Ranglar haqida umumiy tushuncha. Ranglaming birligi, jism
AYLANTIRGICH YORDAMIDA RANGLARNI ARALASHTIRISH
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Vltdj4OhhML72UfSIzJxESE5rM45n9Xz
AYLANTIRGICH YORDAMIDA RANGLARNI ARALASHTIRISH
Aylantirgich doirasiga har xil ranglar nisbatida rangli qog‘oz yopishtirib aylantirs ak boshqacha ranglar paydo bo'lishini ko‘rish mumkin. Masalan,oq qismiga biroz qo rarangdagi qog'ozni yelimlab aylantirsak kulrang paydo bo‘ladi, kulrang tusi esa oq va qora rangli qog'ozning nisbatiga bog'liq bo'ladi. Shuningdek,rangli qog'oz parchalarini qo`yib bir qancha ranglar hosil qilish mumkin. Mexanik usulda aralashtirishdan farqli ravishda biz bir qancha toza, to'yingan, to'q, och ranglar hosil qilishimiz mumkin. Mexanik usulda aralashtirsak kontrast ranglar kulrang hosil qilishini kuzatish qiyinemas. Rassomlar ranglami ko`rib mexanik usulda aralashtirishdan keng foydalanadilar. Rangtasvir ishlashda esa palitradan foydalanib ranglarni aralashtiradilar va kerakli rangtus-hosil qilib tasviriy san`at asarini
yaratadilar. Shuningdek, pardozlovchilar(malyarlar)ham binolami bo‘yashda tegishli ranglarni ar alashtirib bo‘уash ishlarini olib boradilar. Masalan: bir chelak oq bo`yoqqa ozgina yashil va qora bo`yoq rangini aralashtirilsa oq rangdan o`zgacha jilovdagi rang hosil bo`ladi. Rang aralashtirish ko‘nikmasini hosil qilish uchun bir necha amaliy mashiq bajarish maqsadga muvofiq.M: qizil rangnioq, kulrang, qora bilan aralashtirib bir necha rang bo1lakchasini hosil qilib ko`raylik. Qizil rangdan qoragacha bo`lgan rang bo`lakchalarini aralashtirganimizda nihoyatda har xil tusdagi qizil to`yingan ranglar hosil bo`lganini aniqlaymiz. Bu mashqlar bo`lajak rassomlar uchun muhim ahamiyatga ega bo`lib, ko`zni rang- tuslarining nozik farqlarini sezishga o`rgatadi.Shuningdek, ish jarayonida samarali natijalarga erishishga,ko`p ranglarning tusini sezishga kata yordam beradi. Bu qobiliyat rassomlar uchun muhim ahamiyatga ega. BO`YOQLAR Bo`yoqlarni aralashtirishning optic va mexanik usullari mavjud. Optik usulni ko`rib chiqadigan bo`lsak, buning uchun qizil, sariq va ko`k rangli shisha bo`lakchasini olaylik. M:Sariq shisha oyna ustiga ko`k rangli shisha oyna bo`lakchasini qo`yib oq qog`ozga qarasak yoki yorug`lik otkazsak yashil rang paydo bo`lishini ko`rish mumkin. Bu holda rangli shisha oynalardan o`tayotgan nur ranglar aralashmasi asosida hosil bo`ladi.
Bir rangga ikkinchi rangni idishda yoki palitrada aralashtirib mexanik rang bo`yoq aralashmasi tayyorlaylik. Sariq bo`yoqqa ko`k rangli bo`yoqni aralashmasi tayyorlaylik. Sariq bo`yoqqa ko`k rangli bo`yoqni aralashtirsak ham yuqoridagidek yashil rang hosil bo`ladi. Bu yashil rang optic usulda aralashtirilganidan birmuncha farq qilishi mumkin. Shuningdek, rang aylanmasidagi boshqa ranglarni ham mexanik usulda aralashtirib ko`rishimiz mumkin. Sariq rang bo`yoqqa qizil rang bo`yoq aralashtirsak zarg`aldoq rang hosil bo`lishi aniq. Ammo bu ranglar nisbatiga bog`liq bo`lib, sariqqa yoki qizilga yaqin tusda bo`lishi mumkin.
Rang aylanasidagi asosiy uch rang sariq, qizil va ko`k rangdir. Ana shu rang asosida boshqa ranglarni hosil qilish mumkin. Uch rang oralig`dagi yashil, zarg`aldoq va binafsha ranglar esa uch asosiy rangdan ikkitasining teng miqdoridagi aralashmasidan hosil bo`ladi.
Ya`ni:
Qizil+sariq = zarg`aldoq Ko`k+sariq = yashil Ko`k+qizil = binafsha
Bu ranglar miqdorning o`zgarishi asosida boshqa tuslarini ham hosil qilish qiyin emas. Ana shu tartibda raqamni aralashtirishning mexanik usuli ko`p tarqalgan bo`lib, o`z qulayligi bilan katta ahamiyatga ega. Ikki asosiy raqamning har xil miqdorda aralashmasidan esa u yoki bu rangga yaqin asosiy rang hosil bo`ladi. M: qizilga kamroq sariq rang qo`shilsa toza zarg`aldoq emas qizil-zarg`aldoq rang hosil bo`lishi mumkin.
Shuningdek, sariq-zarg`aldoq; sariq-yashil; ko`k-yashil; ko`k-binafsha; binafsha- qizil; qizil zarg`aldoq ranglar hosil bo`ladi. Ikki rangning optic aralashmasi oq rangni hosil qilsa, mexanik usuldagi aralashmasi kulrangga yaqin.
Agar uch rang asosida topilgan ranglarni rang aralashmasiga tartib bo`yicha joylashtirib chiqsak, qo`shimcha ranglar rang aylanishining qarama-qarshi tomonlarida joylashgan bo`ladi. Bu ikki rang aralashmasidan ham to`yingan rangdagi qora yoki kulrang hosil bo`lib, bu ikki rang miqdorida bog`liq qo`shimcha rang miqdoriga bog`liq qo`shimcha ranglar yonma-yon joylashganda to`yinganligi kuchayadi.
Bu ranglarning oq yoki qora bo`yoq bilan aralashmasi ochroq yoki qoramtir bo`lib, rang jarangdorligi, to`yinganligi kamayadi. Ba`zi hollarda rangi ham o`zgaradi.
M: har xil tusdagi sariq rangga qora bo`yoq aralashmasidan yashilsimon rang tuslari hosil bo`lishini kuzatish mumkin. Ranglarni aralashtirishda qanday rang tekisligida rang quyilishida ham bog`lab fon rangi qo`yilayotgan rangga o`z ta`sirini o`tkazadi.
Ayniqsa uning akvarel bo`yog`I bilan ishlashda ahamiyati katta. Moybo`yoq bilan bajarilayotganda esa bo`yoqning suyuq yoki quyuq bo`lishiga bog`liq bo`lib,
rangbo`yoq
tagidagi yashil
rang surkalsa, ular aralashmasidan tayyorlangan albatta farq qiladi. Bu holatlarni rangtasvir ishlayotganda nazarda tutish kerak…
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling