Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
• Janub Renessansi vakillaridan farqli o‘laroq, Uilyam Folkner nasriy asarlarida “Yangi janub”ning qo‘rqinchli tomonlari, jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar muqarrarligi, ortga yo‘l bo‘lishi mumkin ham emasligi, yangi avlodning yangicha qarashlari oldida eskicha anʼanalar chirkinlashib borayotgani tasvirlangani asoslab berilgan;
• yozuvchi nasriy asarlari tematikasining shakllanishida va deyarli barcha asarlarining syujet liniyasiga gotik uslub kuchli taʼsir etgani dalillangan;
• yozuvchi nasriy asarlarida voqealar spiralsimon tarzda rivojlanib borishi, badiiy zamon va makonning ko‘p qirrali, hozir va o‘tmishning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq ekani ochib berilgan;
• Uilyam Folkner qahramonlarining o‘tmish va hozirgi zamondagi hayot yo‘lining maʼlum bir manzaralarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda tasvirlangani dalillangan;
Tadqiqotning amaliy natijalari. Dissertatsiya ishining amaliy natijalari quyidagilar bilan belgilanadi:
Uilyam Folkner asarlarining poetik olamini kashf etishning yangi uslublari, yaʼni adibning ilk asarlaridagi olamning badiiy manzaralariga oid struktural va poetik o‘ziga xosliklarnini badiiy tahlil etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
Amerika modern prozasi zamon va makon kategoriyalarini tasnif qilishda mantiqiy-falsafiy yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar zaminida yoritilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot mavzusining O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishning Harakatlar strategiyasi maqsadlariga muvofiqligi, jahon miqyosida ilmiy-nazariy qarash, amaliy tajribalar o‘rganilganligi, qo‘llanilgan tadqiqot usullari, ilmiy-nazariy qoidalar bilan; original til va tarjimadagi tahlil qilingan materialning hajmi kattaligi bilan; adabiyotshunoslikda avval o‘tkazilgan tadqiqotlarning nazariy qoidalari tajribasi, shuningdek, o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining dissertatsiya ishi nazariy qoidalariga mosligi bilan taʼminlanadi; xulosa, taklif va tavsiyalar amaliyotga tatbiq etilgan, olingan natijalar vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |