R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


Sardor o ‘zida intiluvchanlik, qat’iylik, mas’uliyatni b o ‘yniga olish, m a’lum


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/194
Sana26.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1723273
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   194
Bog'liq
Menejment asoslari

Sardor o ‘zida intiluvchanlik, qat’iylik, mas’uliyatni b o ‘yniga olish, m a’lum 
guruhlar faoUyat y o ‘nalishini o ‘zgartirishi, boshqarishi, yangiliklar bo‘yicha qaror 
qabul qilishi, kelajakni ko‘rish kabi xususiyatlarga ega b o iish i kerak.
Shunday qilib, sardor ko‘rinishi boshqarishga moyillik va mustaqil o ‘rganish 
xislatlarini o ‘zida aks ettiradigan m a’lum xulqiy jarayonni ifodalaydigan shaxsdir. 
Bu o ‘zgarishga qaratilgan doimiy, maqsadli va tashkiliy izlanish, resurslami 
kamroqdan ko‘proq, unumdor ishlab chiqarish doiralariga ko‘chirish qobiliyatidir.
Am m o strategik isloh qilish alohida sardomi birdaniga paydo qiladigan 
holat natijasi emas. Bu o ‘ziga xos t o la oldindan aytib b o‘ladigan, izchillikni
112


o ‘zida mujassamlashtirgan davrdir. Sardorlar islohotlar davrida asosiy ta ’sir 
ko'rsatish obyekti bo‘lgan o ‘rta darajadagi boshqaruvchilarga, ular nima qarorga 
kelishini anglaguncha, ularga qarshi turishni ham bilishlari lozim. U lar hozirgi 
kundan yaxshiroq bo‘lishni anglab tushunib yetmaguncha hech narsaga erisha 
olmaydilar.
Sardor shunday ko‘rinishni yaratishi kerakki, uni tashkilot a ’zolarining 
ko'pchiligida qabul qilish zaruriyati tug‘ilsin.
Biz aw al aytib o ‘tganimizdek sardorlar, m a’muriy islohotchi va yaratuvchi 
ko'rinishlarga bo‘linib, ular o ‘z oldiga qo‘ygan vazifalari va maqsadlarini ko‘rishi 
bilan ajralib turadi. Hozirgi tez o ‘zgaruvchan bozor islohotlari sharoitida islohotchi 
sardorlarga ijtimoiy buyurtma ko‘proq bo'ladi, chunki bu ko'rinishdagi rahbarlar 
kompaniyalami tashqi muhitiga mos ravishda qayta tashkil qilishni texnik, 
siyosiy, madariiy muammolar uslubiy asosini yaxshi biladilar.
Sardorlikda quyidagi usullar mavjud bo‘lib ularga tayanib tashkilotni qayta 
isloh qilish mumkin:
1. Uddalash va ko‘nikmalar yaratish usuli. Bunda subordinatsiya chizig‘i: 
kim kimga bo ‘ysunadi, masalalar qanday taqsimlanadi va ajratiladi.
2. Qobiliyatlami shakllantirish usuli. Tashkil qilish qobiliyati — bu alohida 
puxta bilim yoki raqobatda isbotlangan afzalliklar summasini ifodalaydi.
3. Halqani yangilash usuli. Bu — uddalash, puxta bilim va madaniyat kabi 
noyob uyg‘unlikni tashkil qiluvchi kuchni birgalikdagi harakatga yo‘nalishini 
tashkil qilish va rejalashtirish jarayonidir.
Sardorlikda barcha omillar o ‘zaro bog‘liqligini amalda ko‘rish mumkin. 
Kompaniyalar boshliqni rahbarlik, xodimni esa — o ‘z individualligini sezish 
ehtiyojini mujassamlashtiruvchi uslubni amalga oshirishi kerak, chunki m a’lum 
ishni bajarayotgan kishi u ishni hatto sardordan ham yaxshi biladi, shuning 
uchun u bu ishni boshqalarga qaraganda yaxshi takomillashtirishga qodir. Bunday 
yondashuvda sardor rahbarlikni amalga oshiradi, ammo ishchi ishini m a’lum 
darajadagi detallashuvida o ‘z ishini yaxshi biladi. Bunday usul «yo‘naltiruvchi 
mustaqillik» deyiladi. Sardorlik tashkil qilishning yuqori bosqichida b o ‘lishi va 
u zaruriy yaxshilanish uchun mos m uhit yaratishga harakat qilishi kerak. Bu 
k o ‘rinishdagi sardorlar tashkilotning b archa xodim larini rag‘b atlan tirad i, 
qo‘zg‘atadi, qo‘llab-quwatlaydi, ilgari yetaklaydi va ruhlantiradi.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling