Ra havosi ifloslanishi oldini olish huquqiy -me’yoriy asoslari


Download 27.5 Kb.
bet4/4
Sana09.01.2022
Hajmi27.5 Kb.
#267283
1   2   3   4
Bog'liq
kom.gig№5

Iqlim o‘zgarishi – bu o‘rtacha statistik jihatdan sezilarli darajadao‘zgarishi yoki iklimning uzoqvaqt davomida o‘zgarishidir. U ichki tabiiy jarayonlar, tashqi ta’sirlar, yerdan foydalanishda antropogen ta’sirlar ostida yuzaga keladi.

Dunyohamjamiyati tomonidan 1992 yilda 155 ta davlat tomo-nidanBraziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Konvensiya imzolandi. Konvensiyaning asosiy vazifasi — parnik bug‘larining atmosfera havosidagi konsentratsiyasini bir maromda havfli antropogen ta’sirdan saqlashdan iborat. 1993 yilda bu Konvensiya kuchga kirdi.

O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga 1999 yil 20 avgustda Oliy Majlisning 15 sessiyasida BMTning Kioto protokolini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Oxirgi o‘n yilliklar davridaiqlim o‘zgarishlarining ayrim muhim yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tadiganbo‘lsak,

Atmosfera havosining isishi. XX asrda iqlimning isishi shimoliy yarim sharda 1000 yil davridakuchli kuzatildi.

Ayniqsa 1990-2000 yillarda. Ammo 1998 yilda iliq havo kuzatildi. Bunda iqlim isishi Shimoliy Amerikaning shimolida, Shimoliy va O‘rta Osiyoda kuzatildi. Sovuqsiz mavsumlarning ko‘pyishi yuz berdi.

Qor va muzliklar qatlami. XX asrning 60 yillar oxiridan qor koplamalarining 10 % ga kamayishi,daryo va dengizlarning muz qoplami 2 haftaga qisqardi. Qor muzliklari orqaga chekindi.Shimoliyyarim shardabahor va yoz oylarida dengiz muzliklari qatlami kamaydi va 50 XX asrning yillarda 10-15%, Arktikada esa 40 %ga qisqardi.

Okeanlar sathi.XX asr 100 yilliklar davrida okeanlar sathi 0.1-0.2 metrga ko‘tarildi. Global isish jarayoni ostida shimoliy yarim shar muzliklarining hamda dengiz suvlarining isish

chegarasining oshishisabab bo‘ldi.XX asrda okeanlar sathinikuza-tishlar natijalariga ko‘rakeyingi 3000 yil oralig‘ida 10 barobar ko‘payganligini isbotladi.

Yog‘ingarchiliklar. O‘tkazilgan kuzatishlar natijasida XX asr 10 yili davrida yog‘ingarchiliklar O‘rta va Shimioliyyarim sharda 0,5-1,0 % ga oshdi. Shuning bilanbirgasubtropik qit’alarda 0.3%ga kamaydi. Yer sharining ba’zi hududlarida intensiv va ekstremal yog‘ingarchilikholatlari ortdi.

O‘zbekiston Respublikasi hududidaatmosfera havosini tizimli muhofaza qilish maqsadidida yilda ikki bosqichda “Toza havo” tadbiri o‘tkaziladi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respub-likasi Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining 1996 yil 31 martdagi 12/79/137-sonli qo‘shma buyrug‘i hamda ushbu buyruq bilan tasdiqlangan nizomga asosan tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi. Mazkur tadbirning birinchi bosqichi 10 apreldan 10 maygacha, ikiinchi bosqichi 10 avgustdan 10 sentyabrgacha (Toshkent shahrida – 10 sentyabrdan 10 oktyabrgacha) o‘tkaziladi. Tadbirni amalga oshirishdan maqsad, avtotransport vositalarining atrof tabiiy muhitga zararli ta’siri kamaytirishga, vazirliklar, idoralarning “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va boshqa atmosfera havosini muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik talablariga rioya qilinishiga yo‘naltirilgan. “Toza havo”tadbiri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari xizmatlarining o‘zaro uzviy hamkorligida amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur tadbirni o‘tkazishda korxonalar, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari jalb etilishi mumkin.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil dekabr oyida qabul qilingan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasida atmosfera havosiga avtotransport vositalaridan chiqadigan zararli gazlarmuntazam nazorat ostida bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

Zero, atmosfera havosini avtomobil transportlaridan chiqa-yotgan zararli moddalardan muhofaza qilish shaxarlar oldida turgan global muammolardan biri sanaladi. Zararli moddalarni kamaytirish uchun turli texnologik jarayonlarni qo‘llash orqali erishish mumkin. Masalan, motorsilindrlarida paydo bo‘ladigan zararlar kuchini neytralizatorlar yordamida neytrallash yoki harqanday yoqilg‘ining to‘liq yonishini ta’minlaydigan motorlar ishlab chiqarish, shaxarlarning gavjum joylarida yer osti yo‘llarini qurish, shaxarlar aeratsiyasini yaxshilash maqsadida rovon magistral yo‘llarni ko‘pay-tirish, chorraxalarda trasnsport oqimining to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, yangi loyihalar asosidayo‘l bo‘ylarida ekilgan daraxtlar sonini ko‘paytirish, eskiavtomobillardan foydalanishni ta’qiqlash yoki ulardan havoga ajralib chiqayotgan zararli moddalarning me’yoridan oshmasligini ta’minlash maqsadga muvofiqdir.

Havoga ajralibchiqayotgan azot oksidining 30-60 %i, is gazi va karbonat angidridining 40-90%i,qo‘rg‘oshining 35-95 %i, qattiq zarrachaalarning 10% i, SO2 va konserogen moddalarning 5%i bevosita avtoransport vositalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Toza havo” tadbiri jarayonida asosiy e’tibor atmosferaga 70 % uglerod oksidi (SO) va 13 % uglevodorod (SR)ni chiqarayotgan karbyurator dvigateli hamda dizelli avtomobillarga qaratiladi. Mamlakatimizda so‘nggi vaqtlarda 7000 atrofidagi avtotransport vositalari gaz yonilg‘isiga o‘tkazilib, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar miqdori 8000 tonnaga kamaytirilishiga erishildi. Xizorgi vaqtga kelib jami avtotransport vositalaridan chiqari-ladigan ortiqcha zararli gazlar chiqarish holatlari umumiy tran-sportlar sonining 7%ni tashkil etmoqda.

Bunday ko‘rsatgichlar 20 yil oldin 25-30 % ni tashkil etgan. Bunday ko‘rsatgichlarni kamaytirishning asosiy sabablaridan biri yurtimizda “EVRO-3”, “EVRO-4” davlat standartlaritalablariga javob beradigan avtotransport vositalari ishlab chiqarilayotganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan yaroqsiz holga kelgan karbyuratorli transport vositalari asta–sekin yuridik va jismoniy shaxslar tassarrufidan chiqarilishidir.

Tadbir davomida avtotransport vositalarining ishlatilgan gazlaridagi toksiklilik darajasi va tutun qalinligi bevosita maxsus asboblardan foydalanilgan holda asbobiy usulda nazoratdan o‘tkaziladi. Asbobiy usulda olingan natijalar davlat stan-dartlarida belgilangan me’yorlarga solishtiriladi. O‘rnatilgan me’yorlardan oshiq chiqish holatlari yuzaga kelgan vaqtda ularga nisbatan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ta’sir choralari ko‘ri-ladi.

Atmosfera havosi musaffoligini saqlashda yana bir muhimjihati, bu insoniyat tomonidan antropogen tarzda tabiatga bu ongli ravishda boshoqli don poyalari, bargi hazonlarlarni yoqish nati-jasida yetkaziladigan zarar hisoblanadi.

Bunda 1 gektar boshoqli don poyalari yoqilganda, atmosfera havosiga 500 gr azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kgis gazi va uglerod oksidi (SO) gazi tashlanadi. Tuproqning strukturasi buzilib, uning erroziyasi kuchayadi. 1 tonnabargi hazon yoqilganda esa atmosfera havosiga 30 kg uglerodoksidi tashlanadi.

Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, u asosan insonning nafas olish yo‘llariga ta’sir etib, o‘pkaning idrashiga, ko‘z ko‘rishining kuchsizlanishiga kuchli ta’sir etadi. Insonda yo‘tal, yuqori harorat hamda qaytarish xolatlari yuz beradi.

Uglerod oksidi esa, tanaga tushishi bilan gemoglabin tarkibidan kislorodni siqib chiqaradi va natijada qon kislorodni qon tomirlari orqali tashishxususiyatini yo‘qotadi. Inson to‘qima-larining kislorodga bo‘lgan talabi pasayadi. Peshona qisi-lishi tarzda namoyon bo‘luvchi kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘zlarda pirpirash, chanqoq va qaytarish holatlarini keltirib chiqaradi.

Turar joy tomlarida yog‘ingarchiliklardan himoya qilish maqsadida bitum eritishda ajralib chiqadigan qurum inson tanasida sil va saraton kaslliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qoninuning 20 va 51 moddalarida, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘ri-sida”gi Qonuning 29-moddasi, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 11,12,13,14, 31,32,85,88-moddalariga asosan ma’muriy jaobgarlik choralari qo‘llanilishi qonun xujjatlari bilan belgilab qo‘yilganligini unutmasligimiz lozim bo‘ladi.

  
Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling