Rajabova Ruxshonaning " oksid. Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi"
Download 1.13 Mb.
|
1 2
Bog'liqOksidlar dars ishlanma
Anorganik moddalar
7. Yangi mavzu bayoni : 20 minut Biz kundalik hayotda oksidlardan foydalanamizmi? O’quvchilar javob va fikrlari tinglanadi. Javob va fikrlar o’qituvchi tomonidan uyg’unlashtiriladi. Yangi mavzu o’quvchilarga tushuntirib beriladi. Oksidlar deb biri kislorod bo’lgan , ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi. Oksidlar binary birikmalardir. Oksidlarning umumiy formulasi: E2On . Oksidlarda kislorod atomi o’zaro bog’lanmaydi, balki boshqa element atomlari bilan bog’langan holda bo’ladi. Oksidlarning empirik va grafik formulalari quyidagi tarzda ifodalanadi. MgO CO2 O=C=O Nomlanishi . Doimiy valentlikka ega element oksidning nomi “ element nomi + oksid” shaklda yasaladi: magniy oksid, alyuminiy oksidi. Agar element valentligi o’zgaruvchan bo’lsa, bir necha xil oksidlar hosil qilsa, element nomidan so’ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko’rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo’yiladi hamda oksid so’zi yoziladi. “ element nomi+ ( valentlik rim raqamida)+ [chiziqcha]+ oksid” : CO2 uglerod IV-oksidi Element nomiga kislorod sonining grekcha sonlarda ifodalanishini qo’shib ham oksidlarni nomlash mumkin: CO2 uglerod dioksid, SO3 oltingugurt trioksid. Oksidlarni nomlashda tabiatda uchrashi yoki turmushda qo’llanilishi va tarixiy nomlardan ham foydalaniladi: so’ndirilgan ohak CaO , qum SiO2, suv H2O. 8. Mavzuni mustahkamlash: 5 minut Mustahkamlash uchun “Konvert” usulidan foydalaniladi. Har bir guruhga savol konvertlarga alohida solinadi? Birinchi guruhga
Ikkinchi guruhga
Guruhlardan konvertlar olinib savollarning javoblari o’qib beriladi 9. Darsni yakunlash va uyga vazifa: 5minut Guruh ballari xissoblab chiqiladi. Birinchi o’rinni olgan guruh rag’batlantiriladi. Guruhlardagi o’quvchilar qatnashishiga qarab baholanadilar. Yangi mavzuni o’qib kelish Temirning oksidi tarkibida 72.2% temir va 27.8% kislorod bor shu oksidning formulasini va nomini toping? Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling