Raqamli ilmiy kengash islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/32
Sana20.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1713025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
автореферат Исакова лотин2222

 
 

 



KIRISh (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Bugungi globallashuv davrida turizmning jahon xo‘jaligidagi hissasi yil sayin 
rivojlanib, keng miqyosda taraqqiy etayotgan xizmat ko‘rsatish sohalaridan biriga 
aylanib bormoqda. Binobarin, turizm infratuzilmasini rivojlantirish turizm 
yo‘nalishlarining raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Turizmni rivojlanishida hunarmandchilik va suvenir mahsulotlari turlarini 
diversifikatsiya qilish va ishlab chiqarish hajmini oshirishga ham ehtiyoj ortib 
borayapdi. Shu nuqtai nazardan turizm sohasida iqtisodiy salohiyatdan foydalanishda 
turizm bozorini va uning alohida tarkibiy elementlarini, xususan, hunuramandchilikni 
rivojlantirishning 
asosiy 
tendesiyalarini 
aniqlash, 
shuningdek, 
yanada 
takomillashtirishni talab qiladi.
Dunyo mamlakatlarida turizm sohasining o‘ziga xos jihatlari, jumladan, 
xunarmandchilik, aholiga turli xizmatlar ko‘rsatish, eksport salohiyatini o‘stirish, 
aholining, ayniqsa, xotin-qizlarning bandligini ta’minlashdagi hissasi, shu bilan 
birga xotin-qizlarning turizm va tadbirkorlik rivojidagi alohida o‘rni masalalari 
ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilmoqda. Shu nuqtai nazardan xotin-qizlarning 
turizmni rivojlantirishdagi ishtiroki, ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, bu 
jarayonda uchraydigan muammolar sabablarini o‘rganish yuzasidan keng ko‘lamli 
tadqiqot ishlari olib borish maqsadga muvofiq bo‘lmoqda. 
O‘zbekistonda xotin-qizlarni huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash, ular 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 
Gender tenglikni ta’minlashga qaratilayotgan ustuvor e’tibor natijasida, xotin 
qizlarning xuquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash ularning 
davlat va jamiyat xayotidagi o‘rnini mustaxkamlash masalalari davlat siyosatining 
ustuvor 
yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Xususan, 2017-2021 yillarda 
O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida “xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va 
jamiyat boshqaruvidagi o‘rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-xunar kolleji 
bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng 
jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash”
1
ga alohida ahamiyat qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- yil 2- dekabr PF-4861-son 
“O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018- yil 3- fevral PF-5326-son “O‘zbekiston 
Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish 
bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2017- yil 
24- may PQ- 2996-son “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay 
sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019- yil 5- yanvar PF-5611-son 
“O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risi-da”gi, 2019- yil 5- yanvar PQ-4095-son ”Turizm tarmog‘ini 
jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2020-yil 26- iyun PQ-4759-
son “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони: Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш 
бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида //Халқ сўзи, 2017 йил 8 февраль. 



tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-
xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya 
tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling