Radioelektron apparatlarni loyihalashni avtomatlashtirish
Download 198.44 Kb.
|
1 2
Bog'liqElektron 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’pgina radioelektron apparatlar murakkab tizimlar hisoblangan katta va juda katta integral sxemalar asosida loyihalanadi. Bunday tizimlarni loyihalash
- Loyihalash jarayonini avtomatlashtirish zaruriyati.
MA’RUZA № 3 RADIOELEKTRON APPARATLARNI LOYIHALASHNI AVTOMATLASHTIRISH SISTEMALARI (ALS) HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR 2 soat Reja:
Kalit so’zlar : avtomatlashtirilgan loyihalash sistemasi, umumiy baza, blokli-iyerarxik loyihalash, dekompozisiyalash, suniy intellekt, dasturiy metodik komplekslar Fan-texnikaning rivojlanib borishi, yuqori integrasiyaga ega bo’lgan elementlar bazasini yaratishning murakkablashib borishiga va bu esa insonlar tomonidan yaratilayotgan radioelektron apparatlarini (REA) yaratish jarayonini ham murakkablashib borishiga olib keldi. Natijada bu vazifalarni qo’lda bajarishning umuman imkoni bo’lmay qoldi. Ko’pgina radioelektron apparatlar murakkab tizimlar hisoblangan katta va juda katta integral sxemalar asosida loyihalanadi. Bunday tizimlarni loyihalash uchun malakali mutaxassislarning oylab, yillab bajaradigan, og’ir mehnatlari kerak bo’ladi. Ayniqsa raqamli qurilmalarni loyihalashda zamonaviy kompyuterlardan juda keng foydalaniladi. Loyihalash jarayonini avtomatlashtirish zaruriyati. Loyihalash jarayoni murakkab jarayon bo’lib hisoblanadi va bu jarayon bir qancha bosqichlarga bo’lib bajariladi. Ana shu og’ir murakkab vazifalarni bajarish, avtomatlashtirilgan loyihalash sistema (ALS) larni yaratilishi natijasida bir muncha yengillanadi. Loyihalashni avtomatlashgirishdan asosiy maqsad - maxsulot sifatini oshirish, sarf-xarajatlarni kamaytirish, loyihalashga ketadigan vaqtni qisqartirish, ishlab-chiqarish unumdorligini oshirish natijasida injener-texnik xodimlar sonini kamaytirishdan iborat. Lekin ko’pincha loyihalashni avtomatlashtirishga o’tishda doimo ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Masalan mahsulot sifatini oshirish kerak bo’lsa, unga ketadigan sarf-xarajatlar oshib ketishi mumkin, yoki loyihalash jarayoni tezlashtirilsa, maxsulot sifati pasayishi kuzatilishi mumkin. Bu muammolarni xal qilish uchun ilmiy texnikaning rivojlanishi, yangi zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalaridan foydalanish muhim o’rinni egallaydi. Loyihalashni avtomatlashtirishda shaxsiy kompyuterlar yordamida, ALSlardan unumli foydalanish, yani yechiladigan masalalarni kompyuterda bajarish uchun to’g’ri taqsimlash, ALSlar uchun masalalarni shakllantira olish asosiy vazifalar hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan loyihalash orasida aniq chegara bo’lmaydi. Matematik metodlar yaratilishi, hisoblash texnikasi rivojlanishi, yangi zamonaviy ALC lar yaratilishi bilan bu chegara doimo o’zgarib turadi. Ayniqsa, ALSlarning zamonaviy turlari bo’lgan, umumiy bazadan foydalanish imkoniga ega bo’lgan ALSlar yaratishi bilan bu vazifalarni bajarish bir muncha yengillashadi. Endigi vazifa ana shunday ALS ishlay oladigan mutaxassislar yetishtirib chiqarish muammosini xal qilish bo’lib qoldi. Ana shunday mutaxassislar yetishtirishda radioelektron apparatlarni kompyuterli loyihalash va modellashtirish asoslari kursi muhim o’rinni egallaydi. Loyihalash jarayonida zamonaviy ALSlardan foydalana olish, loyihalashga ketadigan loyihalashning vaqti sarf xarajatlarni tejash, sifatli, loyiha yaratnsh imkoniyatini beradi. Xozirda loyihalashni avtomatlashtiruvchi bir qancha ALSlardan foydalanilmoqda. Xozirga kelib zamonaviy ALSlar yaratilishi bilan loyihalash jarayonining ko’p qismi avtomatlashtirilgan rejimda, yani paketlar rejimida amalga oshirilmoqda. Download 198.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling