II bob. Temperali va moybo'yoqli rangtasvir texnika va
texnologiyasi hamda unda qo'llaniladigan ashyolar
3-mavzu. TEMPERALI VA MOYBO'YOQLI
RANGTASVIR UCHUN TAG ASOS VA GRUNTLAR
Tempera ko'p asrlardan beri dastgohli rangtasvir uchun asosiy
material bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
Yevropa davlatlarida moybo'yoqli rangtasvir o'z mavqeyiga ega
bo'lgunga qadar tempera dastgohli rangtasvir uchun yago- na material
bo'lib kelgan.
Tempera so'zi lotincha bo'lib, «temperare» — «aralashti- rish»
ma'nosini anglatadi.
Emulsiya tashkil qiluvchi moddalarga qarab tempera quyidagi
turlarga bo'linadi: tuxumli, kazeinli, moyli, polivinilatsetatli va
boshqalar.
Temperaning alohida turlari bir-biridan nafaqat o'z tarki- bidagi
bog'lovchisi — emulsiyasi bilan farqlanadi, balki rangtasvir material
sifatida o'ziga xos xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |