Radioelektron apparatlarni loyihalashni avtomatlashtirish
ALSlar haqida umumiy malumotlar
Download 198.44 Kb.
|
1 2
Bog'liqElektron 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar Radioelektron vositalarning bajaradigan funksiyalariga nimalar kiradi
ALSlar haqida umumiy malumotlar. Loyihalash jarayonini avtomatlashtirish asosan ALSlar yordamida amalga oshiriladi.
ALSlar bu loyihalash ishlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan, loyihalash tashkilotlari bilan o’zaro bog’liqdagi loyihalash vositalari kompleksidan iborat. ALSlarda, loyihalash ishlarini amalga oshirishda blokli-iyerarxik loyihalash metodlari saklanib koladi. ALTlarni rivojlantirish bosqichlarida loyihalashni bir qancha bosqichlarga bo’lish mumkin: 1. EHMlarning dastlabki yaratilish davridagi injenerlik masalalarini xal qilish bosqichi; 2. EHMlar imkoniyatiga qarab, natijalarni hosil qilishda optimallikka, universallikka, aniqlikka erishish uchun yangi metod va algoritmlar yaratish bosqichi; 3. Rivojlangan ALSlarni, yani sistemali darajada loyihalash imkoniyatiga ega bo’lgan ALS lar yaratish bosqichlari. Xozirgi davrda yaratilayotgan ALSlar quyidagi asosiy konsepsiyalarni qanoatlantirishi kerak: 1. Loyihalash jarayonida, kompyuter ilan loyihalovchi o’rtasida bog’liqlik bo’lishini taminlash; 2. Loyihalashni bosqichma-bosqich, iyerarxik dekompozisiyalash asosida olib borilishi taminlash; 3, ALSlarni axborotli kelishilgan qism sistemalari (QS) ko’rinishida tasvirlanishini taminlash. Axborotli kelishilganlik deb, loyihalash yo’nalishi davomida bajariladigan loyihalash jarayonlari, axborotli kelishilgan dasturlar asosida bajarilishiga aytiladi. Agar bitta dasturning natijasi ikkinchi dasturning berilgani bo’lib hisoblansa, bunday dasturlar axborotli-kelishilgan dasturlar deyiladi; 4. ALSlar ochiq; sistemalar ko’rin ishida yaratilishi kerak, yani kerak bo’lgan taqdirda yangi metodlarni kiritish, rivojlantirish mumkin bo’lsin; 5. ALSlar obektga moslashtirilgan va umumlashtirilgan modullardan maksimal foydalanish mumkin bo’lgan sistema bo’lishi kerak. Umumlashtirilgan modullar bu bir xil umumiy belgilarga ega bo’lgan, analiz va sintez qilishda bir xil ishlar bajarshi mumkin bo’lgan, xar xil texnik obektlardir. Bu konsepsiyalar ALSlarni. tashkil qilishda foydalanilgan aniq tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Bu tamoyillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Qo’lda bajariladigan avtomatlashtirilgan va avtomatik loyihalash ishlarini birlashtirish; 2. Sistemani qismlarini alohida-alohidaligi va ularning dasturiy taminotining iyerarxik darajalarga bo’linishi; 3. Sistemali interaktivligi; 4. Sistemani foydalanuvdi bilan; o’zaro aloqasini, qisqa vaqt davomida amalga oshirish; 5. ALSlardan foydalanishni osonlashtirish yani sistemada muloqotli rejmni amalga oshirish; 6. Kirish-chiqishdagi axborotlarni nazorat qila olish; 7. Baza elementlari parametrlarini o’zgartirib borish mumkinligi; 8. Sistemada o’rin almashtirish mumkinliga (loyihalash bosqichlarini bazilarini dastur yordamida boshqarish); 9. Loyihaga avtomatik o’zgartirish kiritsh mumkinligi; 10.Loyihalovchi talabiga muvofik kerakli axborotni bera olishi; 11.Berilgan axborotlarni ko’rsatish uchun turli tip vositalaridan foydalanish imkoniyati. ALSlarning rivojlanishi asosan fan-texnikaning mustahkam bazasiga bog’likdir. Bu bazani yaratish esa hozirda hisoblash texnikasining zamonaviy vositalari (mini-mikroEHM, shaxsiy kompyuter, kuvvatli hisoblash sistemalari, hisoblash tarmoqlari), suniy intellekt tamoyillarga asoslangan axborotni hayta ishlash va tasvirlashning yagona usullari, injenerlik va optimallashtirish masalalarini yechishning yangi sonli usullarini yaratishdan iboratdir. ALSlar fanning yangi fundamental yutuqlari asosida loyihalash metodologiyasini rivojlantirish va ishlatish, murakkab sistema va obektlarni loyihalashda matematik nazariyalarni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. ALSlarni yaratish murakkab kompleksli muammo bo’lib, sistemani yaratish jarayonida loyihalash bosqichlarini hammasini yagona metodologiya bilan taminlash zarurdir. ALS sistemalari 60 - yillardan boshlab yaratila boshlandi. Murakkab tizimlar va ularning elementlar bazasini loyihalash uchun dastur vositalarini birlashtirib, yangilarini yaratib, ALSlar uchun dasturiy metodik komplekslar yaratildi. 70 - yillarning o’rtalariga kelib bunday komplekslar ko’plab yaratila boshlandi va ular avtomatlashtirilgan ish joylari deb atala boshlandi. 80 - yillarini boshlariga kelib katta integral sxemalarning(KIS) avtomatlashtirilgan holda loyihalashga mo’ljallangan ko’p darajali ALSlar yaratilib ishga tushirildi. Dasturiy-apparatli vositalarning yaratilishi avtomatlashtirilgan loyihalashga asos buldi. Shu davrga kelib murakkab yeistemalarning matematik modellarini avtomatlashtirilgan holda yaratish imkoniyati, katta integral sxemalar va bosma platalarni topologiyasini loyihalash jarayonini algoritmlashtirish metodlarini yaratilishi muhim yutuklardan biri bo’ldi. Xozirgi davrda ALSlarning intellektualligini oshirishda muhim izlanishlar olib borilmoqda. Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Download 198.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling