Raqamli axborotni qayta ishlash analitigi 01-gurux 2-bosqich talabasi
Dastlab oqsil kasalligi qanday kasallik ekani borasida ma'lumot bera olasizmi?
Download 33.63 Kb.
|
Chorvachilik
Dastlab oqsil kasalligi qanday kasallik ekani borasida ma'lumot bera olasizmi?
— Savolingiz uchun rahmat. Intervyumiz juda vaqtida bo‘ldi. Chunki hozir bahorning o‘rta vaqti va bu vaqtda ayniqsa qishdan chiqqan hayvonlarimiz ko‘pincha A vitaminoz holatida, yetarli miqdorda boqilmagani, ozuqa moddalari yetarli bo‘lmaganidan turli xil kasalliklarga moyil bo‘lib qoladi. Va shu davrda ularning turli xil infeksion kasalliklarining oldin olish masalasi dolzarb bo‘lib qoladi. Aynan shu bahor oylarida turli infeksion kasalliklarning ko‘payishi tez-tez uchrab turadi. Lekin bir narsani ta'kidlab o‘tish joiz, oqsil kasalligi bu juda o‘tkir kechuvchi va o‘ta tez tarqaluvchi infeksion virus kasalligi bo‘lib, juft tuyoqli qishloq xo‘jaligi hayvonlari, undan tashqari yovvoyi hayvonlarni ham zararlaydi. Butun dunyoda bu kasallik juda qattiq nazoratda. O‘zbekistonda o‘ta yuqumli va katta talafot keltiradigan yuqumli kasalliklarni davlat budjetidan emlash (vaksinatsiya o‘tkazish) hamda profilaktik va diagnostik tadbirlarni olib borish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bor. Oqsil kasalligiga kelsak, ushbu vaksinatsiya tadbirlar bir yilda ikki marta olib boriladi. Asosiy maqsad – qoramollar va mayda shoxli mollarning kamida 70-80 foizini vaksinatsiya qilib chiqish. Chorva mollari 70-80 foiz vaksinatsiya qilingan taqdirda ushbu kasallikning kelib chiqishini va juda kuchli tarzda tarqalishining oldini olishimiz mumkin. — Virus, kasallik haqida ma'lumot berdingiz. Odamlarda shunday e'tiroz bo‘lyaptiki, avvallari chorva hayvonlari yoppasiga emlanardi, shu tufayli kasallik yengil o‘tardi, lekin hozir bunday emlashlar soni juda ham qisqarib ketgan. Odamlar mollarini o‘z yonidan pul to‘lab emlasa emlaydi, bo‘lmasa emlanmay qolib ketaveradi. Kasallikning ko‘payayotgani, chorva mollarining nobud bo‘layotganiga sabab – mana shu deyishmoqda. Siz ma'lumotingizda aytyapsizki, davlat budjetidan bunga juda katta mablag‘ sarflanadi, bepul emlash kerak deb. Nimaga joylarda emlash bepul o‘tkazilmayapti, yoki emlashsiz qolib ketyapti? — O‘zbekiston hududi juda katta va turli holatlar kelib chiqishi mumkin. Bu yerda inson omilini ham inobatga olishimiz kerak. Chunki O‘zbekistonda 13 millionga yaqin qoramollar mavjud bo‘lsa, ularning 90 foizdan ortiqrog‘i mayda dehqon xo‘jaligi sharoitida boqib kelinmoqda. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, o‘rta miqdorda 2,5-3 bosh qoramol saqlanadigan har bir xo‘jalikka tashrif buyurib, vaksina qilish – juda qiyin jarayon va har bir veterinariya mutaxassisga bu har oyda 2,5-3 mingta yuklama degani. — Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling