo'lmaydi, ularning o'zlashtirilishi juda past darajada bo'ladi. Buning asosiy sababi nordon tuproqlarda namlik, fosforli, kaliyli o'g'itlar yetarli bo'lganda ham ko'pchilik dukkakli o'simliklar ildizlarida tuganakchalar hosil qil- maydi, hosil darajasi azotning yetishmasligi bilan cheklanadi. 0 ‘g ‘itlami solish muddatlari va usullari. Almashlab ekishlarda ekin larning faqatgina o'g'itlash me’yorlarigagina asoslanib qolmasdan, o'g'itlarni solish muddatlari, usullari ham aniqlanadi, ilmiy asoslanadi. Solish muddatlari bo'yicha asosiy (shudgorlashdan oldin), ekishgacha, 34 www.ziyouz.com kutubxonasi ekish bilan (qatorlab, lentalab), ekishdan keyin (oziqlantirish) o'g'itlash farqlanadi. Asosiy o'g'itlash o'simlikning butun o'suv davrida, ayniqsa, jadal o'sayotganda oziqa moddalar bilan ta’minlash maqsadida yerni hay- dashdan oldin o'tkaziladi. Asosiy o'g'itlashda organik, fosforli, kaliyli o'g'itlar solinadi. Bunda o'g'itlar pluglar, chimqirqarlar bilan tuproqning nam qatlamiga solinadi. Fosforli o'g'itlar egat tubiga solinib ko'milganda sayoz solinganda- giga nisbatan besh baravar to'laroq o'zlashtirilib uning o'simlik tarki bidagi miqdori sayoz solingandagiga nisbatan 1,5 baravar ko'p bo'lgan. Demak, fosfor tuproqda deyarli harakat qilmaydi, ko'chib yurmaydi. Fosfor tuproqning singdiruvchi komleksiga (TSK) tez adsorbsiyalanadi va suv tuproqda yetarli bo'lganda, kam 1,0—4 sm kenglikda tarqalishi mumkin. Kultivatsiya bilan fosforli o'g'itlar 7—12 sm chuqurlikka so linsa, shu qatlamda o'simlikning butun o'suv davrida qoladi. Tuproqda nam yetarli bo'lgan, atmosfera yog'ingarchiliklari ko'p bo'lgan yillari ham qattiq fosforli o'g'itlar tuproq yuzasiga sochib solinganda ulaming 85—95 % i tuproq yuzasida 2 sm chuqurlikda qoladi, bu chuqurlikdagi tuproq qatlamida o'simlik ildizlari tuproq qatlami tez qurib qolishi tu fayli tarqalmaydi. Shunday qilib, tuproq yuzasiga solingan fosforli o'g'itlar o'simlik tomonidan deyarli o'zlashtirilmaydi. Suyuq fosforli o'g'itlar — ortofosfor kislota va ammoniy fosfatning tuproqda harakatchanligi yuqori. Bu o'g'itlar sug'orishda suv bilan beril- ganda 30 % i tuproqning 10 sm chuqurligigacha kirib boradi, lekin 55 % fosforli o'g'it, tuproqning yuza 1—2 sm chuqurligida singib qoladi. Kaliy fosforga nisbatan ancha harakatchan. Tuproqqa solingan ka liyning katta qismi TSK birikadi. Kaliyning erkin ionlarining bir qismi kapillarlar bo'ylab suv oqimi bilan harakat qiladi. Tuproqning namligi kam, harorat yuqori bo'lganda kaliyning harakatchanligi keskin kama yadi. Kaliyli o'g'itlar tuproq yuzasiga solinganda, namlik yetarli bo'lganda 4—6 sm chuqurlikkacha harakat qiladi, tuproq yuzasi quruq bo'lsa, yog'ingarchiliklar bo'lmasa kaliy tuproq yuzasida qoladi. Shuning uchun kaliyli o'g'itlar asosiy o'g'itlar sifatida yerni haydashdan oldin solinadi. O'simliklar uni butun o'suv davrida o'zlashtiradi. Asosiy o'g'it sifatida solingan kaliyni beda va boshqa ko'p yillik o'simliklar 3—4 yil va u n dan ham ko'proq vaqt davomida o'zlashtiradi. Fosforli va kaliyli o'g'itlar ko'p yillik o'tlarga yerni haydash ol didan solinadi. Tuproqda kaliy kam bo'lsa 50—70 % kaliy yerni hay-, dash oldidan, qolgan qismi oziqlantirish sifatida beriladi. 0 ‘g ‘itlami ekishgacha qo‘llashda lokal lenta usulida solinadi. Bu usulda fosforli-kaliyli o'g'itlar ekish oldidan o'tkaziladigan kultivatsiya bilan 12—15 sm chuqurlikka lentalar orasi 15—30 sm qilib beriladi. Lokal usulida fosforli-kaliyli o'g'itlar qo'llanilganda, ularning foydalanish ko effitsienti oshadi. Ayniqsa, kislotali, ishqoriy yer kationlari kam, yarim 35 www.ziyouz.com kutubxonasi oksidlar miqdori ko‘p bo'lgan tuproqlarda bu usul yuqori samara bera di. Bunday tuproqlarda fosfor sekin o'zlashtiriladigan temir va ammo niy fosfatlariga aylanadi, lokal usulida solinganda fosfoming tuproq bi lan birikishi kamayadi, o'zlashtirilishi ortadi. Ekish bilan yoki qatorlab o'g'itlash qo'ng'irboshsimon donli ekin larni ekishda ko'p qo'llaniladi. Bu usul tuproqda oziqa moddalar miq dori kam bo'lganda muhim. Bunda fosforli yoki azotli-fosforli o'g'itlar gektariga 10—15 kg miqdorda urug' bilan qatorlarga yoki urug'dan sal chuqurroqqa solinadi. Qo'ng'irboshsimon donli ekinlar dastlabki ri vojlanish fazalarida fosforga juda talabchan bo'ladi. Shuning uchun bu usulda fosforli o'g'itlarni qo'llashning ahamiyati katta. Bu davrda o'simlik kam fosfor o'zlashtirishiga qaramasdan uning yetishmasligi o'simlikning rivojlanishiga, hosildorligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. O'simlik rivojlanishining keyingi davrlarida fosfor bilan ekin yetarli ta’minlansa-da, uning dastlab ki rivojlanish davridagi fosfor yetishmasligining salbiy ta’sirini yo'qota olmaydi. Ayniqsa, mayda urug'li ekinlar dastlabki rivojlanish davrida fosfoming yetishmasligidan kuchli zararlanadi. G'alla ekinlariga fosfor qatorlab berilganda uning maysalar tomo- nidan o'zlashtirilishi kuchayadi, to'la ma’danli o'g'itlar esa maysalardagi N RK miqdorini bir necha baravar oshiradi. Shunga muvofiq holda o'simliklaming o'sishi, quruq moddaning to'planishi ham ortib boradi. Yirik urug'li dukkakli don ekinlari maysalari hayotining dastlabki 10—13-kunlarida azot, fosfor, kaliy oziqa elementlari bilan oziqlanishi, quruq modda to'planishining ortib borishi amalda oziqa elementlari bi lan ta’minlanishga bog'liq emas. Shuning uchun qatorlab o'g'it berish o'simlikning kelgusidagi o'sishi, rivojlanishiga deyarli ta’sir qilmaydi. Qo'ng'irboshsimon va dukkakli don ekinlari o'rtasidagi o'simlik ri vojlanishining dastlabki davridagi bunday farq quyidagi o'zgarishlar bi lan bog'liq. Qo'ng'irboshsimon donli ekinlarning urug'lari ekilgandan keyin 10 kun o'tgach, dondan o'sish organlariga 70—80% quruq modda o'tadi, yana 3 kun o'tgach donda 7—13% quruq modda, azot, fosfor, kaliy esa faqat 3—5 % qoladi, xolos. Don (urug')dan quruq moddaning va ma’danli oziqa elementlari- ning reutilizatsiyasi muhit (tuproq)dagi ma’danli oziqa elementlarining borligi va tarkibiga bog'liq emas. Ekishdan ikki hafta o'tgach (ikkita bargning hosil bo'lishi) qo'ng'irboshsimon o'simliklaming oziqlanishi muhit (tuproq)ning oziqa elementlari bilan ta’minlanganlik darajasiga bog'liq bo'ladi. Qatorlab to'la o'g'itlanganda maysalarning quruq mas sasi 2, oradan 19 kun o'tgach 2,5 baravar qatorlab o'g'itlanmagan maysa- larga nisbatan ko'p bo'ladi. Shunday qonuniyat maysalarning azot, fos for, kaliy o'zlashtirishida ham kuzatiladi. Dukkakli don ekinlarida urug'lardan maysalarga oziqa moddalar ning reutilizatsiyasi juda sekin kuchayadi. Ekilgandan keyin 10 kun o'tgach urug'da dastlabki vazniga nisbatan 70—90 % quruq modda ke- 20>20>10> Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling