Рахманов Лалми ?ат бу? экиш муд doc


Bug’doyning  kasalliklari  va  zararkunandalari  hamda  ularga  qarshi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/37
Sana08.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#252597
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
lalmikorlikda qattiq bugdoy navlari don hosili va sifatiga ekish

Bug’doyning  kasalliklari  va  zararkunandalari  hamda  ularga  qarshi 

kurash  chora-tadbirlari.  Bug’doyzorlarda  turli  kasalliklar  va  zararkunandalar 

bug’doy  don  hosilini  va  don  sifatini  sezilarli  darajada  kamaytiradi

Bug’doyzorlarni  kasalliklar  va  zararkunandalar  bilan  zararlanishiga  almashlab 



ekishlarning  o’zlashtirilishi,  yetishtirish  texnologiyasi,  navlarning  kasalliklar, 

zararkunandalarga  chidamliligi,  o’simliklarni  himoya  qilishda  qo’llanilgan 

chora-tadbirlar majmuasiga bog’liq. 

Respublikamiz  sharoitida  bug’doydan  un  shudring,  chang  qorakuya,  qattiq 

qorakuya,  poya  qorakuyasi,  qo’ng’ir  zang,  sariq  zang,  poya  zang  kasalliklari 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



38 

 

o’chraydi,  qarshi  kurashilmaganda  bu  kasalliklar  tufayli  umuman  olganda  70  % 



hosil yo’qotilishi mumkin. 

Bug’doy  kasalliklariga  kurash  choralari:  Kasallik  tarqalishiga  asos 

bo’ladigan  bug’doy  qoldiqlari  yo’qotish,  almashlab  ekish;  yerni  chuqur 

shudgorlash; begona o’tlarga qarshi kurash; bahori va kuzgi g’alla ekinlarni yaqin 

joylamaslik; agrotexnika qoidalariga rioya qilish; kasalliklarga chidamli navlari va 

turini  ekish  (Lalmikor  yerlarda  qattiq  bug’doy    yumshoq  budoyga  nisbatan 

zamburug’li  kasalliklarga  chidamli  bo’ladi  shu  sababli  imkoni  boricha  xo’jaliklar 

qattiq  bug’doy  navlarini  ekkani  maqul);    Qorkuya  kasalliklariga  qarshi  urug’lar 

quyidagi preparatlar bilan dorilanishi lozim: Vitavaks -200FF,-2,0-2,5 l/t, Divident-

2,0  l/t,  Baraka-0,4 kg/t,    Bug’doydor-2,5  l/t, Raksil-1,5kg/t. Un shudring  va zang 

kasalliklarga qarshi Bayleton 25% n.kuk.-1,0 ga/kg; Alto-Super 33% em.k.-0,3ga/l; 

Folikur-BT  22,5%  k.e-0,3-0,5ga/l;  Impakt  25%  s.k.-0,5ga/l;  Titul  390  KKR-0,3 

ga/l;  Kolosal  KE -0,3ga/l  meyorlarda   o’suv davrida  ishlov  berish  tavsiya etiladi. 

Bu preparatlar 25-30 kun davomida tasir ko’rsatadi.  

Lalmikor mintaqalarda  bug’doyga kravchik (xumkalla, keskir) qo’ng’izlari, 

qarsildoq qo’ng’izlar (simqo’rtlar),  qoratanli qo’ng’izlar (soxta simqo’rtlar), zararli 

xasva,  shilimshiqqo’rt,  tunlamlar,  bug’doy  tripsi,  g’allagullilar  bitlari  (shiralar) 

keng tarqalgan va zararkunanda sifatida jiddiy xavf tug’diradi.. Ayrim mintaqalarda 

bug’doyzorlarga kemiruvchilar ham zarar yetkazadi.  

Bug’doy  ekilgan  maydonlar  lalmikor  mintaqaning  tekislik,  qir-adirlik 

mintaqalarida  uchraydigan  bazi  zararli  hashoratlar,  ayniqsa  qoratanli  qo’ng’izlar 

(soxta simqo’rtlar) va kravchik (xumkalla, keskir) qo’ng’izlaridan ko’p zararlanadi.  


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling