Rahmatova s fpk
Download 22.41 Kb. Pdf ko'rish
|
Rahmatova S FPK 20231117 094427 0000
MAVZU: APELLYATSIYA INSTANSIYASI SUDIDA ISH YURITISH Bajardi: Rahmatova S Reja: 1.Apellyatsiya tartibida ish yuritish tushunchasi 2. Apellyatsiya tartibida shikoyat berish huquqi 3. Apellystsiya shikoyatini sudda kòrish tartibi Fuqarolik ishini apellyasiya tartibida qayta ko‘rish sud protsessi ishtirokchilarining sud hujjatini qonuniyligi, asosligi va adolatliligini tekshirish huquqini ta'minlovchi muhim institutlardan biri hisoblanadi. Apellyasiya (lotincha “appelatio” - “shikoyat”, “murojaat”) - bu birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan qarorlarini mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqish uchun yuborish shakllaridan biridir. Sud qarorlariga nisbatan shikoyat (protest) keltirishning birinchi bosqichi apellyasiya shikoyati (protesti) berish bo‘lib, sud tomonidan qaror chiqarilgan kundan e'tiboran yigirma kun ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar hal qiluv qarori ustidan apellyasiya tartibida shikoyat qilishi, prokuror protest keltirishi mumkin. Apellyasiya tartibida shikoyat (protest) berish huquqi va uni amalga oshirish tartibi SHuningdek, taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan apellyasiya instansiyasi sudiga xususiy shikoyat berishga, prokuror xususiy protest keltirishi mumkin. Apellyasiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi fmumkin (FPKning 386- moddasi). SHu o‘rinda, apellyasiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat; apellyasiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan takdirda – uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat. Apellyasiya shikoyati (protesti) apellyasiya instansiyasi sudi nomiga yozma yoki elektron shaklda yo‘llanadi, biroq, hal qiluv qarorini, ajrimni chiqargan sudga beriladi. Apellyasiya shikoyati (protesti) sudda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib ravishda ko‘chirma nusxalari bilan birga takdim etiladi. Bu qoida elektron hujjat tarzida yuboriladigan apellyasiya shikoyati (protesti)ga tegishli emas. apellyasiya shikoyati berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori qonuniy, adolatli va asosli ekanligini tekshirish maqsadida apellyasiya sudiga yozma shaklda murojaat qilishning qonun bilan belgilab qo‘yilgan shaklidir. Apellyatsiya shikoyati apellyasiya shikoyati berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning buzilgan qonuniy manfaati va huquqlarini himoya qilish maqsadida birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori qonuniy, adolatli va asosli ekanligini tekshirish uchun prokurorlaring o‘z vakolatlari doirasida apellyasiya instansiyasi sudiga yuborgan talabidir. Apellyasiya protesti Ishni apellyasiya instansiyasida o‘z vaqtida ko‘rilishi uchun fuqarolik protsessual qonunchiligida muayyan muddatlar belgilangan. FPKning 395- moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekistan Respublikasi Harbiy sudi apellyasiya shikoyati (protesti) bo‘yicha tushgan ishni u kelib tushgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay ko‘rishi kerak. Ish o‘ta murakkab bo‘lgan yoki boshqa alohida hollarda tegishli sudning raisi bu muddatni ko‘pi bilan yana o‘n kunga uzaytirishi mumkin. Apellyasiya shikoyatini (protestini)sudda ko‘rish tartibi Foydalanilgan adabiyotlar 1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2. Fuqorolik protsessual kodeksi 3. Fuqorolik protsessual huquqi (darslik 2021) 4. Lex.uz 5. arxiv.uz E'tiboringiz uchun tashakkur! Download 22.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling