Raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va matematik usullar


Fan bo’yicha nazorat ishlarini tashkil etishning shakli va mazmuni


Download 137.92 Kb.
bet2/7
Sana02.05.2023
Hajmi137.92 Kb.
#1423102
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekonometrikaga kirish fanidan nazorat ishi Uslubiy ko\'rsatma 3

Fan bo’yicha nazorat ishlarini tashkil etishning shakli va mazmuni
Nazorat ishi talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, “Ekonometrikaga kirish” fanning biror bir mavzusini to’laroq o’zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Nazorat ishini bajarishdan maqsad talabaning mustaqil holda hamda o’qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iborat.
Nazorat ishini tashkil etishning mazmuni: talabalar nazorat ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Nazorat ishlarini tayyorlash hamda o‘zlashtirilishi uchun talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan, monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari kabilardan foydalanib materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat va ko‘rsatmalar oladi. Mavzuni yoritish jarayonida mavzuga taaluqli va ularni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni o'rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, ularning mavzuga oid qismlaridan ko'chirmalar, tarqatma material sifatida o'rganilishi tavsiya etiladi.
Nazorat ishi tayyorlashni shakli bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

  • taqdimot tayyorlash;

  • ilmiy loyiha yozish;

  • tarqatma materiallar (jadval, grafik, chizma, sxemalar) tayyorlash.

Bundan tashqari, fan mazmunini boyitish va uning ma'lumotlarini yangilab borish maqsadida:

  • axborot resurslaridan foydalanishni yo'lga qo'yish;

  • fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma'lumotlarini tarjima qilish;

  • fanni chuqurroq o'rganish;

  • fanni mukammal o'zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo'llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi.




Download 137.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling