R va maf” fakulteti 812-21- guruh ca
Download 1.04 Mb.
|
Bir o’lchovli massivlar
Odatda massivlar zarurat, katta hajmdagi tartiblangan, lekin chekli elementlarga oid masalalarni hal etishda yuzaga keladi. Dastur ishlatilishi davomida massivlar aniq nomga ega bo’lishi va uning elementlari ma‘lum bir turda bo’lishi kerak. Bir o’lchovli massivlar kompyuter xotirasiga quyidagi shaklda saqlanadi. Massivni umumiy ko‗rinishida birinchi o‗zgaruvchi turi, massiv o‗zgaruvchisi va massiv elementlari soni yoziladi. Massiv elementlari soni, albatta, butun sondan iborat bo‗lishi kerak, chunki elementlar soni, albatta, butun bo‘lishi kerak. Massiv elementlari soni biror bir ifoda yoki yagona o‗zgaruvchi bo‗lishi mumkin, bitta o‗zgaruvchi orqali massivning umumiy indekslarini ifodalash mumkin. Massiv elementlarini tashkil qilish va massiv elementlari ustida amallar bajarishni quyidagi masala orqali qaraymiz. Massiv elementlarini tartib nomeri doimo 0 dan boshlanadi. C++ dasturlash tilida massiv elementlari boshlang‘ich qiymatlari berilgan holatlarda e‘lon qilish quyidagicha. Bunda massiv elementlari oldindan berilgan holatlarda ishlatilishi mumkin. Boshlang‘ich qiymatlari berilganda ham massivni e‘lon qilishning bir nechta turlari mavjud. C++dasturlash tilida massiv elementlar soni aniq bo’lganda uning elementlarini to’liq berish yo’li bilan e‘lon qilish. int a[5]={2, 3, -4, 5, 6}; a massiv 4 ta elementli uning elementlarini boshlang‘ich qiymatlari berilgan bo‘lsa, bunda a[1]=2, a[2]=3, a[3]=-4, a[4]=5, a[5]=6 ko‘rinishida yozish mumkin. Massiv elementlari soni aniq bo’lib, uning elementlarining boshlang‘ich qiymatlari to’liq bo’lmagan holatlarda quyidagicha e‘lon qilinadi. int a[5]={2, 3, -4}; Yuqoridagi holatda massiv 5 ta elementan tashkil topgan, lekin uning uchta qiymatining boshlang‘ich qiymatlari berilgan, qolgan ikkitasini boshlang‘ich qiymatlari berilmagan. Agar massiv elementlarining boshlang‘ich qiymatlari berilmagan bo’lsa, uning boshlang‘ich qiymatlari 0 deb qaraladi. Shuni e‘tiborga olish kerakki, massivning boshidagi elementlarini boshlang‘ich qiymatlari berilmasdan uning o’rtadagi yoki oxiridagi elementlarini boshlang‘ich qiymatlarini berish mumkin emas. Massiv elementlari soni berilmasdan uning boshlang‘ich qiymatlarini berish yo’li bilan e‘lon qilish. Int a[]={2, 3, -4, 5, 6}; Agar massiv elementlari soni berilmasa, albatta, uning boshlang‘ich qiymatlari berilishi kerak. Massivning elementlar soni berilmaganda dastur komplyatori massiv elementlari sonini boshlang‘ich qiymatlar soni bilan aniqlaydi. Massiv elementlarini e‘lon qilish va uning elementlari ustida amallar bajarish yuqoridagi holatlar bo’yicha C++ dasturlash tilida e‘lon qilib bajariladi. Alohida bir o’zgaruvchini ko’rsatish uchun massiv nomi va kerakli o’zgaruvchi indeksini yozamiz. C/C++ dagi massivlardagi elementlar indeksi har doim noldan boshlanadi. C++ dasturlash tilida massivlar va ulardan foydalanish keng imkoniyatlari mavjud, ko’pdan ko’p masalalarning hal etish uchun albatta massivlardan keng qo’llaniladi. Ko’pdan ko’p dasturchilarda birinchi massivlar ustida ishlayotgan vaqtida qo‘yiladigan xatolar, bu massivni elementlariga murojat qilishda bo’ladi. Massiv elementlariga murojat birinchi tartibi 0 dan boshlanishini, albatta, e‘tibor berish kerak. Masalan, float x[15], y[15]; kabi x va y massivlar e‘lon qilingan bo’lsa, x=y yoki y=x kabi buyruqlarga ruxsat etilmaydi. Lekin bir massiv elementi qiymatini ikkinchi massiv elementi olishi mumkin. Masalan, a[0]=b[10] yoki b[5]=a[3] kabi buyruqlarga ruxsat etiladi. Massiv o’lchami e‘lon qilingandan keyin uning chegarasidan chiqib ketish kutilmagan xatoliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, massiv int b[40] kabi e‘lon qilingan bo’lsa, uning elementlari soni 40 ta bo’lib, ular 0 dan 39 gacha nomerlangan bo’lishi bizga ma‘lum. Lekin b[41], b[46], b[55] elementlardan foydalanishga yoki ularga qiymat berishga ruxsat etilmaydi. Yuqoridagi holatlarga, albatta, e‘tibor berib C++dasturlash tilida massivlarni e‘lon qilib ular ustida amallar bajarilish kerak. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling