Рахманов Лалми ?ат бу? экиш муд doc
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
lalmikorlikda qattiq bugdoy navlari don hosili va sifatiga ekish
6. Lalmikorlikda kuzgi bug’doy ekish uchun optimal muddat Kattaqo’rg’onda-dekabr, Qarshida-noyabr, Qamashi va
Chiroqchida- oktyabrning ikkinchi yarmi, G’allaorolda-oktyabr, Baxmalda- sentyabr, oktyabr oylari hisoblanadi. Optimal muddatlardan erta yoki kech ekilganda kuzgi bug’doy hosili kamayadi. 7. Lalmikor mintaqalarida yetishtirilgan qattiq bug’doyning don sifati sug’oriladigan yerlarda yetishtiriladigan navlar don sifatiga qaraganda bir muncha yuqori bo’ladi 8. O’zbekistonning janubiy mintaqasi lalmikor yerlarida qattiq bug’doy yetishtirish foydali va keng avj oldirishga sazovor ish bo’lar edi. Birinchidan, O’zbekiston lalmikor yerlar hisobiga o’zining makaron sanoati talablarini qondiradigan darajada qattiq bug’doy yetishtirish imkoniyatiga ega bo’ladi, ikkinchidan janubiy mintaqada qattiq bug’doydan yuqori hosil olish uchun qulay (qishning yumshoqligi, tuproqning mexanik tarkibi birmuncha yengilligi va yerlarning unumdorligi) sharoit mavjud, uchinchidan qattiq bug’doy yumshoq bug’doyga nisbatan zang kasalligiga chidamli, binobarin bu ofat keng tarqalgan yillari yumshoq bug’doy ko’chati ko’plab nobud bo’lgan hollarda ham qattiq bug’doy barqaror hosil beradi, to’rtinchidan yoz haddan tashqari issiq kelgan yillari qattiq bug’doy yuqori haroratga yaxshi bardosh beradi. Demak, hatto garmsel urish xavfidan xoli, beshinchidan qattiq bug’doyni davlat sotib olish narxlari yuqoriligi hisobiga fermer xo’jaliklari lalmikorlikda rentabelligini oshirish imkonini beradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
ma'muriyatiga murojaat qiling