Muommoning o‘rganilganlik darajasi. Bu mavzu turkman va o‘zbek
adabiyotshunosligida qisman tadqiq etilgan. Maqolalar yozilgani ma’lum. Ayniqsa,
turkman folklorshunosligida bu yo‘nalishda ko‘proq ilmiy ishlar yozilgan.
Jumladan, filologiya fanlari nomzodi K.Burjakovaning shu mavzuga doir ilmiy
maqolalari mavjud. Hatto olim K.Burjokova shu mavzuda nomzodlik
dissertotsiyasini ham himoya qilgani ma’lum. Bu mavzuga murojaat etgan olimlar
o‘zbek adabiyotshunosligida ham bor. Masalan, professor K.Qurаmboyev
o‘zining „O‘zbek-turkman adabiy aloqalari“ , „Ko‘ngil birmish so‘zimga“ nomli
monogrofiyalaridan Alisher Navoiy obrozining turkman folklorida yaratilishi
haqida bazi fikrlarni o‘rtaga tashlaydi. Shuningdek, professor N.Ahmedovning
„Tarixiy shaxs talqini“ kitobida ham bu mavzuga doir fikrlar, talqinlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |