Rangtasvir rang san'ati


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1608266
Bog'liq
1960-1990 Rangtasvir - rang san\'ati



Rangtasvir - rang san'ati
Haqida


Rantasvir juda qadimiy san'at. Uning asoslari qoyadagi tasvirlardan
boshlanadi. Antik davr rassomlari rangtasvir asarlarida juda katta
ta'sirchanlikka erisha olishgan, bu naturaga katta diqqat e'tibor
qarashdan, shu bilan birga rangtasvir texnologoyasiga kiritilgan
yangiliklar bilan bog`liq bo`lgan. O`rta asrlarda turli janrlardagi
kartinalarning yaratilishi rangtasvir tarixini boyitdi. Keyingi yuz
yilliklardagi turli oqim va yo`nalishlarda ijod qiluvchi rassomlarning
ijodiy izlanishlari juda ko`plagan yangi rangtasvir oqimlarini (realizmdan
abstraktsionizmgacha) vujudga keltirdi.
Kuyi paleolit davrida yashagan odamlarning ijodida ularning
hayvonlar dunyosi, tabiat haqidagi tasavvurlari o`z aksini topgan. Bu
tasvirlarda asosan ov manzaralari aks etgan. Qoyalarda faqat rangtasvir
asarlarigina emas, balki grafik va bo`rtma qoya tasvirlari ham saqlanib
qolgan. Ibtidoiy davrlardagi qoya rasmlari o`zining mukammalligi,
hayvonlar anatomiyasi, harakatining, jun fakturasining aniq berilishi va
obrazli ta'sirchanligi bilan bizni hozirgi davrgacha lol qoldirib kelmoqda.
Tasvirlar ma'naviy madaniyatimizni avloddan-avlodga yetkazishda
asosiy vositalardan biri hisoblanadi.


Uyg’onish Davri

Rantasvir juda qadimiy san'at. Uning asoslari qoyadagi tasvirlardan boshlanadi. 
Antik davr rassomlari rangtasvir asarlarida juda katta ta'sirchanlikka erisha
olishgan, bu naturaga katta diqqat e'tibor qarashdan, shu bilan birga rangtasvir
texnologoyasiga kiritilgan yangiliklar bilan bog`liq bo`lgan. O`rta asrlarda turli
janrlardagi kartinalarning yaratilishi rangtasvir tarixini boyitdi. Keyingi yuz
yilliklardagi turli oqim va yo`nalishlarda ijod qiluvchi rassomlarning ijodiy
izlanishlari juda ko`plagan yangi rangtasvir oqimlarini (realizmdan
abstraktsionizmgacha) vujudga keltirdi.

Kuyi paleolit davrida yashagan odamlarning ijodida ularning hayvonlar dunyosi, 
tabiat haqidagi tasavvurlari o`z aksini topgan. Bu tasvirlarda asosan ov
manzaralari aks etgan. Qoyalarda faqat rangtasvir asarlarigina emas, balki
grafik va bo`rtma qoya tasvirlari ham saqlanib qolgan. Ibtidoiy davrlardagi
qoya rasmlari o`zining mukammalligi, hayvonlar anatomiyasi, harakatining, jun
fakturasining aniq berilishi va obrazli ta'sirchanligi bilan bizni hozirgi davrgacha
lol qoldirib kelmoqda. Tasvirlar ma'naviy madaniyatimizni avloddan-avlodga
yetkazishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi.




Rangli tasvir qadimda soʻnggi paleolit (miloddan avvalgi 40— 8ming 
yilliklar)da paydo boʻlgan. Janubiy Fransiya (Fon de Gom, Lasko), 
Shimoliy Ispaniya (Altamira), Oʻrta Osiyo va boshqalarda Rangli asarlari
saqlanib qolgan; soz tuproqli boʻyoqlar, qorakuya, pista kumir bilan
ishlangan, rasmlar tekis sharpa sifat (siluet), baʼzilarida esa hajmli kilib
ishlashga harakat qilinganligi seziladi, mezolit va neolit davrida
bajarilgan ibtidoiy rasmlarda murakkab kompozitsiyalar, abstrakt
tushunchalar paydo boʻla boshlagan. Quddorlik davrida rivojlangan
texnik vositalarga boy obrazlar tizimi shakllandi. Qad. Sharq
mamlakatlari (Misr, Hindiston, Oʻrta Osiyo), jan.sharqiy Yevropa
(Yunoniston, Italiya), shuningdek, Amerika qitʼasi (Markaziy Amerika)da 
monumental R. rivojlandi. 
Maqbara ibodatxona, saroy va boy zodagonlarning uylari devorlariga turli mavzu va
yoʻnalishda asarlar ishlandi.


19-asr 70-yillaridan rassomlar
palitrasi toza spektr ranglari
bilan boyidi; rassomlar ochiq
havoda racm ishlashni odat
qila boshladilar.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida shu sanʼatni qayta tiklash harakati boshlandi, uning
yangi qirralari ochila boshlandi, sanʼatning bezak tomoniga eʼtibor ortdi; meʼmorlik, 
tasviriy va amaliy sanʼatlar uygʻunligida yagona majmua yaratish ishtiyoqi shu
davrda paydo boʻlgan modern uslubida namoyon boʻldi. Bu davrda avangard
yoʻnalishi realistik R.ga kuchli raqobatda boʻldi.



Oʻzbekistonda R. sanʼati qadimdan mavjud boʻlgan. Uning ilk 
namunalari ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi (qarang
Ibtidoiy
sanʼat
,
Zarautsoy rasmlari
). Miloddan avvalgi 1ming yillikning oxiri va
milodiy 1ming yillik boshlarida R. oʻzining gullagan davrini boshidan
kechirgan (Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Tuproqqalʼa va
boshqalardagi devoriy rasmlar). Bu davrlar R.i yassi bezak yoʻnalishida
mahalliy (lokal) ranglarda bajarilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida
monumental R. (devoriy rassomlik, mozaika) bilan birga miniatyura
sanʼati rivojlangan. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahqib, 
Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalarning asarlari dunyoga
keldi. 19-asr oʻrtalaridan boshlab Turkistonda dastgoh sanʼati shakllana
boshladi va 20-asrda oʻzbek milliy R. maktabi yaratildi. R.ning hamma
tur va janrlarida asarlar yaratildi, miniatyura, vitraj sanʼati qayta tiklandi. 
Bugungi kunda oʻzbek R. sanʼati jahrn hamjamiyati bilan bir qatorda
rivojlanmoqda, uning gʻoyaviy plastik rivoji ustida rassomlar
izlanmoqda, mehnat qilmoqda.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling