Raqamli ilmiy kengash namangan davlat universiteti umrzaqov islomjon isroilovich


Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 481.68 Kb.
bet4/21
Sana17.06.2023
Hajmi481.68 Kb.
#1538369
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Avtoreferat I.Umrzaqov (2)

Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya mavzusi Namangan davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasining «O‘zbek adabiyotini xorijda o‘rganish va tarjimashunoslik masalalari hamda chet til taʼlimi муаммолари» mavzusidagi kompleks ilmiy tadqiqotlar rejasi asosida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi Uilyam Folknerning “Sartoris” (Sartoris), “Shovqin va G‘azab”(The sound and the fury) va “Avgustdagi yorug‘lik” (Light in August) romanlari hamda hikoyalaridagi olamning badiiy manzaralariga doir strukturaviy va poetik xususiyatlarni hamda adib qalamiga mansub asarlarning narratologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
1) Uilyam Folkner ijodiga “Janub Renessansi” taʼsiri aniqlash;
2) yozuvchi asarlarining tematikasi, milliy o‘ziga xosligi, asarlardagi olamning badiiy manzaralariga oid o‘ziga xoslikni aniqlash;
3) adib asarlarining narratologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida “ong oqimi” uslubi fenomeni hamda asarlardagi badiiy makon va zamon kategoriyalaridan foydalanish tamoyillarini o‘rganish;
4) Uilyam Folkner nasriy asarlarining strukturaviy xususiyatlarini ochib berish.
Tadqiqotning obyektini Uilyam Folknerning “Yengilmaslar” (The unvanquished), “Sartoris” (Sartoris), “Shovqin va G‘azab”, (The sound and the fury) va “Avgustdagi yorug‘lik” (Light in august) romanlari hamda “Ayiq” (The bear ), “Alvon yaproqlar” (Red leaves), “Emili uchun atirgul” (A Rose for Emily) va “Qorong‘u tushganda (That evening sun)” hikoyalari tashkil qiladi.
Tadqiqotning predmeti Uilyam Folknerning nasriy asarlari poetikasining o‘ziga xosligi, ularda zamon va makon kategoriyalari inʼikosidan, shuningdek, yozuvchi asarlarining narratologik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda adekvat holatda o‘rganishni taʼminlashga qaratilgan: nazariy (tahliliy-sintetik, qiyosiy-taqqoslash, badiiy matn tahlili, “matnni sinchli o‘qish”) metodlar majmui qo‘llanilgan. Shuningdek, badiiy asarni tahlil etish tamoyillari usullari (M.M.Girshman, V.V.Fedorov) hamda intertekstual interpretatsiya uslublaridan (Yu.Kristeva, M.Riffaterr) foydalanilgan.

Download 481.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling