Ramaning vazifasi tuzilishi va turlari ramaga texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash
Download 0.55 Mb.
|
RAMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish NAZARIY QISIM
RAMAning vazifasi tuzilishi va turlari ramaga texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash Reja. kirish Nazariy qism 1. Avtomobil ramalarining vazifasi. 2. Lonjeronli ramalar. 3. Yengil avtomobillarning kuzovi. 4. Oldingi va orqa ko’priklar. Jixozlash qismi Mexnat muxofazasi Xulosa Foydalanilgan Adabiyotlar Kirish NAZARIY QISIM Rama. U yuk avtomobillarining asosiy ko'tarib turuvchi (tayanchi) elementidir. Unga dvigatel, shassi agregatlari, avtomobil kabinasi va kuzovi o’rnatiladi hamda mahkamlanadi. Rama avtomobil massasidan yuklanishlarni, shuningdek, harakatlanishda yuzaga kelgan yuklanishlarni o'ziga qabul qiladi. Konstruktiv jihatdan ramalar lonjeronli va umurtqali bo'lishi mumkin. Lonjeronli ramalar, ko'ndalang to'sinlar bilan biriktirilgan ikkita bo'ylama to'sindan (lonjerondan) tashkil topgan. Umurtqali ramalar esa ko'ndalang to'sinlari bo'lgan bilta bo'ylama to'sindan iborat. Yuk avtoinnhillarida lonjeronli ramalar ko'p tarqalgandir (94-chizma). Bunday rama ikkita lonjeronga (2) va beshta ko'ndalang to'singa (1) ega. Lonjeronlar shakli o'zgaruvchan shveller ko'rinishida bo'lib, po'latni shtamplash yo'li bilan tayyorlanadi. Eng katta balandlik ramaning o’rtasiga to'g'ri keladi. Ko'ndalang to'sinlar ham turli agregatlarni (dvigatel, uzatmalar qutisi va h.k.) o'rnatish uchun moslama shaklida shtamplanadi. Lonjeronlar va ko'ndalang to'sinlarga avtomobil qismlarini yoki mos agregatlarni mahkamlash uchun zarur bo'lgan turlicha kronshteynlar (3) payvandlanadi yoki parchin mix bilan biriktiriladi. Lonjeronlar va to'sinlar o'zaro payvandlash yo'li bilan birikliriladi. Yengil avtomobillarda rama vazifasini kuzov bajaradi. Kuzov karkasi tashqi qoplama panellar bilan kuchaytinlib, payvandlangan bikr konstruksiyadir. Kuzovning umumiy bikrhligiga kuchaytiruvchi armaturasi turlicha yupqa devorli shaklda ishlangan po'latli qoplama panellanib mos ravishda biriktirish orqali erishiladi, Kuzov korpusining dvigatel mahkamlanadigan joyiga asos bilan biriktiriladigan kalta rama payvandlanadi. Kuzov poli qalinroq bo'lgan metall varaqlardan (listlardan) tayyorlanadi va yon tomondan quti shaklidagi bo'sag'a (porog) bilan kuchayliriladi. Kuzovning qoplama panellari yupqa devorli metall varaqlardan shtamplanadi. Tutib turuvchi kuzov detallari ko'pincha payvandlash usuli bilan biriktiriladi. Yetaklovchi bo’magan oldingi ko'prik. Yuk avtomobillarining yetaklovchi bo'lmagan oldingi ko'prigi boshqariladigan oldingi g’ildiraklarni o'rnatish uchun xizmat qiladi. U avtomobilni yo'l bilan kontakti natijasida hosil bo'lgan bo'ylaina va yon kuchlarni g'ildirakdan osmalar orqali avtomobil ramasiga uzatadi. Oldingi ko'prik asosini ( 95-chizma) ikki uchida yuqoriga kerib egilgan bo'rtmasi bo'lgan qo'shtavrli to'sin (2) tashkil qiladi. To'sinning o'rta qismi pastga tomon egilgan bo'lib, dvigatelni ramadan pastroqqa joylashtirish imkonini beradi. Ko'prikning tepa sirtida osma ressorini mahkamlash uchun tayanch maydonchalar (3) mavjud. To'sin bo'rtmasiga shkvoren (4) qo'yilgan va bikr mahkamlangan, u buriluvchi sapfani o'rnatish uchun xizmat qiladi. Sapfa o'qiga podshipniklarda g'ildirak gupchagi mahkamlanadi, sapfaning o'zi esa buruvchi richag (5) yordamida shkvorenda burila oladi. Oldingi g'ildiraklari mustaqil osmaga ega bo'lgan orqa yuritmali yengil avtomobillarda oldingi ko'prik kalta to'sin ko'rinishida bo'lib, avtomobil kuzoviga mahkamlanadi. U bir paytning o'zida dvigatelni mahkamlash uchun ham xizmat qiladi. Yetaklovchi orqa ko'prik to'sini. G'ildirak formulasi 4x2 bo'lgan avtomobillarda, u tortish rejimida yetaklovchi g'ildiraklardan turtuvchi kuchlarni va tormozlashda tormozlanish kuchlarini osmalar orqali avtomobil kuzoviga yoki ramasiga uzatadi. Yetaklovchi ko'prik to'sini konstruksiyasiga qarab ajraladigan yoki ajralmaydigan bo'lishi mumkin. To'sin ichiga yetaklovchi ko'prik mexanizmlari joylashtiriladi, uchlariga esa podshipniklarda yetaklovchi g'ildiraklarning gupchaklari o'rnatiladi. Ko'prik to'sini old tomondan asosiy uzatma va differensial karterini mahkamlash uchun flanesga, orqa tomondan qopqoqqa ega. To'sinning tepa qismiga ressorlar mahkamlanadigan ikkita tayanch maydonchalar payvandlab qo'yilgan, Yuk avtomobilidagi oldingi yetaklovchi ko'prikning to'sini konstruktiv jihatdan orqa yetaklovchi ko'prik to'sinidan unchalik farq qilmaydi. Avtomobil shassisi aylantiruvchi lahzani dvigateldan yetaklovchi g’ildiraklarga uzatuvchi mexanizmlarni bir butun qilib birlashtiradi hamda dvigatel, kuzov, g’ildiraklar va ko’priklarni, osmalar va boshqarish tizimlarini joylashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shassi tarkibiga uch turkum mexanizmlar kiradi: transmissiya, yurish qismi va boshqarish mexanizmlari. Avtomobil transmissiyasi aylantiruvchi lahzani bir zumda o’zgartirgan holda dvigateldan yetaklovchi g’ildiraklarga uzatib beradi. G’ildirak formulasi 4x2 va orqa g'ildiraklari yetaklovchi bo’lgan ikki o’qli avtomobilning transmissiyasi ilashma, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, bosh uzatma, differensial va yarim o’qlardan iborat bo’ladi. Transmissiyaning sanab o’tilgan oxirgi uchta elementi konstruktiv jihatdan orqa ko’prik karteriga joylashgan bo’lib, alohida agregatni tashkil etadi. Avtomobilning yurish qismi arava ko’rinishida bo’lib, u o’zida ramani, oldingi ko’priklarni, osmalar va g’ildiraklarni mujassamlashtiradi. Rama yurish qismining barcha elementlarini mahkamlash uchun asos bo’ladi. Yengil avtomobillarda bu vazifani kuzovning o’zi bajaradi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling