Raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va matematik usullar


Download 137.92 Kb.
bet1/7
Sana02.05.2023
Hajmi137.92 Kb.
#1423102
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekonometrikaga kirish fanidan nazorat ishi Uslubiy ko\'rsatma 3


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI


RAQAMLI IQTISODIYOT, AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MATEMATIK USULLAR” KAFEDRASI


EKONOMETRIKAGA KIRISH FANIDAN
Sirtqi bo‘lim 5230900-Buxgarteriya hisobi va audit,
5230700- Bank ishi va audit , 5234100- Raqamli iqtisodiyot ta’lim yo’nalishlari yo’nalishi talabalari uchun
NAZORAT ISHLARINI
bajarish bo`yicha
USLUBIY KO’RSATMA

Samarqand-2021


Tuzuvchi:
Raximov A.N. Akbarov H.O’ –“Raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va matematik usullar” kafedrasi katta o`qituvchisi


Taqrizchilar:
A.Karimov SamDAQI «Axborot texnologiyalari» kafedrasi mudiri
U.R.Kubayev TDIU Samarqand filiali «Raqamli iqtisodiyot, axboorot
texnologiyalari va matematik usullar» kafedrasi katta o’qituvchisi

Nazorat ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko’rsatma kafedra (2021 yil ___ avgustdagi ____-sonli) majlisida muhokama qilingan va tasdiqlash uchun filial o’quv-uslubiy Kengashiga tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: Amonov A.K
Nazorat ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy ko’rsatma filial o’quv-uslubiy Kengashining 2021 yil ___ avgustdagi ___-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
O’quv ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari : F.B.Axrorov

KIRISH


Ekonometrikaga kirish fani, talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar, iqtisodiy hodisala va jarayonga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Ushbu fan bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarni xo`jalik yuritish faoliyatini ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo`llarini, talabalarga o`rgatishda qo`l keladi. Shuningdek “Ekonometrikaga kirish” fani fundamental fanlardan biri bo`lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o`rganishda asos bo`lib xizmat qiladi.
Ekonometrikaga kirish fani talabalarda iqtisodiyotni globallashtirish sharoitida qishloq xo’jaligi soxasi tarmoqlarini ekonometrik modellashtirish kirishni o’rgatishdan, o’rganilayotgan ishlab chiqarish jarayonlariga ekonometrik, iqtisodiy-matematik va iqtisodiy-statistik usullarni qo’llashni, qishloq xo’jalik masalalarini ekonometrik modellar asosida standart dasturlar yordamida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilish, qishloq xo’jaligida korrelyasion-regression tahlil va ko’p omilli ekonemetrik modellardan foydalanish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Ekonometrikaga kirish fani talabalarga turli xo’jalik shaklidagi korxona-larning ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish va boshqarishda ekonometrik modellarni tuzish uslubiyatlarini, ekonometrik modellardan iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilishda foydalanishni, qishloq xo’jaligini modernizasiyalash sharoitida ushbu sohada vujudga kelishi mumkin bo’lgan amaliy muammolarni yechishda ekonometrik model va usullardan hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishni o’rgatishdan iborat.



Download 137.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling