Raqamli ilmiy kengash namangan davlat universiteti umrzaqov islomjon isroilovich
Ilmiy rahbar: Rahmonov Nasimxon Asqarovich
Download 481.68 Kb.
|
Avtoreferat I.Umrzaqov (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ziyaev Avazbek Ixtiyarovich Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, filol. f. d. (DSc), professor Dadaboyev Olimjon Ortiqovich
- Sidiqov Qosim Abilovich
Ilmiy rahbar: Rahmonov Nasimxon Asqarovich
filologiya fanlari doktori, professor Rasmiy opponentlar: Dosbayeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna filologiya fanlari doktori, dotsent Nasriddinov Dilshod Aʼzamqulovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti Dissertatsiya himoyasi Namangan davlat universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi \ PhD.03/31.03.2021. Fil.76.05. raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil «____” ____ soat ____dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: 160107, Namangan shahri, Boburshoh ko‘chasi, 161-uy. tel.: (+99869228 -85-01; faks :(99869) 228-85-02; e-mail: info@namd.uz) Dissertatsiya bilan Namangan davlat universiteti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin. (___) raqam bilan ro‘yxatga olingan. Manzil:160107, Namangan shahri, Boburshoh ko‘chasi,161 - uy. tel.: (+99869228 -85-01; faks: (99869) 228-85-02; e-mail: info@namdu.z) Dissertatsiya avtoreferati 2023 yil «___ »__________ kuni tarqatildi. (2023 yil « ___» _________ dagi № ___ raqamli ryestr bayonnomasi). Ziyaev Avazbek Ixtiyarovich Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, filol. f. d. (DSc), professor Dadaboyev Olimjon Ortiqovich Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash kotibi, filol. fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sidiqov Qosim Abilovich Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyoti mulkining atoqli vakillari qalamiga mansub o‘lmas durdonalar badiiy olamining o‘ziga xosligini ijodiy o‘rganish, tadqiq etish, unga tanqidiy yondashish nafaqat maʼlum bir xalq adabiyoti taraqqiyotiga naf keltirishi, balki kitobxonlarning ana shu adib asarlari mohiyatini, g‘oyaviyligi va badiiyatini yanada chuqurroq anglab yetishlariga sabab bo‘lishi muqarrar. Keyingi davr adabiyotshunoslari va kitobxonlari orasida modernizm oqimiga mansub badiiy asarlarni o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda. Biroq modern uslubida yozilgan badiiy asar shakli va uslubi aksariyat hollarda murakkab va g‘ayrioddiy bo‘lgani sababli nafaqat o‘quvchilardan, balki adabiy tanqidchilardan ham o‘ziga xos bilimlarni talab etadi. G‘arb adabiy doiralarida qizg‘in tortishuvlarga sabab bo‘lgan modern adabiyotining poetik jihatlari keyingi davrda o‘zbek adabiyotshunosligida ham tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda, biroq bu izlanishlar hali keng miqyosda amalga oshirilmagani mazkur yo‘nalishlardagi ilmiy izlanishlarning zaruriyatini belgilab beradi. Dunyo adabiyotshunosligida modern yozuvchilar asarlarining strukturaviy va poetik xususiyatlarini tahlil etish, xususan, Amerika modern prozasi tematikasi va g‘oyaviyligi, mazkur adabiy oqim ijodkorlari asarlaridagi “ong oqimi” fenomeni1, zamon va makon kategoriyalarini tadqiq etish orqali ularning tahlilini kitobxonlar ommasiga taqdim etish hozirgi davr kun tartibidagi masalalaridan hisoblanadi. Zero, modern adabiyot namunalari poetikasi, g‘oyaviyligi va mohiyatini anglab yetish aksariyat o‘quvchilarda qiyinchilik tug‘diradiki, bu mazkur sohadagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishning dolzarbligidan dalolatdir. Hozirgi adabiyotshunoslikning nazariy masalalari turli-tumandir. Zotan, G‘arb adabiyoti taʼsirida paydo bo‘lgan adabiy hodisalardan biri “ong oqimi”dir. Qolaversa, milliy va jahon xalqlari adabiyotini poetika tarixi doirasida talqin va tahlil qilish hamma davrlarda ham zarurat bo‘lib kelgan. Mamlakatimizda dunyo adabiyotidagi yangicha uslub va yondashuvlarni o‘rganish, ijodiy o‘zlashtirish va tadqiqotlarda faol qo‘llash tamoyili shakllandi. Shuningdek, mustaqillik davri o‘zbek prozasida dunyoni badiiy qayta gavdalantirishning G‘arbda taraqqiy topgan tamoyillarini o‘zbek adabiy-estetik anʼanalari bilan uyg‘unlashtirish amaliyoti yuzaga keldi. “O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasidagi zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi shart”2. Shu bois adabiyotshunoslik fani oldiga ham nazariy, ham innovatsion amaliy tadqiqotlarni jahon andozalari darajasida yuksaltirish majburiyati qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3271-son “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari va mavzuga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi3. Download 481.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling