Ranglar haqida umumiy tushuncha. Ranglaming birligi, jism


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#202888
1   2   3
Bog'liq
Vltdj4OhhML72UfSIzJxESE5rM45n9Xz

 

 

Rang va ranglar uyg`unligi  

Ba`zan biz buyumni ranglar bog`lami  sifatida,   keyin   esa   hajm     sifatida 

idrok etamiz. Rang va ranglar  uyg`unligi  juda  aktiv  bo`lishi,  shaningdek xolis

bo`lishi  kishini  hushyor  qilishi  yoki zaiflashtirishi ham mumkin.  

Har  bir  buyumning  hizmat  holatidan  va  inson  ruhiyatidan  kelib  chiqib  rang 

tanlanadi 

M: 

 

 



 

Atrof-olam,  koinotning  turli  mo’jizalari  va  tashqi  dunyoning  mukammal 

go‘zalligini o‘zida aks ettiruvchi ranglar tushunchasi kundalik hayotimizda ham 

huddi  ana  shunday  muhim  o‘rinni  egallaydi.  Uy  interyerida  o‘zaro  mutanosib 

ranglar  gammasidan  foydalangan  holda  har  bir  xona  uchun  takrorlanmas  va 

qulay  muhit  yaratish  imkoni  mavjud.  Interyerdagi  ranglar  xonadon  sohibu 

sohibalarining kun davomidagi kayfiyatiga ta’sir eta olishi ham ayni haqiqatdir. 



 

Qora 

O‘ta oddiy, shu bilan birga hashamdor qora rangni yotoqxona va mehmonxona 

interyeri uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ammo, uyingizdagi ish xonasi yoki 

kutubxona devori uchun qora rangdan a’losini topa olmaysiz. U diqqatingizni bir 

joyga  jamlab,  ortiqcha  detallardan  holi  ravishda  ishlashingiz  uchun  ko‘mak 

beradi. 


 

 

 



Oq 

Minimalizm  uslubidagi  uy  interyeri  uchun  oq  rang  mukammal  yechim  bo‘lishi 

tayin.  Bundan  tashqari,  mazkur  rang  kichikroq  xonalarni  katta  ko‘rsatishga 

xizmat qiladi va uyingizga musaffo ko‘rinish bag‘ishlaydi.  




 

 

Siyohrang 

Interyer  dizaynerlari  yotoqxona  uchun  mazkur  rangdan  keng  foydalanish 

mumkin  ekanligini  ta’kidlaydilar.  Uni  kulrang  tusli  uyjihozlari  bilan 

uyg‘unlashtirish yordamida esa yanada ajoyib ko‘rinish hosil qilish mumkin. 

 

 



Ko‘k 


Mazkur  rang  osmon  va  suv  timsoli bo‘lgani bois  uni  hammom  uchun qo‘llash 

maqsadga  muvofiq.  Och  tusdagi  moviy  rang  esa  yotoqxona  interyerida  qo‘l 

keladi.  

 

 



Yashil 

Tinchlantiruvchi  va  hordiq  chiqarishga  ko‘maklashuvchi  yashil  rangdan 

yotoqxona va mehmonxona interyerida foydalanishingiz mumkin.  

 

 




Jigarrang 

Erkaklar odatda o‘z ish xonalarini mazkur rangda jihozlashga harakat qiladilar. 

Jigarrang  tinch,  hashamdor  va  qulay  muhit  yaratishdagi  yetakchi  o‘rinlardan 

birini  egallaydi,  bu  esa  uni  aynan  ko‘p  vaqtini  ish  ustida  o‘tkazuvchi  insonlar 

xonasida namoyon bo‘lishiga imkon yaratadi.  

 

 



Qizil 

Quvvat  va  kuch  timsolini  o‘zida  aks  ettiruvchi  qizil  rang  bolalar  xonasi, 

mehmonxona va oshxona interyeri uchun ayni muddao.Ammo kuchli, to`q qizil 

rang aksini  tomonga ta`sir qilishi mumkin. 

 




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling