R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/194
Sana26.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1723273
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   194
Bog'liq
Menejment asoslari

Kafolatlangan mehnatni rejalash
M ehnatni kafolatlash barcha mutaxassisliklarda band bo ‘lganlar uchun muhim 
va yuqori malakali mutaxassislami jalb qilish uchun asosiy omildir. Ammo u
137


uzoq muddatli majburiyatlami talab qiladi va firmada biznesni tashkil qilishga 
ta ’sir ko‘rsatadi.
Turli davlatlarda kafolatlangan m ehnat amaldagi qonun doirasida tashkilot 
tom onidan rejalashtiriladi.
Teng imkoniyatlarni rejalash
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bandlik sohasida barcha uchun 
teng b o ‘lgan imkoniyatlarni belgilab beradi.
Bunday kafolat Konstitutsiyaning 37-moddasida shunday belgilab q o ‘yilgan: 
«Har bir shaxs m ehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli m ehnat sharoitlarida 
ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga 
egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o ‘tash tartibidagi yoki qonunda 
ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega».
Xorijda teng imkoniyatlar tasdiq aksiyasi orqali amalga oshiriladi. U federal 
davlat ЬЙап hamkorlik qilayotgan firmalarda foydalaniladi.
Bu siyosat neytralitetga qaraganda kengroq. U ozchilik bo‘lgan ayollar, 
qariyalar, invalidlar kabi xususiy guruhlami harakatga keltirish va ish qidirishga 
yo‘naltiruvchi siyosatdir. U siyosat asosida tashkilot ayollar, qariyalar, invalidlar, 
xususiy guruhlam i ish bilan ta ’minlashni turli imtiyozlari bo‘yicha ularga teng 
imkoniyatlar yaratishni rejalashtiradi.
Mehnatni baholash
Baholash texnikasi m ahorat, intilish, m ehnat sharoiti holati va javobgarlik 
darajasi kabi omillami hisobga olishni ko‘zda tutadi. Bunday tizim mehnatga 
haq to ‘lashda farq darajasini aniq va tushunarli belgilashga imkon beradi.
Xizmatlari va yoshi
K o‘pchilik firmalar yuqoridagi tizimni moslashtirib xodimlami xizmatlari 
va ulam i yoshini ham hisobga olinadigan uslubdan foydalanib ish haqi to ‘laydilar.
T o ‘lanadigan maoshning umumiy darajasi belgilangandan so‘ng, pul to ‘lovlari 
va boshqa qo‘shimcha to ‘lovlar orasidagi muvozanatni aniqlash zarur.
K o‘pchilik q o ‘shimcha to ‘lovlar turlari imtiyozli soliqlarga ega. Masalan: 
sug‘urta, nafaqa, stipendiya.
Ba’zi firmalarda guruhli ish haqi to ‘lovlari individual to'lovlardan kam 
b o ‘ladi, m asalan, firma «salom atlik guruh»lari u ch u n to ‘lovlarni amalga 
oshirganda. Ishlovchining faoliyat natijalarini baholashda asosan uchta narsaga 
e ’tibor berish zarur:
1. 
Faoliyat natijalarini baholash doimiy ravishda amalga oshirilishi kerak. 
Yil davomida har bir ishlovchi faoliyati baholanib zaruriyatga qarab rag‘bat- 
lantirilib yoki jazolab borilishi darkor.
138


2. Ishlovchilar faoliyatiga beriladigan baho mezoni barchaga tushunarli 
bo ‘lishi kerak.
3. Natijalami baholash imkoniyatiga qarab ijobiy yo‘nalishga ega bo‘lishi 
kerak. Agar «xayfsan» berilsa, u uning shaxsiyatiga emas, salbiy xulqiga berilishi 
lozim. M ehnat jarayoni sifatini oshirishda firmada 
a n ’anaga 
aylangan 
q'adriyatlar, 
til, 
o ‘zini tutish, yozilmagan qoidalarga rioya qilish va boshqa 
firmaning ichki madaniyat elementlari katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun firma 
xodimlarining o ‘z qobUiyatlari va mahoratlarini oshirish uchun imkoniyatlar 
yaratilishi m ehnat faoliyatini o ‘z vaqtida va xolis baholanishi, xizmat pog‘onasi 
bo'yicha ko ‘tarilishi insonni o ‘z m ehnatidan qoniqish hosil qiladigan asosiy 
omillardir.
Ishchi kadrlami tayyorlash va rivojlantirish quyidagi shakllarda o‘tadi:
1. Shogirdlik. Shogird kasbini yaxshi egallagan kishilardan o ‘rganadi.
2. Ishchilam i almashtirib ish joyida o ‘qitish.
3. Ishchilar b a’zi faoliyat turlariga ish joyida emas, sinf xonalarida, mak- 
tablarda va o ‘quv yurtlari qoshlarida yangi bilimlar olish uchun o'qiydilar. 
Masalan: avtodilerlikka, menejerlikka o ‘qitish. M ehnatni tashkil etishni tako- 
millashtirish quyidagi omillarga bogiiq:
— ish joyini tashkil etish;
— ishlab chiqarish maydonlaridan yaxshi foydalanish va ratsional reja­
lashtirish;
— xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
— m ehnat bilan doimiy bandlikni ta ’minlash;
— turli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlami amalga oshirish va ishlab chiqish.
Bundan tashqari o ‘z firmasiga m uhabbat tuyg‘usi, turli bayramlar, dam
olishlami har xil firmaga oid ijobiy byulletenlami chiqarishi kabi ijtimoiy-ruhiy 
omillar m ehnatni tashkil etishni takomillashtirishda katta rol o ‘ynaydi.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling