Radioaktiv metallar Reja


Download 35.5 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1447511
Bog'liq
Radioaktiv metallar


Radioaktiv metallar
Reja:



  1. Uran konlari

  2. Toriy konlari

Sof uran – po‘latsimon kul rangdagi og‘ir metalldir. Uranning klarki – 0,00025, solishtirma og‘irligi – 19, erish harorati – 1130 °С,qaynash harorati – 2700 °С.
Uran kimyoviy jihatdan juda faol metalldir. Sn, Hg, Cu, Pb kabi metallar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga ega. Ochiq havoda tez oksidlanadi. Uran neytronlarni ushlab qolib, yadrolarining bo‘linishi xususiyatiga ega. Bunda juda katta hajmda energiya ajralib chiqadi. Uranning bu xususiyati yadro reaktorlarini kashf etilishida katta ahatiyatga ega bo‘ldi.
Hozirgi paytda yadro reaktorlaridan elektr enegiyasi ishlab chiqariladi, kemalarni harakatga keltirishda, sho‘r suvlarni chuchuklashtirishda xizmat qiladigan qurilmalarda qo‘llaniladi. Bundan tashqari uran plastmassalar ishlab chiqarishda, shisha kimyosi sanoatida qo‘llaniladi.
Uran 90ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari:
uraninit, nasturan, uran slyudalari, uran fosfatlari.
Uran ma’danlarining chet eldagi zaxiralari 25 mln t atrofida. Ularning asosiy qismi AQSH, Avstraliya, Kanada, JARlarida mujassamlashgan. Bir yilda chet ellarda 400000 t ga yaqin uran qazib olinadi. Dunyo bozorida 1kg uran konsentratsiyaning narxi 50–60 AQSH dollari atrofida. Uran kuchli radioaktivlikka ega. Uran ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari hamma turdagi konlar bilan bog‘liq bo‘li shi mumkin.
Ularning asosiylari:
1. Qatlam shaklidagi cho‘kindi konlar – Kanadada Kits, Ispaniyada Fe konlari.
2. Infiltratsion konlar – O‘zbekistondagi Uchquduk zonasidagi konlar, AQShda Kolorado koni.
3. Metamorfik konlar – JARda Vitvatersrand, Braziliyada Jakobina konlari.
4. Gidrotermal konlar – AQSHda Merisveyl, Fransiyada Limuzen konlari.
Toriy konlari
Sof toriy – kumushsimon oq rangdagi qiyin eruvchan metall. Toriy klarki 0,13, erish harorati– 1750 °С, qaynash harorati – 3500 °С,solishtirma og‘irligi – 11,6.
Toriy egiluvchan, cho‘ziluvchan, yaxshi pachaqlanuvchan hisoblanadi. Bir qator metallar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgan – toriy O, H, N kabi gazlarni yutib o‘z tarkibida ushlab turish xususiyatiga ega. Asosiy xossalaridan biri-uning radioaktivligidir. Toriyning parchalanishi natijasida yadro yoqilg‘isi bo‘lgan uran 233 izotopi vujudga keladi. Toriy neytron yadro reaktorlarida yoqilg‘i sifatida ba’zi bir maxsus qotishmalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Bunday qotishmalar raketasozlikda va samolyotsozlikda qo‘llaniladi. Toriy 50ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari monasit, torit va uranli torit.
Toriy ma’danlarining razvedka qilingan zaxiralari 500000 t ga yaqin. Uning asosiy qismi Hindistonda va ba’zi Afrika mamlakatlarida mujassamlashgan. Chet ellarda bir yilda 12–13 ming t 8 foizli toriy konsentratsiyasi ishlab chiqariladi. Toriy ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari asosan monatsitlarning sochilma to‘plamlari bilan bog‘liqdir. Bunday sochmalar Hindistonda, Braziliyada mavjuddir.
Rudadan xalq ho’jaligida ishlatish maqsadida ajratib olinadigan minerallar qimmatbaho yoki foydali minerallar deyiladi. Sanoat qimmatiga ega bo’lmagan minerallar puch tog’ jinslari deyiladi.
Minerallarning bunday bo’linishi shartlidir, chunki bitta mineralning o’zi ayrim sharoitda qimmatbaho, boshqa sharoitda esa puch tog’ jinsi bo’lishi mumkin. Masalan, kvarts oltinli rudalarda puch tog’ jinsi, keramika sanoati uchun esa qimmatbaho komponent hisoblanadi. Mahsulotni kompleks ravishda ishlatilishining ortishi puch tog’ jinslari minerallarining sonini kamayishiga olib keladi.
Foydali qazilma konlari tub va sochma konlarga bo’linadi.Tub konlarda ruda o’zining dastlabki hosil bo’lgan joyida tog’ jinslarining umumiy massivida yotadi. Sochma konlar esa tub konlarning suv, havo kislorodi, harorat va boshqa tabiiy omillar ta’sirida emirilishi natijasida hosil bo’ladi. Foydali qazilma qumlari tabiiy omillar ta’sirida tub konlar joylashgan joydan ancha masofaga ko’chishi mumkin.
Moddiy tarkibiga ko’ra rudalar qora, rangli, kamyob, nodir va radioaktiv metallar rudalariga bo’linadi. Rudalar, shuningdek, faqat bitta metal saqlovchi monometal va bir nechta metal saqlovchi murakkab polimetal rudalarga bo’linadi. Polimetal rudalar monometal rudalarga nisbatan ko’proq uchraydi va ularning tarkibidagi metallar ko’pincha sanoat ahamiyatiga ega bo’ladi. Polimetal rudalarga misol tariqasida mis va ruxli, rux va qo’rg’oshinli, molibden va volframli rudalarni keltirish mumkin.
Fizik xossalariga ko’ra rudalar quyidagicha bo’linadi: zichlik bo’yicha: og’ir - zichligi 3500 kg/m3 dan Yuqori, o’rtacha-zichligi 2500-3500 kg/m3, engil-zichligi 2500 kg/m3 dan kichik; namligi bo’yicha: o’ta nam, nam va quruq.
Fizik xossalari va kimyoviy tarkibiga ko’ra rudalar oson va qiyin boyitiluvchi rudalarga bo’linadi.
Sanoat tomonidan rudali hom-ashyoga qo’yiladigan talablar GOST va texnik sharoitlar tarzida beriladi. Unga ko’ra mineral hom-ashyo qimmatbaho komponent, zararli qo’shimcha va ruda agregatining hususiyatiga qarab navlarga ajratiladi. Namlikning miqdori va granulometrik tarkibga ham cheklanishlar bor.
Adabiyotlar:

1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va kafolatlari. T. 1997.


2. O‘zbekiston respublikasining yer to‘g‘risidagi qonuni.
3. Betextin A.G. Mineralogiya kursi. T. «O‘qituvchi», 1969.
4. Qo‘shmurodov O., Qodirov M.H. Petrografiya. T. «Universitet», 1994.
5. Qo‘shmurodov O., Umarov A.Z., Ishbayev X.D. Kristallografiya. T. «Universitet», 2004.
6. Qo‘shmurodov O., Koneyev R.I., Umarov A.Z. Mineralogiya.
T. «Universitet», 2005.
7. Qodirov M.H., Shorahmedov Sh.Sh. Geolog iyadan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent, «O‘zbekiston», 1994.
8. Qo‘shmurodov O. Foydali qazilmalar (ma’ruzalar matni).
«Universitet», 2002.
9. Tursunov M.X. Foydali qazilmalar. TDTU, 2000.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling