Rabindranat tagor
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
tagor ziyouz com
www.ziyouz.com кутубхонаси 126 — Kiyimiga o't qo'yib o'z-o'zini o'ldirishi nimasi tag'in, bu nima degan noma'qulchilik, — deb jar soldilar. Uyda qarindosh-urug'lar bir og'izdan: «Bu o'taketgan masxarabozlik-ku», — deb javradilar. Mayli, shunday ham boisin. Biroq, nega bu masxarabozlik bengal ayollarining libosini kuydiradi-yu, erlar kiyimiga ta'sir etmaydi. Bu haqda o'ylasang arziydi. Binduning taqdiri cheksiz musibat edi! U tirik ekan, na go'zallik, na boshqa fazilat bilan shuhrat qozondi; mana ajal keldi, biroq u, o'lishning ham erlarni qoyil qiladigan yo'lini tanlolmadi. Hatto o'limi ham kishilarning g'ashiga tegdi. Opasi o'z uyiga kirib olib, yashirincha yig'ladi. Ammo uning yig'lashidan bir navi xotirjamlik ko'rinardi. Nima bo'lganda ham, endi bari tugadi. Bindu o'ldi, tamom. Tirik qolganida boshida yana qanday ko'rguliklar borligini kim biladi deysiz! So'ngra men Puriga jo'nadim. Endi Binduga biryoqqa borishning keragi yo'q. Lekin menga kerak. Men sizning uyingizda, odamlar og'ir hayot deb atagan musibatni ko'rganim yo'q. Men kiyim- kechak va ta'minot jihatidan tanqislikni bilmadim. Garchi katta akang yomon bo'lsa ham — sening fe’l-atvoringda xudoga noligulik yomon xislat yo'q. Bordiyu akangga o'xshaganingda ham, eriga sadoqatli bir xotin sifatida, katta keliningiz singari, ehtimol buni sendan emas, xudodan ko'rardim. Shuning uchun, shikoyat qilishni istamayman, men bu maqsad bilan yozayotganim yo'q. Ammo sizning Makxon Borol ko'chasidagi 27 uyingizga qaytib bormayman. Men Binduni ko'rdim, sizning oilangizda xotinlarning qanday yashashini bilaman. Shu yetadi, menga boshqa narsa kerak emas. To'g'ri, keyinchalik angladim, Bindu xotin kishi bo'lsa ham, falak uni tashlab qo'ymadi. Siz unga qancha tajanglik qilgan bo'lsangiz ham, endi qahr-g'azabingiz unga kor qilmaydi. U o'zining baxtsiz hayotidan yuqori. Sizning oyoqlaringiz uncha uzun emaski, endi ham Binduni ilgarigidek poymol qilsangiz! Oiim sizdan yuqori! U Binduni ma'nan ulg'aytirdi. U yerda u yolg'iz bengal ayoli, faqat o'z akalarining singlisi yoki jinni erning noma'lum xotini emas. U yerda — u o'lmasdir. O'lim nag'malari chalinib, bu qizning ezilgan yuragini harakatdan to'xtatganida, ko'kragimga go'yo o'q tekkanday bo'ldi. Men tangridan iltijo qildim: — Nega eng kichik odamlar bu dunyoda hammadan og'irroq kun kechiradilar? Atroflari o'rab olingan tor ko'chadagi bu kichik uy nega qo'rqinchli? Nega men hayot jomidan bir tomchi obihayot istab, shu qadar qo'l cho'zdim-u, shu choqqacha ichkarining ostonasidan hatlab o'tolmadim? Nega men sening dunyongda bu jirkanch g'isht devor orasida sekin-asta o'lishim kerak? Nega hayotim bu qadar ma'nosiz! Bu dunyoning qonunlari, qabul etilgan odatlari, gap-so'zlari; ig'vo-fasodlari, urish- janjallari, shular hammasi qanday ma'nosizlik bilan tayin etilgan! Nahotki, shu azob-uqubat tuzog'i ustin kelib, sening quvonch olaming mutlaqo mag'lub bo'lsa? Mana o'lim naylaridan sado yangradi — qani u g'isht devorlar? Qani mudhish qonunlaringiz, atrofi tikonli simlar bilan o'ralgan ko'ralar qani? Qaysi kirdikori, qaysi haqorati uchun kishini zindonda tutishga jasorat qildingiz? Mana qarang, o'limning qo'llarida hayotning hammani yenguvchi qudratli tug'i hilpiramoqda! Qo'rqma, o'rtancha kelin! Hadeguncha sening oyoqlaringdagi zanjirlar ham parcha-parcha bo'lg'usidir. Men endi sizning tahdidingizdan qo'rqmayman. Bugun mening ko'z oldimda moviy okean, tepamda ashar 62 bulutlari. Men sizning qonunlaringiz zulmatiga o'ralib yashadim. Bir lahzaga Bindu paydo bo'ldi-yu, shu kichik shu'lada men o'zimni yaqqol ko'ra oldim. Bu ayol o'z oiimi bilan zanjirlarni uzib tashladi. Endi yorug'likka chiqib, ko'rib turibmanki, men faqat shu yerdagina o'z qadr-qimmatimni saqlay olaman. Hamma tomonidan tahqirlangan u go'zal, endi meni ravshan ko'rib turibdi. O'rtancha kelin endi yo'q! Ehtimol sen meni o'z-o'zini o'ldirishga tayyorlanayotir deb o'ylarsan. Qo'rqma, men sen bilan bu eski va beburd hazilni o'ynamoqchi emasman! Mirabay 63 ham xotin kishi edi va uning kishanlari menikiday 62 Ashar — bengal kalendarining uchinchi oyi boiib, iyun-iyul oylariga to'g'ri keladi. 63 Mirabay — o'rta asrda yashagan shoira va ashulachi. Nur va soyalar (hikoyalar). Rabindranat Tagor www.ziyouz.com кутубхонаси 127 zaif emasdi, biroq unga o'lim izlashga to'g'ri kelmadi. Mirabay o'z qo'shiqlarida bunday kuylagan edi: Mayli, ota Miridan yuz o'girsin, Mayli, ona yuz o'girsin Miridan. Mayli, barcha yuz o 'girsin, u — mahkam! Mayli, nima bo'lsa bo'lar, qaytmaydi! Bu so'zlar hayotga qaytaradi. Ha, men yashayman! Men xalos etildim. Sizning uyingizni tashlab ketgan Mrinal. Nur va soyalar (hikoyalar). Rabindranat Tagor www.ziyouz.com кутубхонаси 128 TAGOR DAHOSIGA TA'ZIM (Tarjimon mulohazalari) I Hind adabiy tanqidchilari: «Tagorning har bir hikoyasi, bir roman» deb baholaydilar. Bu ulug' san'atkorning ajoyib hikoyalarini o'qigan kitobxon ham beixtiyor shu fikrga keladi. Hikoyalarining tub mohiyati: insonni qadrlash, uning aql-idrokini ulug'lash, ezgu-hislarini ardoqlash va rag'batlantirish, odamlar orasidagi yovuzlikka qarshi o't ochish, bashariyatni adolat yo'liga boshlashdan iborat. Tagor hikoyalaridagi psixologik tasvirlar, nozik lirizm, ko'tarinki uslub va chuqur falsafiy muhokamalar har qanday kitobxonning go'zallikka tashna qalbini qondira oladi. Tagorning hikoyalari badiiy kamolotning bunday yuksak cho'qqisida bo'lsa, uning romanlari, dramalari, she'rlari qanday deb so'rashingiz mumkin. Bu savolga adabiyotshunos A. Lunacharskiyning quyidagi so'zlari juda aniq javob boiadi: «...Tagor asarlari... anvoyi ranglari, nozik ruhiy kechinmalari va olijanob g'oyalari bilan haqiqatan ham umumbashariy madaniyat durdonalaridir». R. Tagor badavlat ma'rifatli xonadonda tug'ilgan. Bu xonadondan juda ko'p jamoat, madaniyat arboblari, san'atkorlar yetishib chiqqan. 1912 yilda ingliz tilida nashr etilgan «Gitanjali» she'rlar to'plami shoirga olamshumul shon-shuhrat keltirdi. Qizig'i shundaki, bu to'plamga kirgan she'rlarini Tagor o'zi ingliz tiliga tarjima qilgan edi. 1913 yilda esa, «Gitanjali» («Qurbonliq qo'shiqlari») uchun R. Tagor Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. Men Tagor asarlari bilan birinchi marta 1926 yilda tanishdim. «Tong sirlari» kitobida Tagorning «Sham va quyosh» she'ri va epigraf tarzida keltirilgan quyidagi jumlasi bor edi: «O'zimiz olam kitobini yanglish o'qiymizda, so'ngra, u bizni aldadi, deymiz». Keyinchalik «Maorif va o'qitg'uvchi» jurnalida R. Tagorning «Soqov qiz» hikoyasini o'qidim. Oradan o'ttiz yil o'tgach, taqdir meni Tagorning tarjimoni darajasiga ko'tardi. 1956 yildan 1976 yilgacha buyuk adibning to'rt romanini, yigirma uch hikoyasini va uch she'rini — jami o'ttiz asarini o'zbek tiliga tarjima qildim. Katta adabiyot o'quvchidan, ayniqsa, tarjimondan katta tayyorgarlik talab qiladi. Umuman, klassiklarni naridan-beri o'qib, pala-partish tarjima qilish — gunohi azim. Tagor o'z asarlari tarjimasini ajnabiy tillarda o'qib norizo bo'lgani va: «Yevropaliklar tarjima deb asarlarimning skletini taqdim qilishadi», deb afsuslangani menga ayon edi. Shu vajdan Tagor asarlarini qayta-qayta o'qibgina qolmay, Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» nomli mashhur asarini, undan keyin «Bobirnoma»ni, Javoharla'l Neruning «Hindistonning kashf etilishi» kitobini, hind faylasuflarining asarlarini o'qib chiqdim. Biroq shunda ham Tagor asarlariga qo'l urishga botinmay, tarjima uchun avval hind ertaklarini va «To'tinoma»ni tarjima qilib ko'rdim. Bu ishlarim elga manzur bo'lgach, Tagor asarlari tarjimasiga kirishdim. «Nur va soyalar», «Xotinning xati», «Tashna toshlar» va «Meros» sarlavhali hikoyalar dastlabki ishlarim edi. Nur va soyalar (hikoyalar). Rabindranat Tagor www.ziyouz.com кутубхонаси 129 II Tarjima jarayonida, bir hikoyani tugatib ikkinchisiga o'tganda men o'zimni ma'naviy jihatdan bir pog'ona ko'tarilganday his eta boshladim. Shuning uchun «Meros», «Xotinning xati» hikoyalarini qiynalmay tarjima qildim. Ammo «Tashna toshlar» hikoyasiga kelganda, ilhom parisi menga qiyo boqmay qo'ydi. Hikoyani takror-takror o'qidim, deyarli yodlab oldim. Lekin qo'limga qalam tutganda o'zimni ojiz his etardim. Chunki bu benazir hikoya mavhum olam, ruhlar dunyosi tasviri, xayolot mahsulidir. Bu orada nashriyot rahbarlari Tagor hikoyalari tarjimasiga meni muharrir qilib tayinladi. Boshqa tarjimalar tayyor bo'lsa ham, «Tashna toshlar» hamon munosib tarjimonga tashna bo'lib yotardi. Men sheriklarimga voqeani naql etib «Tashna toshlar»ni tarjima qilib berishlarini so'radim. Ularning javoblari qisqa bo'ldi: — Ichimizda yoshi ulug'i ham, tajribalisi ham o'zingiz, bordi-yu, u hikoyani siz chiqarolmagan bo'lsangiz, bizning holimiz ne kechadi? Shu payt muharrirlar xonasiga adibimiz Abdulla Qahhor kirib keldi. Men unga Tagor hikoyalarini nashr etish niyatida ekanimizni aytib, «Tashna toshlar»ni tarjima qilib berishini iltimos qildim. Abdulla Qahhor boshqa hikoyalarni kimlar tarjima qilgani bilan qiziqsindi. Men ishning avvalidan oxirigacha tushuntirib berdim. Shundan so'ng u bunday dedi. — Men «Tashna toshlar»ni o'qiganman; u nasriy she'r, yana to'g'risi — nasriy doston. U asarni tarjima qilish oson emas. Ammo, fikrimcha, u sizdan chiqadi. Sheriklarim, ya'ni nashriyot muharrirlari ham bu mo'tabar adibning fikrini quvvatlashdi. Ajabo, bu ishonchhi oqlay olarmikanman? Shu kuni men barvaqtroq uyga qaytib, yuvinib-tarandim-da, Kaykovus arig'i bo'yidagi soya-salqin bir joyda o'tirib, xayolga toldim. Nazarimda, shu tobda menda tasavvur kuchi yetishmaganday tuyulardi. Ajabo, nega Toshkentning yarmini serob, obod etgan, bog'-rog'larga aylantirgan bu anhor Eron shohi nomi bilan atalgan? Nega anhorning eng serqatnov ko'prigi fors tilida Taxtapul deyilgan? «Shohnoma» qahramoni qachon Toshkentga kelib, bu zamin aholisiga munchalar g'amxo'rlik qilishga ulgurdi? Nega nechun Toshkentning bir mahallasini «Sebzor», boshqasini Olmazor deb yuritadi? Agar Eron shohi Kaykovus, rostdan ham Toshkentga kelgan bo’lsa ham, uning muhtasham saroylari, Eron va Turondan saralab olingan gulruxsor kanizlari ham bo'lgan, ular ham «Tashna toshlar»dagi singari favvoralar atrofida o'tirib, dutoru setor chalgan bo'lsalar ne ajab? Birdan xayol suvoriysi boshqa yo'lga burildi. Jahon adabiyotida «Tashna toshlar»ning timsoli bormi? Mopassan va Chexovda bunaqasi yo'q. Pushkin va Lermontov hikoyalarining yo'nalishi boshqa. Ha, Gorkiyning «Ona» hikoyasi... «Tashna toshlar»ni salcha eslatadigan boshqa asarni ham o'qiganman... Quyosh botib, kun g'ira-shira bo'lganda, Kaykovus sohilini tark etib, uyga chiqdim. Fikru zikrimni Tagorning dilbar hikoyasi qamrab olgan edi. Kechki taomdan so'ng, yana «Tashna toshlar» mutolaasiga kirishdim. Tovba, bu nimasi? Birdan zehnim shunday ochilib ketdiki, olamdagi hamma go'zal so'zlar, nozik, latif iboralar saf tortib, jumlalarda o'z o'rnini egallashga muntazir boiib turardilar, tekstlardagi eng murakkab jumlalarni o'zbek tilida aslidan afzalroq, musiqiyroq qilib o'qishim, kuylashim mumkinday tuyuldi. Ana shunday ma'naviy sarxushlik holatida, tunda tarjimaga kirishib, ertalab bu sermashaqqat, ammo rohatbaxsh ishni nihoyasiga yetkazdim. Ertalab xushnud, xushhol nashriyotga bordim, hamkorlarim mening qiynalib yurganimdan voqif bo'lganlari uchun, kuyunib hol so'rashdi: — Qalay, «Tashna toshlar» chiqdimi? — Nazarimda chiqqanga o'xshaydi,— dedim. — Unday bo'lsa, marhamat qilib o'qing, eshitaylik, — iltifot qildi Mamarasul Boboev. Turob To'la bilan Shukrulloning ham xohishlari shu edi. Men o'qishga kirishdim. Bir necha sahifa o'qigandan so'ng, sheriklarimning yuzlariga nazar solsam, hammalari jon qulog'i bilan tinglab turishibdi, bundan ruhim ko'tarilib, yana ham ifodaliroq qilib o'qishda davom etdim. Hikoya tugashi Nur va soyalar (hikoyalar). Rabindranat Tagor www.ziyouz.com кутубхонаси 130 bilan fozil hamkorlarim meni olqishlashdi. Men imtihondan o'tgan student singari o'zimni mas'ud, masrur his etardim. Tagor hikoyalari 1957 yilda «Nur va soyalar» nomi bilan bosilib chiqdi va tezda tarqalib ketdi. Biz xalqimizning Tagor asarlariga rag'batini hisobga olib, bu buyuk adibning sakkiz jildlik asarlari tarjimasiga kirishdik. Shu tariqa Tagor o'zbek diyorida qayta tug'ildi, qayta shuhrat topdi. Sharq adiblari orasida mumtoz, barkamol asarlarga, agar u she'r bo'lsa, muhammas bog'lash, doston yoki «Xamsa» bo'lsa, unga javob yozish udumi bor. Tagor asarlari tarjima jarayonida menga shu qadar ta'sir etdi, shunchalar halovat bag'ishladiki, men Tagor dahosiga ta'zim etib, uning «Nur va soyalar» hikoyasiga «Oltin qafas» qissasi bilan, «Xotinning xati» hikoyasiga «Asl aynimas» qissasi bilan javob aytdim. Shu ma'noda R. Tagorni ustozim deb bilaman. To'xtasin JALOLOV. 1981-yil Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling