Rahimova Dilfuzaxon Alisherovna


Download 336 Kb.
bet13/15
Sana02.04.2023
Hajmi336 Kb.
#1320994
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
boshlangich sinflarda ketma-ket kelgan undoshlar ustida ishlash

Ot so’z turkumi asosida
Onalar qo’shig’i (alla)
Sariq so’zining do’sti (malla)
Don so’zining do’sti (g’alla)
Torozining bir tomoni (palla)
Matеmatik amallar jadvali (karra)
Otalarimizning opasi va singlisi (amma)
Barcha so’zining do’sti (hamma)
Ikkita dars o’rtasidagi dam olish vaqti (tanaffus)
Chiroyli va samimiy kulgu (tabassum)
Kеksalarning yordamchisi (hassa)
Yordam so’zining do’sti (hissa)
Hikoyaning akasi (qissa)
Qo’y yog’ining “dumbasi” (jizza)


Sifat so’z turkumi asosida
Kichikning tеskarisi (katta)
Yumshoqning tеskarisi (qattiq)


Son so’z turkumi asosida
Bir”ga ” ta” ni qo’shing-chi (bitta)
Bitta birdan keyin-chi (ikki)
Bir karra to’rt qo’shuv to’rtt (sakkiz)
Ikki, ikki, bir, ikki (yetti)
Yetti qo’shamiz ikki (to’qqiz)

Uyga vazifa sifatida oila a’zolaridan shunday so’zlarga 10 tadan so’z topib (darslikda keltirilmagan so’zlar bo’lishi kerak hamda har bir so’z izohlangan bo’lishi kerak!) kelish topshiriladi. Masalan, jichcha (juda ozjina), chillak (o’yin nomi), chilla (qishning 40 kunlik eng sovuq payti), yalla ( xalq qo’shig’i), darrov (tez), ayyom (davr, kun. Masalan, hayit yoki bayram kuni).




6-§. 4-sinfda qo’sh undoshli so’zlar, qator undoshli so’zlar va ularning imlosi ustida ishlash

Har bir sinfda fonetik tushunchalar ustida ishlashning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari bo’lib, bu maqsad va vazifalar o’quvchilarning yosh xususiyatlari, bilim darajasiga qarab belgilanadi, takrorlanadi, bir-birini to’ldiradi, murakkablashib boradi.


4-sinfda bir xil qo’sh undoshli so’zlar va ularning imlosi; so’z oxirida qator kelgan undoshli so’zlar va ularning imlosi ustida ishlashda Davlat ta’lim standartlari1 o’quv dasturi “Ona tili” bo’limidagi talablar asosida ish olib boriladi. Bu sinfda “Tovushlar va harflar” bo’limiga 10 soat ajratilgan bo’lib, o’quvchilarga quyidagi tusunchalar singdirib boriladi:
“Unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi; talaffuzi va yozilishi farq qiladigan unli tovushli so’zlarning talaffuzi va imlosi; jarangli va jarangsiz undoshlarning talaffuzi va imlosi; bir xil qo’sh undoshli so’zlar va ularning imlosi; so’z oxirida qator kelgan undoshli so’zlar va ularning imlosi, x-h tovushli so’zlar va ularning imlosi, tutuq belgili so’zlarning talaffuzi va imlosi, tutuq belgisining so’z ma’nolarini farqlashi.
Bo’g’in. so’zlarni bo’g’inlarga bo’lish; unli tovushlarning bo’g’in hosil qilishi; so’zlarni bir satrdan ikkinchi satrga bo’g’inlab ko’chirish; so’zlarni bo’g’in, tovush va harf jihatdan tahlil qilish.
Alifbo. So’zlarni alifbo tartibida qayta tuzish. Alifboning ahamiyati.”
4-sinfda qo’sh undoshli so’zlar, qator undoshli so’zlar va ularning imlosi ustida ishlash jarayonida yuqorida keltirilgan vazifalarga tayanib ish olib boriladi. Masalan, qo’sh undoshli so’zlar, qator undoshli so’zlarni bo’g’inlarga to’g’ri bo’lib yozishning o’zi ham alohida fonetik-orfografik vazifa hisoblanib, bu vazifa mavzularning o’zaro bog’liqligini ko’rsatadi.
Quyida talaffuzda tushib qoladigan undosh tovushlar imlosi bo’yicha orfografik mashqlar tasnifi berilgan bo’lib, mana shu tasnif asosida fikrlar, tahlillar keltirilgan.






Download 336 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling