Рахманов Лалми ?ат бу? экиш муд doc
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
lalmikorlikda qattiq bugdoy navlari don hosili va sifatiga ekish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Xulosa va takliflar
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
70
1. Xalq xo’jaligida qattiq bug’doy juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Qattiq bug’doy doni bir qator texnologik xususiyatlarga ega bo’lib, uning unidan tayyorlangan mahsulotlar to’yimli va juda hushbuydir, undan yuqori sifatli yorma, makaron, vermishel va bir qancha qandolat (pechenye, tortlar, pryanik va boshqalar) mahsulotlarini ishlab chiqarishda tengsiz xomashyo hisoblanadi. 2. O’zbekistonning tabiiy-iqlim sharoiti lalmikor mintaqalarda qattiq bug’doy o’stirishga juda qo’laydir. Respublikamizning lalmikor maydonlarida ekish uchun qattiq bug’doyning bir necha navlari yaratilgan bo’lishiga qaramay bu navlarning ekin maydonlari juda kam va respublikamizda rivojlanib borayotgan makaron-konditer sanoatining qattiq bug’doy doniga bo’lgan talabini qondira olmaydi. 3. O’zbekistonning lalmikor mintaqalarida ekish uchun qattiq bug’doyning Lekurum-3, Marvarid va Javohir navlari Davlat reyestriga kritilgan bu navlardan Javohir navi yangi nav bo’lib uni yetishtirish texnologiyasi bo’yicha tadqiqotlar olib borish va ishlab chiqarishga tavsiyalar berishni taqoza etadi. Bu navlar yumshoq bug’doy navlariga nisbatan issiqqa, qurg’oqchilikka, qorakuya va zang kasalliklariga chidamli bo’lib, donlari pishganda to’kilib ketmaydi, lalmikor sharoitda barqaror va sifatli hosil beradi. 4. Kuzgi bug’doyning optimal ekish muddati lalmikor mintaqalarning geografik joylashishiga, kuzgi ob-havo sharoitiga, bog’liq. Tekislik lalmikor mintaqada bug’doy urug’larini ekishning maqbul muddati oktyabr oyining so’nggi o’n kunligi hisoblanadi. Qir-adirlik mintaqasida kuzgi bug’doyni ekishni oktyabr oyining ikkinchi o’n kunligida o’tkazish kerak. Tog’ oldi mintaqasida kuzgi bug’doy ekish muddati oktyabr oyining birinchi o’n kunligi hisoblanadi. Nam bilan ta’minlangan tog’li mintaqada kuzgi bug’doyni ekish uchun qulay muddat sentyabrning oxiri va oktyabrning boshlari hisoblanadi. 5. O’zbekistonning janubiy qismida qattiq bug’doy oktyabr, noyabr, dekabr oylarida ekiladi, maysalar qish davrida hosil bo’ladi. Kuz quruq kelgan yillari PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 71
bug’doyni kechroq ekishga to’g’i keladi. Bunday hollarda 10-15 % maydonda qishda va ko’klamda ekish kerak (janubiy regionlar bundan mustasno). Aksincha yil seryog’in va iliq kelganda qattiq bug’doyni erta ekish maqsadga muvofiq. Lalmikorlikda qattiq bug’doy optimal muddatlarda ekilganda maysalar kuzda yoki qishda undirib olinadi hamda mo’l va sifatli don hosili yetishtirishni to’liq ta’minlaydi.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling