Rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash alyuminiy va mis parchalari vachiqindilariningtasnifi va sinfi


Download 129.33 Kb.
bet4/6
Sana28.12.2022
Hajmi129.33 Kb.
#1017058
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Metallarresiklingi6-bob

Xom ashyo tarkibi, %

Xom ashyodagi miqdori, %

Mis

Latun

Bronza

Prokatishlabchiqarish

1,7 - shlak

4,8

-

-

Quyish va mis asosida qotishmalar ishlab chiqarish

2,8 - shlak

8,2

-

-

Kabelmahsulotlariniishlabchiqarish

8,0 - toko‘tkazuvchilarningqirqimlari

23,3

-

-

Prokat mahsulotlarga, metallarga ishlov berish

13,6 - deformatsiyalangan qotishmalarni qirqim va bo‘lak chiqindilari
17,7 -deformatsiyalanganqotishmalarningqirindilari

7,4
16,6



24,9
26,2



2,7
4,2



Shaklli quyishlar uchun metallarga ishlov berish

0,5 - quyma qotishmalari-ning bo‘lak chiqindilari
14,4 - quymaqotishmalariniqirindilari

-


0,5

0,3

8,6


1,5

45,0


Amortizatsiontemir-tersaklar

14,7 - quyma qotishmalarini yasashdan hosil bo‘lgan temir-tersaklar
17,4 - deformatsiyalangan qotishmalardan yasalgan buyumlarning chiqindilari
9,2 - kabel mahsulotlari-ning temir-tersaklari

0,5
12,2

26,6


11,3
28,7

-


41,6
5,0

-


Jami

100

100

100

100

Zararlangan mis xom ashyolaridan xomaki mis olinadi. Zararlangan mis xom ashyolariga shlaklar va quyish sexi chiqindilari (Cu - 15-38 %), kabel va o‘tkazuvchilarning chiqindilari kiradi.



Zararlangan mis xom ashyolari
Ikkilamchi xomaki mis olovli va elektr toki yordamida tozalanadi. Bundan tashqari qimmatbaho metallarning past navli temir-tersaklar ham shunday tozalanadi. Bularga quyidagilar kiradi:
1) tarkibida 5 foizdan kam kumush va 1 foizdan kam oltin bo‘lgan temir-tersak va ularni chiqindilari;
2) tilla va kumush suvi yuritilgan metalli detallar, ko‘p hollarda polimer materiallar bilan mustahkam bog‘langan detallar;
3) shisha - forfor idish siniqlari;
4) har xil tilla va kumush iplar bilan tikilgan kiyim qopiqlari;
5) qimmatbaho metallardan foydalanishga asoslangan texnologik jarayonlari mavjud korxona va birlashmalarning ishlab chiqarish xonalarini tozalash mahsulotlari va artish materiallari.
Davlat standartiga muvofiq hamma mis tarkibli xom ashyolar kimyoviy tarkibidan qattiy nazar uch guruhga bo‘linadi.
Misli xom ashyolarga I va II guruhlar kiradi:
I guruhga - tarkibida misni miqdori 99,5 foizdan ko‘p qalay bilan qoplanmagan va kavsharlanmagan mis, II guruhiga - M0-M4 markalariga to‘g‘ri keladigan qalaylangan va kovsharlangan mis kiradi..
Mis-ruxli qotishmalar 6 guruhga bo‘linadi (III-VIII).
III guruhga - misni miqdori 60 foizdan kam bo‘lmagan qalay bilan qoplanmagan va kavsharlanmagan qo‘sh latun kiradi.
IV guruhga - qalayli, qalayli-qo‘rg‘oshinli, qo‘sh kavsharlanganlar va qalaylangan latunlar kiradi. Bularda qalayni miqdori 2,5 foizdan, qo‘rg‘oshinni miqdori 3 foizdan oshmaydi.
V guruhga - qo‘rg‘oshinni miqdori 3 foizdan ko‘p bo‘lmagan qo‘rg‘oshinli latunlar kiradi.
Maxsus latunlar VI, VII, VIII guruhlarga kiradi.
VI guruhga - kremniyni miqdori 4,5 foizdan ko‘p bo‘lmagan kremniyli latunlar kiradi. VII guruhga - marganetsni miqdori 4 foizdan ko‘p bo‘lmagan, marganetsli latunlar kiradi.
VIII guruhga - alyuminiyni miqdori 7 foizdan ko‘p bo‘lmagan, alyuminiyli latunlar kiradi..
IX guruhga - qalayli bronza kiradi.
X guruhga - qalaysiz bronza (qotishmalarda 0,25 foizdan ko‘p bo‘lmagan qalay va 1,5 foizdan ko‘p bo‘lmagan ruh) kiradi.
XI guruhga - berilliyli bronza kiradi.
XII guruhga - qo‘rg‘oshinli bronza kiradi.
XIII guruhga - guruhlar va navlar bo‘yicha aralashgan, yuqori darajada zararlangan past sifatli ikkilamchi mis xom ashyolari kiradi.
Topshiruvchilar tomonidan topshirilayotgan past navli latun qotishmalarining temir-tersaklari va ularning chiqindilari, umumiy yig‘iladigan latunli temir-tersaklar va ularning chiqindilarini 75 foizini va misni 44 foizini tashkil qiladi.
XIII guruh xom ashyosi murakkab va qimmat ishlov berish jarayonlarini (navlarga ajratish qismlarga bo‘lish, magnitli separatsiyalash va boshqalar) talab qiladi. Bu jarayonlar natijasida past navli xom ashyoni latundagi solishtirma ulushi 37 foizgacha, misdagi solishtirma ulushi 17 foizgacha kamayadi.



Download 129.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling