Rajabova Dildora 202 Mt 1-topshiriq


Download 20.12 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi20.12 Kb.
#257825
Bog'liq
m. pedagogika 2


Rajabova Dildora 202 Mt

1-topshiriq

Suhbat metodiga izoh bering?

Maktabgacha ta’lim tizimida bolalar psixologiyasini o’rganishda turli hil metodlardan foydalaniladi. Shulardan biri suhbat metodidir.Suhbat aniqlanishi kerak bo‘lgan masalalrni oydinlashtirib olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida o‘tkaziladi. Suhbat yakka tartibda, hamda jamoa tarzida bo‘lishi mumkin. Suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqyea xodisalari to‘g‘risidagi qiziqishlarini, tasavvurlarini aniqlab olishga yordam beradi. Suhbat yoshlar bilan ham, katta yoshdagi kishilar bilan ham o‘tkaziladi. Ilmiy maqsadda olib boriladigan suhbatning aniq maqsadi, vazifasi, shakli va ularni o‘tkazish metodikasi mavjud. Suhbat metodining indvidual, guruhli va jamoa turlari mavjud. Tadqiqotchi suhbat olib borishni va uni kerakli maqsadli tomonga yo‘naltira olishi g‘oyat muhimdir.

suhbat savollarini oldindan belgilash;

vaqti va joyini belgilash;

suhbat ishtirokchilarini belgilash (soni, miqdori);

qulay sharoit yaratib ochiq suhbatlashish;

suhbatdoshga o‘z fikrini aytishga imkon berish;

sergak va bachkana bo‘lmaslik;

suhbatdosh haqida biografik ma’lumotga ega bo‘lish;

olingan materialni o‘z vaqtida ishlab chiqish va qo‘shimchalar qilish.

suhbatdan ilmiy xulosa chiqarish.

2-topshiriq.

Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlariga qisqacha tushuncha bering.

Bolalar psixologik qobilyatlari va qiziqishlarini o’rganishda ko’plab metodlardan foydalaniladi. Shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur.

Bu shartlar quyidagicha:

muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;

ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi;

vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi;

tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob’ektiv yondashuv;

tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi;

tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini aytib o‘tish;

tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.


Pedogogik metodlardan samarali foydalanish bolalar ruhiyatini chuqurroq o’rganishimiz va muammolarni hal qilishimizga yordam beradi.

3-topshiriq

Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing

1. Shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Bu qaysi metodga hos?

A)Ekisperiment

B) suxbat

C)pedogogik tahlil

D)Test.


Metod so’zi qaysi tildan olingan?

A)Yunoncha

B)Arabcha

C)Forizcha

D)to’g’ri javob yo’q

2. I.Y.Lerner va M.N.Skatkin о‘qitish metodlarini nechiga ajratgan?

A)5

B)3


C)7

D)2


3. Tadqiqot metodlari nechta talab qo’yiladi

A)6


B)3

C)7


D)2

4. Pedagogik tadqiqotlarni olib borishda nechta metodlardan foydalaniladi?

A)10

B)3


C)7

D)2


5.suhbat metodida nechta qoidaga rioya qilishi kerka?

A)9


B)3

C)7


D)2

6. Bu so‘z lotincha sinab, tekshirib ko‘rish, ilmiy maqsadga qaratilgan tajriba ma’nosini anglatadi. Ta’lim-tarbiya ishlarida qo‘llaniladigan biror shakl, metod va vositaning foydaliligini aniqlash va tekshirish uchun o‘quv yurtlarida o‘tkaziladi.Bu qaysi metodga hos?

A)Ekisperiment

B) suxbat

C)pedogogik tahlil

D)test


7. Metod so’zi qaysi tildan olingan?

A)Yunoncha

B)Arabcha

C)Forizcha

D)to’g’ri javob yo’q

8. Ilmiy maqsadda olib boriladigan suhbatning aniq maqsadi, vazifasi, shakli va ularni o‘tkazish metodikasi mavjud. Suhbat metodining indvidual, guruhli va jamoa turlari mavjud. Tadqiqotchi suhbat olib borishni va uni kerakli maqsadli tomonga yo‘naltira olishi g‘oyat muhimdir. Bu qaysi metodga hos?

A)Ekisperiment

B) suxbat

C)pedogogik tahlil

D)Test.


9.Pedogogikaning asosi tusunchlari nima?

A)Tarbiya

B)Talim

C)Malumot

D) Hamma javoblar to’g’ri

10) Ma'lum bir pedagogik xodisani biror maqsadni ko‘zlab muntazam ravishda o‘rganish, ta'lim-tarbiya jarayonining turli sharoitlarida uning rivojlanishi va o‘zgarishini kuzatib borishdir. Kuzatishdan asosiy maqsad faktlar to‘plash, uning muhim tomonlarini ajratib borishdir. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi. Bu qaysi metodga hos?

A) Ekisperiment

B ) suxbat



C) pedogogik tahlil

D)Kuzatish
Download 20.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling